Kurs ishi guruh: im-50 Topshirdi: Xayrullayev X qabul qildi


Download 0.7 Mb.
bet4/5
Sana24.09.2020
Hajmi0.7 Mb.
1   2   3   4   5

Natural daromadlar - mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi. Yani uy xo’jaliklari tomonidan shaxsiy iste`mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (shaxsiy yordamchi xo’jalik, fermer xo’jaligidan), shuningdek, davlat byudjeti, korxonalar fondi va turli xayriya yordami mablag’lari
hisobiga olinadigan natural tushumlar va bepul xizmatlardir.

1. Аholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi.

Olinish xususiyatiga bog’liq ravishda aholi daromadlari quyidagilargabo’linadi:

 ishlab chiqarish va tadbirkorlikdagi faoliyat asos bo’luvchi mehnat


daromadlari. Mehnat daromadlariga shaxsiy yordamchi xo’jalik va uy xo’jaligi, xususiy mehnat faoliyatidan keladigan daromadlar ham xos;
 mehnatga oid bo’lmagan, lekin qonuniy yo’l bilan olingan daromadlar (mulkdan, ijtimoiy transfertdan daromadlar).
Shu bilan birga, hozirgi iqtisodiy sharoitda qonun nuqtai nazaridan daromadlarni qonuniy va noqonuniylarga ajratish tug’ri bo’ladi. Agar, birinchisini mavjud me`yorlarga to’la muvofiqlikda olinsa, ikkinchisi, uy xo’jaliklari tomonidan mamlakatdagi amal qilayotgan qonunlarni buzish yo’li bilan ko’proq salbiy va jinoiy iqtisodiyot sohasida olinadi. Ehtimollik mezoniga ko’ra, daromadlar olish uzluksiz va vaqtinchalikka bo’linadi.

"Daromad" iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o`zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini natural ko`rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha.bo`lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o`rin tutadi.
Aholi daromadlari ma`lum vaqt oraliqida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko`rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi "Iqtisodiyot nazariyasi" darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko`rinishida keltirilgan:



(2-jadval)

Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan tasnifida ma`lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko`rinishdagi ta`minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o`z faoliyatlari natijalarini ishhaqi yoki maosh ko`rinishida oladilar. Shuningdek, 4 - 6 tartib raqamlari bo`yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko`rsatadi va h.k.

Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har
xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi.
Natural daromad me’nat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi. Jamiyat a`zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko`rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, Sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi.

Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste`mol bozorining tovarlar bilan to`yinganlik darajasi kabilar muhim o`rin tutadi.


Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlab o`tganlaridek: "Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati ham tubdan o`zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o`ziga bog’liq ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda".

Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo`lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling