L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati


  XXVIII  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  O‘zbekiston  nechanchi


Download 14.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana21.12.2019
Hajmi14.1 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36

64.  XXVIII  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  O‘zbekiston  nechanchi 

o'rinni egallagan?

a) 

34-o‘rin  b )4 0 -o ‘rin  c)4 1 -o ‘rin 



d) 

35-o‘rin


65.  «Alpomish»  va  «Barchinoy»  maxsus  testlari  qachon  joriy 

qilingan?

a) 

01.01.  2000-yil 



b) 

27.05.1999-yil

с) 01.06.1992-yil 

d) 

21.01.1992-yil



66. Qachon Toshkentda Olimpiya Shon-shuhrat muzeyi ochilgan?

a) 

31-avgust  1991y.



b) 

10-may  1993  y.



c) 

18-oktabr  1996y.



d) 

1-sentabr  1996 y.



67.  Qachon  0 ‘zbekiston  futbol  terma  jamoasi  Osiyo  o'yinlari 

chempioni bo‘lgan?

a) 

1994 у Xirosima



b) 

1996 у Dubay



c) 

1992 у Seul



d)  1995y Toshkent

68.  Markaziy  Osiyo  o‘yinlari  qaysi  davlat  tashabbusi  bilan  ta’sis 

etilgan?

a) 

0 ‘zbekiston; 



b) 

Qozog‘iston;



c) 

Tojikiston; 



d) 

Rossiya.


69.  «Alpomish»  va  «Barchinoy»  maxsus  testlari  qaysi  yoshdagi 

aholiga mo‘ljallangan?

a) 6

 yoshdan-60 yoshgacha va undan yuqori;



b)  15  yoshdanl8 yoshgacha;

c) barcha yoshdagilar;

d)

 7 yoshdan70 yoshgacha.



70.  Birinchi  Markaziy  Osiyo  o‘yinlari  qachon  va  qayerda 

0‘tkazilgan?

a) 3-8-sentabr  1995y, Toshkent;



b)

  5-10-sentabr  1997y, Ashxabod;

c)  10-15-sentabr 2001y,  Olmata;

d)

  12-17-sentabrl999y,  Toshkent.



71.  Qachon  Mustaqil  0 ‘zbekiston  sport  jamoasi  birinchi  marta 

yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan?

a)  1996 y. Atlanta; 

b)  1994 y. Lillexammer;

c)  1988 



y. 

Seul; 


d) 

1992 


y. 

Barselona.



72. 0 ‘zbekiston Olimpiya Shon-shuhrati muzeyi qachon ochilgan?

a)  1996 y. 2-sentabr 

b)  1991  y.  31-avgust

c)  1996 y.  18-oktabr 

d)  1993 y.  10-may

73.  O‘zbekistonda  1999-yil  27-mayda  qaysi  yo‘naIishda  qaror 

qabul qilingan?

a)

 jism oniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish;



b)

 fiitbolni ommalashtirish;



c)

 bolalar sportini rivojlantirish;



d)

 sportni targ'ibot qilish.



74. 

O‘zbekistondagi 

I-Universiada 

qachon 

va 

qayerda 

o‘tkazilgan?

a) 

2000-yil, Namangan; 



b) 

2000-yil,  Toshkent;



c) 

2000-yil, Farg‘ona; 



d) 

2002-yil,  Samarqand.



75.  XXX  yozgi  Olimpiya  o‘yinIarida  0 ‘zRning  qaysi  sportchisi 

oltin medal oldi?

a) A rtur Taymazov; 

b) Rishod  Sobirov;

c) 

Abbos Atoyev; 



d) 

Bahodir Suitonov.



76.  “O‘zbekistonda  bolalar  sportini  rivojlantirish  jamg‘armasini 

tuzish to‘g‘risida”gi Farmon qachon qabul qilingan?

a) 

2002 y. 24-oktabr; 



b) 

2004 у. 


16

-fevral;


c) 

2007 y.  6-noyabr; 

d) 2011  y.  27-avgust.

77.  O'zbekistonda  “Bolalar  sportini  rivojlantirish  to‘g‘risida”gi 

qaror qachon qabul qilingan?

a) 2002

 y.  31-oktabr;



b) 

2006 y. 20-may;



c) 

2008 y. 24-mart;



d) 2012

 y.lO-sentabr.



78.  XXVII  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  0 ‘zbekiston  umumjamoa 

hisobida nechanchi o‘rinni egallagan?

a )4 1 -o ‘rin;  b) 34-o‘rin;  c) 58-o‘rin; 

d )4 0 -o ‘rin.

79.  0 ‘zR  Madaniyat  va  sport  ishlari  Vazirligi  qachon  tashkil 

etilgan?

a) 

2004 y. 30-sentabr;



b) 

2006 у.  11-sentabr;



c) 2010

 y.  16-iyul;



d) 2012

 y.  8-dekabr.



80.  XXIX  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  0 ‘zbekiston  umumjamoa 

hisobida nechanchi o‘rinni egallagan?

a) 

40-o‘rin; 



b) 

47-o‘rin;  c) 34-o‘rin; 

d) 41-o‘rin.

81. “Barkamol avlod” sport musobaqalarida kimlar qatnashadi?

a) kasb- hunar kollejlari o ;quvchilari;



b) 

maktab o'quvchilari;



c) 

maktabgacha tarbiya bolalari;

d) oliy o‘quv yurti talabalari.

82.  XXX  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  O‘zbekistondan  qaysi 

sportchi bronza medalini olgan?

a) 

Rishod Sobirov



b) 

Anton Fokin



c) Vadim Menkov

d)

 Armen Bagdasarov.



83.  0 ‘zR  “Ommaviy  sport  targ‘ibotini  yanada  kuchaytirish 

chora-tadbirlari to£g‘risida”gi qaror qachon qabul qilingan?

a)

 2003  y. 4-noyabr;



b)

 2004 y.  20-aprel;



c)

 2009 y.  12-yanvar;



d)

 2012 y.27-iyun.



84. 

XXX 


yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  0 ‘zbekiston  umumjamoa 

hisobida nechanchi o‘rinni egallagan?

a) 47-o‘rin; 



b) 

40-o‘rin;  c) 41-o‘rin;  d)  56-o‘rin.



85.  0 ‘zbekistonda  sport  to‘g ‘risidagi  qarorlarda  qanday  ta- 

moyillar ishlab chiqilgan?

a)

  sport  turlarini  professional  asosda  tashkil  etish  va  rivojlan- 

tirish;

b)

 sport turlarini yoshlar orasida ommaviylashirish;

c) o ‘quv yurtlarida futbol,  tennis, kurashni rivojlantirish;

d)

 sport inshootlarini  qurish.



86.  0 ‘zR  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  Osiyo  Olimpiya 

Kengashi tomonidan qanday taqdirlangan?

a)

 Osiyo Olimpiya Kengashi  tomonidan Oltin ordeni berilgan;



b)

 Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan Oltin kubok berilgan;



c)

 Osiyo Olimpiya Kengashi  tomonidan Faxriy yorliq berilgan;



d)

 Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan Diplom berilgan.



87.  Sidneydagi  Olimpiya  o ‘yinlarida  0 ‘zbekiston  terma  jamoasi 

uchun kim oltin  medal keltirgan?

a)

 Muhammadqodir Abdullayev;



b)

 Dilshod Mansurov;



c)

 Artur Grigoryan;



d)

 Rustam  Qosimjonov.



88.  XV  yozgi  Paralimpiya  o‘yinlarida  0 ‘zbekiston  umumjamoa 

hisobida nechanchi o‘rinni egallagan?

a)  16-o‘rin  b) 24-o‘rin  c)  12-o‘rin  d)  10-o‘rin

89.  XXXI  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  umumjamoa  hisobida 

nechanchi o‘rinni egallagan?

a) 37-o‘rin 

b) 40-o‘rin  c) 2I-o‘rin 

d) 59 -o‘rin

90. XXXI yozgi Olimpiya o‘yin!ari natijalari bo‘yicha 0 ‘zbe- 

kiston  terma jamoasi  Osiyo  mamlakatlari,  MDH  davlatlari, Mar­

kaziy Osiyo davlatlari orasida nechanchi o‘rinni egallagan?

a) 2,  5,3 

b) 4, 3,  1  c) 2, 4,  5 

d) 4, 2,1.

10-§. O lim p iad a va O lim piada sari yo‘l. Q adim gi O lim piya 

o‘yin lari

Mavzuni  o'rganishdan  asosiy  maqsad  -   Qadimgi  Olimpiya 

o ‘yinlari  tarixini  chuqur  va  atroflicha  o ‘rganish  orqali  qadimgi 

Olimpiya o ‘yinlari ahamiyatini tushunish.

N azariy m ashg'ulotlar mazmunida asosiy vazifalar -

■  Qadimgi Olimpiya o ‘yinlari xususiyatlarini tahlil qilish;

■  olimpiya  sporti  tarixi,  jahon  xalqlarining  sport  sohasidagi 

yutuqlari bilan tanishtirish;

■  olimpizmning  insonparvarlik  qadriyatlari  ahamiyatini  ifoda- 

lash kabi masalalardan iborat.

M ashg‘ulotlarda  talabalar  va  mutaxassislardan  -  olimpizm  tu- 

shunchalari  va ularning  mohiyatini  bilish;  olimpiya bilimlarini  targ‘i- 

bot qilish vositalaridan foydalanish shakllarini o ‘rganish; mustaqil fikr 

yuritish, bilimlarga ijodiy yondashish talab etiladi.

Olimpiya o'yinlari  tarixini o ‘rganish manbalariga:

^ q a d im g i  Olimpiya  о 'yinlariga  oid  ashyoviy  yodgorliklar  va 

arxeologik topilmalar;

4folimpiya  sportiga  doir  arxiv  materiallari,  ilmiy  kitoblar  va 

boshqa yozma manbalar;

sSfolimpiya  sportiga  oid  tasviriy  san’at  asarlari,  badiiy  kitoblar, 

xalq rivoyatlari va afsonalari,  kino,  foto,  fonomateriallar;

«Sturli  mamlakatlarda  sportning  rivojlanishi  to ‘g ‘risidagi  amaliy 

m a’lumotlar, y a’ni  sport yutuqlari va sport rekordlari kiradi.

Yozma  manbalarga  ko‘ra,  qadimgi  Olimpiya  o ‘yinlarining 

boshlanishi  ikki  Qadimgi  Gretsiya  davlatlari  -   Elida  va  Sparta 

o ‘rtasida tinchlik o ‘matilishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Q adim gi  O lim piya  o‘yinlari.  Qadimgi  Gretsiyaning  Olimpiya 

shahri  Olimpiada  o ‘yinlarining  vatani  hisoblanadi.  Olimpiya  shahri 

Peloponnes  yarim  orolining  g‘arbiy  qismida  joylashgan.  Qadimgi 

yunonlar  Olimpiya  o ‘yinlarini  buyuk  xudolari  -  qudratli  va  dono 

Zevsga 


bag‘ishlaganlar. 

Yunonlar  oliy  iloh  Zevsni 

“yashin


chaqnatuvchi”,  “bulutlarni  haydovchi”,  beqiyos  qudrat timsoli,  “hayot 

baxsh etuvchi”, “xaloskor” m a’budi sifatida e ’zozlaganlar.

Miloddan avvalgi V asrda yunon m e’mori Libon  loyihasi asosida 

Olimpiya  shahrida  Zevs  maqbarasi  qurilgan.  Bu  yerda  o‘rnatilgan 

Zevsning juda katta,  oltin va fil suyagidan yasalgan haykali dunyodagi 

yetti m o‘jizaning biri deb tan olingan.

Qadimgi  olimpiya o ‘yinlarming tarixi to ‘rt davrdan iborat bo‘lib, 

ular Qadimgi Gretsiyaning afsonaviy badiiy merosiga asoslanadi.

Qadimgi  olimpiya  o ‘ yinlarining  birinchi  davri  -   qahramonlik 

davri  hisoblanib,  rivoyatlarga  ko‘ra  bu  musobaqalarda  m a’budlar, 

shohlar,  afsonaviy  qahramonlar o ‘zaro  kuch  sinashganlar.  Gomeming 

mashhur  “Illiada”  dostonida  Qadimgi  Gretsiyada  Troya  urashining 

buyuk  qahramoni  Axilles  tashkil  etgan  o ‘yinlarda  ot  aravalardagi 

poygalarda Frakiya  shohi  Diomed,  Miken  shohi  Menelay,  Pilos  shohi 

Nestor  marraga  birinchi  bo‘lib  yetib  kelganlar.  Gomer  ulami  m usht 

jangida  teng  keladiganlar  topilmagan  Evrial,  kurashda  barcha 

raqiblarining  kuragini  yerga  tekkizgan  shoh  Ayaks  Telamanid,  yugu- 

rishda  Odissey,  nayza  uloqtirishda  yunon  qo‘shinlari  lashkarboshisi 

Agamemnon,  kamon  otishda  Odisseyning  eng  sodiq  xizmatkori 

Evmey va boshqa afsonaviy qahramonlaming fazilatlarini madh etgan.

Qadimgi  olimpiya  o ‘yinlarining  ikkinchi  -   afsonaviy  davri 

Geraklga  bag4 ishlab  tashkil 

etilgan  umumellin  musobaqalari 

to ‘g ‘risidagi rivoyatlarga asoslangan.

Qadimgi  olimpiya o ‘yinlarining uchinchi -  yarim  afsonaviy  davr 

miloddan  avvalgi  IX  asrga  to ‘g ‘ri  kelib,  bunda  olimpiya  о ‘yinlari 

Likurg  va  Ifit  tomonidan  tashkil  etilganligi  to ‘g‘risidagi  haqiqiy 

voqealar rivoyatlarda saqlanib kelgan.32

Qadimgi  olimpiya  o ‘yinlarining  to ‘rtinchi  -   qadimgi  olimpiya 

o ‘yinlarining  tarixiy  davri.  Miloddan  avvalgi  776-yilda  birinchi  qa­

dimgi  olimpiya  o‘yinlari  bo‘lib  o ‘tgan  va  olimpiya  o ‘yinlari  to ‘g ‘- 

risida  yozma  manbalar  topilgan.  Bu  aniq  m a’lumotlarga  asoslangan 

sana Olimpiya о ‘yinlari vujudga kelgan yili,  deb qabul qilingan.

Qadimgi  olimpiya  o ‘yinlari  haqida  ju d a  ko‘p  afsonalar  va 

rivoyatlar  mavjud.  Birinchi  afsonada  xudo  Kronos  o ‘g ‘illaridan 

birining  qo‘lidan  halok  bo‘lishini  bashorat  qiluvchi  tushga  ishonib, 

yangi  tug'ilgan  farzandlarini  yutib  yuborishni  boshlagan.  Uning

32 Emazarov E.  O lim piada-jalion sporti bayrami.  Ilraiy-ommabop risola. Т.:  “Sharq”,  2008.


rafiqasi  Reya  navbatdagi  yangi  tug‘ilgan  farzand  o ‘rniga  yo‘rgakka 

tosh  o'rab,  uni  berahm  otaga  beradi.  0 ‘g ‘lini  esa  cho‘ponga  berib 

yuboradi,  bola  o ‘sib-u!g‘ayadi,  chaqmoq  va  momaqaldiroq  xudosi 

qudratli  Zevsga  aylanadi.  Zevs  shavqatsiz  otasini jangga  chaqiradi  va 

g'alaba  qozonadi, 

shu  orqali 

aka-singillarini  qutqaradi, 

ular 


keyinchalik 

xudolarga 

aylanishadi. 

Zevs 


g'alaba 

sharafiga 

musobaqalar  o‘tkazishni  buyurgan.  Bu  o ‘yinlar  o'tkazilgan jo y   nomi 

bilan Olimpiya o'yinlari  deb atalgan.

Yana  boshqa  afsonaga  k o 'ra  o'yinlarni  Zevsning  o 'g 'li  Gerakl 

tashkil  qilgan.  Olimpiya  o'yinlari  Geraklning  eng  shavkatli  g'alaba- 

laridan  biriga  bag'ishlangan.  Gerakl  yugurish  masofasini  belgilab 

bergan va u 600 ta oyoq qadamiga (192m 27sm) to 'g 'ri kelgan.

Qadimgi  Gretsiyada  bu  o'lchov  «stadiy»  deb yuritilgan,  shundan 

«stadion»  so'zi  kelib  chiqqan.  K o'p  yillar  davomida  yugurish 

bo'yicha g'olib aynan  shu masofada aniqlangan.

Olimpiya  o'yinlari  Zevsning  nevarasi  Pelops  tomonidan  tashkil 

qilingan degan afsona ham  bor.  Podshoh Enomayning juda  go'zal qizi 

bo'lgan.  Enomay  o ‘z  kuyovining  qo'lidan  halok  bo'lishini  tushida 

ko'rgan  va  bunga  ishonib,  qizini  qo'lini  so'rab  kelgan  yigitlarga  shart 

qo'yib,  ular  bilan  ot  aravada  poyga  o'ynagan.  Poygada  m ag'lub 

bo'lgan yigitlarni o'lim ga hukm qilgan.

Pelops  Enomayning  qiziga  o 'n   to'rtinchi  kuyov  edi.  Oldingi  o'n 

uchta  kuyov  ot  aravada  poyga  o'ynashda  Enomay  qo'lidan  halok 

bo'lgan  edi.  Enomayning  qizi  Gippodamiya  Pelops  bilan  birga 

Enomay ot aravasining  boshqaruvchisi Mirtilosni  g'ildiraklam i ushlab 

turuvchi  bronzaii  ushlagichni  mumlisiga  almashtirib  qo'yishga 

ko'ndirishadi.

Poyga  paytida  g'ildiraklar  chiqib  ketadi  va  Enomay  halok 

bo'ladi. 

Xudolarga  minnatdorchilik  bildirib,  Pelops  Olimpiya 

o'yinlarini  ta ’sis  etadi  va  ot  aravada  poyga  asosiy  musobaqalardan 

biriga aylangan.

Qadimgi  Olimpiya  o'yinlari  doimiy  ravishda  har  4  yilda  bir 

marta  kabisa  yilida  o'tkazilgan.  Yunon  rivoyatlari  va  ko'plab 

afsonalarida  kabisa  yili  ofat  keltiruvchi  yil,  deb  ifodalangan.  Shuning 

uchun  qadimgi  davrda  yunonlar  kabisa  yilida  xudolardan  rahm- 

shavqat 

so'rab, 


ular 

sharafiga 

bayramlar 

uyushtirganlar 

va 

qurbonliklar qilganlar.



Olimpiya  shahrida  maxsus  hay’at  har  to ‘rt  yilda  bir  marta 

olimpiya  o'yinlari  tantanali  ochiladigan  sanani  belgilab  bergan. 

A n’anaga  binoan,  bu  sana  yozda  quyosh  eng  yuksak  cho‘qqisiga 

ko'tarilib,  osmonda to ‘lin oy paydo bo'ladigan birinchi kun bo'lgan.

“O lim piada”  atamasi  ikki  olimpiya  o'yinlari  oralig'idagi  to ‘rt 

yil  -   1447  kunni  bildirgan.  Yunonlar  uchun  bu  taqvim  sitsiliyalik 

tarixchi Timey tomonidan miloddan avvalgi 264-yilda kiritilgan.

0 ‘yinlar  o ‘tkaziladigan  vaqtda  Qadimgi  Gretsiyada  muqaddas 

tinchlik  “ekexeyriya”  e ’lon  qilingan  va  3  oy  davom  etgan.  Maxsus 

jarchilar  muqaddas  tinchlik  kuchga  kirganini  hammaga  m a’lum  qilib 

chiqqanlar.  Muqaddas tinchlik davrida,  ya’ni ellinlar taqvimi bo'yicha 

ikki  apolloniy  va  perfmiy  oylarida  har  qanday  jangovar  harakatlar 

to'xtatilgan.  Bu  qat’iy  qonunni  buzganlarga  m a’budlar  tomonidan 

kulfat  yog'dirilishi  haqidagi  har  bir  yunonga  m a’lum  bo'lgan  aqida 

dahshati  eng  urishqoq  elatlarni  ham  to'xtatgan.  Bu  davrda  Olimpiya 

shahriga  qurol-yarog'  bilan  kirish  taqiqlangan.  Polis  hukmronlari 

olimpiya  o'yinlari  paytida  musobaqa  ishtirokchilari,  murabbiylar  va 

barcha tomoshabinlarning xavfsizligini kafolatlagan.

Sulh  shu  qadar  muqaddas  hisoblanganki,  olimpiya  o'yinlari 

o'tkazilgan  bir necha yuzlab  yillar davomida unga atigi  ikki  marotaba 

rioya  etilmagan  hoi  bo'lgan.  Birinchisi,  Filipp  Makedonskiy  lashkari 

askarlari  olimpiya  o'yinlariga  ketayotganlami  yo'lda  tunaganlar. 

Bosqinchilar  nafaqat  ularning  pul  va  mollarini  qaytarib  berishga 

majbur  qilinganlar,  balki  musobaqa  tashkilotchilariga  juda  katta 

miqdorda jarima  ham  to'laganlar.  Makedonskiy  o'zining  lashkarlari 

sulhni  buzganliklari  uchun  olimpiya  o'yinlari  tashkilotchilaridan 

rasmiy  kechirim  ham  so'rashga majbur  bo'lgan.  Ikkinchisi,  miloddan 

avvalgi  420-yilda  spartaliklar muqaddas  sulh amal  qilib  turgan  vaqtda 

Lepreya  shahrini  qamal  qilganliklari  uchun  olimpiya  kengashi 

tomonidan O'yinlar ishtirokchilari ro'yxatidan chiqarilgan.

Olimpiya  o'yinlari  dastlab  b ir  kun  bo'lgan  va  bayram 

o'tkazilgan  kunlar  “iyeromeniya”  -   “muqaddas  oy”,  deb  nomlangan. 

Bu bayram  vujudga kelgan paytida diniy xarakterga ega bo'lgan,  lekin 

uning asosiy mazmunini atletika musobaqalari tashkil etgan.  Miloddan 

avvalgi V asrga kelib,  qadimgi Olimpiya o'yinlari 5 kun  davom etgan.

Birinchi  kun.

 

Qadimgi  Olimpiya  o'yinlarining  ochilish 



marosimi  bo'lgan.  Olimpiya  bayramining  boshlanishi  to 'rt  marotaba

kamay  chalinishi  bilan  bildirilgan.  Musobaqa  ishtirokchilari, 

murabbiylar va hakamlar Zevs xudosiga qasamyod aytganlar.

Tantanali  ochilish  marosimi  davomida  jangchi  tomonidan 

qatnashuvchi  atletlarning  ismi,  kasbi,  kelgan  shahri  e’lon  qilingan. 

Olimpiadaning birinchi kunida xudolarga qurbonliklar keltirilgan.

Ikkinchi kun.

  Yoshlar o‘rtasida yugurish, sakrash, disk va nayza 

uloqtirish, qo'l jangi bo'yicha musobaqalar o‘tkazilgan.

Uchinchi  kun.

  Olimpiadaning  eng  katta  kuni  -   katta  yoshli 

atletlar  o‘rtasida  yugurish,  sakrash,  disk  va  nayza  uloqtirish,  kurash, 

qo‘l jangi bo‘yicha musobaqalar o'tkazilgan.



To‘rtinchi  kun.

  Eng  nufuzli  hisoblangan  ot  aravalarda  poyga 

bo'yicha hamda qurol aslaha bilan yugurish musobaqalari o'tkazilgan.

Beshinchi  kun.

  G'oliblar  еЧоп  qilingan,  taqdirlash  marosimi 

bo'lgan.  Qadimgi  Olimpiya  o'yinlarining  g'oliblari 

olimpionik 

deb 


nomlangan va ular sharafiga qo'shiqlar aytilgan.

Qadimgi  Olimpiya  o'yinlarga 



ellanodik 

-   hakamlar  rahbarlik 

qilgan.  Ellanodiklar Elida fuqarolari  orasidan  o'yinlar boshlanishidan 

bir yil oldin chek tashlash asosida 9 nafar kishidan  18 nafar kishigacha 

saylangan.  Ellanodiklarning  vazifasi  musobaqalar  joyini  tayyorlash, 

musobaqa ishtirokchilarini tanlash, musobaqalaming borishini kuzatib 

turish va musobaqa g'oliblariga mukofotlar berishdan iborat bo'lgan.

Qadimgi  Olimpiya  o'yinlarining  dasturi 

ko'p yillar mobayni- 

da  o'zgarmagan  va  musobaqalaming  eng  qadimgi  turi  1  stadiyga 

(stadiodrom)  yugurishdan  iborat  bo'lgan.  Qadimgi  14-o'yinlardan 

boshlab  musobaqalar  dasturiga  2  stadiyga  yugurish  -  diaulos,  15- 

olimpiada  o'yinlaridan  boshlab  esa  chidamliligini  sinash  uchun  24 

stadiyga yugurish - dolixodrom kiritilgan.

Qadimgi  18-Olimpiya  o'yinlardan  boshlab  dasturga  pentatlon 

bo'yicha  musobaqalar  kiritilgan.  Pentatlon  -   yugurish,  sakrash,  disk 

va nayza uloqtirish, kurash mashqlaridan iborat bo'lgan.

25-o'yinlarda -  ot aravalarda poyga.  33-o'yinlarda -  pankration  (qo'l 

jangi va kurash) musobaqalari dasturga kiritilgan 



(15-jadval).

Olimpiya shahrining sharqiy qismida o'sha davrlarda ot aravalar 

poygasi  o'tkaziladigan  ulkan  gippodrom joylashgan  va 730x336  metr 

kattalikda bo'lgan.  Bundan tashqari, bu yerda xususiy sport maktabi - 

gimnasiya,  uning  o'rtasida  66x66  metr  kattalikdagi  palestra 

joylashgan.  Gimnasiya yaqinida esa olimpiya o'yinlari  paytida atletlar 

yashaydigan  “olimpiya  qishlog'i”  bo'lgan.  Qadimgi  olimpiya


o‘yinlariga  faqat  ozod  yunon  fuqarolari  qatnashishi  huquqiga  ega 

bo‘lganlar. 0 ‘yinlarga qullar, ayollar,  bolalar, xorijliklar, jinoyatchilar 

va  qurollangan  odamlar  kiritilmagan.  Miloddan  avvalgi  632-yildan 

qadimgi  37-Olimpiya  o‘yinlardan  boshlab  o‘yinlarda  bolalar 

qatnashgan va ularning chiqishlari uchun alohida kun ajratilgan.

15-jadval

Qadimgi olimpiya o‘yin!ariga yangi musobaqalarning kiritilish

sanalari

0 ‘yin

Yil


Musobaqa turi

1

mil.av.  776-yil



1  stadiy (192 m 27 sm) stadiodrom

14

mil.av. 724-yil



Diaulos (2 stadiy)

15

mil.av. 720-yil



Dolixodrom (24 stadiy)

18

mil.av. 708-yil Pentatlon ( beshkurash)



23

mil.av. 688-yil

Qo‘l jangi

25

mil.av.  680-yil



Ot aravalar poygasi

33

mil.av. 648-yil



Pankration va ot poygasi

37

mil.av. 632-yil



0 ‘g‘il bolalar uchun kurash va ot 

poygasi


38

mil.av. 628-yil

0 ‘g‘il bolalar uchun pentatlon

41

mil.av. 616-yil



0 ‘g‘il bolalar uchun qo‘l  jangi

65

mil.av.  520-yil



Qurol-aslaha bilan yugurish

70

mil.av. 500-yil



Xachir qo‘shilgan aravalar poygasi

71

mil.av. 496-yil Biyalarda poyga



84

mil.av. 444-yil Xachir va biya poygalarining bekor 

qilinishi

93

mil.av. 408-yil Ikkita ot qo‘shilgan aravalar poygasi



99

mil.av. 384-yil

To‘rtta toy qo‘shilgan aravalar poygasi

128


mil.av. 268-yil Toylarda poyga

131


mil.av. 256-yil

Ikkita toy qo‘shilgan aravalar poygasi

145

mil.av. 200-yil



0 ‘g‘il bolalar uchun pankration

Qadimgi  yunonlar  Olimpiya  o‘yinlari  qahramonlari  nomlarini 

Alfey  daryosi  yaqinida  o'rnatilgan  marmar  ustunlarga  o‘yib 

yozishgan.  Birinchi  Olimpiya  o‘yinlarining  g‘olibi  Elida  shahridan



oshpaz  Koroibos  to‘g‘risida  ana  shu  marmar  ustundagi  yozuvlardan 

ma’lum bo‘lgau.

Qadimgi  Olimpiya  o‘yinlari  ijtimoiy-siyosiy  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan. 

Ular 

Qadimgi 


Gretsiyaning 

ko'pgina 

shaharlarini 

birlashuviga,  quidorlarning  o'zaro  shartnomalar  asosida  tinchlik 

haqidagi  kelishuvlariga,  iqtisodiy  jipslashuviga  sabab  bo'lgan. 

Olimpiya  o‘yinlari  millatni  birlashtiradigan  va  o‘zaro  totuvlikka 

xizmat qiladigan umumyunon bayrami hisoblangan.  Bu o‘yinlar polis 

quldorlarining harbiy qudratini ham namoyish qilgan.

Olimpiya o'yinlari -  Qadimgi  Gretsiyaning eng mashhur va eng 

ommaviy  musobaqalari  hisoblanib,  alohida  ahamiyatga  ega  bo‘lgan. 

Olimpiya  o‘yinlari  qadimdan  eng  e’zozlangan  bayramlardan  biri 

bo'lgan.  Qadimgi  yunonlar  insonning  barkamol  rivojlanishi  aqliy, 

ma’naviy,  estetik  va jismoniy  tarbiyadan  iborat  boiishi  kerak,  deb 

hisoblaganlar.

Qadimgi  Gretsiya  davlatlarida ta’lim-tarbiya  tizimi  barcha  to‘la 

huquqli fuqarolarga moijallangan edi.  Tarbiya tizimi  harbiy-jismoniy 

tayyorgarlik  bilan  cheklanib  qolmasdan,  har  tomonlama  tarbiya 

berilgan.

Olimpiya  o‘yinlarining  asosiy  g'oyasi  inson  barkamolligi,  aqliy 

va  jismoniy  yetukligini  namoyishi  bo'lgan.  Shuning  uchun  ilk 

umumellin  bayramlarida  kuchlilik,  chaqqonlik,  epchillik  bo'yicha 

musobaqalar 

musiqa, 

she’riyat 

tanlovlariga 

ulanib 


ketgan. 

Olimpiadalarda jismoniy  go'zallikka  aqliy  salohiyat,  musiqiy,  badiiy, 

tasviriy iste’dod ruhi uyg'un bo'lgan.

Qadimgi  yunon madaniyati  va san’atining barcha ko'zga ko'rin- 

gan  namoyandalari  bevosita  musobaqalar,  tanlovlar  ishtirokchilari, 

tomoshabin  sifatida  qatnashganlar.  Mashhur  tarixchi  Gerodot 

Olimpiya  shahriga  Afinadan  yayov  kelgan.  Matematik  Pifagor 

umumellin  sport  musobaqalarida  qo‘l jangi  bo'yicha  g'olib  bo'lgan. 

Gippokrat  kuchli  kurashchi  va mohir  chavandoz  edi.  Faylasuf Platon 

mashhur  Istmiya  o'yinlarida  kurash  bo'yicha  musobaqalarda  g'olib 

chiqqan. Olimpiadalarda shoirlar Sofok! va Evripid, yozuvchi Lukian, 

notiq  Demosfen  Olimpiya  o'yinlari  doirasida  o'tkazilgan  san’at, 

adabiyot, musiqa, me’morchilik bo'yicha tanlovlarda ishtirok etganlar.

Qadimgi  davrda  olimpiya  o'yinlarining  jamiyatdagi  o'rni  va 

nufuzi juda yuqori  bo'lib, ular Qadimgi Gretsiyaning ijtimoiy-siyosiy,

1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling