Kub bo’yovchi moddalar bilan gul bosish reja


Download 35.36 Kb.
Sana20.04.2020
Hajmi35.36 Kb.
#100404
Bog'liq
4-лекция


4 – MA’RUZA

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

KUB BO’YOVCHI MODDALAR BILAN GUL BOSISH

Reja:

      1. Kub bo’yovchi moddalar bilan gul bosish usullari va texnologiyasi

      2. Kub bo’yovchi modda bilan ishqoriy-qaytaruvchili usulida gul bosish

      3. Kub bo’yovchi modda bilan rongalitli-potashli usulida gul bosish

      4. Kub bo’yovchi modda bilan ikki bosqichli usulida gul bosish

Tayanch so’z va iboralar: kub bo’yovchi modda, ishqoriy-qaytaruvchili usul, rongalit-potashli usul, ikki bosqichli usul, ishqor, glitserin, potash.
Kub bo’yovchi moddalar sellyulozali, gidratsellyulozali va tabiiy ipak matolarga bevosita va tezobli gul bosishda ishlatiladi. Bevosita gul bosishning uch usuli mavjud:

ishqoriy-qaytaruvchili

rongalitli-potashli

ikki bosqichli

Bu usullar gul bosish bo’yog’ini tayyorlash va gul bosish texnologiyasi kub bo’yovchining chiqarilish holatiga bog’liq bo’ladi.

Kub bo’yovchi moddalarni oddiy kukun holatida faqat ishqoriy-qaytaruvchili usul yordamida avval bo’yovchini to’liq qaytarib, so’ng gul bosiladi. Bo’yovchi modda glitserin bilan yaxshilab ezg’ilanadi, ishqor va potash (K2CO3), quyultma qo’shiladi va hosil bo’lgan aralashma 50-600C gacha isitilib, so’ng natriy ditionit (Na2S2O4) qo’shiladi, shu haroratda 20-40 min aralashatirilgan holda bo’yovchi to’lik qaytarilguncha qizitiladi. Uy haroratigacha sovutilib, bo’yoq tarkibiga quyultma bilan 1:1 nisbatda rongalit qo’shiladi. Hosil bo’lgan tarkib bilan matoga gul bosiladi, havosiz kamerada 103-1050C da 8-10 min. ishlov beriladi. Tola g’ovaklariga diffuziyalangan kub bo’yovchi moddani leykobirikmasi tuzini pigment holiga o’tkazish uchun matoga oksidlovchini kuchsiz kislotali eritmasi bilan yoki oqar sovuq suv bilan ishlov beriladi, so’ng yuviladi, sovunlanadi, yana yuviladi va quritiladi. Qaytarilgan bo’yovchi modda gul bosish jarayonida havo kislorodi bilan oksidlanadi, bo’yoq tarkibidagi rongalit bug’lash kamerasida parchalanib, oksidlangan bo’yovchini yana qaytaradi:

Bu usulning kamchiliklaridan eng asosiysi- qaytaruvchi sarfining yuqoriligi, ya’ni natriy ditionit bilan gul bosishdan avval qaytariladi, gul bosishdan so’ng bug’lash kamerasida rongalit bilan yana qaytariladi.

Rongalit-potashli usul bilan kub bo’yovchilarni faqat ko’rsatgichi «P» bo’lgan pasta holida ishlatish mumkin. Pasta tarkibiga bo’yovchidan (15-20%) tashqari dispergatorlar, erituvchi, antifrizlar, gigroskopik va gidrotrop moddalar, katalizatorlar, antiseptik va elektrolitlar kiradi. Bu qo’shimchalar pastaga quyidagi kerakli xossalarni beradi: yuqori dispergirlik, turg’unlik, oson qaytarilish va hosil bo’lgan leykobirikmaning oson erishi va yuqori diffuzion qobiliyati. Pastda bunday ijobiy xossalarning mujassamligi bo’yovchining rang tusiga va mustahkamligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Bo’yoq tayyorlash uchun pasta glitserin bilan aralashtiriladi va ketma-ket quyultma, potash, rongalitning quyultma bilan 1:1 nisbatdagi aralashmasi qo’shiladi.
Bo’yoq tarkibi quyidagicha bo’ladi, g/kg:

kub bo’yovchi - 120

glitserin - 80

potash (suv bilan 1:1) - 240

rongalit (quyultma bilan 1:1) - 200

quyultma -

Gul bosish quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi:

Gul bosish quritish bug’lash oksidlash yuvish

102-1050C

8-10 min

sovunlash yuvish quritish

Quyuqlovchi sifatida bu usul bilan gul bosganda turli yuqori molekulali birikmalar eritmasi ishlatilsa bo’ladi: kraxmal, kraxmal va tragantning 1:1 nisbatdagi aralashmasi, KMS va alginatlar.

Rongalitli-potashli usul bilan gul bosganda bug’lash kamerasiga kirayotgan matoning namligini ahamiyati katta. Shuning uchun bo’yoq tarkibiga sellyulozali matolarga gul bosganda ishqoriy agent sifatida gigroskopik modda kaliy karbonat (potash) ishlatiladi, undan tashqari glitserin qo’shiladi. Bu moddalar kameradagi to’yingan bug’ kondensatsiyasini oshirib, leykobirikmaning kaliyli tuzi eruvchanligini va uni tola ichiga diffuziyasini oshiradi. Tabiiy ipak mahsulotlarga gul bosganda ularning namligi paxtaga nisbatan yuqori bo’lganligi sababli natriy karbonat ishlatiladi. Rongalitli-potashli usulning ishqoriy qaytaruvchili usuldan afzalligi bo’yovchining bo’yoq tayyorlashda, gul bosib quritishda suvda erimaydigan pigment
S=O

Rb holda bo’lishidir. Lekin rongalit 800C dan boshlab

S=O

parchalana boshlagani sababi quritish temperaturasi past olinadi, bu esa ish unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aks holda rongalitning ma’lum qismi quritish jarayonida parchalanib, kub bo’yovchidan unumli foydalanishni kamaytirib, rang to’qligini pasaytiradi. Shu sababli bo’yoq tarkibiga rongalit keragidan ortiqroq qo’shiladi, uzoq vaqt davomida (8-16 min) bug’lanadi. Rongalitni yana bir salbiy xossasi agar bug’lanmagan mato sexda saqlansa, mato qatlamining qizishi, atmosferadan namlikni yutishi natijasida uning parchalanib muhit pH ini pasaytirishidir. Bunda matoning gul tushirilgan joylarini mexanik xossasi susayadi. Temperaturaga bog’liq holda rongalit quyidagi sxemalar bo’yicha parchalanishi aniqlangan.



T<800C:

6NaHSO2CH2O+3H2O4NaHSO3+2HCOONa+2H2S+HCOOH+3CH3OH


T>800C:

3NaHSO2CH2O2NaHSO3 CH2O+CH2S+NaOH


Bug’lash paytida ikkala reaksiya birdaniga ketadi va muhit pH i pasayadi.

Bug’lanish temperaturasi yuqori bo’lsa ( 1100C) rongalit formaldegid va natriy sulfoksilat hosil qilib parchalanadi:


NaHSO2 · CH2O  NaHSO2+CH2O
Sulfoksilat kislorod bilan peroksid hosil qilib, sellyulozani parchalashi mumkin. Shu sababli bug’lash kamerasida havo miqdori 0,03% dan oshmasligi lozim.

Rongalitli-potashli usulni jadallashtirish maqsadida bo’yoq tarkibiga rongalitni parchalanishini tezlatuvchi turli katalizatorlar qo’shish taklif qilingan. Katalizatorlar ichida yuqori aktivlikka ega va topilishi osonroq, umumiy formulasi [Co(DH)2L2]x ko’rinishdagi kobalt va dimetilglioksimning sis- va trans- holdagi kompleks birikmalaridir.

Kobaltning dimetilglikoksim va tiomochevinali kompleksi (DIMO)ning aktivligi juda yuqori, bu modda suvda yaxshi eriydi va ishqoriy sharoitga chidamli. Tayyor komplekslardan tashqari ularning yarim mahsulotlari: kobalt nitrat va xlorid tuzlari, dimetilglioksimlarni ham qaytarish katalizatori qilib ishlatish taklif qilingan. 1-jadvalda keltirilgan natijalar bo’yoq tarkibiga katalizator qo’shishning ahamiyati kattaligini ko’rsatadi.

Jadval 3.

Rongalitli-potashli usul bilan gul bosganda katalizator tabiatining bo’yovchini tolaga bog’lanishiga ta’siri [g/kg]

Qaytaruvchi



1000C da bo’yovchining bog’lanishiga bug’lash vaqti (min) ta’siri




0,5

1

3

6

9

12

Rongalit

0,90

10,3

16,1

17,7

20,5

20,2

Rongalit+DIMO

23,5

23,8

24,8

24,9

24,8

22,9

Rongalit+Co(NO3)3+dimetilioksim

23,11

23,8

24,5

24,8

24,8

23,1

Ikki bosqichli gul bosish progressiv usul bo’lib, rongalitli-potashli usul kabi kub bo’yovchi moddani yuqori dispersli pasta holida ishlatishni taqozo qiladi. Bu usulda matoga gul bo’yovchi modda, quyultma va suvli tarkib bilan tushiriladi. So’ng quritilgan mato bug’lashdan avval ishqoriy-qaytaruvchili eritma bilan shimdiriladi, g/dm3:

natriy ditionit (texnik)-50

natriy gidroksid, 100%-li -35

natriy karbonat –25

Ikki bosqichli gul bosish usulining o’ziga hos tomoni shundaki, ishqoriy-qaytaruvchili eritma shimdirilib, siqilgan mato nam (namligi 80% atrofida) holda bug’lash kamerasida (3MP - 120) ishlov oladi. Kamerada temperatura 140-1800C bug’ va IK-nurlari yordamida ushlab turiladi. Bunday sharoit bug’lash vaqtini 12-25 s ga va matoning apparatdan o’tish tezligi to 100 m/min gacha ko’tarish imkonini beradi. Bo’yovchi moddaning bog’lanish darajasi to 90-95% gacha boradi, yuqori yorqinlik, rang to’qligi va mustahkamligiga erishiladi.

Aktiv va kub bo’yovchi moddalar bilan ikki bosqichli usulda gul bosilgan matolarni bug’lash jarayonini oddiylashtirish, barcha turdagi sarflarni kamaytirish maqsadida Germaniyaning “Goller” firmasida tez ta’sir etuvchi ixcham bug’lash apparatlari chiqarildi (4.14.-rasm). Gul bosib quritilgan mato kichik modulli shimdirish vannasi (2)dan o’tib, gorizontal joylashgan biri po’lat (3) va ikkinchisi yuzasi rezinalashtirilgan (4) ikki valli siqish mashinasida siqish darajasi 70% gacha siqiladi. Shimdirish-siqish mashina tepasiga joylashgan bug’lash apparatda (1) 1250C da 10 (aktiv) - 20 (kub) s. davomida bug’lanadi, oksidlash, sovunlash va yuvish jarayonlar odatdagidek amalga oshiriladi.

Ikki bosqichli gul bosish usuli uchun quyuqlovchiga alohida talablar qo’yiladi:

1. Matoga tushirilgan naqsh chegara chizig’ining aniqligi;

2. Ishqoriy-qaytaruvchili eritma bilan shimdirilganda va bug’langanda gulning chaplashib ketmasligi.

Bu talablarga ishqor va elektrolitlar ta’sirida koagulyasiyaga uchraydigan natriy alginat javob beradi. Bu quyuqlovchi qimmat bo’lgani sababli koagullanmaydigan kraxmal, tragantlar bilan aralashma holda ishlatish taklif qilinadi. Quyuqlovchining koagullanish qobiliyatini oshirish maqsadida ishqoriy qaytaruvchili eritmaga bura (Na2B4O7  10H2O) qo’shish (15 g/dm3) taklif qilinadi.

Ikki bosqichli gul bosish usulning rongalitli-potashli usulga nisbatan afzalliklari: bo’yoqni va gul bosilgan matoni uzoq vaqt saqlash mumkin, bo’yovchining tolaga bog’lanish darajasi yuqori (90% gacha), ish unumdorligi va rang sifati yuqori.

Kamchiliklari: gruntli gullar tushirilganda oq tagning bo’yalishi, ishqor va qaytaruvchining sarfi yuqori va ulardan matoni to’liq tozalash uchun yuvishga ko’proq suv sarf bo’ladi, maxsus quyuqlovchi va rang singdirgichning kerakligi.

Ikki bosqichli usul afzalliklari kamchiliklardan ustun turgani sababli kelajakda bu usul rongalitli-potashli usulni butunlay siqib chiqaradi.



Nazorat savollari:

      1. Kub bo’yovchi moddalar bilan gul bosish usullari, afzalliklari va kamchiliklari;

      2. Kub bo’yovchi moddalar bilan gul bosishda qo’llaniladigan kimyoviy yordamchi moddalarning vazifasi.

Download 35.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling