Kristall va amorf jismlar


Download 159.68 Kb.
bet1/2
Sana12.12.2019
Hajmi159.68 Kb.
  1   2


KRISTALL VA AMORF JISMLAR
Kundalik turmushda biz gaz, suyuqliklarga nisbatan qattiq jismlarni ko’proq ishlatamiz. Sinfdagi stol, stul, doska, bo’r. kitob. daftar va h. k. lar qattiq jismlarga kiradi. Qattiq jismlar qanday tuzilgan? Nega ayrim qattiq jismlar ozgina kuch ta'sirida sinib ketadi?

Molekular-kinetik nazariyaga ko’ra, qattiq jismlar ham atom va molckulalardan iborat bo’lib, to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qattiq jismlar atom molekular tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi. Kristall va amorf jismlar. Kristall jismlarda atomlar ma'lum bir tartib bilan joylashadi. Masalan, osh tuzi (NaCl) dagi natriy va xlor atomlari kub shaklini hosil qilib joylashadi.



Atomlar kristall panjara tashkil etib joylashganda, o’zaro ta'sir kuchlari kompensatsiyalangan (muvozanatlashgan) holda bo’ladi.

Atomlar hosil qilgan shaklni kristall panjara deyiladi. Panjarada atomlar turgan joylarini panjara tugunlari deyiladi. Kristall panjaradagi atomlarni bogMovchi chiziqlarni xuddi deraza panjarasidagi sterjenday tushunmaslik kerak. Bu chiziqlar atomlar orasidagi o’zaro ta'sir kuchlarini ifodalaydi. Moddalar hosil qilgan kristall panjaralar turli ko’rinishga ega. Unda kristall panjaraning eng kichik elementar yacheykasi keltirilgan. Kristallda shu elementar yacheykalar takrorlanib joylashadi.

Turli rangga ega bo’lgan, lekin aynan bir xil kimyoviy elementlardan tashkil topgan kristallar uchraydi. Masalan, tabiiy korund kristalining 40 dan ortiq rang va jilvaga ega bo’lgan turlari topilgan. Shu bilan birga bir xil rang va jilvaga ega bo’lgan, lekin kimyoviy tarkibi turlicha bo’lgan kristallar mavjud. Masalan. kvars, turmalin, sirkon. topaz va boshqalar.


Download 159.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling