Kuntartib I: Giyohvandlik va oits ga qarshi kurash. (Axborotchilar: Maktab pssixologi M. Sherova, profilaktika inspektori Yuldashov Anvar, maktab mmibdo‘ A. Ahmedov) e shitild I


Download 19.95 Kb.
Sana10.11.2021
Hajmi19.95 Kb.

Parkent tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan yig’ilish

B A YO N N O M A S I


03.02.2021
Yigilish raisi: N. Nug’monov

Kotib: S. Turdimatov

Katnashdilar: 44 maktab psixolog M. Sherova profilaktika inspetori Yuldashov Anvar

4 nafar o’qituvchilar

11- sinflardan 52 nafar o’quvchilar
K U N T A R T I B I:
1. Giyohvandlik va OITS ga qarshi kurash.

(Axborotchilar:Maktab pssixologi M. Sherova , profilaktika inspektori Yuldashov Anvar, maktab MMIBDO‘ A. Ahmedov)

E SH I T I L D I:

Kun tartibidagi masala yuzasidan profilaktika inspektori Yuldashov Anvar

nutqi eshitildi. Xozirgi kunda Respublikamiz xududida giyoxvandlik bilan shug‘ullanib kelayotgan o‘quvchilar soni kupayib borayotganligini afsus bilan ta’kidlab o‘tdi. Giyoxvandlik nafaqat shaxsning o‘zi uchun zararli, oilasiga ham, kelajak hayoti uchun, shunday oilalrda dunyoga keladigan farzandlarga ham zararli ekanligini, kasalni davolashdan ko‘ra uni oldini olish afzalligi, bu illatga mubtalo bo‘lganlarning bundan keyingi hayotiy ahvoli to‘g‘risida yig‘ilganlarga tushunchalar berib o‘tdi. U o‘z so‘zida giyohvandlikning inson organizmiga zararli ta’siri xaqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Bu illat hayot deb atalmish ko‘chalarda endi tetapoya qilayotgan, hayotdan zavqlanib yashashi mumkin bo‘lgan yoshlarimizning ichida bo‘layotgani juda achinarli hol ekanligini, bu illatning oldini olishdagi birinchi qadam oiladagi tarbiyaviy muhitni yaxshilash ekanligini aytib o‘tdi. Ota – onalar o‘z farzandida bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq qaramay, har doim ularni nazorat qilib turishlari kerakligin aytib

o‘tdi.


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan maktab psixologi M. Sherova so‘zga chikib, “O‘zbekiston Respublikasi XTB ning 2018 yil 30 yanvardagi Xalq ta’limi tizimida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 25-sonli buyrug‘i asosidagi Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2018 yil 30 yanvardagi 28-sonli buyrug‘ini tanishtirib o‘tdi.

Har bir inson nasl qoldirish va buning uchun eng zarur bo‘lgan salomatlik huquqiga egadir. Jumladan, har bir fuqaroning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish shu sohada tibbiy-ijtimoiy , axborot-maslahat va yordam olish huquqiga egaligini aytib o‘tdi.

Maktabda hojatxona va oshxonada tozalikka rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarning antisanitariya holatida saqlanayotganligini ko‘rgan holatda iste’mol qilmaslik , maktab atrofidagi do‘konlardan yuqorida nomlari ko‘rsatilgan mahsulotlarni sotib olib, foydalanmaslik haqida kerakli ma’lumotlarni berdi. Har bir o‘quvchi maktabga elim idishda qaynagan suv yoki choy olib kelishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi, o‘quvchi qizlarning va o‘smirlarning reproduktiv salomatligi , erta nikohni oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish tartibi, shaxsiy gigienaga rioya qilish, kundalik kiyinish madaniyati va turli kasalliklarni oldini olish yuzasidan zaruriy ma’lumotlarni berib o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

MMIBDO‘ A. Ahmedov yakuniy so‘zga chiqib, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, maktabda tozalikka , kiyinish madaniyatiga rioya qilish, turli xil yuqumli kasalliklar tarqalishi hamda voyaga etmaganlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida shu kabi tadbirlarni ko‘proq o‘tkazish, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishda, sog‘lom oilani shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.


Y I G’ I L I SH Q A R O R Q I L A D I:
1. Ma’ruzachilar M. Sherova, Yuldashov Anvar, A. Ahmedov

bergan axborotlari ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.


2. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida turli xil yuqumli kasalliklarning oldini olish, o‘quvchi qizlar va o‘smirlarning reproduktiv salomatligini nazorat qilib borish buyicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha direktor o’rinbosari A. Ahmedov maktab xamshirasi A. To’ychiyevalarga topshirilsin.
3.Har bir o‘quvchida alohida elim idishda qaynatilgan suv yoki choy bo‘lishini nazorat qilib borish , ularning gigiena qoidalariga rioya qilgan holda toza va ozoda maktab libosida kelishlarini nazorat qilish sinf rahbarlari va ota-onalar zimmasiga yuklatilsin .
4. Ushbu qarorlar ijrosining nazorati maktab MMIBDO‘ A. Ahmedov zimmasiga yuklatilsin.

Yigilish raisi: N. Nug’monov



Kotib: S. Turdimatov
Download 19.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling