Kriptografik usullar


Download 17.4 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi17.4 Kb.
#165650
Bog'liq
kriptografik usullar fanidan mustaqil ish


Amaliy matematika va informatika yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun “kriptografik usullar” fanidan mustaqil ish topshiriqlari

  1. Kriptografik atamalarning kamida 5 tasiga ta’rif bering. (masalan, shifr, kalit, kriptotizim va hakazo).

  2. Sezar shifrlash usulini izohlang va bu usulda o’zingizni FISH (familiya ism va sharifingizni) shifrlang va deshifrlang. Kalit sifatida yoqtirgan raqamingizni tanlashingiz mumkin, faqat 0 soni yoki alfabit uzunligiga teng bo’lgan son tanlamang. Shifrlash jarayonini to’liq yozib ko’rsating.

  3. “Yo’nalish bo’yicha o’rin almashtirish” usuli bilan shifrlang. 7x4 jadval hosil qiling. Bu jadvalni o’zingizni yashash manzilingiz bilan to’ldiring (agar manzil 28 ta belgidan ortiq bo’lsa, jadval to’lgunicha olinadi). Qoida: jadvalni yuqori chap burchakdan boshlab to’ldiriladi. Chapdan o’ngga va o’ngdan chapga qarab va hakazo. Shifr matnni hosil qilishda esa yuqori o’ng burchakdan boshlab, yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga qarab yoziladi. (Ushbu qoida bo’yicha bajarilmasa, noto’g’ri bajarilgan hisoblanadi).

  4. Vijiner shifrlash usuli yordamida “MEN (ISMINGIZ)MAN (TUMAN NOMI) TUMANIDA YASHAYMAN” matnini qavs ichidagi joylarini to’ldirib shifrlang va deshifrlang.

  5. Diffi-Xellman algoritmi yordamida kalit hosil qiling. p=11, g=7 ga teng. O’zingizning maxfiy kalitingiz XA= jurnaldagi tartib raqamingiz. Qabul qiluvchining maxfiy kaliti XB=9 ga teng.

Izoh. Mustaqil ishni hamma talaba o’zi mustaqil bajaradi. Mustaqil ish ixtiyoriy ko’rinishda (yozma yoki elektron shaklda) bo’lishi mumkin. Elektron shaklda bajarganlar .doc yoki .docx formatida bajarishi kerak. Yozma shaklda bajarganlar .pdf formatida yuklaydi. Varoqlar soni ixtiyoriy bo’lishi mumkin, lekin yuqoridagi 5 ta topshiriq bajarilishi shart. Topshiriqdagi algoritmlar haqida ma’lumotlar ma’ruza darslarining taqdimotlarida va adabiyotlarda keltirilgan.
Download 17.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling