Korxonaning energetik auditi tekshiruvlarida energiya balanslarni qurish va tahlil qilish
Download 125.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqKorxonaning energetik auditi tekshiruvlarida energiya balanslarni qurish va tahlil qilish
Korxonaning energetik auditi tekshiruvlarida energiya balanslarni qurish va tahlil qilish Energetik balans korxona energiya xo‘jaligi holatini belgilovchi muhim tavsif bo‘lib, korxonaga uzatilayotgan energiya bilan foydalanilgan energiya va isroflarni o‘zaro munosabatini belgilaydi. Energetik balanslarni hisobiy, ratsional va meyyoriy shakllari mavjud. Energetik balanslarni tahlil qilish korxona energiya xo‘jaligi faoliyatini va energiyadan foydalanish samaradorligini sifat va miqdor jihatdan baholash bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi: -korxonada energiyani qabul qilish va istemol qilish strukturasini tadqiq qilish; -energiyadan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqlash; -korxona energiya jo‘jaligi faoliyatini va rivojlanishini belgilovchi umumlashgan ko‘rstakichlarni aniqlash; -korxona energetik balanslari strukturasini optimallash uchun kerak bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlarni olish. Korxona energoxo‘jaligini real holatini belgilovchi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish energetik tadqiqotlarni mohiyatini belgilaydi. Elektr energiyasi bo‘yicha energiya auditi tekshiruvlarini asosiy vazifasi solishtirma energiya sarfi katta bo‘lgan iste’mol manbalarini, katta isroflar sabablarini aniqlash va bu ortiqcha isroflarni yo‘qotish bo‘yicha tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Elektr energiyasini tejash bo‘yicha tadbirlar dasturi tashkiliy, huquqiy, texnik xarakterda bo‘lgan tadbirlar asosida korxona faoliyatini oqilona tashkil etishni ko‘rsatib beradi. Korxonada o‘tkaziladigan energiya tejash bo‘yicha tadqiqotlar samarasi asosan energetik balanslarni qay darajada detallashtirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Energiya oqimining elektr ta’minoti sxemasi barcha elementlari bo‘yicha aniqlangan quvvat balanslari noo‘rin sarflanayotgan elektr energiyasini tezroq aniqlash imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida korxonada elektr energiyasini texnologik mashinaga bo‘lgan bo‘g‘inlarda qanday taqsimlanishi, korxonada ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya sarfi, ishlab chiqarish uchastkalari, sexlar bo‘yicha energiya oqimlarini hisoblashni taqozo qiladi. Bu odatda uzoq muddatli tadqiqotlar va ko‘p kishilik tadqiqot guruhini talab etadi. Ayniqsa, minglab elektr dasgohlarga ega bo‘lgan yirik korxonalar uchun katta muammolarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotlar ko‘p xarajatni talab etgani va uzoq davom etishi sababli korxonalar bu tadqiqot natijalari samara berishiga shubha bilan qaraydilar va energiya auditi xizmatlariga murojaat qilishmaydi. bu esa o‘z navbatida, tez va arzon o‘tkaziladigan energetik tadqiqotlar uslubiyotini ishlab chiqishni talab qiladi. Elektroenergetika sohasining hozirgi kundagi dolzarb muammolaridan biri elektr energiyasini uzatishdagi texnologik va ayniqsa tijorat isroflarini oshib borayotganligini aytish mumkin [4, 16, 20, 28]. Bu esa elektr energiyasiga to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda. Bu muammoni hal etishning samarali yo‘llaridan biri elektr energiyasi real iste’molini ko‘rsatuvchi tezkor monitoring xizmatini tashkil etish hisoblanadiKorxonada o‘tkaziladigan energiya tejash bo‘yicha tadqiqotlar samarasi asosan energetik balanslarni qay darajada detallashtirilganiga bog‘liq bo‘ladi [67, 68, 89]. Energiya oqimining elektr ta’minoti sxemasi barcha elementlari bo‘yicha aniqlangan quvvat balanslari noo‘rin sarflanayotgan elektr energiyasini tezroq aniqlash imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida korxonada elektr energiyasini texnologik mashinaga bo‘lgan bo‘g‘inlarda qanday taqsimlanishi, korxonada ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya sarfi, ishlab chiqarish uchastkalari, sexlar bo‘yicha energiya oqimlarini hisoblashni taqozo qiladi. Bu odatda uzoq muddatli tadqiqotlar va ko‘p kishilik tadqiqot guruhini talab etadi. Ayniqsa, minglab elektr dasgohlarga ega bo‘lgan yirik korxonalar uchun katta muammolarni keltirib chiqaradi [89]. Tadqiqotlar ko‘p xarajatni talab etgani va uzoq davom etishi sababli korxonalar bu tadqiqot natijalari samara berishiga shubha bilan qaraydilar va energiya auditi xizmatlariga murojaat qilishmaydi. Bu esa o‘z navbatida, zamonaviy axborot-tahliliy tizimlar asosida tez va arzon o‘tkaziladigan energetik tadqiqotlar uslubiyotini ishlab chiqishni talab qiladi. Energiyani tejash imkoniyatlarini aniqlashda energetik balanslarni tahlil qilish muhim o‘rin tutadi [19, 38, 41]. Energetik balans korxona energiya xo‘jaligi holatini belgilovchi muhim tavsif bo‘lib, korxonaga uzatilayotgan energiya bilan foydalanilgan energiya va isroflarni o‘zaro munosabatini belgilaydi. Energetik balanslarni qurish va tahlil qilish quyidagi vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan: -korxonada energiyadan foydalanish samaradorligini haqqoniy baholash, energiya isroflari va uni kelib chiqish sababalarini aniqlash; -energiya tejash imkoniyatlarini aniqlash va baholash, isroflarni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish; -texnologik va energetik uskunalarni ish rejimlarini yaxshilash; -texnologik jarayon va uskunalarda istemol qilinayotgan energiyani oqilona miqdorini aniqlash; -mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya sarfini meyyorlarini ishlab chiqish va uslubiyotini takomillashtirish. Energetik balanslarni tahlil qilish korxona energiya xo‘jaligi faoliyatini va energiyadan foydalanish samaradorligini sifat va miqdor jihatdan baholash bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi: -korxonada energiyani qabul qilish va istemol qilish strukturasini tadqiq qilish; -energiyadan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqlash; -korxona energiya jo‘jaligi faoliyatini va rivojlanishini belgilovchi umumlashgan ko‘rstakichlarni aniqlash; -korxona energetik balanslari strukturasini optimallash uchun kerak bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlarni olish. Sanoat korxonalarida energetik tadqiqotlar asosida quriladigan energetik balanslar quyidagicha tasniflanadi: O‘rganiladigan davri bo‘yicha: hisobot energetik balanslari, o‘tgan davrdagi o‘lchangan qiymatlar bo‘yicha aniqlanadi; meyyoriy energetik balanslari, yaqin kelajakdagi ishlab chiqarish uchun belgilanadi; loyihalangan energetik balanslari, ob’ektlarni qurishda ishlab chiqiladi; istiqboliy energetik balanslari, kelgusida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun aniqlanadi. Elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini aniqlash bo‘yicha energetik balanslar quyidagi ko‘rinishlarda tayyorlanishi mumkin: Ratsional energetik balans, elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini energetik uskunalarni rekonstruksiya qilmasdan tashkiliy tadbirlar orqali samarali foydalanishni ta’minlaydigan energetik balans; Meyyoriy energetik balans, ilmiy asoslangan uslubiyot asosida hisoblangan energetik balans bo‘lib, energiyadan oqilona foydalanishni ta’minlaydi; Optimal energetik balans, elektr energiyasini eng kamchiqim uzatish, taqsimlash va foydalanish imkoniyatini beradigan va atrof muhitga eng kam zarar etkazadigan energetik balans hisoblanadi. -rasm. Sanoat korxonalarining energetik balanslari tasnifi Korxonalarni energetik pasporti asosan jadvallardan iborat bo‘lib [ ], joriy energiya istemoli bo‘yicha ma’lumotlar asosan 3 va 4-jadvallarda berilgan. –rasmda korxona energiya istemolchilari bo‘yicha o‘rnatilgan va istemol qilingan energiya bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan energetik pasportning 3-jadvali keltirilgan. Unga ko‘ra energiya istemolchilari 4 guruhga ajratilgan: texnologik ehtiyojlar, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etadigan texnologik mashinalar ehtiyoji. yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari, texnologik jarayon parametrlarini saqlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlar. o‘z ehtiyojlari, asosiy texnologik uskunalarni normal ish holatini ta’minlash uchun sarflanadigan ehtiyojlar. xo‘jalik (kommunal-maishiy) ishlab chiqarishning xo‘jalik –maishiy ehtiyojlariga sarflanadigan energiya istemolchilari. MB natijalarini chiqarish shaklini energetik pasport 3-jadvali ko‘rinishida tashkil qilamiz. SHu jadval asosida ma’lumotlar bazasi jadvallari tarkibini aniqlaymiz. Elektr uskunalarning o‘rnatilgan quvvatlari guruhlar bo‘yicha bevosita jadvalga kiritiladi. Istemol quvvatlari foydalanish koeffitsienti bo‘yicha aniqlanib jadvallarga hisobiy qiymat sifatida joylashadi. Korxona bo‘yicha energetik pasport ma’lumotlarini shakllanish tartibi –rasmda keltirilgan.
2.1-rasm. Energetik pasportning 3-jadvali. Elektr uskunalar sexlardan boshlab guruhlanib hisoblanadi. Ushbu sxema bo‘yicha elektr ta’minoti tizimini ikki boskichi buyicha: sex ichki va korxona ichki elektr ta’minoti tizimlari buyicha xisoblashlar amalga oshiriladi. Dastlab tartiblashgan diagrammalar usulida sex ichki elektr yuklamalari xisoblanadi va sex buyicha elektr energiya sarfi va isroflari aniklanadi. Texnologik jaraen boskichlari buyicha va sex buyicha maxsulot birligiga sarflanadigan energiya sarfi aniklanadi. Texnologik ehtiyoj va isroflar alohida yig‘indi qilinib sex bo‘yicha texnologik sarf va isroflar aniqlanadi. Sex ichki elektr ta’minoti bo‘yicha korxonada nechta sex bo‘lsa shuncha jadval tashkil etiladi. Jadvalni yakuniy ma’lumotlari sex bo‘yicha elektr energiya istemolining umumiy ko‘rstakichlari: sexda o‘rnatilgan uskunalarning o‘rnatilgan quvvati, aktiv va reaktiv quvvat istemoli, umumiy isroflar, quvvat koeffitsient iva sh.o‘. lar bo‘ladi. Xisoblashlarni ikkinchi boskichida korxona ichki elektr ta’minoti tizimida elektr energiya sarfi o‘rganiladi. Bunda qo‘shimcha ravishda korxona hududigi yuqori va past kuchlanishni elektr tarmoqlardagi isroflar, sex podstansiyalari transformatorlaridagi isroflar korxonaning umumsanoat uskunalari eki iste’molchilari (korxona, sovutish stansiyalari, oshxona, ma’muriyat binosi, xududdagi eritish va shunga uxshashlar) ehtiyojlariga ketadigan sarf hisoblanadi. Ushbu hisoblashlar uchun ma’lumotlar korxona energiya xo‘jaligi statik ma’lumotlari yoki tajriba orqali aniqlanadi. Download 125.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling