Jalaquduq tumani 33-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik
kengashining yig’ilish
BAYONNOMASI №1
11.08.2021yil G`alaba MFY
Pedagogik kengashda qatnashdilar : ____ nafar pedagog
Kengash raisi : Z. Chukarova
Kotibasi : A. Hayotova
Kun tartibidagi masala :
1.Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2020-2021 o’quv yili yakunlari.
2.Yangi 2021-2022 o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida .
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan 33-DMTT uslubchisi M.Ismanova so’zga chiqdi:
O’tgan 2020-2021 o’quv yilida tashkilotni rivojlantirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli qaror bilan tasdiqlangan maktabgacha ta’lim tarbiyaning “Davlat standarti” “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” 1-mh-son buyrug`i asosida tashkilotda DTga javob bermaydigan barcha metodik hamda texnik ta’minot vositalari qayta nazoratdan o’tkazilib yaroqsizlari yangilandi. Yangilangan ba’za asosida 2019-2020 o’quv yili Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli Hay’at qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi o’quv jarayoniga to’liq tadbiq etildi va yangi ishga kelgan yosh mutaxassislar bilan markazlarda o’quv faoliyatini qanday tashkil etish yuzasidan maslaxat soatlari va tavsiyalar berib borildi. Barcha faoliyat ko’rsatayotgan guruhlar, mutaxassislar xonalaridagi mavjud markazlar yil davomida qayta jihozlanib metodik ba’zasi boyitilib borishiga erishildi. Tashkilot ota-onalar bilan olib borgan tushuntirish ishlari asosida tashkilotning 48% ota-onasi ta’lim jarayoniga jalb qilinishiga erishildi hamda ular farzandlari qatnayotgan guruhlarda kunlik faoliyatlarni kuzatish bilan bir qatorda o’zlarining ish va hayotiy tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |