Korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi tahlili 1


Download 21.25 Kb.
Sana25.05.2022
Hajmi21.25 Kb.
#705238
Bog'liq
KORXONALARNING MEHNAT RESURSLARI BILAN TA
Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etish, Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari, Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning asosiy tamoyillari, Mundarija kirish, Orazshayeva Ziuar Satullayevna, Zamonaviy texnologiyalar tibbiyotda, 23-04-2022 10-54-45, 20-04-2022 09-48-31, islomdini, 1-tema Kitapxana, mavzulashtirilgan 2016 (2), Fakultet kafedrasi fanidan (1), Iqtisodiy tahlil nazariyasi-fayllar.org, Texnik

KORXONALARNING MEHNAT RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIGI TAHLILI 4.1. Mehnat resurslari tahlilining vazifalari, asosiy yo‘nalishlari va axborot manbalari Iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish bosqichida, reja va o‘tgan davrlarga nisbatan mehnatdan foydalanish jarayonida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini aniqlab olish zarur. Korxonalarda mehnatdan foydalanish tahlilining asosiy vazifasi shundan iboratki, mehnat unumdorligi o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi, ish vaqti yo‘qotilishiga sabab bo‘luvchi barcha omillar aniqlanadi. Korxonalar faoliyatini tavsiflovchi mehnat ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilardan foydalaniladi: mehnat unumdorligi, xodimlar soni, mehnat haqi fondi va o‘rtacha mehnat haqi darajasi. Mehnat resurslari tahlilining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: Mehnat unumdorligi qismida – rejaning bajarilish darajasi va o‘sish sur’ati (dinamika) ni aniqlash; ekstensiv va intensiv omillar, xususan, mehnat unumdorligiga yangi texnikani joriy qilish, ish vaqtidan foydalanish, mahsulotlar assortimenti o‘zgarishi va boshqalar ta’sirini aniqlash; qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish me’yorlari sifati va bajarilish darajasining mehnat unumdorligi darajasiga ta’sirini aniqlash. Mehnat resurslari tarkibi, harakati va mehnat resurslaridan foydalanish qismida – xodimlar soni tarkibi va tarkibini hamda tuzilma o‘zgarishining mehnat unumdorligi, dinamika va harakat ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish. Mehnat resurslari tahlilining maqsadi zaxiralar va foydalanilmagan ichki imkoniyatlarni aniqlash, ushbu zaxiralarni ishga tushirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi. Mehnat ko‘rsatkichlari tahlili uchun asosiy axborot manbalari sifatida quyidagilar xizmat qiladi: mehnat bo‘yicha rejalar, 1 – mehnat shakli “Mehnat bo‘yicha hisobot”, 3-moliya shakli “Tashkilot 76 xarajatlari to‘g‘risida”, ishchilar harakati bo‘yicha kadrlar bo‘limining statistik hisoboti, sexlar, bo‘limlar, korxona xizmatlarining tezkor hisoboti, ishlab chiqarish bo‘linmalari va xizmatlar hamda korxonaning mehnat resurslari bilan bog‘liq boshqa hisobotlar. Tahlilning kompleksliligini ta’minlash uchun statistik hisobotdan tashqari boshqa axborot manbalarini ham jalb qilish talab etiladi: ishlab chiqarish va yaroqsiz mahsulotlarni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatlar, mehnat haqi hisoblash bo‘yicha hisob registrlari, bir martalik kuzatishlar natijalari (fotografiyalar, xronometraj va boshqalar) hamda bir martalik statistik tekshirishlar va hokazo. Mehnat resurslari tahlili quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: – korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi; – ish vaqtidan foydalanish samaradorligini baholash; – mehnat unumdorligini o‘rganish. 4.2. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi tahlili Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligi va undan foydalanish samaradorligiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va boshqa ko‘rsatkichlar bog‘liq bo‘ladi. Faoliyat yuritayotgan korxonalarda ishlab chiqarish o‘sishiga ayni paytda mavjud yoki undan kamroq ishchilar sonida mehnat unumdorligini oshirish hisobiga erishish lozim. Korxonaning jami xodimlari ikki guruhga ajratiladi: 1. Ishlab chiqarish xodimlari. 2. Noishlab chiqarish xodimlari. Ishlab chiqarish xodimlariga – asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar – korxonaning asosiy faoliyati (mahsulotlar tayyorlash va sanoat xarakteridagi ishlarni bajarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va korxonani boshqarish va hokazo) bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kiritiladi. Ushbu guruh xodimlari quyidagi toifalarga ajratiladi: ishchilar, xizmatchilar, mutaxassislar va boshqaruv xodimlari. Barcha turdagi transport, bolalar bog‘chasi va yaslilar, madaniymaishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va sport-sog‘lomlashtirish sohasidagi xodimlar noishlab chiqarish xodimlari toifasiga kiritiladi. 77 Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi uning toifalar va kasblar bo‘yicha haqiqatda mavjud ko‘rsatkichini rejadagi ehtiyoji bilan taqqoslash asosida aniqlanadi. Ishchilar soni o‘zgarishini tahlil qilishda mazkur korxona zaruriy mehnat resurslari bilan qay darajada ta’minlanganligini aniqlash zarur. Ishchilarning haqiqatdagi sonini reja bilan shunchaki taqqoslash yo‘li bilan ushbu savolga to‘g‘ri javob olishning iloji yo‘q. Hisobot bo‘yicha ishchilar miqdori rejaga nisbatan kam bo‘lib chiqishi mumkin. Lekin bu ishlab chiqarish mehnat resurslari bilan ta’minlanmaganligini anglatmaydi, chunki korxonaning rejalashtirilgan ishchilar soniga ehtiyoji yangi texnikalarni joriy qilish, qo‘shimcha ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va ishchilarning muayyan miqdorini ozod qilishga imkon beruvchi qator boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan qisqartirilgan bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, ishchilarning haqiqatdagi umumiy miqdorining rejaga muvofiqligi ham korxonaning zaruriy mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini anglatmaydi, chunki bir kasb bo‘yicha mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan bir vaqtda boshqa kasblar bo‘yicha yetishmaslik kuzatilishi mumkin. Bundan korxonaning mehnat bo‘limi va kadrlar bo‘yicha materiallari ma’lumotlari bo‘yicha ishchilar tarkibini o‘rganish zarurati yuzaga keladi. Mehnat resurslari ta’minlanganligi va samarali foydalanish tahlili uchun 1- mehnat shakli – “Mehnat bo‘yicha hisobot” statistik shakl qo‘llaniladi. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi analitik jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bilan tavsiflanadi. 4.1-jadvaldan ko‘rinadiki, asosiy faoliyat xodimlarining soni hisobot yilida rejaga nisbatan pasayib, 96,8% ni tashkil qilgan, o‘tgan davrga nisbatan esa – 86,8%. Ishchilar soni rejaga nisbatan oshgan, o‘tgan yilga nisbatan esa kamayib, mos ravishda 114,7% va 92,6% ni tashkil qilgan. Rahbarlar va mutaxassislar soni hisobot bo‘yicha reja darajasida 100% bo‘lgan, o‘tgan yilga nisbatan 75,4%. Tahlil jarayonida ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘rganish zarur. Xodimlar tarkibi tarmoq xususiyatlari, mahsulotlar nomenklaturasi, ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi. Xodimlarning har bir toifasi salmog‘i texnika va ishlab chiqarishni tashkil etish taraqqiy etishi bilan o‘zgaradi. 78 Avtomatlashtirilmagan korxonalarda ishchilarning salmog‘i o‘sishi ishlab chiqarish xodimlari tarkibi yaxshilanganligidan darak beradi. 4.1 jadval Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik Haqiqatda, % da Xodimlar toifasi O‘tgan davr uchun xodimlar soni Reja bo‘yicha xodimlar soni Hisobot davridagi xodimlar soni Rejaga nisbatan O‘tgan davrga nisbatan Asosiy faoliyat xodimlari 874 784 759 96,8 86,8 Ulardan: Ishchilar 649 524 601 114,7 92,6 Xizmatchilar 172 120 118 98,3 68,6 Rahbarlar va mutaxassislar 53 40 40 100,0 75,4 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot murakkablashuvi, avtomatlashtirilgan uchastka va sexlar joriy qilinishi mutaxassislar ulushi ortishini talab qiladi. Boshqaruvni takomillashtirish, orgtexnikadan foydalanish bilan xizmatchilar ulushini kamaytirish ta’minlanadi. 4.2-jadval Mehnat resurslari tarkibi tahlili Xodimlar tarkibi Salmog‘ining o‘zgarishi, ± o‘tgan yil uchun reja haqiqatda Xodimlar toifasi kishi % kishi % kishi % rejaga nisbatan o‘tgan yilga nisbatan Asosiy faoliyat xodimlari, jami 874 100 784 100 759 100 - - jumladan: Ishchilar 649 74,2 524 79,6 601 79,2 -0,4 +5,0 Xizmatchilar 172 19,7 120 15,3 118 15,5 +0,2 -4,2 Rahbarlar va mutaxassislar 53 6,1 40 5,1 40 5,3 +0,2 -0,8 4.2-jadval ma’lumotlari asosiy faoliyat xodimlari tarkibida oldingi va hisobot davrida tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi. Rejaga nisbatan ishchilar salmog‘ining kamayishi xizmatchilar, rahbarlar va mutaxassislar salmog‘i ortishi bilan bir vaqtda sodir 79 bo‘lgan, o‘tgan yilga nisbatan esa aksincha, ishchilar salmog‘i ortgani holda boshqa toifadagi xodimlarning salmog‘i kamayishi sodir bo‘lgan. Bu korxona boshqaruvi tarkibidagi o‘zgarishlar bilan shartlangan bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar soni kamayishi zarur malakali mutaxassislar mavjud emasligi natijasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida ishtirokiga ko‘ra, ishchilar, asosiy – bevosita asosiy mahsulot tayyorlash bilan band va qo‘shimcha – qo‘shimcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning barcha turlari bilan band – toifaga ajratiladi. Bunday bo‘linish ishchilar sonini tahlil qilish va mehnat unumdorligini yuksaltirishning zaxiralarini aniqlashda jiddiy ahamiyatga ega. Biroq yillik va joriy statistik hisobotda bunday ma’lumotlar keltirilmaydi. Bu turli korxonalarda guruhlashning bir xilligini o‘rnatish qiyinligi bilan, ba’zan esa asosiy va qo‘shimcha toifaga kiritiladigan kasblar ro‘yxati mavjud emasligi bilan izohlanadi. Asosiy toifaga bevosita korxona mahsulotini ishlab chiqaruvchi ishchilar, qo‘shimcha toifaga ishlab chiqarish uchun zaruriy sharoitlarni ta’minlovchi ishchilar va qo‘shimcha sexlar ishchilari (ta’mirlashmexanik, instrumental, transport, energetik va hokazo) kiritiladi. Ishlab chiqarish talablariga nafaqat xodimlarning umumiy soni, balki uning sifat tarkibi ham mutanosibligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xodimlarning jinsi, yoshi, staji, kasbi, tarif razryadi va to‘lov tizimi bo‘yicha taqsimlanishi haqida statistik hisobot ma’lumotlarini o‘rganish yo‘li bilan tekshiriladi. Korxonalarda ba’zan malakasi kam xodimlar mavjud bo‘lgan holda yetakchi kasb xodimari yetishmaydi. Statistik hisobot, shuningdek, mehnat resurslarini birlamchi hisobga olish ma’lumotlari asosida ishchilarni malaka razryadlari bo‘yicha guruhlash amalga oshiriladi, har bir razryaddagi ishchilar sonining o‘rtacha tortilgani sifatida o‘rtacha tarif razryadi hisoblab chiqarilib, reja hamda o‘tgan davr ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. 4.3. Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili Xodimlar soni, tarkibi va malakasi tahlili mehnat resurslari harakatini o‘rganish bilan to‘ldirilishi lozim bo‘lib, u turli sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, qarilik bo‘yicha nafaqaga chiqish, o‘qish uchun, xizmat safari, yuqori lavozimga ko‘tarilish, boshqa korxonaga ishga o‘tish, ishlar va shartnoma muddati tugashi bilan bog‘liq ravishda 80 o‘zgarishi mumkin. Shular bilan bir qatorda, xodimlarni ularning o‘z xohishiga ko‘ra, mehnat intizomini buzganligi uchun, malaka talablariga javob bermasligi uchun bo‘shatish, ya’ni xodimlar qo‘nimsizligi ham xodimlar tarkibi va mehnat unumdorligining salbiy o‘zgarishiga, ish vaqtidan to‘liq foydalanmasligiga sabab bo‘ladi. Mehnat resurslari harakatini tavsiflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar dinamikasi hisoblanadi va tahlil qilinadi: – xodimlarni ishga qabul qilish aylanmasi koeffitsiyenti (Kiq): Ishga qabul qilingan xodimlar soni ; Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni Kiq = – ishdan ketish bo‘yicha aylanma koeffitsiyenti (Kk): Ishdan bo‘shatilgan xodimlar soni ; Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni Kb = – qo‘nimsizlik koeffitsiyenti (Kq): O‘z xohishiga ko‘ra va mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo‘shatilgan xodimlar soni ; Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni K q = – kadrlar doimiyligi koeffitsiyenti (Kkd): Yil davomida ishlagan xodimlar soni . Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni Kkd = Tahlil etilayotgan korxonada mehnat resurslari harakati tahlili quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi: 4.3-jadval Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili № Ko‘rsatkichlar O‘tgan yil Hisobot yili 1. Ro‘yxat bo‘yicha ishchilar soni 649 601 2. Ishga qabul qilinganlar soni 118 109 3. Ishdan bo‘shatilganlar soni 163 155 Jumladan : 3 a O‘z xohishiga ko‘ra 53 45 3 b Ishga kelmaganligi va boshqa mehnat intizomi buzilishlari uchun bo‘shatilganlar 87 80 3 v O‘qishga kirganligi, pensiyaga chiqqanligi bilan bog‘liq tarzda 23 30 4. Ishga qabul qilish bo‘yicha aylanma koeffitsiyenti 0,182 0,181 5. Ishdan bo‘shatishlar bo‘yicha aylanma koeffitsiyenti 0,251 0,258 6. Xodimlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti 0,216 0,208 81 Ma’lumotlar ko‘rsatadiki, hisobot davri uchun o‘z xohishiga ko‘ra, ishga sababsiz kelmaganligi va boshqa mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo‘shatilganlar soni 125 tani tashkil qiladi (45+80), o‘z navbatida, xodimlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti 0,208% ni tashkil qiladi. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 0,216%ga teng edi . Xodimlar qo‘nimsizligi yil davomida yangi xodimlarni ishga qabul qilish va tayyorlashga to‘g‘ri kelishini anglatadi. Yangi qabul qilingan xodimlar, odatda, ishlab chiqarishning rejalashtirilgan darajasiga darhol erisha olmaydi, ularning yangi joyga moslashishi, ish joyi va operatsiyalarni o‘zlashtirishi davridagi mehnat unumdorligi doimiy xodimlarga nisbatan pastroq bo‘ladi. Ishchi xodimlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni oldindan ko‘zda tutish uchun o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shashlarning aniq sabablarini bilish lozim. Statistik hisobotda ushbu sabablar keltirilmaydi, joriy hisobda ham bunday ma’lumotlar mavjud emas. Ularni ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish asosida aniqlash mumkin. Tadqiqot ma’lumotlari bo‘yicha qo‘nimsizlikning asosiy sabablari quyidagicha: mehnat turidan qoniqmaslik, sharoitlar yomonligi, oylik mehnat haqi kamligi, ushbu kasbda o‘sish imkoniyati mavjud emasligi, ish vaqtining uzunligi va boshqalar. Tahlil yakunida korxona xodimlarini ijtimoiy himoyalash darajasini oshirish, ularning mehnat, ijtimoiy-madaniy, uy-joy-maishiy shart-sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Ular kelgusi yil uchun ijtimoiy taraqqiyot rejasi va jamoaviy shartnoma ishlab chiqishda hisobga olinadi. 4.4. Ish vaqtidan foydalanish tahlili Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, mehnat jamoasining har bir a’zosiga mahsulotlar ishlab chiqishning ortishi, shuningdek, mehnat resurslaridan samarali foydalanishning eng muhim shartlaridan biri ish vaqtidan tejamkor va samarali foydalanish hisoblanadi. Ish vaqti qay darajada to‘liq va oqilona foydalanilayotganligiga mehnat samaradorligi, barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarish bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ish vaqtidan foydalanish tahlili korxonadagi analitik ishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ish vaqtidan foydalanish tahlili ikki yo‘nalishda olib boriladi: ish vaqtidan yo‘qotishlarni va undan unumsiz foydalanishni aniqlash. 82 Tahlil uchun asosiy ma’lumotlar manbasi 1-mehnat statistik hisobot shakli bo‘lib, unda ish vaqtidan foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majud bo‘ladi: yil uchun ishlab berilgan kishi-kun va kishi-soatlarning umumiy miqdori. Ish vaqtidan foydalanish tahlili metodikasini ko‘rib chiqishdan oldin qisqacha tarzda ishlab berilgan vaqtni hisobga olishning amaldagi tartibi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Ishlab berilgan kishi-kuni va kishisoatlarning haqiqatdagi miqdori haqida ma’lumotlar tabel hisobi ma’lumotlari bo‘yicha olinadi. Tabel hisobining hozirgi tashkiliy shakli ishlab berilgan kishi-kuni va kishi-soatlarning haqiqatdagi miqdori haqida ishonchli ma’lumot bera olmaydi. Xodimning ish vaqti fondini rejalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: ish vaqtining kalendar fondi, u barcha smenalarda uzrli va uzrsiz kishi-kunilarning umumiy soni bilan o‘lchanadi; ish vaqtining nominal fondi, buni hisoblashda kalendar bo‘yicha kunlarning umumiy sonidan bayram va dam olish kunlari chiqarib tashlanadi; ish vaqtining maksimal fondi, buni hisoblashda nominal fondni hisoblashda qabul qilingan kunlar soni navbatdagi ta’tillar davomiyligiga kamaytiriladi (kunlarda). Ish vaqti fondini kishi-soatlarda rejalashtirishda xodimlarning ayrim guruhlarida ish kuni davomiyligi qisqartirilganligini hisobga olish zarur. Qisqartirilgan ish kuniga ega xodimlar guruhiga, masalan, tungi smena ishchilari, o‘smirlar, og‘ir va zararli ishlar bilan bandlar, emizikli onalar va boshqalar kiritiladi. Ish kuning o‘rtacha davomiyligi xodimlarning u yoki bu guruhining ish kuni davomiyligining umumiy hisobdagi ushbu guruhlarning ulushiga o‘rtacha tortilgani sifatida aniqlanadi. Masalan, agar 500 kishi 8 soatdan, 300 kishi 7 soatdan, 100 kishi 6 soatdan ishlasa, u holda ish kunining o‘rtacha davomiyligi 7,44 soatni tashkil qiladi. . 500 300 100 500*8 300*7 100*6 + + + + Shunday qilib, haqiqatdagi ish vaqtining o‘rtacha davomiyligi muayyan darajada mehnat resurslari tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ish vaqtidan foydalanish tahlilida haqiqatda ishlab berilgan kishikuni va kishi-soatlarni rejadagi hisobot yili va o‘tgan yil ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali ish vaqti yo‘qotishlari aniqlanadi. 83 Ish vaqti fondi (IVF) xodimlar soni, bir xodim tomonidan yil uchun ishlab berilgan kunlarning o‘rtacha miqdori, ish kunining o‘rtacha davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu bog‘liqlikni quyidagicha tasvirlash mumkin: IVF = XS*K*D 4.4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, o‘tgan yil bilan taqqoslaganda ish vaqtidagi umumiy yo‘qotish 37,01 ming kishi-soatga teng bo‘lsa, reja bilan qiyoslanganda 42,16 ming kishi-soatga ortiq bo‘ldi. 4.4- jadval Ish vaqtidan foydalanish tahlili Og‘ish, (+,-) № Ko‘rsatkichlar O‘tgan yil Hisobot yil uchun reja Hisobot yil uchun haqiqatda o‘tgan yildan rejadan 1. Xodimlarning o‘rtacha soni(XS) 974 936 952 -22 16 2. Bir xodimning bir yilda ishlagan kunlari soni (K) 264 260 258 -6 -2 3. Bir xodimning bir yilda ishlagan ish soatlari (S) 2030,16 2028,00 2038,20 8,04 10,20 4. Ish kunining o‘rtacha davomiyligi (D) 7,69 7,8 7,9 0,21 0,10 5. Ish vaqti fondi (IVF) ming kishi-soat 1977,38 1898,21 1940,37 -37,01 42,16 Ish vaqti fondi o‘zgarishi quyidagi omillar ta’siri hisobiga sodir bo‘lgan: a) xodimlar soni ∆IVFXS=(XC XC 1 0 00 - )**= К Д (952-974)*264*7,69= -44,663 ming kishi-soat; b) bir yilda bir xodimning ish kunlari soni (ish vaqtining butun kunlik yo‘qotishlari) ∆IVFK = 1 10 0 ХС К К Д *( )* - =952*(258-264)*7,69 = - 43,925 ming kishi-soat; v) ish kuni davomiyligi (smena ichida ish vaqti yo‘qotishlari) ∆IVFD = 11 1 0 ХС К Д Д * *( ) - = 952*258*(7,9-7,69)= + 51,579 ming kishi-soat. 84 Bizning misolimizda 88,588 ming kishi-soat (44,663+43,925) ish vaqti yo‘qotilishi xodimlar soni qisqarishi va yil uchun bir xodim uchun ish kunlari soni kamayishi hisobiga yuzaga kelgan. Ish vaqtining umumiy yo‘qotishi ish kuni davomiyligi uzaytirilishi hisobiga qisman qoplangan. Ish vaqti yo‘qotilishini o‘rgangandan so‘ng ish vaqtining unumsiz sarflanishi aniqlanadi. Ish vaqtining unumsiz sarflanishi yaroqsiz mahsulotlar tayyorlash, ularni tuzatish oqibatida ish vaqtini yo‘qotish, shuningdek, texnologik jarayondan chetlashish (ish vaqtining qo‘shimcha sarfi) bilan bog‘liq ish vaqti sarfidan yuzaga keladi. Ish vaqtining unumsiz sarflanishi yaroqsiz mahsulotdan yo‘qotishlar haqida ma’lumotlarga asosan hisoblanadi.
Download 21.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling