Kuchli davlatdan-kuchli fuqorolik jamiyati


Download 12.34 Kb.
Sana03.10.2020
Hajmi12.34 Kb.
#132459
Bog'liq
Olmagul Abdullayeva 1



. “Kuchli davlatdan-kuchli - fuqorolik jamiyati” sari in
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, ittifoqdan mustaqil bo‘lgan, davlat tuzilmalarini shakllanishi, sobiq kommunistik partiyaning butunlay tugatilishi natijasida fuqorolik jamiyati institutlari shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. YUrtimizda xalq manfaatlari va siyosiy irodasini erkin bildirish, erkin ifoda etishi uchun huquqiy asoslar, hamda erkin siyosiy muxit yaratilishi bilan uzviy tarzda siyosiy partiyalar ham tuzila boshlandi.

Sobiq ittifoqdan mutaqillikka erishganimizdan so‘ng mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik shakllanishi uchun albatta, biroz vaqt talab etilar, chunki sovet davlati qonunchiligi barcha jabxalarda birpartiyaviy tizimini mustaxkamlab, huquqiy mexanizmlani yaratib qo‘ygandi. Barcha millatlar uchun “huquqiy himoyachi” bo‘lgan Sovet Sotsiolistik Respublikalar Ittifoqi Konstitutsiyaning 6-moddasida bu norma quyudagicha ifodalangan edi: “Sovet jamiyatining raxbar va etakchi kuchi sovet jamiyati siyosiy sistemasining, barcha davlat va jamiyat tashkilotlarining o‘zagi Sovet Itifoqi Kommunistik partiyasidir. KPSS xalq uchun yashaydi va xalqqa hizmat qiladi.”1

Mamlakatda Sovet jamiyatining “raxbar va etakchi kuchi” sanalgan ana shu partiyaning faoliyati barcha ittifoqdosh mamlakatlariga demakratik va chinakam xalq manfaatlarini ifodalochi partiyalar tuzilmasligining bosh sababchisi xisoblangan.

Mustaqilligimizdan so‘ng demakratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi uchun huquqiy asoslar aniq belgilana boshladi. 1991 yil noyabr oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunda saylov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi va partiyalarga bu saylovlarda nomzod ko‘rsatish xuquqiy jixatdan mustaxkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimini huquqiy jixatdan ta’minlab berishi natijasida yangi siyosiy partiyalar yuzaga kela boshladi. To‘g‘ri Respublimizda sobiq Ittifoq parchalanishi arafasida ittifoqdosh Respublikalar qatori turli siyosiy guruxlar va xarakatlar yuzaga kela boshladi. Lekin ularda aniq bir maqsad va dasturlarning mavjud bo‘lmaganligi ularning keyingi faoliyatini butunlay boshqa taraflarga og‘ib ketishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, 1989 yilda tuzilgan Birlik harakati o‘sha vaqtdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, turli miting va namoyishlar orqali o‘zini “xalqparvar ” qilib ko‘rsatishi hamda shu asosda soxta obro‘ ortirishga xarakat qilardi. Bu o‘rinda birlikchilar xarakatini taxlil etgan siyosatshunos olim M.Qirg‘izboev fikrlarini keltirish lozim: “ular o‘tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etishga kirishgan xukumat va mahalliy organlarga yordam berish o‘rniga, aksincha ular tomonidan olib borilayotgan xayrli ishlarni payqamaslikka, xattoki eng xalqchil va ijobiy islohotlarni xam qilishga intilar edi. SHuning uchun ham harakat xalq ichida o‘z ildiziga ega bo‘lmadi.”1

Birlik xarakati bo‘linib ketgach, 1990 yil aprel oyida Erk partiyasi tuzildi va o‘z dasturi, nizomini qabul qildi. Ushbu tashkilot Birlik xarakatiga qaraganda tashkilish jixatdan biroz mukammalroq bo‘lsada, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari balandparvozligi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilmaganligi uchun amalda uni amalga oshirishning iloji yo‘q edi. Erk partiyasi o‘zining to‘rt yillik faoliyati davomida turli siyosiy o‘yinlarga o‘ralashib, tor manfaatlar girdobiga tushib qoldi.

Ma’lumki O‘zbekiston siyosiy tizimida mustaqillikka qadar amalda bo‘lgan birpartiyaviylik tizimdan voz kechilib. haqiqiy demakratiyaning zaruriy va qonuniy belgisi bo‘lgan tub ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik – siyosiy plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, erkinligi yo‘li tanlandi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining tanlanishi quyudagilar bilan izohlash mumkin:

birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida “O‘zbekiston Respublikasilda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivjlanadi” mazmunidagi qoida mustaxkamlangan va uning mazmuni ko‘ppartiyaviylik tushunchasi bilan mutanosib;

ikkinchidan, salmoqli aholi soniga ega bo‘lgan bu davlatda fikrlar, qarashlar ham xilma—xil bo‘lishi tabiiydir. SHuning uchun ham jamiyatda mavjud turli qatlamlar, guruxlarning manfaatini ifodalovchi hamda uni davlat boshqaruvida amalga oshishida zamin yaratuvchi ko‘ppartiyaviylik tizimi zarur deb tanlandi;

uchinchidan, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar va tabaqalarning keng ishtirikini ta’minlovchi ko‘ppartiyaviylikka asolangan saylov davlat xokimiyati vakillik organlarini tashkil etishning demakratik ko‘rinishi xisoblanadi. Saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish saylovchilar tanlovi uchun bir necha nomzodlar kurashishini taqozo etadi. Saylovchilar, ya’ni xalqqa ushbu nomzodlaprning tanlab olishning real huquqi beriladi.1

Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya O‘zbekiston Xalq Demakratik Partiyasiga 1992 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan ta’sis majlisida asos solinib, chinakam partiyalarga xos bo‘lgan dasturi va nizomi qabul qilindi. Partiya o‘z nizomida o‘zini parlament partiyasi ekanligini ta’kidlab, partiya o‘zining siyosiy yo‘lini davlat xokimiyati vakillik idoralari va o‘zini – o‘zi boshqarish organlariga saylab qo‘yiladigan a’zolari orqali o‘tkaziladi.2

Mazkur partiya tashkil etilgandan hozirgi davrga qadar uch marataba prezident saylovi va to‘rt marta parlament saylovlarida ishtirok etib, o‘z saylovchilari ishonchini qozongan, holda parlamentda o‘z fraksiyasini tuzishga erishdi. Ikki palatali parlament shakllangandan so‘ng 2004 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda 28 nafar, 2009 saylov yakunlari bo‘yicha 32 nafar deputatlik o‘rinlarini egallashi uning mavqeini mustaxkamlanayotganidan dalolatdir.

Partiya o‘zining asosiy ijtimoiy tayanchi ishchilar, qishloq mexnatkashlari, muxandis, texnik va ijodiy xodimlar, o‘qituvchi va shifokorlar, xizmatchi va o‘quvchi, yoshlar pensionerlar manfaatlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda huquqiy demakratik davlat, insoparvar, adolatli jamiyat qurigshning izchil tarafdori sifatida xarakat qiladi.

Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri O‘zbekiston Adolat sotsial-demakratik partiyasidir. Bu partiya 1995 yil 18 fevralda ta’sis qurultoyida partiya dasturi va Ustavi qabul qilindi. O‘zbekiston Adolat sotsial-demakratimk partiyasi mamlakatimiz tarixidagi ilk sotsial partiya xisoblanib, uning asosiy maqsad va vazifalari quyudagilardan iborat:

-kuchli ijtimpoiy davlat barpo etish,

-adolatli fuqorolik jamiyatini yaratish,

-ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir etish,

-jamiyatda ijtimoiy adolat prinsiplarini mustaxkamlash.

O‘zbekiston Adolat sotsial-demakratik partiyasi tayanadigan asosiy ijtimoiy qatlam bu- mamlakatdagi yirik va o‘rta sanoat korxonalari, qayta ishlash va to‘qimachilik korxonalarida faoliyat yuritayotgan ishchi xamda xizmatchilar. SHu bilan birga Adolat SDP elektorati safida ilmiy faoliyat bilan shug‘illanuvchilar, innavatsion texnologiyasi soxasidagi mutaxasislar, davlat va sud-huquqi soxasi xodimlari bor.1




Download 12.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling