Kredit olish uchun korxona yoki tashkilot o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi


Download 155.82 Kb.
Sana11.02.2022
Hajmi155.82 Kb.
#573087
Bog'liq
кредитлаш
8.Глюкокортикоидлар, 2, qoday, qoday, 1-kitobcha, Ibashova Biybiruza (301-10) KI qq[Metrogoliya], 3-shart spes nemischa, 1-kurs Islom odob (2), 1-kurs Islom odob (2), Qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi, reklama agentliklarining interaktiv mobil dasturini yaratish nukus shahridagi bizler.uz nomli reklama agentligi misolida, malumotlar bazasi, qosimsha, maxambetov qosimsha


Kredit olish uchun korxona yoki tashkilot o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kredit olish uchun ariza;
 korxonaning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi;
biznes-reja;
 foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot;
 oborot mablag‘larining aylanuvchanligi hisob-kitobi;
 boshqa kreditorlardan qarzga mablag‘lar olingani va boshqa banklarda erkin mablag‘lari borligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Bu hujjatlar sinchiklab o‘rganilgach, bank xodimi xulosani rasmiylashtiradi, so‘ngra u ilova qilingan hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqish uchun kredit qo‘mitasiga yuboriladi. Kredit qo‘mitasi o‘z vakolatlaridan kelib chiqib, uch kun mobaynida tegishli qaror qabul qiladi.
Kredit qo‘mitasining ijobiy qaroridan keyin kredit shartnomasi tuziladi. Unda quyidagilar ko‘zda tutiladi:
kredit maqsadi va summasi;
 kreditni berish tartibi va shakli, kredit liniyasi miqdori va haqiqatdagi qarzidan kelib chiqib belgilangan uzish muddatlari;
 foiz stavkalari miqdori, ularni hisoblab yozish va to‘lash tartibi;
 kreditni berish uchun zarur ma’lumotlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarning ro‘yxati va ularning davriyligi;
 buxgalteriya va ombor hisobi, kreditdan maqsadli foydalanish, qaytarishni ta’minlash holatini joyning o‘zida har chorakda tekshirish va boshqa masalalar.


Download 155.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling