Kumush elementi haqida qisqacha ma’lumotlar. Kumush konlari. Kumush minerallari. Kumushning fizik xossalari


Download 73.63 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi73.63 Kb.
#1465075
Bog'liq
KUMUSH KIMYOVIY ELEMENTI HAQIDA TO


KUMUSH KIMYOVIY ELEMENTI HAQIDA TO‘LIQ MA’LUMOT
Reja

  1. Kumush elementi haqida qisqacha ma’lumotlar.

  2. Kumush konlari. Kumush minerallari.

  3. Kumushning fizik xossalari.

Kumushnimng kimyoviy xossalari.


Kumush / Argentum (Ag)

Atomraqami

47

Ko’rinishi

Kumush rangli (kulrang)
yumshoq
metall

Atom xossasi

Atommassasi
(
molyarmassasi)

107,8682 m. a. b. (g/mol)

Atomradiusi

144 pm

Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)


730,5 (7,57) kJ/mol (eV)

Elektron konfiguratsiyasi

[Kr] 4d10 5s1

Kimyoviy xossalari

Kovalentlik radiusi

134 pm

Ion radiusi

(+2e) 89 (+1e) 126 pm

Elektrmanfiylik
(Poling bo’yicha)


1,93

Elektrod potensiali

0

Oksidlanish darajasi

2, 1




Termodinamik xossalari

Zichlik

10,5 g/sm³

Solishtirmaissiqliksig’imi

0,237 J/(K·mol)

Issiqliko’tkazuvchanlik

429 Vt/(m·K)

Erishharorati

1 235,1 K

Erishissiqligi

11,95 kJ/mol

Qaynashharorati

2 485 K

Qaynashissiqligi

254,1 kJ/mol

Molarhajm

10,3 sm³/mol

Kristall panjarasi

Panjara tuzilishi

kubik markazlashgan

Panjara davri

4,090 Å

Panjara/atom nisbati

n/a

Debye harorati

215,00 K


Kumush (lot. Argentum — oq kukun), Ag — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, at.m. 107,87. K. 2 tabiiy barqaror izotop — 1O7Ag (51,35%) va 1O9Ag (48,65%) dan iborat. Sun’iy izotoplaridan "°Ag (yarim yemirilish davri 253 kun) ning amaliy ahamiyati bor.
Kumush qadimdan ma’lum. Yer po’sti ning 1 -10 5% ini tashqil qiladi. Sof holda va gidrotermal konlarda argentit Ag2S bilan birga uchraydi. K.ning kyustelit, kongsberit, animikit vaelektrum kabi tabiiy minerallari bor. Toza K. chiroyli oq metall. At. radiusi 1,44 A, Ag+ ionining radiusi 1,13A. Zichligi 10,5 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 960,5°, qaynash t-rasi 2212°. Moos shkalasi bo’yicha qattiqligi 2,7. K. yumshoq, cho’ziluvchan bo’lganidan mexanik ishlovi oson. Undan 0,00003 sm qalinlikdagi vafis varaqlar tayyorlash mumkin. K. issiqlik va elektrni boshqa metallarga qaraganda yaxshi o’tkazadi, yorug’likni yaxshi qaytaradi. Kimyoviy jihatdan nofaol element. Odatdagi sharoitda suv va nam havo ta’siriga chidamli.
Lekin galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishadi (q. Kumushgalogenidlar). Ko’pgiva metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. K. birikmalarida, asosan, 1 valentli, ba’zan 2 va 3 valentli. Nitrat va konsentrlangan issiq sulfat kislotada erib, tuzlar hosil qiladi. K.ning aksari tuzlari suvda qiyin eriydi. AgNO3, AgF, AgClO4 yaxshi eriydi. K.ning 3 ta oksidi ma’lum. Ulardan Ag2O va AgO barqaror moddalar, Ag2O, esa o’ta beqaror bo’lib, sof holda ajratib olinmagan.
Kumush (I)-oksid, Ag2O — to’q qo’ng’ir rangli kukun. Zichligi 7,44 g/sm3. Yorug’lik nuri ta’sirida kislorodini yo’qotib qorayadi. 200°da to’liq parchalanadi. Suvda eruvchanligi 0,714g/l. Ammiak eritmasida kuchli oksidlovchi kompleks Ag(NH3)2OH, kuchliroq eritmada Ag3N va Ag2NH dan iborat portlovchi aralashma hosil qiladi. Ozon ta’sirida AgO ga aylanadi. Organik sintezda kolloid eritmasi antiseptik modda sifatida ishlatiladi.
Kumush (II)-oksid, AgO — metallsimon yaltiroq, qoramtir kulrang kristall modda. Zichligi 7,44 g/sm3. 100° t-ragacha qizdirilganda elementlarga ajraladi, 110° da portlaydi. K.ga yoki Ag2O ga ozon ta’sir ettirib, K.ni sulfat kislotada anodli oksidlantirib olinadi. Galvanik elementlarda qo’llanadi.
Kumush, asosan, tarkibida kumush va qo’rg’oshin bor rudalardan ajratib olinadi. Kumush qotishmalari tanga pul, zargarlik va uy-ro’zg’or buyumlari, lab. idishlari i.ch.da, elektrotexnikada, tuzlari fotografiyada ishlatiladi. K. buyumlar tayyorlash uchun 875 probali kumush, ya’ni tarkibida 87,5% K. va 12,5% mis bo’lgan qotishma ishlatiladi. Kimyoda Kumush kattalizator sifatida qo’llanadi. Tibbiyotda K.ning argirol, protargol, kollargol, lyapis kabi preparatlardan foydalaniladi.
Kumushning minerallaridan quyidagi birikmalar mavjud:
1) Kerargirit AgCl minerali oksidlangan rudalarda uchraydi.
2) Argentit yoki kumush yaltirog’i-AgS culfidli rudalarda uchraydi, ko’pincha tarkibida Cu
2S bo’ladi.
3) Getit Ag
2Te minerali gidrotermal konlarida uchraydi.
4) Surma-kumush, margumush-kumush sulfidli minerallari:
stefanit 5Ag
2S, Sb2S, pirargerit 3Ag2S, As2S3, diskrazit As3Sb2 polimetall rudalarda ko’p tarqalgan.
5)Polibazit 9(Ag,Cu)(Sb,As)
2S va kumush tarkibli tetraedrat 3(Cu,Ag)2S , Sb2S3.
6)Argentoyarizit AgFe
3(OH)6(SO4)2 - temir tug’ma ( jelezniye shlyapka) toshida bo’ladi.

Ayrim qazilmalarga ko’ra oltin konlar hosil bo’lishining so’nggi bosqichida gidrotermal eritmalardan ajralib, turli moddalar tarkibida, oralig’ida turli zarralar holida qotgan. Masalan, shu oltin, kvars, turli sulfidlar, ko’pincha pirit va arsenopirit tarkibida jamlangan.


Ayrim qulay hollarda oltin zarralar birikib, yirik donador-tug’ma oltin, sof oltin konlarini, minerallarini hosil qilgan. Ayrim sharoitlarga ko’ra gidrotermal eritmalardan kvarsli oltin kon rudalari vujudga kelgan.
Kumush ham yumshoq metall bo‘lib, fakat ranggi «kumushsimon» oq, u ham oltin kabi tomonlari markazlashgan kub shakldagi kristall panjaraga ega, boshqa metallardan yengil bolg‘alanuvchanligi va cho’ziluvchanligi bilan ajralib turadi. Issiklik va tok o’tkazuvchanligi bo’yicha barcha metallarni ortda qoldirib 1-o’rinda turadi. Kumush boshqa metallardan yuqori temperaturada qaytariluvchanligidan ko’ra uchuvchanlik holati bilan ajralib turadi.

Kumush davriy jadvalning 1-guruhida joylashgan bo’lib d element hisoblanadi va ichki qavatda 1ta s elektron bo’lsa, oxiridan oldingi qavatda 18ta elektroni mavjud (s2p6d10). Muayyan sharoitda oxiridan oldingi 18ta elektronli qavat qisman yo’qotilish qobiliyatiga ega va shu sababdan kumush o’zining birikmalarida nafaqat +1, balki s-elektronlarni yo’qotish evaziga mutanosib ravishda +2 va +3 shaklida uchraydi. Shuning bilan, kumushning oksidalanish energiyasi +1 dan iboratdir.


Kumush o’zinig faollik bo’yicha oltin va mis oralig’ida joylashgandir. Odatiy sharoitda kislorod bilan tasirlashmaydi. Kumush vodorod, azot va uglerod bilan odatiy sharoitda tasirlashmaydi. Yuqori haroratda uglerod kumush bilan kumush karbidi Аg2С2, fosfor bilan АgР, Аg2Р3 ва АgР2 hosil qiladi. Qizdirilgan holatda kumush oltingugurt bilan tasirlashib Ag2S hosil qiladi. Bu birikma kumushdan oltingugurtni gaz holatda o’tkazishdan qaysiki sulfid minerallarining parchalanishidan chiqqan gaz tasirida sodir buladi. Vodorodsulfidning oxista tasirlashuvi natijasida ham kumush yuzasida qora parda hosil bo’ladi Ag2S. Bu jarayon kumush buyumlarning vakt utishi bilan korayib kolish jarayonini izohlaydi. Shuning bilan birgalikda kumush xlor, brom va yod bilan tasirlashib mutanosib ravishda ushbu metalmas galogenlarini xosil kiladi. Bu jarayonlar oddiy sharoitda sekin kechib, namlik yoxud temperatura tasirida tezlashadi.

Kumush kimyoviy birikmalarda bir valentli, ammo uning 2 va 3 valentli bo‘la olish hollari ham uchraydi.


Uy sharoitida, namli havoda kumush metali sirtida yupqa 12A, qalinlikdagi kislorod pardasi hosil bo‘ladi, harorat osha borishi bilan, kislorod pardasi ham qalinlashadi. Harorat 4000C0 ga yetganda kislorod kumushda Ag2O sifatida eriydi. Bosim 414 atm. bo‘lganda AgO2 sistemasida 5070C0 da evtektika holati kuzatiladi (evtektika shu birikmada ikki elementning bir-birida eriy olish qobiliyatidir), (masalan AgO2 - 51%). Eriyotgan kumush o‘ziga kislorod yutadi, sovuganda u gaz sifatida ajralib chiqadi, kumush oksidlanadi: Ag2O, AgO, Ag2O3 lar ham ma’lum.
Suvli suyuq eritmalarda kumushning elektron potensiyali quyidagicha:
Shu sababdan kumush ham oltin singari suvli eritmalargi kislotalardan vodorodni siqib chiqara olmaydi, ishqorlar bilan tasirlashmaydi. Oltindan farqli ularoq kumush kuchli kislota va kuchli oksidlovchilar masalan konsentirlangan sulfat kislotasi va nitrat kislotasi tasirida eriydi. Kumush ham «Shox arog’ida» yaxshi eriydi, to’yingan xlorid kislotasi bilan ham reaksiyaga kirishadi.
Nitrat kislotada va konsentrlangan sulfat kislotada kumush yaxshi eriydi.

2Ag + 2H2SO4 = Ag2SO4 + 2H2O + SO2 (8)


Kumush sulfati oq tusli rombik shaklidagi kristallar bo’ladi. Azot kislotasi kumushni uy haroratida erita oladi:
6Ag + 8HNO
3 = 6AgNO3 + 4H2O + 2NO (9)
Kumush nitrat AgNO
3 - romb shaklidagi rangsiz kristallardir.
Yuqori haroratda kumush va HCl o‘rtasida muvozanatli reaksiya yuz beradi:
2Ag + 2HCl = 2AgCl + H
2 (10)
Ftor bilan kumushning quyidagi birikmalari mavjud: АgF
2, Ag2F, AgF.

  • Kumush birikmalarida kumush xlorid AgCl - amaliy ahamiyatga egadir. U oq kristallik modda, odatda kumush xlorid kumush azot tuzlari ta'sirida cho’kmaga AgCl sifatida o’tiradi. Kumush xlorid tuzi fotomateriallar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Kumush xlorid asosan kosmik nurlanishlarda detektorlar sifatida ishlatiladi. U meditsinada ham ishlatiladi. Kumush brom birikmalari kumush yod ham fotomateriallar tayyorlashda ishlatiladi. Kumush sulfid - AgS- tabiatda argentit minerali sifatida uchraydi. Oltin kabi kumush ham sinil kislota tuzlari bilan kompleks birikmalari hosil qiladi. Bu esa kumushni rudalar tarkibidan eritib ajratib olishda juda qo’l keladi.

    AgNO3 eritmasining kaliy sianid eritmasi bilan ta’siri natijasida oqishsimon kumush sianidi hosil bo‘ladi:


    АgNО3 + КСN = АgСN + КNО3 (11)



    АgСN ning ko’p bo’lishi uning yana kaliy sianidi bilan birikib kompleks sianid tuzi hosil bo’lishiga olib keladi.
    АgСN + КСN = К [Аg(СN)
    2]
    Oltin va kumush kislorod ishtirokida ishqoriy metallning sianidli tuzlarida eriydi:
    2Аg + 4КСN +O
    2 + H2O = 2К[Аg(СN)2] + 2KOH.
    Kumu oksidi Ag2Okora jigarsimon rangda bo’lib quyidagi usulda olinadi:
    AgNO3 eritmasiga ishqor eritmasi quyiladi natijada qoramtir gidrooksid cho‘kmasi quyidagi reaksiya bo‘yicha hosil bo‘ladi.
    АgNО
    3 + КОН = АgОН + КNО3


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. X.R.Raximov. Anorganik ximiya. Toshkent. «O’qituvchi». 1984.
2. T.M.Mirkomilov, X.X.Muxitdinov. Umumiy ximiya. Toshkent. «O’qituvchi». 1987.
3. N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O'zbekiston». 2000 y.
4. Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent. «O'zbekiston» 2003 y.
5. YU.T.Toshpo'latov, SH.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo. Toshkent. «O'qituvchi». 1992 y.
Download 73.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling