Kreativ ta'limdan boshlang'ich sinflarda foydalanish


Download 18.02 Kb.
Sana30.07.2023
Hajmi18.02 Kb.
#1663728
Bog'liq
KREATIV TA\'LIMDAN BOSHLANG\'ICH SINFLARDA FOYDALANISH


KREATIV TA'LIMDAN BOSHLANG'ICH SINFLARDA FOYDALANISH
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim fakulteti 1-G guruh talabasi Orazbayeva

Ra'noAnnotatsiya: Ushbu maqolada kreativ ta'limdan Boshlang'ich sinflarda foydalanish, uning ahamiyati va samaradorligi, kreativ ta'lim, kreativlik tushunchalari haqida so'z yuritiladi va kreativ ta'limning an'anaviy ta'limdan farqli va o'xshash jihatlari aytib o'tiladi. Kalit so'zlar:Kreativlik, kreativ ta'lim, fan, texnika, Boshlang'ich ta'lim, ijodkorlik, Abstract:This article discusses the use of creative education in primary grades, its importance and effectiveness, creative education, concepts of creativity, and the differences and similarities of creative education from traditional education. asked.Key words:Creativity, creative education, science, technology, Primary education, creativity,Hozirgi zamon ta’limining bosh va asosiy vazifasi –o’quvchining intelektual darajasini, yaratuvchanligini, ijodkorligini, izlanuvchanligini takomillashtirish orqali yangi bilimlarni olish, yaratishga, ruhlantirishga qaratilgan bo'lib, bunda kreativlik o'ziga xos o'rinni egallaydi. Kreativlik so'zi “Creato”-lotincha so’zdan olingan bo'lib, ijodiy fikr, texnik loyiha, ijodkorlikka moyillik, o’quv –biluv jarayonida mas’uliyat, yaratuvchanlik kabi ma'nolarni anglatadi. Bizning ta'lim tizimimizda ta'lim berishning an'anaviy hamda noan'anaviy usullari mavjud. An’anaviy ta’lim asosan ilgaridan mavjud bo’lgan didaktikaga asoslangan, ya’ni o’quv jarayoniga ilgaridan fanga ma’lum bo’lgan bilimlarni o’qitish, o’rgatish, yetkazish bilan xarakterlanadi. O’qituvchi avvaldan ma’lum bo’lgan reproduktiv faoliyatni olib boradi. Bu esa asosan o’quvchining ta’lim mazmunini yodlab olishi, qayta takrorlab borishi bilan cheklanadi. Ya’ni ta’lim ilgaridan ma’lum bo’lgan predmet “avval hunar o’rgat, keyin shogird o’z xohishiga ko’ra nima qilsa qilaversin”yo’sinida ish tutish rasm bo’lgan. Noan'anaviy ta'lim esa, yangidan paydo bo'layotgan usullardan foydalanishdir. Ya'ni avvaldan bor bo'lgan metodlarning yangi ko'rinishda, yangicha talqinda, ularga bir qancha o'zgartirishlar va kreativlik kiritgan holda qo'llashdan iborat. Biz kreativlik tushunchasiga ko'p bora duch kelamiz. R.A.Mavlanova o‘zining «Boshlang`ich ta’limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya» nomli o‘quv qo‘llanmasida kreativlikning o‘zi nima, uning shakllanishi masalalariga alohida to’xtalib o‘tgan. Qo‘llanmada kreativlik tushunchasining mazmuni va mohiyati chuqur tahlil etilgan. Ammo kreativlik masalasining ilmiy-nazariy, ilmiy-pedagogik jihatlari maxsus ilmiy tatqiqot ob`ekti sifatida tatqiq etilmagan. Bugungi kundagi zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimi kreativ yondoshuvni talab etadi. Ayniqsa, boshlang`ich ta`lim –bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta`lim turidan biri bo‘lib, ta`limning bu bosqichida pedagog


МеждународныйнаучныйжурналNo7(100), часть1«Научный импульс» Февраль, 2023279o‘qituvchilarga katta mas`uliyat yuklatiladi. Ya`ni boshlang`ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik faoliyati hali maxsus o‘rganishni talab etmoqda. Kreativlik-shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma`naviyatining ajralmas qismi bo‘lib, shaxsni o‘z-o‘zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘p qirrali ekanligida emas, balki yangi g`oyalarga intilishda va o‘rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Kreativlik bevosita innovatsiyalar bilan bog`liq jarayondir. Negaki oqituvchining kreativlik faoliyat yuritishi uchun, u albatta ozining sohasidagi eng songgi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan boxabar bolishi, innovatsion yangiliklarnioz faoliyatida orinli foydalana olishi lozim.Xulosa o'rnida aytib o'tish joizki, boshlang’ich sinf o’qituvchisi har qanday vaziyat, har qanday jarayon va har qanday paytda eng samarali yo’lni izlab topishi va uni amaliyotga joriy qilish orqali dars jarayonini samarali tashkil etishi, boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga tez, tushunarli, qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham kreativlikning bir ko’rinishi sanaladi. O‘qituvchining kreativligi, ushbu kreativlikning mohiyatini beruvchi ijodkorlik ustuvor xarakterga egadir. Bu esa bizning maqolamiz ob`ekti bo‘lgan o‘qituvchining kreativlik faoliyatining naqadar muhimligidan dalolat beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi,2017.16 yanvar, No112. R.A.Mavlonova, B.Normurodova "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" Toshkent 20073. N.Egamberdieva "Tarbiya texnologiyasi" Fan va texnologiyalar 2016-yil4.R.A.Mavlonova, D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma Toshkent Fan va texnologiya 2012-yil 5.S.Nishonova, M.Imomova, R.Xasanov. Pedagogika tarixi. Darslik Toshkent O‘qituvchi 1996-yil6. M.Ochilov. Muallim qalb me’mori. O‘quv qo‘llanma Toshkent O‘qituvchi 2004-yil7. N.Egamberdieva, Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Alisher Navoiy nomidagi O‘zMKN.Toshkent 2009-yil
Download 18.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling