Kurs ishi guruh: im-50 Topshirdi: Xayrullayev X qabul qildi
Download 0.7 Mb.
|
AHOLI DAROMADLARI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” FAKULTETI “MENEJMENT” YO’NALISHI
REJA:
Aholi daromadlari. Aholi daromadlarining turlari. Aholi daromadlarining shakllanish manbalari. Aholining nominal, real daromadi. KIRISH «Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bugungi kunda respublikamizda aholining real va nominal daromadlarini rivojlantirish, uning yangi manbalarini yaratish muxim e’tirof etilmoqda. Аholi daromadlari deyilganda ularning maʼlum vaqt oraligida odatda bir yilda olgan pul mablaglari va moddiy neʼmatlari (uy xujaligida ishlab chiqarilgani bilan birga) summasi tushuniladi. Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi. Аholi isteʼmol darajani tugridan-tugri ularning daromadlari darajasiga bogʼliq buladiki, bu daromadlarning aholi turmush darajasidagi rolini belgilab beradi. Аholi pul daromadlari ish xaki, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaka, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz devidend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, kimmatli kogozlar, kuchmas mulk, kishlok xujalik maxsulotlari, xunarmadchilik buyumlarini sotishdan olinadigan pul tushumlarini xar xil xizmatlar kursatishidan tushadigan daromadlar shu kabilarni uz ichiga oladi. Aholi daromadlari, ularning tarkibi, olinish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko’rsatkichidir. Madomiki, daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha bo’lib, aholi turmush
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling