Кундузги бўлим Солиқлар ва суғурта


Download 55.5 Kb.
Sana18.06.2020
Hajmi55.5 Kb.

ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ


Кундузги бўлим

Солиқлар ва суғурта

таълим йўналиши

СТ-50

гуруҳ талабаси

2019-2020 ўқув йилининг

2

семестрида

Умрзоқов Маруфнинг Иқтисодиёт назарияси” фанидан



(талабанинг Ф.И.Ш)

таянч ибораларга асосланган ҳолда ёзган

(оралиқ назорат, якуний назорат)

тегишлигини тагига чизиб қўйинг
ЁЗМА ИШИ
Ёзма иш ўтказилган сана _______________

Шифр:_______________

Ёзма иш натижаси _____________________
КОМИССИЯ ТАРКИБИ:
Раис: ________________________________________

(Илмий даражаси ва унвони, Ф.И.Ш. Имзоси)

____________________________________________(Илмий_даражаси_ва_унвони,_Ф.И.Ш._Имзоси)___________________________________________'>Аъзолари:_________________________________________

(Илмий даражаси ва унвони, Ф.И.Ш. Имзоси)

_________________________________________

(Илмий даражаси ва унвони, Ф.И.Ш. Имзоси)

_________________________________________

(Илмий даражаси ва унвони, Ф.И.Ш. Имзоси)

Тошкент – 2020 й.

YOZMA ISH VARIANTI-20

  1. Taklif tushunchasi va uningmiqdoriga ta’sir qiluvchi omillar

  2. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda foydalaniladigan usullar.

  3. Monopoliyaning mohiyati va uning vujudga kelishi sabablari.

  1. Davlat iqtisodiy siyosatining maqsad va vazifalari.

Javoblar:

1.Taklif deb, ishlab chiqaruvchilar ma’lum vaqt oralig‘ida narxning har bir darajasida tovar yoki xizmatlarning bozorga sotishga chiqaradigan miqdoriga aytiladi. Taklif har xil narxlarda sotishga qancha miqdorda mahsulot chiqarilishini ko‘rsatadi.Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovar (taklif) miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Bu o‘zaro, to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liqlik taklif qonuni deyiladi. Ishlab chiqaruvchi uchun narxning oshishi rag‘batlantiruvchi vazifani bajaradi.

Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:

1) Resurslarning narxi;Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi

2) Ishlab chiqarish texnologiyasi;Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi

3) Soliq va dotatsiyalar;Кo‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli, soliqlarningoshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi

4) Boshqa tovarlarning narxi; Boshqa tovarlar narxining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi

5) Narx o‘zgarishining kutilishi;Кelgusida mahsulot narxi o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin .

6) Bozordagi sotuvchilar soni.Tovar ishlab chiqa-ruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.
2.Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o‘zaro bog‘liq usuldan foydalaniladi:

1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash.

2. Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash.

Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar shunday miqdoriga (S+ Ip) teng bo‘ladi.

To‘liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik resession yoki inflatsion farqda ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo‘lgan miqdori resession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori inflatsion farq deyiladi.

Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan hamda “Xarajat va natija” larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.

Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.

“Xarajat va natija”larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs sarflari olingan mahsulot qiymati bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi. Bunda mahsulot birligiga qilingan iqtisodiy xarajatlar uning narxi bilan taqqoslanadi.


3.Monopoliya – iqtisodiy faoliyatining biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini ifodalaydi.

Monopoliyalar bir qator yo‘llar orqali kelib chiqadi. Bular:

– ishlab chiqarishning to‘planishi;

– kapitalning to‘planishi va markazlashuvi;

fan texnika taraqqiyoti;

– davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo‘llab-quvvatlashi;


– o‘zaro kelishish.

Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda jamlanishida namoyon bo‘ladi.Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib, olinayotgan foyda hajmining ko‘payishi hisoblanadi.

Ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi bo‘lib, kapitalning to‘planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

Кapitalning to‘planishi – bu foydaning bir qismini jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tav-siflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.

Ishlab chiqarishning to‘planishi o‘z rivojining ma’lum darajasida monopoliyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to‘planishi hamda monopoliyalarning paydo bo‘lishi o‘rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

1) tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega bo‘lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi;

2) yirik korxonalar o‘rtasidagi raqobat juda qaltis bo‘lib, ular uchun katta miqyosdagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilarning mono-polistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo‘ladi.


4.Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo‘nalishda kechadi. Birinchidan, iqtisodiyotning davlat sektorini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida tovar va xizmatlar yaratib bozor munosabatlarida ishtirok etadi. Ikkinchidan, davlat umumiy manfaatlarini ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi.

Respublikamizda yaqin istiqbolda ham: “iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish” nazarda tutiladi130. Bunda quyidagilarga ustuvorlik beriladi:

davlat mulkini xususiylashtirish tartib-tamoyillarni yanada kengaytirish va soddalashtirish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish;

davlat mulkini xususiylashtirilgan obyektlarning bazasida xusu-siy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yara-tish;

korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlari va usullarini joriy etish;

davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish;

nodavlat, jamoat tashkilotlar va o‘zini-o‘zi boshqarish organ-larining rolini oshirish.

Davlat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi va ayni vaqtda bozor tizimi faoliyat qilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyotida bu davlatning iqtisodiy vazifalarida ifodalanadi. Bular quyidagilar:

‒ bozor iqtisodiyoti me’yorida faoliyat qilish uchun huquqiy asosni vujudga keltirish va takomillashtirish;

‒ raqobatni himoya qilish;

‒ daromad va boylikni oqilona qayta taqsimlash;

‒ resurslarni qayta taqsimlash;

‒ iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni inflatsiya va bandlik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlan-tirish;



‒ tashqi samarani tartibga solish.
Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling