Kurs ishi guruh: im-50 Topshirdi: Xayrullayev X qabul qildi


Download 0.7 Mb.
bet5/5
Sana24.09.2020
Hajmi0.7 Mb.
#131007
1   2   3   4   5
Bog'liq
AHOLI DAROMADLARI


Nominal daromad - aholi tomonidan ma`lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko`rinishidagi miqdori hisoblanadi.

Ixtiyorida bo`lgan daromad - Shaxsiy iste`mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to`lov summasiga kam bo`ladi.

Real daromad - narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko`rsatadi, ya`ni daromadning xarid quvvatini bildiradi. Real daromadlar nominal daromadlarni chakana narxlar va tariflar o’zgarishini hisobga olgan holda nominal daromadlarning real xarid qilish qobiliyatini ifodalaydi. Iste`mol narxlarining o`zgarishi sababli o’tgan yilning mos davriga nisbatan aholining umumiy daromadlarining real o`sish sur`ati 111,4 % ni, aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o`sish sur`ati 109,5 % ni tashkil etdi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;

v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.


Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o`zining yetakchi rolini saqlab qoladi.

Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lovlar sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta`minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to`lanadi.


Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari
quyidagilardan iborat: davlat sug’urtasi bo`yicha to`lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a`zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo`yilmalar bo`yicha foizlar, aktsiya, obligatsiya bahosining ko`payishidan olinadigan daromad va zayom bo`yicha to`lovlar; lotereya bo`yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo`sh mablag’lar; har xil turdagi
kompensatsiya to`lovlar va h.k.

Aholi guruhlari bo`yicha daromadlar taqsimlanish dinamikasini taqqoslash iste`molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste`molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo`ladi: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta`minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta`minlanganlar byudjeti, nafaqaxo`rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.


Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta`minlab bo`lmaydi. Bu daraja moddiy ta`minlanganlik minimum yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatidа chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o`rtacha daromad "O`rtacha sinf" deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo`yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste`mol savati to`plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o`qitish imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta`minlangan yoki "boy" qatlamining mavjud bo`lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo`lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi.

Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq. Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya.



Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab
oladi, ya`ni:
- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
- turmush va bo`sh vaqtdan foydalanish shakllari;
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma`naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me`yorlari va qoidalari.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni
tabaqalashgan soliqs olish yo`li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o`rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to`lovlar bilan birga bozor narxlarini o`zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash
usullaridan foydalanadi.

Ijtimoiy to`lovlar - kam ta`minlanganlarga pul yoki natural yordam
ko`rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo`lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo`lmaydi. Ijtimoiy to`lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.

Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo`naltirilgan siyosatdir.
Respublikada bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo`nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo`nalishlar I.A.Karimovning "O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida" kitobida to`liq bayon qilib berilgan.

Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish - bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtachа darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o`ziga xos yondashuvi ishlаb chiqilib, daromadlar nisbatini o`zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning,


jamg’arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o`zida qayta ko`rib chiqish yo`li bilan amalga oshiriladi.

Daromadlar nisbatini o`zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta`rif setkasi kata ahamiyatga ega bo`ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o`zaro bog’lash


imkonini berdi.



Xulosa

Aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tushuntiradi. Aholi daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol kamayib, pasayishi bilan esa ko‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorens egri chizig‘i bilan mutlaq tenglik chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va maʼruzalari

1. Karimov I. А. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni

chuqurlashtirish, maʼnaviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning haѐt

darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T. 15 –T.: Oʼzbekiston, 2007. - 320 b.

2. Karimov I.А. Аsosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiѐti va xalqimiz

farovonligini yanada yuksaltirishdir. // Xalq soʼzi, 2010 yil 30 yanvar

3. Karimov I.А. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. // Xalq soʼzi, 2010 yil 28 yanvar.

4. Karimov I.А. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, Oʼzbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yoʼllari va choralari. – T: Oʼzbekiston, 2010. – 56 b.

5. Karimov I.А. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish – davr talabi. // Xalq soʼzi, 2010 yil 14 fevralь.



QO`SHIMCHA ADABIYOTLAR

1. Romash M.V., Shevchuk V. I. Finansirovanie i kreditovanie investitsiy: Uchebnoe posobie. – Mn.: Knijnыy dom. 2004. – 160 s. 3 ekz.

2. Romash M.V., Shevchuk V. I. Finansirovanie kreditovanie investitsiy: Uchebnoe posobie. – Mn.: Misanta. 2004. – 160 s. 3 ekz.

3. Sharp U., Аleksander G., Beyli Dj. Investitsii. / Per. s angl. – M.:

INFRА– M. 1999. – 1028 s. 1 ekz.

4. Ispolьzovanie investitsiy v nefinansovыe aktivы za 2004 god.

Statisticheskiy byulletenь. – T.: Gosudarstvennыy komitet Respubliki

Uzbekistan po Statistike. 2005. – 220 s. 1 ekz.

5. Podshivalenko G.P. Investitsii: Uchebnoe posobie. – M.: OOO KNORUS. 2004. – 203 s. 1 ekz.

6. Valdaytsev S.V., Vorobьev P.P. Investitsii: Uchebnik. – M.: Prospekt. 2005. – 440. –1 ekz.

7. Neshitoy А.S. Investitsii: Uchebnik. – M.: Dashkov i Kє. 2006. – 376 – 1 ekz.

8. Karimov N.G., Аngelidi M.S. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tizimida sindikat asosida kreditlashtirish. (Savollar va javoblar). – T., TMI. 2005. – 93 b. 100 nusxa.

9. Juraev А. Xoʼjamkulov D. Investitsiyalar dasturlari monitoringi. – T.: TMI. 2003. – 10 b. 50 nusxa.

10. Joʼraev А., Xoʼjamkulov D. Xalqaro investitsiya bozori. – T.: TMI. 2003. – 12 b. 50 nusxa.

11. Karimov N., Karimov X., Mamatov B. Davlat investitsiya dasturi. – T.: TMI. 2003. – 10 b. 50 nusxa.

12. Joʼraev А., Mamatov B., Xoʼjamkulov D. Investitsion tahlil. – T.: TMI. 2003. – 14 b. 50 nusxa.

13. Joʼraev А.S, Nosirov E.I. Davlat investitsion siѐsati. – T.: TMI. 2003. – 11 b. 50 nusxa.

14. Joʼraev А.S, Xoʼjamkulov D. Investitsiyalarni tashkil etish va

moliyalashtirish. – T.: TMI. 2003. – 12 b. 50 nusxa.

Internet-saytlarga havolalar

1.www.press-service.uz

2.www.mirkin.ru

3.www.cbu.uz,

4.www.isbd.org.

5.www. ladb. org,

5.www. ebrd. org,

6.www. adb. org



7.www.imf.org
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling