Kritik konsentrasiya darajasiga erishganda to’g’ri chiziqda sinish hosil qiladi


Download 302.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.09.2022
Hajmi302.85 Kb.
#811771
Bog'liq
9-лаб иши
Elektr oʻtkazuvchanlik - Vikipediya, Temuriylar davri 2


32 
kritik konsentrasiya darajasiga erishganda to’g’ri chiziqda sinish hosil qiladi. 
So’ngra konsentrasiyaning navbatdagi oshishi bilan ekvivalent elektr 
o’tkazuvchanlik keskin kamayadi. Bu hol shunga bog’liqki, garchi hosil bo’lgan 
ionli misellalar tok o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lsada, ular o’lchamlarining 
kattaligi tufayli elektr maydonida erkin ionlarga nisbatan kam harakatchanlikka ega 
bo’ladi. Bundan tashqari, zaryadli misellalar tomonidan keltirib chiqariladigan 
kuchli elektrostatik itarish kuchi qarshi ionlarning bir qismini misellalarga 
bog’laydi. Natijada sistemaning elektr o’tkazuvchanlik qobiliyati pasayadi. 
Misella paydo bo’lishining kritik konsentrasiyasini aniqlash maqsadida
odatda, solishtirma elektr o’tkazuvchanlikning konsentrasiyaga bo’lgan 
bog’liqligidan foydlanish qulayroq. Haqiqiy eritmalar sohasida eritmaning 
solishtirma elektr o’tkazuvchanligi konsentrasiyaning oshishi bilan gradual oshib 
boradi. Kritik konsentrasiya darajasiga erishilganda esa, grafikda sinish kuzatiladi 
va bu sinish kuzatiladi va misella paydo bo’lishining kritik konsentrasiyasiga mos 
keladi. 
Sirt taranglik usuli shunday bir afzallikka egaki, uning aniqlik darajasi misella 
paydo bo’lishining kritik konsentrasiyasiga bog’liq ravishda o’zgarmaydi. Sirt aktiv 
moddalar molekulalari zanjirlarining uzun-kattaliklari ham uning aniqlik darajasiga 
ta'sir etmaydi va amalda eritmaning sirt tarangligi bir xilda o’zgarib boraveradi. 
Boshqa usullardan foydalanilganda, misella paydo bo’lishining kritik 
konsentrasiyasi zanjir uzunligining o’zgarishiga qarab o’zgara borishi mumkin. 
 
6.1-laboratoriya ishi 
Misella paydo bo’lishining kritik konsentrasiyasini konduktometrik usul 
yordamida aniqlash. 
Ish uchun zarur vositalar: reoxordli ko’prikcha, elektr o’tkazuvchanlik 
o’lchash idishi, suvli termostat, tarozi, magnitli aralashtirgich, pH metr, oleat 
natriyning 0,1 m eritmasi, distillangan suv 50 ml hajmga mo’ljallangan o’lchov 
silindri. 


33 
Elektr o’tkazuvchanlik idishiga (yacheykaga) tekshiriladigan eritmadan 
shunday bir hajmda quyilsinki, u yacheyka elektrodlarini reoxrodli ko’prikchaning 
klemmalariga ulanadi va shu onning o’zidayoq yacheykalari eritmaning elektr 
qarshiligi o’lchab olinadi. So’ngra pipetka yoki o’lchov silindri yordamida 
yacheykadagi eritmaning yarmi olinib, uning o’rniga o’shancha hajmga ega 
distillangan suv quyiladi-da, eritmaning elektr qarshiligi yana o’lchanadi. Shu 
xildagi suyultirish va o’lchash ishlari 8 marta takrorlanib, qayd etilgan natijalar 
yozib borilgan va ular asosida tenglama yordamida eritmalarning solishtirma elektr 
o’tkazuvchanliklari hisoblab topiladi, ya'ni
z
,
x
R
k

(1) 
bu yerdagi k-yacheyka doimiysi, R
x
-Omlarda ifodalangan, z -o’lchab olingan eritma 
qarshiligi. 
Yacheyka doimiysi k-ni aniqlash uchun ikki marta qayta kristallantirilgan 
kaliy xlorid tuzining aniq konsentrasiyali eritmasi tayyorlanib, reoxordli 
ko’prikchada uning qarshiligi o’lchanadi. Topilgan qarshilikni quyidagi 
tenglamaga qo’yib, yacheyka doimiysi hisoblanadi: 
k=Z
o
R
o
(2) 
bu yerdagi R
0
-aniq konsentrasiyali kalsiy xlorid eritmasining qarshiligi, Z
0
-
eritmaning berilgan haroratdagi qarashiligi bo’lib, kaliy xloridning 0,02 n eritmasi 
uchun 25˚C da u 0,002768 om
-1
. sm
-1
ga teng.
O’lchash ishlari tamom bo’lgach qo’lga kiritilgan ma'lumotlar asosida, absiss 
o’qiga mol.l
-1
larda ifodalangan eritma konsentrasiyalari, ordinata o’qiga esa, om-
1.sm
-1
larda ifodalangan eritmalarning solishtirma qarshiliklari tushirilib, R-C 
bog’liqligini aks ettiruvchi grafik chiziladi. Grafikda hosil bo’lgan sinish bo’yicha 
unga mos keladigan oleat natriyning misella hosil qilish kritik konsentrasiyasi 
topiladi.
 
 
 

Download 302.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling