L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati


Download 14.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/36
Sana21.12.2019
Hajmi14.1 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36

Xulosalar

>  Olimpiya ta’Iimi  masalalari Pyer de Kuberten tashabbusi  bilan 

XOQning sessiyasida ilk bor muhokama qilingan.

>  Olimpiya  ramzlari  Pyer  de  Kuberten  tomonidan  ishlab 

chiqilgan va uning tashabbusi bilan Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan.

>  Olimpiya  ramzlarining  mohiyati  va  huquqlari  Olimpiya 

xartiyasida belgilangan.

>  Hozirgi  davrda  olimpiya ta’Iimi  tizimining tashkiliy  tuzilmasi 

shakllangan.

>  Hozirgi  kunda  olimpiya  g‘oyalarini  targ‘ibot  qilishning  yangi 

vositasi -  sport tarixi va olimpiya muzeylari yaratilgan.

Nazorat savollari:

Zamonaviy Olimpiya o'yinlarida qadimgi  olimpiya o‘yinlarining 

qanday an’analari saqlanib qolgan?

Olimpiya  harakatining  asosiy  tamoyillari  qaysi  hujjatda  bayon 

etilgan?

Olimpiya o‘yinlarining ramzlari kim tomonidan yaratilgan?

Olimpiya ramzlari va belgilari nimalardan iborat?

Olimpiya o'yinlarida qanday mukofotlar beriladi?

Olimpiya medalining hajmi va tarkibi qanday belgilangan?

Olimpiya madaniyati tushunchasiga nima kiradi?

Olimpiya madaniyati qadriyatlariga nimalar kiradi?

Olimpiya muzeylarining asosiy maqsadi nimadan iborat?

Zamonaviy  Olimpiya  harakatini  targ'ibot  qilishda  qanday 

vositalar qo'llaniladi?



Eslab qolingl  ___

Olimpizm  -   tana,  iroda  va  onguing  muvozanatlashgan  bir 

butun  qadr-qimmatini  yuqori  darajaga  ko‘taradigan  va 

birlashtiradigan hayot faisafasidan iborat.

O lim piya  « ‘yinlari  -   har  4  yilda  bir  marta  XOQ  rahbarligida 

o'tkaziladigan eng yirik xalqaro kompleks sport musobaqalaridir.

Yozgi  O lim piya  o ‘y in la ri  -   yozgi  sport  turlari  bo‘yicha  har  4 

yilda  bir  marta  XOQ  rahbarligida  o‘tkaziladigan  xalqaro  kompleks 

musobaqalaridir.

yozgi  Olim piya  о ‘y in lari  3 896-yiI  6-15  aprelda  Afina 



shahrida  (Gretsiya)  bo‘lib  o ‘tgan.  I  yozgi  Olimpiya  o ‘yinlarida  14 

mamlakatdan  295  nafar  sportchi  ishtirok  etgan.  Olimpiya  o ‘yinlari 

dasturiga  9  ta  sport  turlari:  yengil  atletika,  gimnastika,  suzish,  og'ir 

atletika,  yunon-rum  kurashi,  o ‘q  otish,  qilichbozlik,  velosport  va 

tennis  kiritilgan.  Bu  o ‘yinlarda  AQSH  sportchilari  yengil  atletika 

bo‘yicha yuqori natijalami  namoyish etganlar.

Garvard  universitetining  talabasi  Jeyms  Konnoli  sakrash 

bo‘yicha  birinchi  Olimpiya  chempioni  bo‘lgan.  Amerikalik  Robert 

Garret  disk  uloqtirishda  va  yadro  irg'itishda  g‘olib  boMgan,  uzunlikka 

sakrashda  ikkinchi  va  balandlikka  sakrashda  uchinchi  o ‘rinni  egallab, 

barchaning  e ’tiborini  qozonishga  sazovor  bo‘lgan.  Qiziqarli  tomoni 

shundaki,  Robert Garret umrida disk uloqtirmagan,  faqat o ‘yindan  uch 

kun  oldin  mashq  qilib  o ‘rgangan.  Uning tabiiy qobiliyati  va  sportdagi 

yutuqlari  chempion  bo‘lishga  sabab  boMgan.  Germaniya  sportchisi 

Karl  Shuman  yunon-rum  kurashi  bo‘yicha  4  ta  oltin  medalga  sazovor 

bo‘igan. 

Gretsiyalik 

marafonchi 

Spiridon 

Luis 


Olimpiada 

o ‘yinlarining  qahramoni  bo‘lgan.  Gretsiya  sportchilari  otish  va 

qilichbozlik bo‘yicha yuqori  ko‘rsatkichlarga erishganlar.

Gretsiya  qiroli  Georg 

Olimpiya  o ‘yinlarining  g ‘oliblariga 



medallarni  taqdim  etgan.  Birinchi  o ‘rin  uchun  kumush  medal lari, 

ikkinchi  o ‘rin  bronza  medal lari,  zaytun  novdalari  berilgan.  Marafon 

yugurishini  dasturga  kiritishni  tavsiya  etgan  akademik  Mishel  Brea! 

uning  g ‘olibi  Spiridon  Luisga  Olimpiya  kubogini  taqdim  etgan. 

Taqdirlash  marosimidan  so‘ng  atletlar  olimpiya  madhiyasi  sadolari 

ostida  stadiondan  tantanali  yurib  o ‘tgan  edi lar.  1896-yildan  boshlab 

Olimpiya  o ‘yinlari  g‘oliblari  sharafiga  davlat  madhiyasi  ijro  etilib, 

davlat bayrog‘i  ko‘tarish  an'anasi kiritilgan.



“1896-yili Afmada  12 ta mamlakatdan  kelgan  81  nafar sportchi 

va  Gretsiyadan  sportning  9  ta  turi  bo ‘yicha  43  ta  musobaqalarda 

ishtirok  etgan  230  nafar  sportchi  ishtirok  etgan.  О ‘yinlar  tarkibiga,

1894-yilgi  Kongressdan  keyinroq  fransiyalik  faylasuf  Maykl  Bril 

tomonidan  о ‘ylab  topilgan  marafon  kiritilgan  (Derri,  sanasi 

yozilmagan).  Sportning  9  ta  turi  bo ‘Igan:  velosiped,  qilichbozlik, 

gimnastika,  tennis,  o'q  otish,  suzish,  yengil  atletika,  og  ir  atletika  va 

qo

 7 


jangi.  Shunday qilib,  о ‘yinlarning о ‘zi  va  ularni tashkil qilinishi 

deyarli to ‘liq yevropalik bo ‘Igan,  lekin Kuberten  bunday shou  boshqa 

joylarga ко ‘chirilishi tarafdori bo ‘Igan,  Kuberten yunonlar о ‘yinlarni 

tashkil  qilishlari  mumkinligini  kutmagan,  lekin  Dimetrius  Vikelas 

tomonidan bu masalani hal qilish murnkinligiga ishontirgan.  Yunonlar 

bir  marta  о ‘yinlarni  tashkil  qilishgan  va  ular  Kubertenni  chekkaga 

chiqarishga  urinishgan. 

Kuberten, 

taklif  qilingan  ishtirokchi 

bo ‘Imagani  uchun xafa bo ‘Igan.  U,  rasmiy hisobotda bir marta qayd 

qilingani  uchun  о ‘zini  chetda  qolgan  deb  his  etgan  va  javob 

choralarini ко ‘rgan,  Olimpiadani о ‘zining bolasi sifatida yangi sanoq 

boshlaganini  e ’lon  qilgan: 

“Men,  о ‘zimning  otalik  huquqim 

to ‘g ‘risida т а’him qilish uchun ovozimni baland ко ‘taraman ”.  Yunon 

qiroli  о ‘yinlar  doimiy  ravishda  Yunonistonda  о ‘tkazilishini xohlagan 

va  Kuberten  umumyunon  Olimpiya  о ‘yinlarini  о ‘tkazilishi joylarini 

ajratish  uchun  bor  diplomatik  iste’dodi  va  malakasini  ishlatishiga 

to ‘g ‘ri  kelgan.  Kezi  kelganda  aytish  kerakki,  bu, faqatgina  1906-yili 

amalga oshirilgan ”.S4

yozgi  Olimpiya  o ‘yinlarining  natijalari  bo‘yicha  umumjamoa 



h iso b ida  1-  o ‘rinni  Gretsiya  (JO-17-19),  2-  o ‘rinni  AQSH  (11-7-2),  3- 

o ‘rinni Germaniya (6-5-2) egallagan.

II 

yozgi  O lim piya  о ‘yin lari  1900-yil  14-may  -   13-sentabrda 



Parij  shahrida  (Fransiya)  o ‘tkazilgan.  Bu  o ‘yinlar  Pyer  de  Kuberten 

vatanida tashkil  etilgan.  Olimpiya  o‘yinlariga 24  davlatdan  1225  nafar 

(ulardan 22  nafari  ayol) sportchilar ishtirok etgan.  0 ‘yinlarni o ‘tkazish 

uchun  tashkiliy  qo‘mita  tuzilib,  uning  birinchi  majlisi  1898-yil  29- 

mayda  bo4lib  o ‘tgan.  Olimpiya  o ‘yinlari  Jahon  badiiy  ko‘rgazmasi 

bilan  bir  vaqtga  to‘g‘ri  kelgan  va  bu  holat  o‘yinlar  ahamiyatini 

pasaytirgari.  Sport  musobaqalari  uchun  maxsus  sport  inshootlari 

qurilmagan.

Olimpiya  musobaqalari  20  ta  sport  turi  bo‘yicha  95  ta  medallar 

jamlanmasi  uchun  o ‘tkazilgan.  Amerikalik  yengil  atletikachilar  Elvin 

Krenslayn  (4  ta  oltin),  Rey  Yuri  (3  ta  oltin)  yugurish  va  sakrash


bo‘yicha  eng  yaxshi  natija  ko‘rsatib,  Olimpiya  o‘yin!ari  qahramoni 

bo’lganlar.  Olimpiya  o‘ymlarida  ilk  bor  ayollar  1900-yildan  boshlab 

ishtirok  etgan.  Tennis  bo‘yicha  Sharlotta  Kuper,  golf  bo‘yicha 

Margaret  Ebbot,  Polin  Uitter va Darya  Prett ayollar o‘rtasida  birinchi 

olimpiya  chempioni  unvoniga  sazovor  bo‘lgan!ar.  II  yozgi  Olimpiya 

o ‘yinlarining  natijalari  -   1-o‘rin  -   Fransiya  (26-41-34),  2-o‘rin  -  

AQSH (19-14-14), 3-o‘rin -  Buyuk Britaniya (15-6-9)

П1 yozgi  Olimpiya  o‘yinlari  1904-yil  l-iyul-29-oktabrda  Sent- 

Luis  shahrida  (AQSH)  boMib  o‘tgan.  Olimpiya  o'yinlarida  13  ta 

davlatdan  689  nafar  (ulardan  6  nafar  ayol)  sportchilar  ishtirok  etgan. 

Bu  Olimpiada  Amerika  qit’asida  bo‘lganligi  sababli  juda  kam 

sportchilar  qatnashgan.  Yevropa,  Osiyo  va  Avstraliya  ko‘p jamoalari 

moddiy  qiyinchiliklar  tufayli  ishtirok  etmagan.  Olimpiya  o ‘yinlari 

Jahon  texnik  ko'rgazmasi  bilan  bir  vaqtga  to‘g‘ri  kelgan  va  o‘yinlar 

ahamiyatini  pasaytirgan,  chunki  tomoshabinlar  ko‘proq  ko‘rgazma 

bilan qiziqqan edi.

Olimpiya  o‘yinlarida  18  ta  sport  turidan  94  ta  medallar 

komplekti  uchun  musobaqalar  o‘tkazilgan.  Eng  yaxshi  sport 

natijalarini  amerikalik  yengil  atletikachilar  Rey  Yuri,  Archi  Xan, 

gimnastika  bo‘yicha Anton  Xeyda (5  ta  oltin),  Joij  Eyser  (3  ta  oltin), 

velosport  bo'yicha  Markus  Xarli  (4  ta  oltin)  ko‘rsatgan  edi.  1904- 

yildagi  Olimpiya  o‘yinlaridan  boshlab  g‘oliblarga  oltin,  kumush  va 

bronza  medallar  berish  an’anasi  kiritilgan.  Ill  yozgi  Olimpiya 

o‘yinlarining  natijalari  -   1-o‘rin  -   AQSH  (78-82-78),  2-o‘rin  -  

Germaniya (4-4-5), 3-o‘rin -  Kuba (4-2-3).

IV 


yozgi  Olimpiya  o‘yin!ari  1908-yil  27-aprel  -   29-oktabrda 

London  shahrida  (Angliya)  bo‘lib  o‘tgan.  0 ‘yinlarda  22  ta  davlatdan 

2035  nafar  (ulardan  37  nafar  ayol)  sportchilar  ishtirok  etgan. 

Musobaqalar  22  ta  sport  turi  bo‘yicha  110  ta  medallar  jamlanmasi 

uchun  o ‘tkazilgan.  Dasturga  ilk  bor  chim  ustida  xokkey  kiritilgan. 

Qirol  Eduard  VII  ning  talabiga  ko‘ra  marafon  yugurish  masofasi  40 

km  23  m  dan  42  km  195  mga  uzaytirilgan,  chunki  qirolning  oilasi 

Vindzor qal’asi balkonidan marafon startini ko‘rishni  istagan.  Keyingi 

o‘yinlar  dasturlarida  42,142  km  klassik  marafon  masofasi  bo‘lib 

qolgan.


Londonda sport musobaqalari uchun 70 ming o‘rinli stadion,  100 

metrli  suzish  havzasi,  velotrek  va  boshqa  maxsus  sport  inshootlari 

qurilgan.  Bu  davrda  London  shahrida  muz  ustida  uchish  maydoni


bo‘lganligi  uchun Olimpiya o‘yinlari dasturiga ilk bor qishki  sport turi 

konkida  figurali  uchish  kiritilgan.  Sport  musobaqalari  davomida 

yuqori  sport  natijalari  ko‘rsatilib,  yengil  atletika  bo‘yicha  3  ta jahon, 

13  ta  olimpiya  rekordlari,  suzish  bo‘yicha  6  ta  jahon  va  olimpiya 

rekordlari  o‘matilgan.  Angliya  sportchisi  Genri  Teylor  suzish 

bo‘yicha  3  ta  oltin  medalga  sazovor  bo‘Iib,  Olimpiya  o‘yinlarining 

qahramoniga aylangan.

1908-yildagi  Olimpiya o‘yinlaridan boshlab g‘oliblami norasmiy 

jamoa  ochko  hisobi  bo‘yicha  aniqlash  qoidasi  kiritilgan.  0 ‘yinlar 

davrida  ingliz  ruhoniysi  Etel'bert  Talbot  tomonidan  “Eng  asosiysi 

g‘alaba  emas,  ishtirok  etishdir”  so‘zlari  aytilgan.  IV  yozgi  Olimpiya 

o‘yinlarining natijalari -   1-o‘rin -  Buyuk Britaniya (56-51-39), 2-o‘rin

-  AQSH (23-12-12),  3-o‘rin -  Shvetsiya (8-6-11).

V  yozgi  Olimpiya  o‘yinlari  1912-yil  5-may  -   22-iyulda 

Stokgolm  (Shvetsiya)  shahrida  bo‘lib  o ‘tgan.  0 ‘yinlarda  28  ta 

davlatdan  2547  nafar  (ulardan  37  nafar  ayol)  sportchilar  ishtirok  et­

gan.  Musobaqalar  14  ta  sport  turi  bo‘yicha  109  ta  medallar jamlan- 

masi  uchun o ‘tkazilgan.  Musobaqalar  uchun  barcha  qulayliklarga ega 

bo‘lgan  “Qirol”  stadioni  qurilgan.  Olimpiya  o‘yinlarining  eng  yaxshi 

sportchisi  deb,  amerikalik  hindu  Jim  Torp  tan  olingan.  1912-yildagi 

Olimpiya  o‘yinlaridan  boshlab  Olimpiya  o‘yinlarining  ochilish  va 

yopilish  marosimlari  kiritilgan.  Bu  Olimpiya  o‘yinlarida  oxirgi  marta 

sof  oltin  medallar  berilgan.  V  Olimpiya  o‘yinlari  dasturiga  ilk  bor 

san’at  tanlovi  kiritilgan.  Pyer  de  Kuberten  san’at  tanlovida  Martin 

Eshbax  va  Jorj  Xoxrod  taxalluslari  ostida  ishtirok  etgan  va  “Sport 

madhiyasi” she’ri uchun oltin medal  bilan taqdirlangan.

V  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarining  natijalari  -   1-o‘rin  -   Shvetsiya 

(24-24-17),  2-o‘rin  -   AQSH  (25-19-19),  3-o‘rin  -   Buyuk  Britaniya 

(10-15-16).

1896-1912-yiIIarda o‘tkaziIgan yozgi Olimpiya o‘yinIarining 

asosiy xususiyatlari:

■  I 


yozgi 

Olimpiya  o'yinlari 

dasturiga 

ayollar 


sporti 

kiritilmagan.

■  Olimpiya  o ‘yinlari  dasturida  yozgi  va  qishki  sport  turlari 

bo‘lgan


■  sportchilarni  va  sport  rekordlarini  ro‘yxatga  olish  bo‘yicha 

tashkiliy hay’at tuzilmagan.

0  Olimpiya  o‘yinlari jihozlanishi  past  darajada  boMgan:  maxsus 

sport inshootlari yetishmagan.

■  Oiimpiya  shaharchasi,  sportchilaming  yetib  kelish  sanasi  va 

o ‘yinlar vaqtidagi aniq jadvallar bo‘lmagan.

■  I-V   Olimpiya  o‘yinlarida  faqat  mezbon  davlat jamoasi  g‘olib 

b o ig an .



"Dastlabki  bosqichdagi  zamonaviy  Olimpiya  o'yinlari:  1896- 

1904-y.y. ”  1896-yilda Afinada о 'tkazilgan birinchi Olimpiya о ‘yinlari 

tizimsiz  va  ко ‘rimsiz  bo ‘Igan.  Ular  кат  sonli  ishtirokchilari,  kuchsiz 

reklamasi  bilan  Yevropa  matbuotida  deyarli  yoritilmagan.  1894-yil 

Parijdagi  Olimpiya  Kongressida  о ‘yinlarga  qadar  13  ta  davlat 

vakillari  qatnashgan,  21  ta  mamlakat  yozma  ravishda  roziligini 

yuborgan,  lekin faqat  12  ta  davlat  Afinada  ishtirok  etgan  (AQSH, 

Germaniya,  Buyuk Britaniya,  Avstraliya,  Fransiya,  Daniya,  Gretsiya, 

Shvetsiya,  Shveysariya,  Bolgariya,  Vengriya  va  Chili).  Olimpiadaga 

to 'qqizta  sport  turi  kiritilgan:  velosiped  sporti,  qilichbozlik, 

gimnastika,  katta tennis,  о ‘q otish,  suzish, yengil va og ‘ir atletika,  qo

 7 


jangi.  Sportchilar  asosan  yevropalik  b o ‘Igan,  Kuberten  Olimpiya 

“shou "lari boshqa mamlakatlarda ham о ‘tkazilishi tarafdori bo ‘Igan.

1900-yil  Parijda  Olimpiya  о 'yinlari  Butunjahon  ко ‘rgazmasi 

sababli  ikkinchi  darajali  b o ‘lib  qolgan.  Dastlab  о ‘yinlar  ikkinchi 

darajali  voqea  hisoblanib, “Ко ‘rgazma  doirasidagi  musobaqalar ” 

sifatida reklama qilingan edi.

Yirik  stadionlar  izini  ham  topib  bo ‘Imas  edi,  chunki  asosiy 

stadionning о ‘zi yo ‘q edi — yengil atletika sport turlarining ко ‘p  qismi 

Bidon  о 'rmonining  dalalarida,  suzish  bo ‘yicha  musobaqalar  esa  -  

Sena daryosida о ‘tkazilgan.

Uchinchi  Olimpiada  Butunjahon  ко ‘rgazmasining  bir  qismi 

sifatida  1904-yil  Sent-Luisda  tashkil  qilingan,  Luizian  savdo 

ко 'rgazmasi sifatida tanilgan.

London  Rimning  voz  kechganidan  so'ng  1908-yilda  Olimpiya 

о ‘yinlarini  о ‘tkazish jo y i  bo ‘Igan.  1904-yilda  Londonda  о ‘tkazilgan 

XOQ  sessiyasida  1908-yilda  Olimpiya  o'yinlari  Rimda  о ‘tkazilishi 

to ‘g  ‘risida qaror qabul qilingan edi.

Birinchi marta ко ‘rgazma о ‘tkazish tashabbusi fransuz Savdo pala- 

tasi  va  London  Lord-meridan  kelib  chiqqan,  Fransiya  va  Angliyaning

maqsadi  о 'zlarming  sanoat  yutuqlarini  namoyish  qilish Jan  iborat 

ho 'Igan.

1908-yil  stadionda yugurish  va  velosiped yo ‘laklari,  ochiq  suv 

havzasi va futbol



xokkey,  regbi va laskross uchun maydonlar bo ‘Igan, 



stadion 93  ООО tomoshabinlami sig ‘dirgan.

1904-yilgi  antropologiya  kunlari.  Anglo-amerikaliklar  uchun 

Sent-Luis 

boshqalarning 

«ibtidoiy» 

tabiati 

ustidan 

ustimligi 

to'g'risida  xabar  qilgan  jo y   b o ‘Igan.  Ular,  Yaponiyadan  Aims, 

Patagoniyadan Ehuelche  hindulari,  Markaziy Amerikadan pigmeylar, 

Filippinda  hosil  bo ‘Igan  ко ‘p   sonli  etnik  guruhlar  va  mahalliy 

amerikaliklar  vakillari  bo 'Igan  ко ‘pchilik  boshqa  qabilalar  bo ‘Igan. 

Ushbu  antropologiya  kunlarini  targ ‘ibot  qilish  maqsadida  apachi 

qabilasining  afsonaviy  sardori  bo ‘Igan  Djeronimoni  kelishga 

ishontirishgan.

Bu,  «yot odamlar»  odatiy о 'tkaziladigan musobaqalarda hamda 

loydagi  kurash  va  sirpanchiq  ustun  bo 'ylab  ко 'iarilish  kabi  yangi 

turlarda  bellashganlar.  Pushti  provinsivadagi  universitetning  ikki 

nafar  qora  tanli  talabalari  Len  Tau  va  Yan  Mashiani  Janubiy 

Afrikalik  birinchi  olimpiyachilar  bo ‘lishgan.  Lekin,  ular  to'g'risida 

«yowoyi-zuluslar»  sifatida  e ’lon  qilingan  va  ular,  Antropologiya 

kunlarida о 'tkazilgan musobaqalardagina ishtirok etgan:™

Umumjahon  ко‘rgazmasining  Antropologik  bo'limi  boshlig'i

V.Dj. 

Makgi 

xabar 

bergan: 

«Umumjahon 

ко‘rgazmasining 

Antropologik bo ‘limining maqsadi -  odamlar jam iyat ining progressini 

qora  tanlilardan  toki  inson  ma'rifatiga  qadar,  ibtidoiylikdan  to 

fuqarolik  tashkilotigaeha,  egoizmdan  to  altnnzmgacha  taqdim 

qilishdan iborat»,.

Antropologiya  kunlari  ishtirokchilarining  ichida  Qo ‘shma 

shtatlardan krou,  siu, pauni,  navaxo  va chippeva;  Yaponiyadan aynu; 

Meksikadagi  pastki  kaliforniyadan  sosora;  ikki  nafar  «Beyrutlik 

suriyalik»lar;  Janubiy Amerikalik paiagonlar,  Afrikaning zuluslari va 

pigmeylari va Filippindan ~ того,  negritos  va Igorots qabilalarinmg 

vakillari  b o ‘lishgan.  Yana  bir  afrikalik  Teobang,  oddiygina  qilib, 

kannibal sifatida bayon qilingan. ^

V I  yozgi  O lim piya  o‘y in lari  (1916-y.)  Birinchi  Jahon  urushi 

sababli  o'tkazilmagan.

V II  yozgi  O lim piya  o ‘y inlari  1920-yil  20 -aprel-l 2-sentabr 

kunlari  Antverpen  shahrida  (Belgiya)  bo‘lib  o'tgan.  0 ‘yin!arga  29 



ta 

davlatdan  2669  nafar  (69  nafar  ayol)  sportchi  tashrif  buyurgan. 

Olimpiya  o ‘yin!ariga  Germaniya  kiritilmagan,  chunki  bu  davlat  1 

Jahon  urushi  sababchisi  bo'lgan.  Sovet  davlati  Olimpiya  o ‘yinlarida 

sovet  Milliy  Olimpiya  qo‘mitasi  XOQ  tomonidan  tan  olinmaganligi 

sababli  ishtirok  etmagan.  VII  Olimpiya  o ‘yinlarida  birinchi  marta 

olimpiya  bayrog‘i  ko‘tarilgan  va  sportchi laming  olimpiya  qasamyodi 

kiritilgan.  Belgiyaning  eng  yaxshi  sportchisi  Viktor  Boen  olimpiya 

qasamyodini  aytish  sharafiga  ega  bo‘lgan.  Olimpiya bayrog'i  Pyer de 

Kuberten  tomonidan  1913-yilda  tavsiya  etilib,  1914-yilda  XOQning 

20 yilligiga bag‘ishlangan Kongressda tasdiqlangan edi.

Sport  musobaqalari  26  ta  sport  turi  bo'yicha  154  ta  medallar 

jamlanmasi  uchun  o ‘tkazilgan.  Olimpiya  musobaqalari  natijalari 

bo'yicha  Finlandiya  sportchisi  Paavo  Nurmi  yengil  atletikaning

10  000  m  va  kross  yugurish  masofalarida  3  ta  oltin  va  1  ta  kumush 

medallarga ega b o iib , Olimpiada qahramoni, deb tan olingan.

VII yozgi  Olimpiya o ‘yinlarining natijalari:  1-o‘rin -  AQSH  (41- 

27-27),  2-o‘rin -  Shvetsiya (19-20-25),  3-o‘rin -  Buyuk Britaniya (16- 

15-13).

V III  yozgi  O lim piya  o 'y in lari  1924-yil  5-27-iyul  kunlari  Parij 



shahrida  (Fransiya)  bo'lib  o'tgan.  O'yinlarga  44  ta  davlatdan  3092 

nafar  sportchi  tashrif  buyurgan.  Olimpiya  o'yinlarida  17  ta  sport 

turlari  bo'yicha  126  ta  medallar  jamlanmasi  uchun  musobaqalar 

o'tkazilgan.  Sport  musobaqalarida  yengil  atletika  bo'yicha  8  ta jahon 

va  14  ta  olimpiya  rekordlari,  suzish  bo'yicha  4  ta  jahon  va  11  ta 

olimpiya rekordlari o'm atilgan edi.

Finlandiya  sportchisi  Paavo  Nurmi  yugurish  bo'yicha  5  ta  oltin 

medalga  sazovor  bo'lgan.  Paavo  Nurmi  1921-1929-yillar  oralig'ida 

1500  m  dan  20  km  gacha  yugurish  masofalari  bo'yicha  29  ta jahon 

rekordlarini  o'rnatgan.  Amerikalik Jonn  Vaysmyuller  suzish  bo'yicha

3  ta  oltin  medalga,  fransiyalik  Roje  Dyukre  qilichbozlik  bo'yicha  5  ta 

medalga (3 tasi  oltin) sazovor bo'lgan.

1924-yildan  boshlab  sport  musobaqalari  natijalarini  norasmiy 

jam oa  ochko  hisobi  asosida  aniqlash  qoidasi  kiritilgan,  ya’ni  oltita 

sovrinli  o'rinlar  uchun  ochko  belgilangan:  birinchi  o'rin  -   7  ochko,


ikkinchi  o ‘rin -  5  ochko,  uchinchi  o ‘rin -  4  ochko,  to ‘rtinchi  o ‘rin -  3 

ochko,  beshinchi  o 'rin -  2.  ochko,  oltinchi  o‘rin  -   1  ochko.  Bu 

o ‘yiniarda  ilk  bor  olimpiya  shiori  -   “Citius,  Altius,  Fortius”  -  

“Tezroq,  Balandroq,  Kuchliroq”  so‘zlari  yangragan.  Bu  o ‘yinlar 

Kuberten rahbarligida o ‘tkazilgan oxirgi Olimpiya o ‘yinlari  boMgan.

VIII  (yozgi)  Olimpiya  o ‘yinlarining  natijalari  -   1-o‘rin  -  AQSH 

(45-27-27),  2-o‘rin -  Fransiya (13-15-10),  3-o‘rin - Finlandiya (14-13- 

10).

IX   yozgi  O lim piya  o ‘yinlari  1928-yil  17-may  -   12-avgust 

kunlari  Amsterdam  shahrida (Gollandiya)  bo‘lib o ‘tgan. 0 ‘yinlarga 46 

ta  davlatdan  3014  nafar  (277  nafar  ayol)  sportchi  tashrif  buyurgan. 

1928-yildan  boshlab  olimpiya mash’alasini  yoqish  an’anasi  kiritilgan. 

Zamonaviy  Olimpiya  o'yinlari  mash’alasi  Gretsiyaning  Alfey  daryosi 

vodiysidagi 



Kronos  to

g ‘i 


yonida  yoq

iladi  va  Olimpiya  o ‘yinlari 

o ‘tkaziladigan  shaharga  keltiriladi.  Olimpiya  o‘yinlari  ochilish 

marosimida tinchlik ramzi sifatida ilk bor oq kabutarlar uchiriIgan.

Olimpiya o ‘yinlarida  14 ta  sport turlari  bo‘yicha  109 ta  medallar 

jamlanm asi  uchun  musobaqalar  о ‘tkazilgan.  Jonni  Vaysmyuller 

(AQSH) suzish va Paavo Nurmi (Finlyandiya) yengil atletika bo‘yicha 

ikkinchi  marta  olimpiya  chempioni  bo‘lganlar.  IX  yozgi  Olimpiya 

o ‘yinlarining  natijalari  -   1-o‘rin  -   AQSH  (22-18-16),  2-o‘rin  -  

Germaniya (10-7-14),  3-o‘rin -  Finlandiya (8-8-9).

X yozgi O lim piya o ‘yinlari  1932-yil 30-iyul  -   14-avgust kunlari 

Los-AnjeJes 



shahrida  (AQSH)

  bo‘Jib  o ‘tgan.  0 ‘yinJarga*  37  ta 

davlatdan  1408  nafar  (126  nafar  ayol)  sportchi  tashrif  buyurgan. 

Olimpiya  o'yinlarida  Xitoy  va  Kolumbiya  sportchilari  ilk  bor 

qatnashgan.  Olimpiya  o'yinlarida  17  ta  sport  turlari  bo'yicha  116  ta 

medallar  komplekti.  uchun  musobaqalar  o'tkazilgan. 

O 'yinlar 

davomida  116  ta olimpiya va 21  ta jahon rekordlari  o'rnatilgan.  Bunda 

Yaponiya  sportchisi  Kusuo  Kitamura  14  yoshida  1500  m  masofaga 

suzish  bo'yicha  ko'rsatgan  natijasi  (19.12.4.)  keyingi  20  yil 

mobaynida  o'zgarmagan.  Shvetsiya  sportchisi  Karl  Vestergren  sport 

kurashi  bo‘yicha  uch  karra  (1920,1924,1932)  olimpiya  chempioni 

unvoniga sozovor bo'lgan.  Eng ko'p olimpiya rekordlari suzish  (36 ta) 

va  yengil  atletika  (54  ta)  sport  turlarida  o ‘rnatilgan.  Bu  o'yinlarda 

g ‘olib  sportchilarni  podiumga  chiqarib  taqdirlash  an’anasi  kiritilgan. 

Los-Anjeles  shahrida  sportchilar  uchun  700  ta  turar  uy-joylari  qurib



berilgan  va  keyingi  davrlarda  olimpiya  shaharchalarini  barpo  etish 

a n ’anaga aylangan.

X yozgi  Olimpiya o ‘yinlarining  natijalari -   1-o‘rin -  AQSH  (41- 

32-30),  2-o‘rin -  Italiya (12-12-12),  3-o‘rin -  Fransiya (10-5-4).

XI

  yozgi 


Olimpiya  o'yinlari  1936-yil  1 

-   16-avgust  kunlari 

Berlin  shahrida (Germaniya)  bo‘lib o ‘tgan.  0 ‘yinlarga 49 ta davlatdan 

4066  nafar  (328  nafar  ayol)  sportchi  tashrif  buyurgan.  Olimpiya 

o'yinlarida 

A fg‘oniston, 

Bermud, 

Boliviya, 

Kosta-Rika 

va 


Lixtenshteyn sportchilari  ilk bor qatnashgan.

Olimpiya  o‘yinlari  davomida A dolf Gitler targ‘ib  etgan  irqchilik 

va  millatchilik  siyosati  yaqqol  ko‘zga  tashlanib  turgan.  Germaniya 

natsional-shovinistlari  tomonidan  Osiyo,  Afrika  qit’alari  vakil lari, 

yahudiylar,  turli  mamlakatlardan  kelgan  negr  irqiga  mansub 

sportchilar  kamsitilgan.  Shunga  qaramasdan,  AQSH  sportchisi  Jeyms 

Ouens  yengil  atletika  bo‘yicha 

4  


ta  oltin  medallarga  sazovor  bo‘lib  va 

4  ta  olimpiya  rekordlarini  o ‘matib,  Olimpiada  qahramoniga aylangan. 

AQSH  terma  jam oasining  yana  10  nafar  qora  tanli  sportchilari  11 

medallarni  (ulardan 6 ta oltin) egallashga muvaffaq bo‘lganlar.

Olimpiya o ‘yinlarida  19  ta sport turlari  bo‘yicha  129 ta medallar 

jamlanmasi  uchun  musobaqalar  o'tkazilgan.  Olimpiya  dasturi 

basketbol,  gandbol,  baydarkada  eshkak  eshish  sport  turlari  bilan 

to‘ldirilgan.  XI  yozgi  Olimpiya  o ‘yinlarining  natijalari  -   1-o‘rin  -  

Germaniya  (33-26-30),  2-o‘rin  -   AQSH  (24-20-12),  3-o‘rin  -  

Vengriya (10-1-5).

1920 -1936-yiIlarda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining 

asosiy xususiyatlari:

*  Olimpiya  o ‘yinlarida  birinchi  marta  olimpiya  bayrog‘i 

ko‘tarilgan  va sportchilarning olimpiya qasamyodi kiritilgan.

*  ilk bor olimpiya shiori  - “Citius, Altius,  Fortius” yangragan.

и  Qishki  olimpiya o‘yinlari  alohida o ‘tkazila boshlagan.

■  olimpiya m ash’alasini yoqish an’anasi  kiritilgan.

*  Olimpiya  o ‘yinlari  ishtirokchi lari  va  sportchilar  uchun  ilk  bor 



maxsus olimpiya shaharchasi qurilgan.

“Ur us hiar  oralig'ida:  kommunizm  va  fashizm.  Germaniya, 

Rossiya,  Biiyitk  Britaniya  va  Fransiya  o'rtasida  1914-yilga  kelib 

taranglikning  ortishi Xalqaro  Olimpiya  Qo ‘mitasiga  ta ’sir  ко ‘rsatdi,

Berlin  1916-yilgi  Olimpiya  о ‘yinlarining poytaxti  sifatida  tanlangan 

edi,  Birinchi  jahon  urushi  boshlanganida  Xalqaro  Olimpiya 

Qo 'mitasining  Buyuk  Britaniyalik  a ’zosi  Teodor  Как  nemis 

ishtirokchilarini  chiqarib  tashlanishini  talab  qilgan  va  bu  talab  rad 

qilinganida,  и  istefoga  chiqqan.  Undan  jarqli  o'laroq,  Kuberten 

Xalqaro  Olimpiya Qo ‘mitasini himoya qilishga qaror qilgan va uning 

shtab-kvartirasini neytral shveysariyaga  о ‘tkazgan,  u,  hozirgi  vaqtda 

ham о ‘shayerda joylashgan.

1920-yilning 

o ‘yinlarini 

Antverpenda 

o'tkazishga 

qaror 

qilingan,  bunda,  Belgiya  urushning  birinchi  qurboni  bo'lganligi 

hisobga  olingan.  Xalqaro  Olimpiya  Q o ‘mitasi  tashkiliy  qo'mita 

nomiga  taklifnoma yuborib,  о ‘zining  shaxsiy  siyosatini  о ‘tkazgan  va 

Germaniya 1920-yilgi va 1924-yilgi о ‘yinlarga taklif qilinmagan.

Uning,  nozik  sozlangan  xalqaro  diplomatiyani  his  qilishi, 

Xalqaro  Olimpiya  Qo'mitasi  yuzaga  kelayotgan  mamlakatlaming 

talablarini,  ularni  о 'yinlarda  ishtirok  qilishlari  to ‘g ‘risida  qaror 

qabul  qilishi  bilan  qayd  qilishga  moyillik  ко ‘rsatgan.  1940-yilda 

bekor qilingan  о ‘yinlar  Tokioda о ‘tkazilishi kerak bo ‘Igan,  Xitoyning 

iqtisodiy  dinamizmi  va  siyosiy  ahamiyatining  ortishi,  oxir  oqibatda, 

2008-yilgi  о ‘yinlar  bilan  taqdirlangan.  2016-yilgi  Olimpiya о ‘yinlari 

Rioda  о ‘tkazildi  va  keyingi  30-yilda  Olimpiya  о ‘yinlarini  Janubiy 

Afrikada  va  Hindistonda  о ‘tkazilishi  mantiqan  to'g'ri  bo'lar  edi. 

Shuni  ham  aytish  lozimki,  1916-yili  Berlinda  ham  va  1940-yili 

Tokioda  ham  o'yinlar  taklif qilingan  tashkilotchi  mamlakatlar jalb 

qilingan,  jahondagi  konfliktlar  tufayli  о ‘tkazilmagan  Ikkita  katta 

urushlardan  keyin  tashkiliy  qo'mitalar g'oliblarning g'azabiga javob 

berishgan,  siyosiy  xushmuomalalikni  namoyon  qilishgan  va  mag'lub 

bo ‘Igan mamlakatlar taklif qilinmagan.

Olimpiya  o'yinlari,  dastlabki  yillarda,  о ‘yirdaming  bqynal- 

milalchilik va milliy jihatlari marosimlar bilan qo ‘llab-quvvatlanadigan 

an ’analarni yaratishi  bilan  qiziqarli  misol  bo ‘Igan.  1920-yili  olimpiya 

qasamyodini va olimpiya bayrog'ini qabul qilish marsoimi kiritildi.  Har 

safar har xil bo ‘Igan Olimpiya madhiyasi Rimdagi Olimpiya о ‘yinlariga 

qadar qo ‘llanilgan,  ulardan  keyin  1960-yilgi versiyasi doimiy olimpiya 

madhiyasi bo ‘lib  qoldi.  Birinchi Olimpiya shaharchasi Parijdagi  1924- 

yilgi  о ‘yinlar  uchun  qurilgan.  1924-yilgi  о ‘yinlar  Parijda  о ‘tkazilishi

to ‘g ‘risida  qaror  qabul  qilinganida,  arxitektor  “jahonda  eng  chiroyli 

stadion’’ loyihasini taklif qilgan.

  j7


Birinchi  olimpiya  olovi  1928-yili  stadionda  yoqilgan,  olimpiya 

olovi estafetasi  1936-yili kiritilgan.  Olimpiya qasamyodi tarang holat 

to'g'risida  aniq  tasavvurni  beradi,  uni  xalqaro  guruhdan  barcha 

ishtirokchilar  nomidan  aytishadi  va  shunga  qaramasdan,  u,  ulami 

“bizning  nmmlakatimiz  sharqfi  uchun  va  sportning  shon-shuhrati 

uchun”  musobaqalashishga  majbur  qiladi.  Milliy  jihati  taqdirlash 

marosimini  yaratilishi, 

milliy  bayroqlarni  ко ‘tarilishi, 

davlat 

madhiyalarini  ijro  etilishi  va  ochilish  marosimida  milliy  terma 

jamoalar  tarkibida  tantanali  yurish  bilan  yuzaga  kelgan.  Baynal- 

milalchilikka 

nisbatan 

impuls  yangi 

mamlakatlarni 

uzluksiz 

to ‘plashga  olib  keldi,  shu  bilan  birga,  milliy  raqobat  va  siyosiy 

jihatdan  tarang bo Igan  munosabatlar ayrim  mamlakatlarni chiqarib 

yuborilishi mumkinligini anglatadi.

Kommunistik  Rossiya  1920-yilgi  O'yinlarga  taklif qilinmagan. 

Birinchi  jahon  urushi  uchun  mas ’ul  bo ‘Igan  mamlakatlarga 

mas 'uliyat yuklatilgan  va  ular  ishtirok  etishdan  chetlatilgan  va  shu 

tufayli,  Germaniya,  Avstriya,  Bolgariya, 

Vengriya  va  Turkiya 

mamlakatlarining  sportchilari  kuzatuvchilar  statusiga  о ‘tkazilgan. 

Germaniya 1928-yilga qadar readmissirlanmagan.

О ‘yinlar  1932-yilgi  Los-A ndjlesdagi  о ‘yinlarda  ishtirok  etgan 

mamlakatlaming  kamayishiga  qaramasdan,  urushlar  oralig 'idagi 

davrda  ortishida  davom  etgan. 

Urushdan  keyingi  yillardagi 

Yevropadagi davr,  Birinchi jahon urushi g ‘oliblari tomonidan amalga 

oshirilgan уотоп  о ‘ylangan  tartibga solish, fashizmni yuzaga kelishi 

va  sho ‘rolar  kommunizmini  о ‘rnatilishi  bilan  bog ‘liq  holda,  siyosiy 

nostabillik  bilan  tavsiflanadi.  Veymar  respublikasini  parchalagan, 

boshqarib  bo ‘Imaydigan  inflatsiyadan,  Nyu-Yorkfond birjasida 1929- 

yili  qimmatli  qog'ozlaming  kursini  halokatli  pasayib  ketishidan  to 

1930-yillardagi  Depressiyagacha  kelib  chiqqan  moliyaviy  inqirozlar 

nostabillikning  ortishiga  ko'maklashgan.  Axloq  sohasida  ijtimoiy 

revolutsiya  sodir  bo'ldi,  zodagonlarga  kamroq  darajadagi  hurmat 

bilan  munosabat  paydo  bo ‘Idi  va  ayollarning  emansipatsiyasi 

tezlashdi.

Ushbu 

davrda 

Olimpiya 

harakati 

hozirgi 

vaqtgacha 

ishchilarning  sport  harakatini  eng  ahamiyalli  bo'lgan  muammosi 

bilan  to ‘qnashdi  va  uning  obro'siga  birinchi  marta  1936-yiIi  dog' 

tushirildi.  Berlin  1936-yil:  «Fashistlar  o'yinlari».  Millatchilik 

Olimpiya  marosimlariga  kiritilib  bo'lgan  bo'lsada, 

1936-yilgi 

O'yinlar  “natsistlar  Olimpiya  o'yinlari”  sifatida  nom  olib,  milliy 

hokimiyatni yangi dramatik darajagacha dolzarblashtirgan.  2H

1936-yilgi  o'yinlar  olimpiya  harakatining  baynalmilallikka 

tinchlikka  intilishi  milliy  hokimiyatning  va  и  bilan  bog'liq  bo'lgan 

realliklarga  qarshi  turishga  majbur  bo'lgan.  Natsistlami  hokimiyat 

teppasiga  kelishi,  nemis  yahudiylariga  bo ‘Igan  munosabat  tufayli, 

butun  dunyoda  ortib  borayotgan  xavotirlik  paytida  sodir  bo'lgan. 

Xart-Deyvis  (1986)  ning  ta ’kidlashicha,  o'yinlar paytida  Germaniya, 

to'g'ri jamiyat  ekanligi  to'g'risida  fikr  uyg'otishga  uringan,  lekin 

1933-yildan buyon  barpo  qilingan konsentratsion lagerlar to ‘g ‘risida 

AQSH  va  Buyuk  Britaniyaning  elchilari  о ‘z  hukumatlariga  alohida 

muhim  bo 'Igan  axborot  jo  ‘natayotganliklari  to ‘g  'risida  barchaga 

m a’lum  edi  va  bu,  yetarlicha jiddiy  qabul  qilinmagan.  Bu,  umumiy 

tarzda,  1933-yildan  boshlab yahudiylarni tashkillashtirilgan sportdan 

sekin-asta  chiqarib  yuborilgan  usullarni  ко ‘rsatgan.  Xalqaro 

Olimpiya  Qo ‘mitasi  bunday  hodisalami  bo ‘Imasligiga  va ’da  olishga 

uringan  va  nemislar  olimpiya  tamoyillariga  rioya  qilishlarini,  lekin 

antisemistcha sport siyosatini to ‘liq о 'zgartirish niyatida emasliklarini 

aytishgan.  Berlin  o'yinlari,  ayrim  paytlarda  ta ’kidljanishicha, 

oddiygina  targ'ibot platformasi  sifatida  qo ‘llanilgan,  haqiqatda  esa, 

natsistlar  hokimiyati  o'yinlar  paytida,  ular  amalga  oshirayotgan 

mafkuraviy  g'oyaning  haqiqiy  xarakterini  niqoblash  uchun  barcha 

vositalardan foydalanishgan.

Bunga qaramasdan,  buyuk nemis millatining qudratini ко ‘klarga 

ко ‘tarish  bo ‘yicha  umumiy  xohish,  olimpiya  olovi  estafetasini 

kiritilishi bilan о ‘yinlarning taqdim etilishini о ‘zgartirgan.  Berlindagi 

Olimpiya  о ‘yinlarining  tashkilotchisi  Karl  Diyemni  qadimgi 

Gretsiyaga  akademik  qiziqishi  bo'lgan  va  doriylar  arxitekturasini 

yaxshi  ко ‘rgan  Gitlerdan  qo ‘llab-quvvatlanishga  erishgan.  Olimpiya

olovi 

estafetasi  qadimgi  yunonlar 

ildiziga 

qaytish 

sifatida 

afsonalashtirilgan.  59

Qadimgi  yunonlar  haqiqatan  ham  estafeta  yugurishining 

basqichlarini  o'tkazishgan  b o ‘lib,  unda,  ular  mash’alalar  ko'tarib 

yurishgan,  lekin  buni,  ular  Olimpiya  o'yinlari  munosabati  tufayli 

amalga  oshirishganligi  to'g'risida  dalolat  yo'q.  Diyem,  qadimgi 

idishlardagi  rasmlarda  kelib  chiqqan  holda,  estafetani  taklif qilgan. 

Gitler,  Uchinchi  reyx  Olimpiyadagi  jo riy  arxeologik  qazishlarga 

homiylik  qilishi  kerakligiga  ishongan.  Kuberten  g'oyani  qo ‘llab- 

quvvatlagan,  chunki  bu,  qadimgi  va  zamonaviy  о ‘yinlar  о 'rtasidagi 

aloqani  qonunlashtirishga  yordam  berishi  mumkin  edi.  Nemis 

qurollari ta ’minotini amalga oshirgan Kntpp mash ’alalarni yaratgan 

va  yetkazib  bergan.  Natsistlar  madhiyasi  «Xorst  Vessel’»  olov 

yondirilgan paytda,  qadimgi Olimpiyada ijro etilgan.

1936-yilda 

Olimpiyada 

olovini 

yondirish 

marosimida 

Kubertenning  “kulgili  uzun”  nutqi  qo'yib  eshittirilgan.  Kubertenni 

natsistlar  sovg ‘a-salom  berganidan  keyin  qo 'rqitishgan,  deb  taxmin 

qiladi.  Qariyotgan  Kuberten  о ‘zining  oxirgi  xabarida  “ulkan 

о ‘yinlarni”  maqtagan,  uning  t a ’kidlashicha,  ular  Olimpiya  idealiga 

juda  yaxshi  xizmat  qiladi.  O'yinlar  texnika  darajasida  katta 

muvaffaqiyatga  ega  bo'lsada,  u,  x>‘zining  tinch  baynalmilallikka 

intilishi  bo

 

‘Igan  olimpiya  harakati  uchun  faxrlanish  momenti 



bo Imagan.  Olimpiya о ‘yinlari,  bu vaqtga kelib,  soddalashtirilgan  va 

siklik  marosim  sifatida  o ’rnatilgan  bo'lib,  ularni  bekor  qilinishi, 

jahondagi konflikt diplomatik munosabatlarni dramatik uzilishigi olib 

kelganligini  belgilagan.  Tokioda  1940-yili  о ‘tkazilishi  va  1944-yili 

Xelsinkida 

о ‘tkazilishi 

belgilangan 

Olimpiya 

о ‘yinlari 

о ‘tkazilmagan. ”6U

^   X II yozgi Olimpiya o‘yinlari (1940) va 

4*  X III  yozgi  Olimpiya  o‘yinlari  (1944)  Ikkinchi  jahon 

urushi sababli o‘tkazilmagan.

XIV 

yozgi  Olimpiya  o'yinlari  1948-yil  29-iyul  -   14-avgust 



kunlari  London 

shahrida (Angliya) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o ‘yinlarida 

59 

ta 


davlatdan 

4099  nafar  sportchi  (3714  erkak,  385  ayol)  ishtirok 

etib, 

17 


sport 

turidan  136  ta  medallar  jamlanmasi  uchun  muso-



baqalarda  qatnashgan.  Olimpiya  o'yinlariga  SSSR,  Germaniya  va 

Yaponiya  kiritilmagan.  0 ‘yinlarda  birinchi  marta  Venesuela,  Livan, 

Birma,  Suriya,  Puerto-Riko va Shri-Lanka davlatlari jamoalari  ishtirok 

etgan.


XIV  Olimpiya  o‘yinlarining  sport  musobaqalari  ilk  bor  milliy 

televideniya  orqali  translatsiya  qilingan.  Bu  Olimpiya  o'yinlaridan 

boshlab volontyorlarning yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etilgan.

XIV 


yozgi  Olimpiya  o ‘yinlarining  natijalari  -   1-o‘rin  -   AQSH 

(38-27-19),  2-o‘rin  -   Shvetsiya  (16-11-17),  3-o‘rin  -   Fransiya  (10-6- 

13).

XV  yozgi  Olimpiya  o‘yin)ari  1952-yil  19-iyul  -   3-avgust 



kunlari  Xelsinki  shahrida  (Finlyandiya)  bo‘lib  o‘tgan.  Olimpiya 

o‘yinlarida  69 ta mamlakatdan 4955  sportchi  (518  nafar ayol)  ishtirok 

etib,  21  ta  sport  turi  bo‘yicha  149  ta  medallar  jamlanmasi  uchun 

kurashdilar.  Olimpiya  o'yinlarida  ilk  bor  Germaniya  Federativ 

Respublikasi  (GFR)  jamoasi  ishtirok  etgan.  Lekin  Germaniya 

Demokratik Respublikasi (GDR) jamoasi 0 ‘yinlarga kiritilmagan.

Sobiq  SSSR  Milliy  Olimpiya  qo‘mitasi  XOQ  tomonidan  1951- 

yil  7-mayda  tan  olingan  edi.  Bu  Olimpiya  o'yinlarida  sovet 

sportchilari  ilk bor ishtirok etgan.  Sovet sportchilari  2 ta jahon va 6 ta 

olimpiya  rekordlarini  o‘matgan.  Olimpiada  medallari  uchun  raqobat 

kurashi  asosan  Sovet  Ittifoqi,  AQSH,  Vengriya  va  Shvetsiya 

mamlakatlari 

o'rtasida 

keskin 


ravishda 

o ‘tgan. 

Olimpiada 

musobaqalari  davomida  18  ta  jahon  va  66  ta  olimpiya  rekordlari 

o‘rnatilgan.  Chexoslovakiya sportchisi  Emil  Zatopek  5000m,  10000m 

va  marafon  yugurish  masofalarida  birinchi  orinni  egallagan.  XOQ 

prezidenti 

Zigfrid 


Edstryom 

Olimpiya  o‘yin!arining  yopilish 

marosimidagi  nutqida  “XV  Olimpiya  o ‘yinlarini  yopiq  deb  e ’lon 

qilaman”  so‘zlarini  unutib  qo‘ygan,  shuning  uchun  XV  Olimpiya 

o ‘yinlari  rasman  yopilmagan,  deb  hisoblanadi.  XV  yozgi  Olimpiya 

o ‘yinlarining  norasmiy  umumjamoa  hisobi  natijalari  -   1-o‘rin  -  

AQSH  (40-19-17-76),  2-o‘rin  -   SSSR  (22-30-19-71),  3-o‘rin  -  

Vengriya (16-10-16-42).

XVI  yozgi  Olimpiya  o ‘yinlari  1956-yilda  Melbum  shahrida 

(Avstraliya)  bo'lib  o'tgan,  ot  sporti  musobaqalari  karantin  sababli 

Stokgolm  shahrida  (Shvetsiya)  o'tkazilgan.  Olimpiya  o‘yinlarida 

yengil  atletika,  suzish,  og‘ir  atletika,  o ‘q  otish  turlari  bo'yicha  14  ta 

jahon  va  65  ta  olimpiada  rekordlari  o'matilgan.  Sovet  sportchilari


624,5  ochko  bilan  Olimpiada  chempioni  bo‘ldi.  Sovet  Ittifoqi 

Amerikaning  Olimpiya  o‘yinlaridagi  60  yillik  hukmronligini  puchga 

chiqardi.

XVI  yozgi  Olimpiya  o'yinlarining  norasmiy  umumjamoa  hisobi 

natijalari -   1-o‘rin -  SSSR (37-29-32), 2-o‘rin -  AQSH (32-25-17),  3- 

o'rin -  Avstraliya (13-8-14).

XVII yozgi Olimpiya o‘yinlari  1960-yil  25-avgust -   11-sentabr 

kunlari  Rim  shahrida  (Italiya)  bo‘lib  o‘tgan.  Olimpiya  o‘yinlarida 

GDR  va  GFR  birlashgan  jamoada  qatnashgan.  Vengriya  sportchisi 

Aladar  Gerevich  50  yoshida  qilichbozlik  bo‘yicha  6  karra  olimpiya 

chempioni  (1932,  1936,  1948,  1952,  1956,  1960)  unvoniga  sazovor 

bo‘lgan.  Sovet sportchisi  Larisa Latinina  sport  gimnastika  bo‘yicha  6 

ta  (3-oltin,  2-kumush,  1-bronza)  medalni  qo‘lga  kiritgan.  Valeriy 

Brumel  balandlikka  sakrashda  jahon  rekordini  o ‘rnatgan.  Yuriy 

Vlasov  uch  kurashda  537,5  kg  (jahon  va  olimpiya  yangi  rekordi) 

natija  bilan  Olimpiadaning  eng  yaxshi  sportchisi,  deb  tan  olingan. 

Efiopiya  sportchisi  Abebe  Bikila  marafon  bo‘yicha  olimpiya 

chempioni  bo‘lgan,  masofani  oyoq  yalang  yugurgan.  Olimpiya 

o ‘yinlari  davomida  Daniya  velosportchisi  K.Enemark  Yensen  doping 

sababli vafot etgan.

XVII yozgi Olimpiya o‘yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi 

natijalari -   1-o‘rin -  SSSR (43-29-31),  2-o‘rin -  AQSH (34-21-16),  3- 

o‘rin -  Italiya (13-10-13), 4-o‘rin -  Gennaniya (12-19-11).

X V III  yozgi  Olimpiya  o‘yinlari  1964-yil  10  -   24-oktabrda 

Tokio  shahrida  (Yaponiya)  bo‘lib  o'tgan.  Olimpiya  o‘yinlari  birinchi 

marta  Osiyo  qit’asida  o‘tkazilgan.  Bu  o‘yinlarda  94  ta  mamlakat 

jamoalari  ishtirok etgan:  Yevropadan -  28, Afirikadan - 22, Osiyodan - 

20,  Amerikadan  -  21,  Avstraliya  va  Okeaniyadan  2  ta jamoa  kelgan. 

Musobaqalar  23  sport  turi  bo‘yicha  163  medallar jamlanmasi  uchun 

o ‘tkazilgan.  Olimpiya  o‘yiniari  dasturiga  ilk  bor  voleybol  va  dzyudo 

kiritilgan.  Sport musobaqalari davomida 81  ta olimpiya va  32 ta jahon 

rekordlari  o‘matilgan.  XVIII  yozgi  Olimpiya  o ‘yinlarining  norasmiy 

umumjamoa  hisobi  natijalari:  1-o‘rin  -   AQSH  (36-26-28),  2-o‘rin  -  

SSSR  (30-31-35),  3-o‘rin  -   Yaponiya  (16-5-8),  4-o‘rin  -   Germaniya 

(10-22-18).

XIX yozgi Olimpiya o‘yinlari  1968-yil  12-28-oktabrda Mexiko 

shahrida  (Meksika)  bo‘lib  o ‘tgan.  Olimpiya  o‘yinlarida  112  ta 

mamlakatdan  5530  nafar  (4750  erkak,  780  ayol)  sportchi  ishtirok



etgan.  0 ‘yinlarda  20  sport turidan  172  ta  medallar jamlanmasi  uchun 

musobaqalar  o‘tkazilgan.  Mexiko  shahri  dengiz  sathidan  2240  m 

balandlikda  joylashgan  bo‘lib,  uning  iqlim  sharoiti  sportchilarga 

ma’lum  darajada  salbiy  ta’sir  ko‘rsatgan.  Shunga  qaramasdan,  sport 

musobaqalari  davom ida  79  ta  olimpiya  va  28  ta  jahon  rekordlari 

o‘rnatilgan.  Eng  yuqori  natijalar  yengil  atletika  bo'yicha  -  30  ta 

olimpiya  va  14  ta  jahon  rekordlari  ko‘rsatilgan.  AQSH  sportchisi 

Robert  Bimon  uzunlikka  sakrashda  8  m  90  sm  natija  ko‘rsatib, jahon 

rekordini  birdaniga  55  smga  oshirgan.  Richard  Fosbyuri  (AQSH) 

balandlikka  sakrashning yangi  texnik usulini  birinchi  marta namoyish 

qilgan.  Alfred  Orter  (AQSH)  disk  uloqtirish  bo‘yicha  to‘rt  karra 

(1956,1960,1964,1968)  olimpiya  chempioni  bo‘lgan,  XIX  yozgi 

Olimpiya o ‘yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi natijalari:  1-o‘rin

-  AQSH  (45-28-34),  2-o‘rin  -   SSSR  (29-32-30),  3-o‘rin  -  Yaponiya 

(11-7-7), 4-o‘r i n -  Vengriya (10-10-12).

XX 


yozgi  Olimpiya  o‘yinlari  1972-yil  26-avgust  -   12-sentabr 

kunlari  Myunxen  shahrida  (Germaniya)  bo‘lib  o‘tgan.  Olimpiya 

o‘yinlarida  121  ta mamlakat  ishtirok  etgan, jumladan  11  ta mamlakat 

jamoalari  yangi  kiritilgan.  Olimpiya  o‘yinlariga shovinizm  va  siyosiy 

mojarolar 

sababli 


Janubiy 

Rodeziya 

kiritilmagan. 

Olimpiya 

o'yinlarida  7170  nafar  (ulardan  1095  ayol)  sportchi  26  sport  turidan 

195  ta  medallar  jamlanmasi  uchun  musobaqalarda  qatnashgan. 

0 ‘yinlarda  46  ta jahon  va  94  ta  olimpiya  rekordi  o‘matilgan.  Sovet 

sportchilari Lyudmila Turisheva va Olga Korbut (gimnastika)*, Valeriy 

Borzov  (sprint)  olimpiada  chempioni  bo‘lganlar.  Kuba  sportchisi 

Teofilo  Stivenson  eng  yaxshi  bokschi  deb  tan  olingan  va  Olimpiada 

Kubogi  ham  berilgan. AQSH sportchisi Mark Spitts  suzish bo‘yicha  7 

ta oltin medallarni egallab,  har bir suzish masofalarida jahon rekordini 

o‘rnatgan.

Germaniya  sportchisi  Ulrike  Mayfart  balandlikka  sakrash 

boyicha  16  yoshda,  sobiq  Ittifoq  sportchisi  Anatoliy  Roshin  yunon- 

rum  kurashi  bo‘yicha  40  yoshda  oltin  medallarga  sazovor  boMganlar. 

Yaponiya  sportchisi  Savao  Kato  gimnastika  bo‘yicha  uch  karra 

olimpiya chempioni bo‘lgan.

1972-yil 5-sentabrda olimpiya sporti tarixida eng katta fojia sodir 

bo‘lgan.  Falastin  “Qora  sentabr”  tashkilotining  terrorchilari  olimpiya 

shaharchasidagi  31-binoga  hujum  qilib,  Isroil  delegatsiyasi  a ’zolarini


garovga  olgan.  Bavariya  politsiyasi  bilan  otishmalar  natijasida  11 

kishi halok bo‘lgan. 0 ‘yinlar vaqtincha to'xtatilgan.

XX yozgi  Olimpiya o ‘yinlarining  umumjamoa hisobi  natijalari -  

1-o‘rin  -   SSSR  (50-27-22),  2-o‘rin  -   AQSH  (33-31-30),  3-o‘rin  -  

GDR (20-23-23).

XXI  yozgi  Olimpiya  o‘yinlari  1976-yil  17-iyul  -   1-avgust 

kunlari  Monreal  shahrida  (Kanada)  bo‘lib  o‘tgan.  Olimpiya 

o ‘yinlarida  92  ta  mamlakatdan  6028  nafar  (4781  erkak,  1247  ayol) 

sportchi  21  sport  turi  bo‘yicha  198  ta  medallar  jamlanmasi  uchun 

musobaqalarda  qatnashdilar.  0 ‘yinlarda  34  ta  jahon  va  82  ta 

olimpiada rekordlari o‘matilgan.  Yunon-rum  va erkin kurash bo‘yicha 

sovet sportchilari  12 ta oltin medallarga ega boMgan.

Olimpiya  o‘yinlari  ochilishida  Afrika  mamlakatlarining  28 

jamoasi  norozilik  ifodasi  sifatida  chiqib  ketgan.  Chunki  Janubiy 

Afrika  Respublikasi  (JAR)  va  bu  mamlakat  bilan  sport  aloqalarini 

o‘rnatgan 

Yangi 

Zellandiya, 



irqchilikka 

yo‘l 


qo‘yganligiga 

qaramasdan, o‘yinlarga taklif etilgan edi.

Olimpiada  natijalari  Afrikada  sportning  rivoj  topayotganligini 

namoyish  etgan.  Efiopiya,  Keniya,  Tunis  va  boshqa  mamlakatlaming 

sportchilari  yaxshi  natijalar  ko‘rsatgan.  Bu  Olimpiya  o‘yinlarida 

irqcbilik  muammosidan  tashqari,  doping  muammosi  ham  avj  olgan 

edi.  0 ‘yinlar  davomida  doping  qabul  qilgan  12  nafar  sportchi 

ro‘yxatga olingan.

XXI  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarining  umumjamoa  hisobi  natijalari

-   1-o‘rin  -   SSSR  (49-41-35),  2-o‘rin  -   GDR  (40-25-25),  3-o‘rin  -  

AQSH (34-35-25).

XXII  yozgi  Olimpiya  ©‘yinlari  1980-yil  19-iyul  -   3-avgust 

kunlari  Moskva  shahrida  (Sovet  Ittifoqi)  bo‘lib  o‘tgan.  Olimpiya 

o‘yinlariga  Vetnam,  Angola,  Zimbabve,  Mozambik  mamlakatlari 

birinchi marotaba tashrif buyurgan.

Olimpiya 

o‘yinlari 

birinchi 

marta 

sotsialistik 



davlatda 

o‘tkaziIgan.  Biroq  “sovuq  urush”  siyosati  olimpiya  harakatiga  o‘z 

ta’sirini  ko'rsatgan  va  bir  qator  kapitalistik  mamlakatlaming 

sportchilari  0 ‘yinlarda  qatnashmagan.  AQSH  boshchiligida  GFR, 

Yaponiya,  Kanada,  Shveysariya,  Norvegiya,  Argentina  milliy 

olimpiya  qo’mitalari  Olimpiya  o‘yinlariga  ishtirok  etmagan.  Buning 

sabablari,  birinchidan,  “sovuq  urush”  siyosati  ta’sirida,  ikkinchidan, 

Jahon 


hamjamiyati 

Sovet 


Ittifoqi 

harbiy 


qo‘shinlarining

Afg‘omstondan  chiqib  ketishini  talab  qilganligi,  lekin  bu  talab 

bajarilmaganligi  oqibatida  sodir  boMgan.  0 ‘yinlarda  jami  80  ta 

mamlakatdan  5179 nafar (1115  ayol) sportchilar 25  sport turi bo‘yicha 

203  medallar  komplekti  uchun  musobaqalarda  qatnashgan.  Sport 

musobaqalari  davomida  36  ta  jahon,  74  ta  olimpiya  rekordlari 

o‘rnatilgan.  Eng  yuqori  natijalar  og‘ir  atletika  bo'yicha  ko‘rsatilgan: 

23 ta olimpiya va  13 jahon rekordlari.

XXII  yozgi  Olimpiya  o ‘yinlarining  umumjamoa hisobi  natijalari

-   1-o‘rin  -   SSSR  (80-69-46),  2-o‘rin  -   GDR  (47-37-42),  3-o‘rin  -  

Bolgariya (8-16-17).

XXIII  yozgi  Olimpiya  o ‘yinlari  1984-yil  28-iyul  -   12-avgust 

kunlari  Los-Anjeles  shahrida  (AQSH)  bo‘lib  o‘tgan.  Olimpiya 

o ‘yinlarida  sovet sportchilari  va  bir qator sotsialistik davlatlar ishtirok 

etmagan, 

chunki 

AQSH 


hukumati 

sportchilar 

xavfsizligini 

ta’minlanishiga  kafolat  bermagan  edi.  0 ‘yinlarda  siyosiy  sabablarga 

ko‘ra  GDR,  Bolgariya,  Polsha,  Kuba,  Mongoliya  va  boshqa 

davlatlarning  sportchilari  ishtirok  etmagan.  Olimpiya  o‘yinlarida  140 

mamlakatdan 6829 nafar (1566 ayol) sportchilar qatnashgan.

XXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari

-   1-o‘rin -  AQSH (83-61-30),  2-o‘rin -  Ruminiya  (20-16-17),  3-o‘rin 

-G F R  (17-19-23).

XXIV yozgi  Olimpiya  o‘yinlari  1988-yil  17-sentabr -  2-oktabr 

kunlari  Seul  shahrida (Janubiy Koreya) bo‘lib o‘tgan.  XOQ Prezidenti 

Xuan  Antonio  Samaranch  va  Xalqaro  sport  uyushmaJarining 

rahbarlari tomonidan olib borilgan faol harakatlar tufayli Sovet Ittifoqi 

va  AQSH  sportchilari  yana  Olimpiya  o‘yinlarida  uchrashdilar. 

0 ‘yinlarda  159  mamlakatdan  8473  nafar  sportchi  ishtirok  etgan. 

Olimpiya  o ‘yinlarida  29  sport  turi  bo'yicha  237  ta  medallar 

jamlanmasi  uchun  musobaqalar  o ‘tkazilgan.  Olimpiya  o'yinlari 

dasturiga  birinchi  marta  stol  tennisi  kiritilgan,  tennis  esa  qayta 

tiklangan.  Bu  Olimpiya  o'yinlarida  101  ta  olimpiya  va  28  ta  jahon 

rekordlari o ‘rnatilgan.

XXIV 


yozgi  Olimpiya  o ‘yinlarining  umumjamoa  hisobi 

natijalari  -   1-o‘rin  -   SSSR  (55-31-46),  2-o‘rin -  GDR  (37-35-30),  3- 

o ‘rin -AQSH (36-31-27).

1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling