Kuzatuvchi: Toshkent viloyati Ohangaron tumani xtb ga qarashli


Download 28.29 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi28.29 Kb.
#109934
Bog'liq
6-SINF MATEMATKA FANIDAN TEZIS


KUZATUVCHI: Toshkent viloyati Ohangaron tumani XTB ga qarashli

26-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi

Abduraxmanov Munavvar Uralbayevichning 6-sinf matematika fanidan yozgan tezislari.

Sana

Mavzu

Uyga vazifa

Tezis

30.03.2020

Jadvallar.

1049- masala

Mavzu: Jadvallar.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda hayotiy misollar keltirildi. Jadval ma'lunotlar berishning eng qulay va keng tarqalgan usuli ekanligi aytib o'tildi. Jadvallar ko'rinishi va ularni qanday hosil qilish haqida ma'lumot berildi.Shuningdek, darslikdagi 1046 masalani o'qituvchi doskada yechib tushuntirib berdi. 1047 masaladagi jadval ham tushuntirildi. O'qituvchi masala shartidagi savollarga javobni qanday topishni o'rgatdi. Òqituvchi yana jadval asosida natijalarni topishga oid misolni doskada yechib kòrsatib berdi.Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1049- masala mustaqil bajarish uchun berildi.


31.03.2020

Jadvallar.


1058-1062- masalalar

Mavzu: Jadvallar.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda diagrammalar nimaligi va u hayotda bizga nima uchun kerak ekanligi haqida so'zlab berildi. O'qituvchi diagrammaning tuzilishi, uning turlari haqida misollar bilan tushuntirib berdi.Diagrammalarning turlari qatnashgan masalalar kòsatib òtildi.Darslikning 201 betidagi 1057, 1058-masalalar òqituvchi tomonidan batafsil tushuntirib yechib berildi.Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1058-1062- masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.


1.04.2020

Ma'lumotlar tahlili.


1068, 1070 masalalar

Mavzu: Ma'lumotlartahlili.

O'qituvchi: SharipovaDurdonaMirazamovna.

Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda hayotiy misollar keltirildi. O'rta arifmetik qiymat, o'zgarish kengligi, moda va mediana kabi statistik xarakteristikalar haqida masalalar yechib tushuntirildi. Darslikdan 1064, 1065, 1066 - masalalar ishlandi. Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1068, 1070 masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.


2.04.2020

Kombinatorika elementlari.

1072(2), 1076, 1079, 1081 - masalalar

Mavzu: Kombinatorika elementlari.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Kombinatorika haqida va uning hayotda nima uchun kerakligi, biz kombinatorikani qaysi sohalarda uchratishimiz mumkinligi haqida atroflicha misollar keltirib tushuntirildi. Kombinatorikada masalalarni yechish usullari sanab òtildi. Shu usullar bilan bir nechta masalalar yechib kòrsatildi. Darslikdan 1072- masalaning ikki holini ko'rib chiqildi. Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1072(2), 1076, 1079, 1081 - masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.


3.04.2020

Sodda kombinatorika qoidalariga oid amaliy masalalar yechish.

1087, 1089 - masalalar

Mavzu: Sodda kombinatorika qoidalariga oid amaliy masalalar yechish.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzuni boshlashdan avval o'tilgan mavzuni takrorlash qilindi. Kombinatorika masalalarini yechish usullari takrorlandi. Masalalar yechish yordamida eslab olindi. Bunda 3 ta masalani turli usullarda sodda tushunarli tilda yechib kòrsatildi.Darslikdan 1088, 1090 - masalalar ishlandi. Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1087, 1089 - masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.


6.04.2020

Uchburchak yuzi.


1116(2), 1118, 1119, 1121 - masalalar

Mavzu: Uchburchak yuzi.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishdan avval 5-sinfda o'rganilgan to'g'ri to'rtburchakning yuzini hisoblash formulasini esga olindi. Uchburchakning yuzini topishni chizmalar yordamida tushuntirildi, qoidalari aytildi. To'g'ri burchakli uchburchak va har qanday uchburchakning yuzini topish formulalari bilan tanishtirildi. Formulalarning isbotini ham ko'rsatib, tushuntirib berildi. Darslikdan 1116, 1117 - masalalar ishlandi. Uyga vazifa etib yuqoridagi masalalarga o‘xshash 1116(2), 1118, 1119, 1121 - masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.


7.04.2020

Katakli qog'ozda yuzalarni hisoblash.

darslikning 219 betidagi mavzuga oid masalalar

Mavzu: Katakli qog'ozda yuzalarni hisoblash.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishdan avval o'tilgan mavzu qisqacha takrorlab olindi. Nuqtalar o'rnini to'ldirish shaklida kichik boshqotirma yordamida uchburchakning turlari, uning perimetri haqida mustahkamlash qilindi. Shuningdek, uchburchak yuzini topishga oid masalalar yechildi.Shundan so'ng yangi mavzu tushuntirildi. Shakllar yuzini topishda kataklardan samarali foydalanish haqida gapirildi. Va Pik formulasi tushuntirildi. Formulani yanada tushunarli bo'lishi uchun yuzalarni topishga oid masalalarni yechishda qo'llab ko'rsatildi. Turli ko'rinishdagi shakllar yuzalari hisoblandi. Uyga vazifa etib darslikning 219 betidagi mavzuga oid masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.


9.04.2020

Katakli qog'ozda yuzalarni hisoblashga oid sodda masalalar.


1145-1154 masalalar

Mavzu: Katakli qog'ozda yuzalarni hisoblashga oid sodda masalalar.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishdan avval o'tilgan mavzu qisqacha takrorlab olindi. Katakli qog'ozda yuzalarni topishda qo'llaniladigan Pik formulasi yana bir bor esga olindi. Formulani qòllab masalalar yechildi. "O'zingiz toping!" shakilda o'quvchilarga katakli qog'ozda yuzalarni topishga oid masalalar berildi. Bundan tashqari turli ko'rinishdagi shakllar yuzalari hisoblandi. Darslikdan 1146 - masala ishlab tushuntirildi.Uyga vazifa etib darslikning shu mavzuga oid 1145-1154 masalalari mustaqil bajarish uchun berildi.


10.04.2020

Uchburchak, uning perimetri va turlari.

211-bet, 1099-1105 masalalar

Mavzu: Uchburchak, uning perimetri va turlari.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzu uchburchakning ta'rifini keltirish bilan boshlandi. Uchburchak elementlari chizmada ko'rsatib tushuntirildi. Uchburchak tengsizligi haqida, uchburchak tomonlari uzunliklari haqida qoida aytib berildi. Turli uzunliklardagi kesmalardan uchburchak yasash mumkin bo'lishi yoki bo'lmasligini topish to'g'risida masalalar ko'rildi.Shuningdek, uchburchakning turlari uning burchagiga va tomoniga ko'ra qanday turlarga bo'linishi haqida tushuntirildi. Mavzuni yoritish davomida turli chizmalardan foydalanildi. Perimetrini topish ko'rsatildi. Darslikdan 1101, 1106, 1112- masalalar yechib tushuntirildi. Uyga vazifa etib darslikning 211 betidagi mavzuga oid 1099-1105 masalalar mustaqil bajarish uchun berildi.


13.04.2020

Uchburchak va uning perimetriga oid masalalar yechish.


1108-1111 masalalar

Mavzu: Uchburchak va uning perimetriga oid masalalar yechish.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzuni o'tilgan mavzuni takrorlash bilan boshlandi. Uchburchak va uning turlari, uchburchakning perimetri haqidagi ta'riflar aytilib, yana bir bora esga olindi. Chizmalar asosida masalalar yechildi. Uchburchakning perimetrini topish, uchburchakning burchaklarini topishga oid bir nechta masalalar ko'rib chiqildi. Har bir masalaning yechish usullarini o'qituvchi batafsil tushuntirib aytib o'tdi.Darslikdan 1113-masala yechib tushuntirildi. Uyga vazifa etib darslikning shu mavzuga oid 1108-1111 masalalari mustaqil bajarish uchun berildi.


14.04.2020

Uchburchakning yuzini topishga oid masalalar yechish.

1123-1129 masalalar

Mavzu: Uchburchakning yuzini topishga oid masalalar yechish.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzuni o'tilgan mavzuni takrorlash bilan boshlandi. Uchburchakning yuzini qanday qilib topish haqida gapirildi. To'g'ri burchakli uchburchak va har qanday uchburchakning yuzini topish formulalari ko'rsatilib, yana bir bor esga olindi.Chizmalar asosida to'g'ri burchakli, boshqa har qanday uchburchakning yuzini topib, masalalar yechildi. Har bir masalaning yechish usullarini o'qituvchi batafsil tushuntirib aytib o'tdi.Darslikdan 1125-masala yechib tushuntirildi. Uyga vazifa etib darslikning shu mavzuga oid 1123-1129 masalalari mustaqil bajarish uchun berildi


15.04.2020

Masalalar yechish.

Katakli qog'ozda 5 ta ixtiyoriy ko'pburchak yasash va ularning yuzalarini Pik formulasi yordamida topish

Mavzu: Masalalar yechish.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishdan avval o'tilgan mavzu qisqacha takrorlab olindi. Katakli qog'ozda yuzalarni topishda qo'llaniladigan Pik formulasi yana bir bor esga olindi. Formulani qòllab turli ko'pburchaklarning yuzini topishga doir masalalar yechildi. Shuningdek, uchburchakning yuzini topishga doir masalalar ham yechildi.Uyga vazifa etib katakli qog'ozda 5 ta ixtiyoriy ko'pburchak yasash va ularning yuzalarini Pik formulasi yordamida topish berildi.


16.04.2020

Nazorat ishi.




Mavzu: Nazorat ishi.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Nazorat ishini boshlashdan avval o'tilgan mavzu qisqacha takrorlandi. Uchburchak va uning turlari, uchburchakning perimetri haqidagi ta'riflar aytilib, yana bir bora esga olindi. Uchburchak tengsizligi, uchburchak perimetri va uchburchaklarning yuzini topish qoidalari aytib o'tildi, formulalari keltirildi. Shunga oid bir nechta masalalar ko'rib chiqildi.


17.04.2020

Aylana uzunligi va doira yuzi.


1157-,1158-masalalar

Mavzu: Aylana uzunligi va doira yuzi.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Aylana uzunligi va doira yuzi mavzusi tushuntirildi. Aylana, doira,uning radiusi va diametric haqida ma’lumot berildi.Aylana uzunligi formulasi berildi:.Mavzu ikkita masala yechib mustahkamlandi.Doira yuzi formulasi berildi:.Ikki hil masalaishlab ko’rsatildi.Darslikdagi 1156-masala ishlab ko’rsatildi.Mustaqil bajarish uchun 1157-,1158-masalalar uyga vazifa qilib berildi.


20.04.2020

Aylana uzunligi va doira yuziga doir misollar yechish

1162-1168 masalar

Mavzu: Aylana uzunligi va doira yuziga doir misollar yechish

O’qituvchi : Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Darsni boshlashda o’qituvchi o’tilgan mavzuni mustahkamlashga doir savollar bilan boshladilar .Aylana uzunligi,doira yuzi formulalarini va bu formulalalrda ishtirok etgan O’zgarmas “pi” soni haqida ham savol javob o’tkazdilar.Dars davomida mustahkamlashga doir bir nechta misollar ko’rildi.Mavzuga doir 1160,1161,1164- masalalarning o’quvchilar uchun qulay tarzda tushuntirdilar.Mustahkamlsh uchun uyga vazifa qilib 1162-1168 masalalar berildi.


21.04.2020

Masalalar yechish

225-bet 1170-1173 masalar

Mavzu: Masalalar yechish.

O’qituvchi : Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Darsni boshlashda o’qituvchi o’tilgan mavzuni mustahkamlashga doir savollar bilan boshladilar va aylana uzunligi,doira yuzi formulalarini keltirib o’tdilar.dars davomida mustahkamlashga doir bir nechta masalalr ko’rildi.Mustahkamlsh uchun uyga vazifa qilib 1170-1173 masalalar berildi


22.04.2020

Aylana uzunkigi va doira yuzi mavzulariga doir nazorat ishi

Takrorlash

Mavzu : Aylana uzunkigi va doira yuzi mavzulariga doir nazorat ishi

O’qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Nazorat ishi savollari 4 ta masala berildi.dastlab nazorat ishiga o’xshash masalalar yechildi va aylana uzunkigi va doira yuzi mavzulariga doir test topshiriqlari yechildi . undan so’ng nazorat ishi uyga topshiriq etib berildi.


27.04.2020

Sonlarning bólinish belgilari.

1174-1178-masalalar

Mavzu: Sonlarning bólinish belgilari.

Óqituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

2 ga, 3 ga, 5 ga, 9 ga va 10 ga bólinish belgilari tushuntirildi, ularga doir misollar yechildi. Orada 6 ga va 15 ga bólinish belgilari ham aytib ótildi. Mavzu mustahkamlandi. Uyga vazifa sifatida 227- betdagi 1174-1178-masalalar berildi.


28.04.2020

Tub ko'paytuvchilarga ajratish. EKUB va EKUK

227-bet. 1180-misol


Mavzu: Tub ko'paytuvchilarga ajratish. EKUB va EKUK.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Tub sonlarga ta'rif berildi, tub songa doir masala ishlandi. Murakkab sonlarga ta'rif berildi. Natural sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratish tushuntirildi, misollar ishlandi. EKUB va EKUK ga ta'rif berildi, ularga doir misollar va masalalar ishlandi.

Uyga vazifa:78 sonining bo'luvchilarini toping. Shu bo'luvchilarning shunday juftliklarini yozingki, har bir juftlikdagi sonlar o'zaro tub bo'lsin. 227-bet. 1180-misol



29.04.2020

Kasrning asosiy xossasi. Kasrlarni qisqartirish

Kasrlarni qisqartirishga doir 1 ta misol va 1 ta masala berildi

Mavzu: Kasrning asosiy xossasi. Kasrlarni qisqartirish.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

EKUB va EKUK ga doir misollar ishlandi. Sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratish tushuntirildi. Berilgan sonlarning EKUB va EKUK ini topish tushuntirildi. Kasrlarni asosiy xossalari va kasrlarni qisqartirish yodga olindi. Kasrlarni qisqartirish doir misollar ishlandi.

Uyga vazifa: Kasrlarni qisqartirishga doir 1 ta misol va 1 ta masala berildi



30.04.2020

Har hil mahrajli kasrlarni qo'shish va ayirish

227-bet. 1182-1186-masalalar

Mavzu: Har hil mahrajli kasrlarni qo'shish va ayirish

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Bir hil mahrajli kasrlarni qo'shish va ayirish formulalari yodga olindi va unga doir misollar ishlandi. Har hil mahrajli kasrlarni qo'shish va ayirish formulalari tushuntirildi, misollar ishlab mustahkamlandi. Doskada mavzuga doir misollar ishlab ko'rsatildi.

Uyga vazifa: 227-bet. 1182-1186-masalalar.



1.05.2020

Har xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish

227-betdagi 1182-1186-misollarni yechish

Mavzu: Har xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Dars o‘tilgan mavzu yani bir hil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish mavzusini takrorlanib unga doir misollar ko‘rildi. bilan boshlandi. Har xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish tushuntirilib, misollar ko‘rsatildi. Aralash kasrlarni qo‘shish va ayirishni misollar yordamida tushuntirdi. Birgalikda bajaraladigan musollar ko‘rsatildi, umumiy maxrajni topish uchun maxrajlarni EKUKi orqali topish tushuntirildi.

Uyga vazifa: 227-betdagi 1182-1186-misollarni yechish.



4.05.2020

Kasrlarni qo‘shish va ayirishga doir masalalar yechish

Mustaqil bajarish uchun masala va hisoblashga doir misollar berildi.

O‘qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzu: Kasrlarni qo‘shish va ayirishga doir masalalar yechish.

Kasrlar ustida og‘zaki hisoblash amallari bajarildi. Har xil mahrajli kasrlarni qo‘shish va ayirishga doir misollar yechildi. Aralash sonlarni qo‘shish va ayirishga doir misollar tushuntirib ishlandi.

Masalalar ishlandi. Masalalarda qiymatlar aralash sonlar bilan ifodalangan. Masalalar doskada ishlab ko‘rsatildi.

Uyga vazifa: Mustaqil bajarish uchun masala va hisoblashga doir misollar berildi.


5.05.2020

Kasrlarni ko‘paytirish

228-bet,

1187- 1188 misollar



Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzu: Kasrlarni ko‘paytirish

1.Kasrlar qanday ko‘paytiriladi?

Kasrlar qanday qoida asosida ko‘paytirilishi misollar asosida tushuntirildi. Mustaqil hisoblashga misollar berildi. O‘quvchilarga kim tezroq hisoblash topshirildi. Ko‘paytirish davomida qisqartirishlarni bajarish kerakligi aytildi.

2. Aralash sonlar qanday ko‘paytiriladi?

Ushbu savolga ham yuqoridagi kabi javob berildi.

Masalalar doskada ishlab ko‘rsatildi.

S= v*t formuladan foydalanildi.

Aralash sonlarni ko‘paytirishga doir misollar doskada tushuntirib ishlandi.

Uyga vazifa:

1187- 1188 misollar (228- bet )


6.05.2020

Kasrlarni bo‘lish

228-bet,

1191-1192 misollar



Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzu: Kasrlarni bo‘lish

Kasrlarni qanday bo‘lamiz?

Ushbu savolga qoida va misollar asosida javob berildi.

S= a* b formuladan foydalanib masala ishlandi.

Tenglama tushuntirib ishlandi. Mustaqil bajarish uchun masala uyga vazifa: 1191-1192 misollar (228- bet ) berildi



7.05.2020

Sonning qismi va qismiga ko‘ra sonning o‘zini topish.

228-bet,

1189-1190 misollar



O‘qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mavzu: Sonning qismi va qismiga ko‘ra sonning o‘zini topish.

Og‘zaki misollar bajarildi. So‘ngra sonni qismini topish qoidasi eslatildi va cmisollar yechib tushuntirildi.

Qismiga ko‘ra sonning o‘zini topish qoidasi eslatildi va misollarda tushuntirildi.

Doskada masalalar tushuntirib ishlandi.

Uyga vazifa: 1189-1190 misollar (228- bet)



8.05.2020

Proporsiya va uning xossasi

228-bet,

1193-1186-misollar



Mavzu: Proporsiya va uning xossasi.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Ikkita nisbatning tengligi proporsiya deyiladi.

a:b=c:d


O'rta hadlar ko'paytmasi chetki hadlar ko'paytmasiga teng

a*d=b*c


Proporsiyaga doir misollar ishlandi

Uyga vazifa: 228-bet, 1193-1186-misollar



11.05.2020

To'g'ri proporsional miqdorlar.

229-bet,

1198-1201-misollar



Mavzu: To'g'ri proporsional miqdorlar.

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

To'g'ri proporsional miqdorlar haqida ta'rif aytib o'tildi. To'g'ri proporsional miqdorlarni formula orqali ko'rsatib berildi. To'g'ri proporsional miqdorlarni kasr ko'rinishi ham yozib berildi. To'g'ri proporsional miqdorlarga doir misollar yechildi, unda to'g'ri proporsional miqdor bo'lish yoki bo'lmasligi tekshirildi. Keyin to'g'ri proporsiyaning no'malum hadini topishga doir misollar tushuntirib yechib ko'rsatildi. Dars davomida to'g'ri proporsional miqdorlarga doir bir nechta misol va masalalar ham yechib ko'rsatildi.

Uyga vazifa: 229- betdagi 1198-1201-misollar



12.05.2020

Teskari proporsional miqdorlar

229-bet,

1202-1203-masalalar



Mavzu: Teskari proporsional miqdorlar

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Proporsiyalar mavzusi takrorlandi.

Ikkita nisbatning tengligi proporsiya deyiladi.

a:b=c:d

O'rta hadlar ko'paytmasi chetki hadlar ko'paytmasiga teng



a*d=b*c

Og'zaki hisoblash mashqi bajarildi. Fizika masala jadval ko'rinishda ishlandi. Teskari proporsiyaga ta'rif berildi.

Mavzuga doir misol va masalalar ishlandi

Uyga vazifa: 229-betdagi 1202-1203-masalalar



13.05.2020

Masshtab

229-bet,

1197-1199-masalalar.



Mavzu: Masshtab

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Masshtab haqida yana bir bor o‘quvchilarga eslatib o‘tildi. Masshtablarga doir masalalar ishlandi. Masalalar yechish davomida uzunlik o‘lchov birliklariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Masalalar geografiya, fizika fanlariga bog‘liq xolda ishlandi.

Masshtablarni kattalashtirishga doir masalalar ishlanmadi.

Uyga vazifa: 229-bet, 1197-1199-masalalar.



14.05.2020

Musbat va manfiy sonlar.

229-betdagi 1204,1206,1208-misollar

Mavzu:Musbat va manfiy sonlar.

O’qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Dasr boshida koordinata tõğri chiziğiga ta'rif berildi,koordinatada sonlarning koordinatalarining õzgarishi mahorat bilan tushuntirib berildi va unga doir misollar ishlandi.Dars davomida sonlarni taqqoslash eslatib ketildi.Qarama-qarshi sonlar va sonning moduliga ta'rif berildi.Sonning moduli qatnashgan hisoblashga doir misollar yechildi.Keyin sonning moduli qatnashgan tenglamalar yechildi va mustaqil bajarish uchun ham berildi.

Dars yakunida vazifa qilib, 229-betdagi 1204,1206,1208-misollar berildi.



15.02.2020

Musbat va manfiy sonlarni qo'shish va ayirish.

229-bet, 1207,1209,1211-masalalar

Mavzu:Musbat va manfiy sonlarni qo'shish va ayirish.

O'qituvchi Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li.

Takrorlash uchun og'zaki misollar bajarildi. Manfiy sonlarni qo'shish va har xil ishorali sonlarni qo'shish qoidalari tushuntirilib, misollardan namunalar ko'rsatildi.

M:-7+(-4). 7+4=11. -7+(-4)=-11.

-9+(-3)=-12; -16,4+(-0,4)=-17.

-7+9=2; 11+(-16)=-5

Musbat va manfiy sonlarni qo'shish uchun kichik tadqiqot o'tkazildi.

2+3=5 -2+(-3)=-5.

-2+3=1 2+(-3)=-1.

Shunga o'xshash bir necha misollardan namunalar ko'rsatildi. Sonlarni ayirish qoidasi tushuntirildi. Quyidagi misollar bajarildi.

1) -19+(-25)-(-34);

2) -12-15+(-10)-(-37);

3) -3,4-(+2,8)-(-7,9)-1,6;

4)42,5+(-5,3)+12,4-(-62,8);

Mustaqil bajarish uchun topshiriq.

229-bet, 1207,1209,1211-masalalar.



18.05.2020

Musbat va manfiy sonlarni ko'paytirish va bo'lish

Darslikning 229-betidagi 1212-1216-misollar

Mavzu: Musbat va manfiy sonlarni ko'paytirish va bo'lish

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Bir xil ishorali ikkita sonni ko'paytirish uchun ularning modullari ko'paytiriladi va ko'paytma oldiga "+" ishorasi qo'yiladi.

Har hil ishorali sonlarni ko'paytirishda ularning modullari ko'paytiriladi va bo'linma oldiga "-" ishorasi qo'yiladi.

Bo'lish amali ham huddi shu kabi bajariladi.

Mavzuga doir misol va masalalar ishlandi

Uyga vazifa: Darslikning 229-betidagi 1212-1216-misollar


19.05.2020

Tenglamalar yechish

Darslikning 231-betidagi 1219-, 1222-misollar

Mavzu: Tenglamalar yechish

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li

Mustaxkamlash uchun "o'ylab ko'ring" topshirig'ini bajarildi. Tenglamalarni yechishga oid bir nechta misollar ishlandi.

Uyga vazifa: Darslikning 231-betidagi 1219-, 1222-misollar



20.05.2020

Kombinatorika

233-bet , 1235-1236-masalalar

Mavzu:Kombinatorika

O'qituvchi: Jonibekov Dilshod Valibek o`g`li



O'qituvchi yangi mavzuni boshlashdan oldin o'tilgan mavzu yuzasidan misollar ni takrorlab o'tdi. Yangi mavzu kombinatorika haqida ma'lumot berib o'tildi. Kombinatorika: matematikaning keng tatbiqlarga ega bo'lgan bo'limlaridan biri hisoblanadi. Texnika va ishlab chiqarishda uchraydigan masalalarni yechish usullari ko'p bo'lishi mumkin. Bu usullarni soni nechta? Ularni qanday hisoblash mumkin? Kombinatorika ana shunday savollarga javob beradi. Yangi mavzu o'quvchilarga qoida va formulalar asosida tushuntirib berildi. Kombinatorika mavzusiga oid masalar ishlandi. Masalan:1,4,9sonlaridan jami nechta uch xonali sonlar tuzush mumkin. Bunda 1) raqamlar takrorlanmasin 2) raqamlar takrorlansin. Javob 1) raqamlar takrorlanmasa 6 ta 2) raqamlar takrorlansa 27ta. Darsda yakunida uyga vazifa qilib 233-bet , 1235-1236-masalalar berildi.

Download 28.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling