Kulon qonuni. Elektrostatik maydon kuchlanganligi. Dipol maydoni


Download 157 Kb.
bet1/12
Sana28.10.2019
Hajmi157 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Aim.uz

Kulon qonuni. Elektrostatik maydon kuchlanganligi. Dipol maydoni.

Reja


  1. Elektr zaryadi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni.

  2. Zaryadlarning o’zaro ta’sir kuchi. Kulon qonuni

  3. Elektr maydon kuchlanganligi. Superpozitsiya prinsipi. Dipol maydon.


O’quvchi bilishi kerak:

Elektr zaryad. Elektr zaryadning saqlanish qonuni. Kulon qonuni. Elekromagnit ta’sir, jismlarning zaryadlanishi, elektr zaryadining saqlanish qonuni, Kulon qonuni, proporsionallik koeffitsienti, Kulon kuchining yo’nalishi.



Mavzuning maqsadi: O’quvchilarga elektrostatika qonuni, elektr maydon kuchlanganligi va Dipol maydoni haqida tushuncha berish.

Mavzuning bayoni:

1. Elektr zaryadi. Jun matoga ishqalangan qahrabo tayoqcha yengil narsalarni tortish qobiliyatiga ega bo`lishi juda qadim zamonlardan ma’lum bo`lgan. Ingliz vrachi Jilbert ishqalashdan keyin yengil narsalarni torta olish qobiliyatiga ega bo`lgan jismlarni elektrlangan (yunoncha qahrabolangan) deb atadi va elektr so`zi qo`llanila boshlandi. Tabiatdagi moddalarning turli–tumanligiga qaramasdan faqat ikki xilgina, qarama-qarshi ishorali elektr zaryadlari mavjud. Amerikalik fizik R.Milliken tajribalar yordamida elektr zaryadi diskret ekanligini, ya’ni istalgan jismning zaryadi elementar elektr zaryadi e tajribada e=1,6-19 kl ga karrali ekanligini aniqladi. Elektronning massasi me=9.110-31 kg va proton mp=1.670-27 kg ga teng.

Elektromagnit ta’sir. Har qanday jism massasidan tashqari elektr zaryadi bilan ham xarakterlanadi. Va ular orasida na faqat gravitatsion, balki elektromagnit ta’sir ham mavjuddir. Bir xil ismli zaryadlar itarishadi, turli ismlilari esa tortishishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki elektromagnit ta’sir gravitatsion ta’sirdan ko`p marta kuchliroqdir. Shu bilan birga gravitatsion ta’sir barcha jismlarga xos bo`lsa, elektromagnit ta’sir faqatgina zaryadlangan jismlargagina xos xususiyatdir. Elektromagnit ta’sirning kuchliligi jismdagi zaryad miqdoriga bog’liq bo`ladi.

 Jismlarning zaryadlanishi. Tabiatdagi barcha jismlar elektrlanib qolish qobiliyatiga ega. Elektrlanish esa turlicha usullar bilan amalga oshiriladi. Ularning eng soddasi bir jismni ikkinchisiga ishqalashdir. Masalan, teriga ishqalangan shisha tayoqcha musbat, junga ishqalangan qahrabo tayoqcha esa manfiy zaryadlanib qoladi. Xo`sh bu zaryadlar qanday paydo bo`ladi.? SHuni ta’kidlash lozimki barcha jismlarda elektr zaryadi mavjud. Faqatgina elektroneytral, ya’ni zaryadlanmagan jismlarda musbat va manfiy zaryadlarning miqdori teng. Tayoqchalarni matoga ishqalash esa zaryadlarning paydo bo`lishiga emas, balki ularning qayta taqsimlanishigagina olib keladi. Natijada ularning birida musbat zaryad ko`proq yig`iladi va tayoqcha musbat zaryadlanib qoladi, boshqasida esa manfiy zaryadlar ko`proq qoladi va tayoqcha manfiy zaryadlanib qoladi. Tayoqcha mato sistemasida esa zaryadlar miqdori o`zgarmay qolaveradi. Ya’ni biror jarayonda hosil bo`ladigan zaryadlarning algebraik yig`indisi nolga teng bo`ladi.



Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling