Koson tumani 9- umumiy o’rta ta’lim makatabining matematika fani o’qituvchisi Ruzimurodova Zeboning onlayn darslar uchun 9-sinf algebra fanidan yozgan tezisi


Download 21.95 Kb.
Sana18.08.2020
Hajmi21.95 Kb.
#126799
Bog'liq
9- sinf algebra tezis


Koson tumani 9- umumiy o’rta ta’lim makatabining matematika fani o’qituvchisi Ruzimurodova Zeboning onlayn darslar uchun 9-sinf algebra fanidan yozgan tezisi

Sana

Mavzu

Uyga vazifa

Tezis

31.03.2020

Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya,


175-bet 414, 4175-misollar berildi.

#9sinf # 31 mart #Algebra

O’qituvchi: IrodaSaibova.

Geometrik progressiyamavzusitakrorlandi. Cheksiz kamayuvchi geometric progressiya haqida qisqacha tushuncha berildi. Cheksiz kamayuvchi geometric progressiyaning yig’indisi topishga doir misollar ishlab ko’rsatildi. Dars sodda, tushunarli qilib bayon qilindi.

Uyga vazifa: 414, 415-misollar berildi.



1.04.2020.

Amaliy-tadbiqiyvafanlararobog’liqmasalalar.

417, 418-misollar. Hamda 184-betdagi 3-4 masalalar berildi.

#9sinf #1 aprel #Algebra

Mavzu: Amaliy-tadbiqiyvafanlararobog’liqmasalalar.

O’qituvchi: IrodaSaibova.

IV bob takrorlandi. Arifmetik progressiya va uning dastlabki n ta hadining yig’indisi, geometric progressiya va uning dastlabki n ta hadining yig’indisi, cheksiz kamayuvchi geometric progressiya mavzulariga doir masalalar ishlab ko’rsatildi.Dars sodda, tushunarli qilib bayon qilindi.

Uygavazifa: 417, 418-misollar. Hamda 184-betdagi 3-4 masalalar berildi.


3.04.2020

Hodisalar.

457-461 misollar.


#9sinf # 3aprel #Algebra

Mavzu: Hodisalar.

O’qituvchi: Iroda Saibova.

Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika tasodifiy hodisalar orasidagi bog’lanishlarni, qonuniyatlarni o’rganish va ulardan kelib chiqadigan xulosalarni amaliyot masalalarini yechishga qo’llashga bag’ishlangan fan ekanligi tushunarli va soda qilib tushuntirildi. Mumkin bo’lmagan, muqarrar va tasodifiy hodisalar, birgalikda bo’lishi mumkin va birgalikda bo’lmagan hodisalar, teng imkoniyatli hodisalar misollar orqali ko’rib chiqildi.

Uygavazifa: 457-461 misollar.


7.04.2020

Hodisaning ehtimolligi.


463-464 misol.

189-bet


#9sinf # 7aprel #Algebra

Mavzu: Hodisaning ehtimolligi.

O’qituvchi: IrodaSaibova.

Ehtimollikka klassik ta’rif berildi. Hodisaning barcha teng imkoniyatli va qulaylik tug’diruvchi natijalari nazariy jihatdan aniqlandi. Hodisaning ehtimolligiP(A)=m/n ekanligi o’yin kubiklari orqali tushuntirildi. Dars tushunarli bayon etildi.

Uygavazifa: 463-464 misol.


8.04.2020

Tasodifiy hodisaning nisbiy chastotasi


Uygavazifa: 486-misol. 205- bet


#9sinf # 8aprel #Algebra

Mavzu: Tasodifiy hodisaning nisbiy chastotasi

O’qituvchi: IrodaSaibova.

Ehtimollikning statistic ta’rifidan foydalanib, nisbiy chastota tushunchasi berildi. A hodisaning nisbiy chastotasiW(A) orqali belgilanishini va u ta’rifga ko’ra W(A)=M/N ekanligi Fransuz tadqiqotchisi Byuffon masalasi orqali tushuntirildi. Mavzu oson va tushunarli bayon etildi.

Uyga vazifa: 486-misol.


11.04.2020

Tasodifiy miqdorlarning sonly xarakteristikalari.


211-bet 492-494misol.


#9sinf # 11aprel #Algebra

Mavzu: Tasodifiy miqdorlarning sonly xarakteristikalari.

O’qituvchi: Iroda Saibova.

Tasodifiy miqdorlar o’yin kubiklari orqali tushuntirildi. Shu bilan birga tanlanma, moda (M0), mediana (Me), tanlanma kengligi (R), o’rtacha qiymat(Ẋ), matematik kutilma (E), dispersiya (D), o’rtacha kvadrat chetlanish (σ) tushunchalari soda qilib bayon etildi.

Uygavazifa: 492-494misol.


14.04.2020

Amaliy-tadbiqiyvafanlararobog’liqmasalalar.

Uyga vazifa: 221-betdagi 2, 3, 4-masalalar.




#9sinf # 14aprel #Algebra

Mavzu: Amaliy-tadbiqiyvafanlararobog’liqmasalalar.

O’qituvchi: IrodaSaibova.

Tasodifiymiqdorlarsherigini top metodiorqalimustahkamlandi. Tanlanma, moda (M0), mediana (Me), tanlanmakengligi (R), o’rtachaqiymat(Ẋ), matematikkutilma (E), dispersiya (D), o’rtachakvadratchetlanish (σ) tushunchalarigaoidmisollarishlandi.

Uyga vazifa: 221-betdagi 2, 3, 4-masalalar.


15.04.2020

O’zingizni tekshirib ko’ring.


212-bet 493-499-misollar. Loyiha ishini o’z sinfi misolida bajarish.

9sinf #15aprel #Algebra

Mavzu: O’zingizni tekshirib ko’ring.

O’qituvchi: IrodaSaibova.

Tasodifiy miqdorning modasini, medianasini, tanlanmasini, matematik kutilmasini, dispersiya va o’rtacha kvadrat chetlanishini topishga doir misollar ishlandi. Shu bilan birga“Sinfimiz statistic anazarida” mavzusida loyiha ishi ko’rib chiqildi.

Uygavazifa: 493-499misollar. Loyiha ishini o’z sinfi misolida bajarish.


18.04.2020

Kvadrat funksiya grafigi va xossalari

222-bet512-514-misollar

9sinf #18aprel #Algebra

Mavzu: Kvadrat funksiya grafigi va xossalari(Takrorlash)

O’qituvchi: IrodaSaibova.

Mavzu yaxshi tushuntirildi.Funksiya grafigini yasash,parabola shoxlari yuqoriga va pastga qarash hollari ,D ning qiymatiga ko’ra parabolaning OX o’qini kesib o’tishi ,urinib o’tishi va kesib o’tmaslik holatlari ,funksiya nollari,o’sish va kamayish oraliqlari ,parabola uchini toppish formulalarini eslatib o’tildi.Testlar yordamida mavzu mustahkamlandi.Uyga vazifa: 222-bet512-514-misollar


21.04.2020

Kvadrat tengsizliklarni yechish

222-bet

517,518,519-misollar berildi



9sinf #21aprel #Algebra

Mavzu: Kvadrat tengsizliklarni yechish(Takrorlah)

O’qituvchi: IrodaSaibova.

Mavzuni keng qilib tushuntirdi.Kvadrat tensizliklarga oid bir nechta misollar yechildi.Kvadrat tengsizliklar grafiklar orqali ham tushuntirib borildi. Uyga vazifa:222-bet

517,518,519-misollar berildi



25.04.2020

Funksiyaning aniqlanish sohasi

11-bilet imtihon savollari

9sinf #25aprel #Algebra

O’qituvchi: Iroda Saibova.



Mavzu: Funksiyaning aniqlanish sohasi

Funksiyaga tabiatdan va hayotdan misollar keltirildi.Fizika faniga bog’ladi.Funksiya ta’rifi keltirildi,misollarning ishlash usullari keltirildi.Shartli belgilar,grafiklar tushuntirildi.To’g’ri proporsional va teskari proporsional funksiyalar grafiklari bilan tushuntirildi.Mavzuga doir misollar ishlandi.Uyga vazifa: 11-bilet imtihon savollari



28.04.2020

Teskari proporsionallik



1)funksiya grafigini yasang.

2) funksiya grafigini yasang.

3) Giperbola hayotda uchrashiga misol keltiring.






#9sinf#28aprel#Algebra

Mavzu: Teskari proporsionallik

O‘qituvchi: IrodaSaibova.

Dars faollashtiruvchi test bilan boshlandi. teskari proporsional f unksiya deyilishi va bunda x-erkli o’zgaruvchi, k-nolga teng emas son ekanligi eslatib o’tildi. Teskari proporsional funksiyaning grafik ko’rinishi to’liq ko’rsatib berildi. Shu bilan birga aniqlanish sohasi (D), qiymatlar sohasi(E), o’sish yoki kamayishi, juft yoki toqligi, min yoki maxmi, funksiya nollarini topishga oid misollar ishlandi.

Uyga vazifa: 1)funksiya grafigini yasang.

2) funksiya grafigini yasang.

3) Giperbola hayotda uchrashiga misol keltiring.


29.04.2020

Trigonometrik formulalar

225-bet 544-546-misollar

#9sinf#29aprel#Algebra

Mavzu: Trigonometrik formulalar

O‘qituvchi: IrodaSaibova.

Burchakning radian o’lchoviga to’xtalib o’tildi. Sinus va kosinusga ta’rif berildi. Trigonometrik ayniyatlar Pifagor teoremasi orqali hosil qilindi.Trigonometrik funksiyalarning choraklardagi ishoralari aniqlandi. Koordinatalar sistemasida ishlandi.Trigonometrik formulalarini barchasi esga olindi. Uyga vazifa 225-bet 544-546-misollar



2.05.2020

Arifmetik ildiz

534,536-misollar (224-bet)

#9sinf#2-may#Algebra

Mavzu: Arifmetik ildiz

O‘qituvchi: IrodaSaibova.

Dars darajaga oid misollarni ishlash bilan boshlandi. A sonning kvadrat ildizi deb,kvadrati a gat eng bo’lgan songa aytilishi ( =b,b ^2=a,a,b0), a sonning n-darajali arifmetik ildizi deb,n-darajasi a ga teng bo’lgan songa ((n&a=b,b^n=a)) aytilishi eslatib o’tildi.Shu bilan birga y= &x),y=(2n+1&x) funksiyalarning aniqlanish (D) va qiymatlar (E) sohasi haqida tushuncha berildi . Uyga vazifa: 534,536-misollar (224-bet)



05.05.2020

Amaliy masalalar yechish

PISA tadqiqotlari topshiriqlarda berilgan kitob sahifalash haqida masala berildi.

9sinf#5-may#Algebra

Mavzu: Amaliy masalalar yechish

O‘qituvchi: IrodaSaibova.

Dars PISA tadqiqotlar masalalarini yechish bilan boshlandi.PISA topshiriqlarni berilish va yechish bosqichlari haqida tushuncha berildi.PISA tadqiqotlari topshiriqlariga doir 3 ta masala ishlandi Uyga vazifa: PISA tadqiqotlari topshiriqlarda berilgan kitob sahifalash haqida masala berildi.



06.05.2020

Qo’shish formulalarni takrorlash

225-bet.547-,548-misollar

9sinf#6-may#Algebra

Mavzu: Qo’shish formulalarni takrorlash

Trigonometrik funksiyalarning choraklardagi ishoralari aniqlandi Trigonometrik funksiyalarning berilgan gradus qiymatlarida qabul qiluvchi ishoralar aniqlandi. Qo’shish formulalari keltirildi.Qo’shish formulalariga doir misollar ishlandi.Keltirish formulalarini qo’llash usullarini tushuntirildi

Uyga vazifa: 225-bet.547-,548-misollar




Download 21.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling