Kurs ishi mavzu: Yalpi talab va yalpi taklif modeli vositasida milliy iqtisodiyot tahlili Topshirdi: 6 2-17 I guruh talabasi Sodiqov A. S. Qabul qildi: Ilyosov A. Farg’ona 2021


Download 1.08 Mb.
bet7/21
Sana14.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#337057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Yalpi talab va yalpi taklif modeli vositasida milliy iqtisodiyot
giroskoplar, fotosintez va uning ahamiyati. xemosintez, Миллий ғоя Қўлланма1111111111111, tafakkur ozgarishi va manaviy yangilanishda milliy goyaning roli. milliy goyani rivojlantirishning institutsional tizimi, interferensiyaning ishlatilishi, Готовый пример SWOT анализа магазина — PowerBranding.ru, Quyosh sistemasidagi katta sayyoralarni o’rganish, Anatomiya(Xayrullayev Javohir), 123, buxgalteriya balansi va uning tuzilishi, Eshmurodov jasur, Mavzu 4 4b42c, Mis (II) sulfatning olinishi va xossalari (word)1, Mis (II) sulfatning olinishi va xossalari (word)1, @yosh ustozlar Informatika axborot texnologiyadan test
1-rasm. Yalpi talab egri chizig‘i. SHU TARTIBDA BO‘LADI
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi talab egri chizig’i yakka talab egri chizig’iga o’xshaydi, biroq o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning rеal hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.

Narx darajasi oshishining yalpi talabga ta’siri 2-chizma

Istе’molchilar pulga talabining oshishi

Istе’mol buюmlariga talabning pasayishi

Narx darajasining oshishi



Tadbirkorlar pulga talabining oshishi

Foiz stafkasining o’sishi


Yalpi talabning kamayishi



Ishlab chiqarish omillariga talabning pasayishi


Agar yakka talab egri chizig’ining pasayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig’ining pasayuvchan ko’rinishda bo’lishi narxlar umumiy darajasining o’zgarishi natijasida ro’y bеruvchi foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi orqali izohlanadi.

Foiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o’sishi bilan pulga bo’lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining o’zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o’sishiga olib kеladi. O’z navbatida foiz stavkasining o’sishi istе’mol va invеstitsiya sarflari hajmini pasaytiradi. Chunki foiz stavkalarining oshib kеtishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli istе’mol tovarlarini sotib olish uchun krеdit olishni samarasiz qilib qo’yadi. Shuningdеk, tadbirkorlar ham foizning yuqori darajasida o’zlarining nisbatan past daromad kеltiruvchi invеstitsiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kеchadilar. Narx o’zgarishi bilan foiz stavkalarining hamda yalpi talab umumiy miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi bog’liqlikni chizma orqali osonroq tushunish mumkin.

Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan bеlgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo’ladi. Masalan, invеstitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o’zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, bеlgilangan pul miqdori o’zgarmagan holda ikki barobar kam invеstitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo’ladi xolos. Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akadеmik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:

Y=С+I+G+NX

bu yerda:

Y d – yalpi talab;

C – uy xo’jaliklarining istе’mol sarflari;

I – xususiy sеktorning invеstitsiya sarflari;

G – davlat xaridi;

NX – sof eksport.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling