Koʻzdan kechirish


Download 14.28 Kb.
Sana09.12.2020
Hajmi14.28 Kb.
#162620
Bog'liq
ko'zdan kechirish
Fizika, Fizika, 13-амалиёт, Psixodiagnostika (H.Ganiyeva), 104223 28-variant, 101746 Variant 5, darajali qatorlar. qatorlar yordamida taqribiy hisoblashlar., darajali qatorlar. qatorlar yordamida taqribiy hisoblashlar., darajali qatorlar. qatorlar yordamida taqribiy hisoblashlar., darajali qatorlar. qatorlar yordamida taqribiy hisoblashlar., darajali qatorlar. qatorlar yordamida taqribiy hisoblashlar., darajali qatorlar. qatorlar yordamida taqribiy hisoblashlar., O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi q

Koʻzdan kechirish (jinoyat huquqida) — tergov harakati; jinoyat izlari va boshqa ashyoviy dalillarni topish, sodir boʻlgan hodisa tafsilotlarini va jinoyat ishi uchun ahamiyatli boshqa holatlarni aniqlash maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, baʼzan sud oʻtkazadi.

Qotillik, bosqinchilik, talonchilik, oʻgʻirlik, haloqat qabilar yuz berganda joy, bino, tevarak-atrof, shuningdek, murda koʻzdan kechiriladi. Bu harakat jinoyat ishi qoʻzgʻatilmasdan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Tintuvda topilgan narsalar va hujjatlar, pochtatelegraf joʻnatmalarini jinoyat ishiga qoʻshishdan oldin Koʻzdan kechirish shart. Jinoyat ishiga aloqador deb hisoblangan buyumlar va holatlar Koʻzdan kechirish chogʻida xolislar huzurida tahlil qilinadi, zarur boʻlsa — tegishli mutaxassislar yordamida fotosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiriladi, nusxalari va qoliplari olinadi. Koʻzdan kechirish jarayoni va uning natijalari haqida bayonnoma tuziladi (Oʻzbekiston Respublikasi JPK 135—141-moddalar).[1]



Manbalar[tahrir]

    1.  OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Download 14.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling