Kranlarning himoya panellari


Download 91.94 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi91.94 Kb.
#1311345
Bog'liq
10-maruzaKRANLARNING HIMOYA PANELLARI


KRANLARNING HIMOYA PANELLARI.
Reja:



  1. Kranlarning himoya panellari vazifasi va turlari.

  2. Kranlarning himoya panellarini ishlash prinsipi.



Tayanch so’z va iboralar: texnika xavfsizligi, kranlarning himoya panellari, maksimal rele, kranni normal hududi.
Texnika xavfsizligi qoidalariga binoan kranlar elektr yuritmalarining boshqarish tizimlariga bajarilishi kerak bo’lgan bir nechta shartlar qo’yiladi. Jumladan, mexanizmlarning xaraqatlanishini avtomatik ravishda cheklanishi, lyuk ochilganida avtomatik ravishda elektr ta'minot kuchlanishi blokirovkalanishi va boshqalar. Ushbu amallarni bajarilishini kranlarning himoya panellari (KNP) ta'minlaydi.
KNP tarkabida quyidagi asosiy elementlar bo’ladi: elektr ta'minot kuchlanishini ulab-o’chiruvchi umumiy rubilnik, chizg’iy kontaktor, maksimal relelar komplekti hamda boshqarish tizimini ulab-o’chiruvchi tugmacha va paketli ulab-o’chirqich. KNP elektr ta'minotiga qarab, ikki xil bo’ladi: o’zgarmas tok uchun PPZB turdagi va o’zgaruvchan tok uchun PZKB turdagi. KNP kran mexanizmlarining soniga mos maksimal relelar bilan jihozlanadi. KNP ga 8 tagacha rele o’rnatilishi mumkin. PZKBturdagi KNP sxemasi 1 rasmda keltirilgan.

1- rasm. O’zgaruvchan tokli kran himoya panelining sxemasi


KNPningL kontaktorini ulanishi Kold tugmachasini bosib amalga oshiriladi. Bunda L kontaktlari ulanib L chulg’amiga kuchlanish beriladi. Kuchlanish berilishi faqat quyidagi kontaktlar: maksimal himoya RM, avariya ulab-o’chirgich AV, kran ko’prigiga kabinadan chiqish blokirovka KCHB hamda ko’tarish KK, aravachani harakatlantirish KA va ko’prik KM kontrollerlarining nol yordamchi kontaktlari ulangan bo’lsagina amalga oshadi. Shuning uchun L kontaktori faqat barcha kontrollerlar nol holatiga ulangan bo’lsa ishga tushishi mumkin. Kontaktor L ishga tushganidan so’ng kontrollerlarning nol yordamchi kontaktlari va har bir mexanizmning oxirgi ulab-o’chirgichlar zanjiri orqali o’z o’zini elektr bilan ta’minlaydi. Sxemadagi oxirgi ulab-o’chirgichlar kranni normal xududda ishlashini ta'minlaydilar. Agarda kran ko’prigi “oldinga” holatida normal xududdan chiqib ketsa KVMV (oldinga harakatlovchi ko’prikning oxirgi uzgichi) oxirgi ulab-o’chirgich ishga tushib, L kontaktorni uzib qo’yadi. Bunda barcha motorlar ta'minoti yo’qolib, mexanik tormozlar mexanizmlarni to’xtatadi. Kold tugmachasini bosib hamma kontrollerlar nol holatiga o’rnatilgandan so’ng L kontaktor ishga tushadi. Lekin KVMV oxirgi ulab-o’chirgich uzilganligi tufayli L ta'minot zanjiri KM kontrollerini “orqaga” holatida KVMN ulangan kontakti orqali o’tadi.
Shuningdek 1- rasmda KNP katta tokli kuchli zanjiri ham ko’rsatilgan. Bunda har bir motorning ikki fazasiga maksimal rele 1RM-6RM chulg’amlari ulangan va uchinchi fazasi esa RM0 relesi bilan himoyalangan
Download 91.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling