Kuntartibi : 2023 yil 1-chorak davomida barchaga o’rnak bo’lgan xodimlarni 15 aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan moddiy rag`batlantirish to‘g‘risida. E shitildi
Download 12.87 Kb.
|
Bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- K u n t a r t i b i
- So’zga chiqdi
Qumqo‘rg‘on tuman madaniyat va turizm bo‘limi va boshlang‘ich kasaba uyushmasining qo‘shma yig‘ilish B A Y O N N O M A S I 10 -aprel 2022-yil Qumqo‘rg‘on tumani Yig‘ilish raisi : I.Makkamov Kotibi : D.Omonova Ishtirok etganlar: Madaniyat bo`limi, madaniyat markazlari ijodiy xodimlari K u n t a r t i b i : 1. 2023 yil 1-chorak davomida barchaga o’rnak bo’lgan xodimlarni 15 aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan moddiy rag`batlantirish to‘g‘risida.E sh i t i l d i : Bo‘lim boshlang‘ich kasaba uyushma raisi I.Makkamov kirish so‘zi bilan kun tartibi bilan tanishtirdi. Hurmatli bo`limimiz xodimlari avvalombor hammalaringizni yaqinlashib kelayotgan xodimlarni 15 aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” kuni ya’ni kasb bayramlaringiz bilan muborakbod etamiz. Sohada olib borayotgan ishlaringizga ulkan rivojlar tilaymiz.Kasb bayramlaringiz munosabati bilan o’z kasbining fidoyisi, yil davomida erishgan yutuqlarini xisobga olib xodimlarni moddiy rag’batlantirishimiz lozim. So’zga chiqdi. Tuman markaziy madaniyat markazi badiiy rahbari A.Rixsiyev Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar albatta sohamizda yangiliklar, yutuqlar bo’ldi. Yurtboshimiz tomonidan madaniyat va san’atga e’tibor qaratgani, biz uchun ko’plab imkoniyatlar eshigini ochdi. Aholiga madaniy xizmat ko’rsatish tadbirlari xududdagi MFY, maktab hamda tashkilotlarda ko’ngilochar tadbirlar o’tkazildi. Bundan tashqari yoshlarni istedodlarini yuzaga chiqarish maqsadida tashkil etilgan ko’rik-tanlov va festivallarda ishtirok etib yuqori natijalarni qo’lga kiritgan xodimlarimiz bor. Yuqoridagilarni hisobga olib bo‘limimizda faoliyat yuritayotgan quyidagi xodimlar: 1. Qumqo`rg`on tuman madaniyat va turizm bo’limi mudiri v.v.b N.Hakimov: 2. “O’tov” folklor etnografik xalq havaskorlik jamoasi raqs o’rgatuvchisi – D.Xoliqova: 3. Tuman markaziy madaniyat markazi to’garak va jamoalar ishlash bo’yicha mutaxassisi O’.To’raqulov: 4.“O’tov” folklor etnografik xalq havaskorlik jamoasi badiiy rahbari – A.To’xtayevlarni O’zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo’mitasidan moddiy rag’batlantirishni taklif etaman. Taklif uchun rahmat! Boshqa taklif yoki so‘zga chiquvchilar bormi? Agar takliflar, bo‘lmasa A.Rixsiyevni taklifini ovozga qo‘yaman. Xamma qo‘l ko‘tarib tasdiqladi, qarshilar, betaraflar yo‘q. Kun tartibidagi masala yuzasidan madaniyat bo‘limi xamda boshlang‘ich kasaba uyushmasining ko‘shma yig‘ilishi Q A R O R Q I L A D I : 1. Yuqorida ismi familiyasi ko‘rsatilgan xodimlarni O’zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo’mitasidan so’ralsin. 2. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman. Yig‘ilish raisi: I.Makkamov Kotibi: D.Omonova Download 12.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling