L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati


-1988-yilIarda o ‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining


Download 14.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/36
Sana21.12.2019
Hajmi14.1 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36

1948-1988-yilIarda o ‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining 

asosiy xususiyatlari:

■  Xalqaro  olimpiya  harakatida  “sport  va  siyosat”  muammosi 

paydo bo‘lgan.

■  Sobiq  Ittifoq  terma  jamoasi  Olimpiya  o‘yinlarida  yetakchi 

pozitsiyalarni egallab olgan.

■  XOQ,  MOQ  va  XSF  o‘zaro  munosabatlari  yaxshilangan. 

Olimpiya  kongresslari  43  yillik  inqirozdan  so‘ng  yana  o‘z  faoliyatini 

boshlagan.

■  XOQ  tomonidan  yangi  milliy  olimpiya  qo‘mitalarining  tan 

olinishi hisobidan olimpiya harakati saflari yanada kengaygan.

■  Xalqaro  olimpiya  harakatida  doping  va  haqqoniy  hakamlik 

muammosi paydo bo‘Igan.



“1948-yil  Olimpiya  о ‘yinlari.  Agar  1908-yilda  Imperiyaning 

yetakchi mavqei hali ham saqlangan,  1924-yil

 -  


и xavf ostida bo ‘Igan 

vaqt  hisoblangan  b o ‘Isa,  1948-yilda  Olimpiya  о ‘yinlari  Imperiyasi 

vayron  bo ‘layotgan  mamlakat  tomonidan  tashkil  qilingan.  Britaniya 

iqtisodiyoti  urush  sababli  inqirozga  uchragan  edi.  Urushdan  keyingi 

tiklash ishlari endigina о ‘z ta ’sirini ко ‘rsatayotgan edi.

Biroq  televideniyani  qayta  ishga  tushirilishi  1948-yilda 

о 'yinlami  televideniya  orqali  jonli  efirda  translatsiya  qilingan 

birinchi  o'yinlarga  aylanishiga  imkon  bergan".  Londonda  1948-yili 

о ‘tkazilgan  о ‘yinlar  televideniyada  namoyish  qilingan  birinchi 

о ‘yinlar  bo ‘Igan,  shu  bilan  birga  Buyuk  Britaniya  aholisida  deyarli 

televizor bo ‘Imagan.

1948-yilgi  Olimpiya  о ‘yinlari  atrofidagi  qizg'in  bahslarga  va 

natijalar 

b o ‘yicha 

xavotirlikka 

qaramasdan, 

ular 

katta 

muvaffaqiyatga  ega  b o ‘lgan.  59  ta  mamlakatlardan  kelgan  4000 

nafarga yaqin sportchilar musobaqalarda ishtirok etgan.

Yangi  zodagonlar  jamiyati  va  sovuq  urush.  Ikkinchi  jahon 

urushidan  keyin  1956-yilgi  Melburndagi  Olimpiya  о ‘yinlarida 

boykotning  ta ’siri  ostida,  uncha  katta  bo ‘Imagan pasayishdan  keyin, 

о ‘yinlar  о ‘zining  о ‘sish  trayektoriyasini  davom  ettirgan.  Lekin 

urushning  tugashi  tinchlikka yoki  1930-yillarning  muhitiga  qaytishni 

anglatmagan.  Yangi,  murakkab geosiyosiy muhit yuzaga keldi,  chunki 

AQSH  va  Sovet  Ittifoqi  Yevropa  xaritasini  о ‘zgartirib  yuborishdi. 

Keyingi  bir  necha  о ‘n yilliklar  kapitalistik  Amerika  va  kommunistik

Rossiya  o'rtasidagi  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  kurash  ostida 

о 'tgan.  Ikkala mamlakatlar yadro quroliga ega bo ‘Iganligi to ‘g  ‘ridan- 

to ‘g ‘ri  harbiy  konfrontatsiyani  oldini  olgan,  lekin  butun  dunyoda 

xalqlar  va  mamlakatlar  o'rtasidagi  kurash,  dominant  davlatlarning 

hududiy omillarini kuchli ta 'siri ostida bo ‘Igan.

“Zamonaviy  Olimpiya  о ‘yinlari  odamning  va  borliqning 

ideallari  о ‘rtasidagi  kurash  ramzi  bo ‘lib,  u,  ushbu  muhitda yashashi 

kerak.  Ushbu fikr,  sovuq  urush  va  ramziy  kurash  davri  to'g'rsidagi 

fikr  yuritilishiga  olib  keladi,  u,  1945-I989~yillardagi  Olimpiya 

harakatini  о ‘rab  turgan.  Urushdan  keyingi  birinchi  Olimpiya 

о 'yinlariga  Germaniya  va  Yaponiya  kabi  mag'lubiyatga  uchragan 

mamlakatlar taklif qilinmagan,  lekin shunga qaramasdan Italiya taklif 

qilingan va Sovet Ittifoqi sport musobaqalarida ishtirok etmagan.

Sovet  Ittifoqi  revolutsiyadan  keyingi  1930-yillarda  xalqaro 

sportdan,  asosan  o'zini  tiygan,  xalqaro  federatsiyalar  va  Xalqaro 

Olimpiya  Q o‘mitasi  tarkibiga  kirmagan  va  buning  o'rniga  ishchi 

sport internals ionalini rivojlantirishga ко ‘maklashgan  (RSI).  Lekin u. 

ikkinchi jahon  urushidan  keyin  kommunistik  tizimning  ustuvorligini 

namoyish  qilish  uchun  xalqaro  musobaqalarda  ishtirok  etish 

strategiyasini qabul qilgan.61

Shunga  qaramasdan, 

1948-yili  SSSR  Xalqaro  Olimpiya 

Qo ‘mitasi  tomonidan  tan  olinmagan  va  uning  Milliy  olimpiya 

qo ‘mitasi bo ‘Imagan.

Xalqaro  Olimpiya  Qo ‘mitasining  amerikalik  vitse-prezidenti 

chinakam  antikommunist  Eyveri  Brendedj  kommunistlami  Xalqaro 

Olimpiya Qo ‘mitasi a ’zoligiga qabul qilinishiga qarshi bo ‘Igan,  lekin 

mamlakatlarni 

siyosiy 

tizimi 

asosida 

Olimpiya 

harakatidan 

chetlashtirilishini qo ‘llab-quwatlamagan.

Xitoy musobaqalarda ishtirok etish niyatida bo ‘Igan,  lekin 1947- 

yilgi kommunistik revolutsiyaning muvaffaqiyatli kulminatsiyasi ushbu 

rejalarni barbod qilgan.  Londondagi 1948-yilgi ochilish marosimi bir 

soatni  tashkil  qilgan  va  muhim  shaxslarni  va  kolonnada  kelayotgan 

jamoalarni  tanishtirishdan  iborat  bo 'Igan.  Bizga  та ’lumki,  shundan 

buyon  puxta  tayyorlangan  marosim  televideniya  uchun  ancha 

darajada о ‘zgargan.

Dekolonizatsiya  va  mustaqillik  olgan  mamlakatlar.  Urushdan 

keyingi  davrda  oxirgi  yevropalik  imperiya  -   Buyuk  Britaniya 

imperiyasi  parchalandi. 

Urushdan  keyin  kuchsizlqngan  Buyuk 

Britaniya mustaqillik  uchun harakatlar bilan kurashishga qobilityasiz 

bo'lgan. 

Hindistonning  mustaqilligi 

(1947-y.) 

ajralish 

bilan 

belgilangan  vaqtda,  dekolonizatsiya  jarayoni  uzoq  davom  etgan. 

Kolombo  mamlakatlari  (Birma,  Seylon  Oroli,  Hindiston,  Indoneziya 

va  Pokiston)  guruhi  tomonidan  tashkil  qilingan  Bandungdagi  1955- 

yilgi konferensiyada 24 la Afrika va Osiyo mamlakatlarining vakillari 

ishtirok  etishgan  bo ‘lib,  unda  umumiy  iqtisodiy  maqsadlar  va 

kolonializmning  tugallanishi  muhokama  qilingan.  Osiyo  O'yinlari 

xojayini Indoneziya  1962-yilda tayvanlik va  isroillik ishtirokchilarga 

viza berishdan bosh tortgan.  Keyingi yili, Xalqaro Olimpiya Q o 'mitasi 

olimpiya  harakatidan  chiqqan  Indoneziyaning  Milliy  Olimpiya 

qo ‘mitasini  chetlatgan.  Indoneziya  prezidenti  Suxarto  GANEFO 

(qisqartilgan  inglizchadan  -   Games  o f the  New  emerging  Forces

  -  


yangi  rivojlanayotgan  kuchlar  o'yinlari.  PRIM.)  tashkilotini  tuzish 

tashabbusini о ‘z zimmasiga olgan.  62

Kambodja,  Xitoy,  Gvineya,  Indoneziya,  Iroq,  Mali,  Pokiston, 

Shimoliy  Vetnam,  BAR  va  Sovet  Ittifoqidan  delegatlar  va  Seylon 

hamda 

Yugoslaviyadan 

kuzatuvchilar 

ishtirok 

etgan 

ta ’sis 

konferensiyasi 

1955-yilgi  Bandungdagi  konferensiyadan  ilhom 

olishgan.  Xitoy  ushbu  takliflarning  harakatlantiruvchi  kuchi  deb 

aytilgan.

GANEFO  ning  birinchilari  1963-yilda  tashkil  qilingan, 

ikkinchilari Qoxirada 1967-yili belgilangan. Albatta,  ushbu geosiyosiy 

poydevorning  qismi  Xitoy-Sovet  Ittifoqi  o'rtasidagi  munosabatning 

buzilishi  ostida  bo'lgan,  bu,  “uchinchi  dunyo”ga  ta ’sir  o'tkazish 

uchun  Xitoy  va  Sovet  Ittifoqi  bloki  о ‘zaro  hamda  G ‘arb  bilan  ham 

raqobatlashganligini  anglatgan.  GANEFO  Kengashining  1965-yilda 

Pekinda  о ‘tkazilgan  sessiyasini  Osiyo  GANEFOsini  Olimpiya 

qo'mitasi  tomonidan  tasdiqlangan  Osiyo  o'yinlari  о ‘tkaziladigan  bir 

vaqtda  о ‘tkazilishi  bo ‘yicha  qaror  qabul qilingan.  Qoxira,  moliyaviy 

sabablarga  kora,  keyingi  GANEFOni  1967-yilda  о ‘tkazilishidan  voz 

kechgan.  Xitoy,  Madaniy  revolutsiya  vaqtida  ко ‘proq  ichki  omillar 

hisobiga 

rivojlanishga 

orientirlangan 

va  Espining  aytishiga

qaraganda  “GANEFO  sekin  o lg a n ”.  Separatizmning  ushbu  qisqa 

epizodidan  keyin  Uchinchi  dunyo  mamlakatlari  Olimpiya  о ‘yinlariga 

ко ‘proq  e ’tibor  qarata  boshlashgan  va  ushbu  hodisani,  о ‘zini jahon 

arenasida  mustaqil  mavjudligi  to'g'risida  e ’lon  qilishni  ramziy 

imkoniyati  sifatida  qo'llashgan  va  Milliy  Olimpiya  qo'mitalarining 

soni  ushbu  intilishlarni  aks  etgan  holda  barqaror  ortgan. 

Musobaqalarda  ishtirok  etuvchi  mamlakatlaming  soni  1976-yilga 

qadar  ortib  borgan,  1980-yili AQSH boshchilik qilgan  boykot tufayli 

qisqargan.63

XXV 


yozgi  Olimpiya  o‘yinJari  1992-yil  25-iyul  -   9-avgust 

kunlari  Barselona  shahrida  (Ispaniya)  bo‘lib  o‘tgan.  Olimpiya 

o ‘yinlariga  172  davlatdan  10563  sportchi  (2704  ayol)  kelgan.  Ular 

o ‘rtasida  257  ta  medallar  jamlanmasi  uchun  musobaqalar  olib 

borilgan.  Olimpiya  o‘yinlari  dasturiga  badminton,  beysbol  va  ayollar 

dzyudosi kiritilgan.

Olimpiya o‘yinlarida sobiq Yugoslaviya respublikalari -  Bosniya 

va  Gertsegovina,  Sloveniya,  Xorvatiya  sportchilari  alohida jamoalar 

sifatida qatnashgan. G ‘yinlarda Latviya,  Litva va Estoniya sportchilari 

ham  ilk  bor  alohida  mustaqil  jamoa  sifatida  ishtirok  etgan.  Sobiq 

Sovet  Ittifoqi  sportchilari  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligi  (MDH) 

terma  jamoasiga  birlashgan.  MDH  tenna jamoasida  jami  483  nafar 

(312  erkak  va  171  ayol)  sportchi  bo‘lib,  ulardan  276  nafar  sportchi 

Rossiya,  83  -  Ukraina,  53  -  Belorussiya,  18 -  Qozog‘iston,  17- 0 ‘z- 

bekiston,  10  -  Gruziya  va  Moldaviya,  5  -  Ozarbayjon,  4  -  Armanis- 

ton,  3 -  Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari bo‘lgan.

MDH  Birlashgan  jamoasi  tarkibiga  0 ‘zbekiston  Respubli- 

kasining  17 nafar sportchisi  kiritilgan edi.  Ular 3  ta oltin,  2 ta kumush 

va  1  ta  bronza  medalini  qo‘lga  kiritganlar.  0 ‘zbekistondan  sport 

gimnastikasi  bo'yicha  Oksana  Chusovitina  va  Rozaliya  Galiyeva, 

yengil  atletika  bo‘yicha  4x400  ni  estafeta  g'olibi  Marina  Shmonina 

oltin  medallarga  sazovor  bo‘lganlar.  Og‘ir  atletikachi  Sergey  Sirtsov 

va  o ‘q  otish  sporti  bo‘yicha  Anatoliy  Asrabayev  kumush  medalga 

sazovor  bo‘lganlar.  Qilichbozlik  sportida  esa  hamyurtimiz  Valeriy 

Zaxarevich  jamoa  musobaqalarida  bronza  medali  bilan  taqdirlangan. 

MDH  Birlashgan jamoa  sportchilarining  g ‘alabasi  sharafiga  olimpiya 

bayrog‘i  ko‘tarilgan  va  olimpiya  madhiyasi  ijro  etilgan.  XXV  yozgi


Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari -  1-o‘rin -  MDH 

(45-38-29),  2-o‘rin  -  AQSH  (37-34-37),  3-o‘rin  -Germaniya  (33-21- 

28).

XXVI  yozgi  Olimpiya  о ‘yinlari  1996-yiI  19-iyul  -   4-avgust 

kunlari  AQSHnig  Atlanta  shahrida  bo‘lib  o‘tgan.  Bu  o‘yinlar  19- 

iyuldan  4-avgustgacha  davom  etdi.  Ularda  197  milliy  olimpiya 

qo'mitalarining  10318  nafar  (ulardan  3512  ayol)  sportchilari  ishtirok 

etgan. Musobaqalar 35  sport turi bo‘yicha 271  ta medallar jamlanmasi 

uchun  o ‘tkazilgan.  Olimpiya  o ‘yinlari  dasturiga  ilk  bor  sohil 

voleyboli,  ayollar  futboli,  softbol,  mauntinbayk  kiritilgan.  Bu 

Olimpiya o‘yinlaridan  boshlab  O'zbekiston,  Armaniston,  Belorussiya, 

Gruziya,  Moldaviya,  Ozarbayjon,  Rossiya,  Tojikiston,  Turkmaniston, 

Ukraina,  Qozog‘iston,  Qirg‘iziston mustaqil  davlatlar sifatida  ishtirok 

etgan.  Chexiya,  Slovakiya,  Makedoniya davlatlari ham  ilk bor alohida 

qatnashgan.

XXVI  Olimpiya  o‘yinlari  davomida  ko‘ngi!siz  hodisa  sodir 

bo‘lgan.  27-iyul  kuni  Istirohat  bog‘ida  bomba  portlagan,  44  yoshli 

amerikalik  ayol  va  40  yoshli  telekommentator  vafot  etgan.  AQSH 

Prezidenti 

Bill 

Klinton 


mintaqaning 

barcha 


hududlardagi 

qo‘poruvchilarni qoralagan. XOQ  bir daqiqa motam sukutini  o‘tkazib, 

o‘yinlarni  davom  ettirishga  qaror  qilgan  edi.  XXVI  yozgi  Olimpiya 

o‘yinlarining  umumjamoa hisobi  natijalari -   1-o‘rin -  AQSH  (44-32- 

25), 2-o‘rin -  Rossiya (26-21-16),  3-o‘rin -Germaniya (20-18-27).

XXVII yozgi Olimpiya o ‘yinlari 2000-yil  15-sentabr -   1-oktabr  ! 

kunlari  Sidney  shahrida  (Avstraliya)  bo‘lib  o‘tgan.  Olimpiada

о ‘yinlariga 200  davlatdan  10651  nafar (ulardan 4069 ayol)  sportchilar 

tashrif  buyurgan.  Olimpiya  o'yinlarida  Koreya-  KXDR  va  Janubiy 

Koreya -  ilk bor birlashgan jamoa sifatida qatnashgan.

Sport musobaqalari  davomida 45  ta jahon  rekordlari  o‘matilgan, 

ulardan  26  ta  og‘ir  atletika  va  15  ta  suzish  sport  turlari  bo'yicha 

bo‘ Igan.  Niderlandiya  sportchisi  Inge  de  Breyn  suzish  bo‘yicha 

ayollar  o‘rtasida  50  m  va  100  m  erkin  usul,  100  m  batterflay 

masofalarida  oltin  medallami  olgan.  Xitoy  sportchilari  og‘ir  atletika 

musobaqalar ida j ami  7 ta (ulardan  5  ta oltin)  medallarga ega bo'lgan. 

Olimpiya  dasturiga  ayollar  o ‘rtasida  og'ir  atletika  ilk  bor  kiritilgan. 

Boks  bo'yicha  Rossiya  va  Kuba  sportchilari  bilan  bir  qatorda 

O'zbekiston,  Qozog‘iston,  Tailand,  Fransiya,  Buyuk  Britaniya



bokschilari  birinchi  o'rinlami  egallashga  muvaffaq  bo‘lganlar.  Bu 

Olimpiada XX asming oxirgi 0 ‘yini sifatida tarixda qolgan.

XXVII  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarining  umumjamoa  hisobi 

natijalari -   1-o‘rin -  AQSH  (40-24-33),  2-o‘rin -  Rossiya (32-28-28), 

3-o‘rin-X itoy (28-16-15).

XXVIII  yozgi  Olimpiya  o ‘yinlari  2004-yil  13-29-avgust 

kunlari  Afma  shahrida  (Gretsiya)  bo'lib  o‘tgan.  0 ‘yinlarga  202 

davlatdan  10625  nafar  (ulardan  4392  ayol)  sportchilar  tashrif 

buyurgan.  Olimpiya  musobaqalari  37  ta  sport  turi  bo‘yicha  301  ta 

medallar jamlanmasi  uchun  o‘tkazilgan.  Afinada  Olimpiya  o ‘yinlari 

ochilishi 

marosimi 

katta 


tantana 

bilan 


boshlanib, 

qadimgi 


yunonlaming  milliy  an’analari  namoyish  qilingan.  Olimpiada 

mash’alasini  yoqish  sharafi  yunon  yaxtachisi  Nikolas  Kaklamanisga 

nasib  etgan.  Olimpiya  o‘yinlarining  yopilish  marosimida  XOQ 

Prezidenti Jak Rogge: “0 ‘yinlar tinchlik va do‘stlik ruhida o'tkazildi”- 

deb  ta’kid lagan  edi.  Bu  Olimpiya  o'yinlari  XXI  asming  ilk  0 ‘yini 

sifatida tarixda qolgan.

XXVIII  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarining  umumjamoa  hisobi 

natijalari -   1-o‘rin -  AQSH (35-38-29), 2-o‘rin -  Rossiya (27-27-38), 

3-o‘rin -Xitoy (32-17-14).

XXIX  yozgi  Olimpiya  o‘yin!ari  2008-yilda  Pekin  shahrida 

(Xitoy) bo‘lib o‘tgan.  Olimpiada o‘yinlarida jahonning 204 davlatidan 

11500 nafar sportchi 28  sport turlari bo‘yicha musobaqalarda  ishtirok 

etgan.


01impiada-2008  ramziy  timsoli  “Fuva”  -  omad  farzandlari,  deb 

nomlangan.  Ular  beshta  bo‘lib,  nomlari  xitoy ierogliflarida bey-bey -  

baliq,  sin-sin

 

-   panda,  xuan-xuan



 

-   olov,  in-in  -   kiyik,  ni-ni- 

qaldirg‘och  ma’nolarini  bildiradi.  Bu  so‘zlami  qo‘shib  o'qiganda 

“Beyjinga xush kelibsiz” jumlasi kelib chiqadi.

XXIX  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarining  umumjamoa  hisobi 

natijalari -   1-o‘rin -  Xitoy (51-21-28),  2-o‘rin -  AQSH (36-38-36),  3- 

o‘r i n -  Rossiya (23-21-28).

XXX  yozgi  Olimpiya  о‘yinlari  2012-yilda  London  shahrida 

(Angliya)  bo‘Iib  o‘tgan.  Olimpiada  o'yinlarida  jahonning  205 

davlatidan  10500  nafar  sportchi  302  komplekt  medallari  uchun  26 

sport  turlari  bo‘yicha  musobaqalarda  ishtirok  etgan.  Olimpiada 

o'yinlari  davomida  jami  44  ta  jahon  va  117  ta  olimpiya  rekordlari 

o‘matilgan.



XXX yozgi Olimpiya o ‘yinlarining umumjamoa hisobi  natijalari

-   1-o‘rin  -   AQSH  (46-29-29),  2-o‘rin  -   Xitoy  (38-27-22),  3-o‘rin  -  

Angliya (29-17-19), 4-o‘rin -  Rossiya (24-25-33).

XXXI  yozgi  Olimpiya  о ‘yinlari  2016-yilda  Rio-de-Janeyro 

shahrida  (Braziliya)  bo‘lib  o‘tgan.  Olimpiada  o'yinlarida  jahonning 

207 davlatidan  10500 nafardan ziyod  sportchi  302 komplekt medallari 

uchun  28  sport  turlari  bo‘yicha  musobaqalarda  ishtirok  etgan. 

Olimpiada  o‘yinlarida  shaxsiy  natijalarga  ko‘ra  AQSH  sportchilari 

Maykl  Felps,  Ketlin Ledeki (suzish) va Simona Bayls gimnastika) eng 

ko‘p  medallarga  sazovor  boMdilar.  Maykl  Felps  suzish  bo'yicha  5  ta 

oltin  va  1  ta kumush medallarini  qo‘lga kiritdi.  Uning Olimpiadalarda 

to‘plagan oltin medallarining umumiy soni 23 taga yetdi.

XXXI 

yozgi  Olimpiya  o‘yinlarining  umumjamoa  hisobi 



natijalari  -   1-o‘rin  -   AQSH  (46-37-38),  2-o‘rin  -   Buyuk  Britaniya 

(27-23-17), 3-o‘rin -  Xitoy (26-18-26), 4-o‘rin -  Rossiya (19-18-19).



1992-2016-yilIarda o‘tkazilgan  Olimpiya o‘yinlarining 

asosiy xususiyatlari:

■  Olimpiya harakati safiga sobiq  Ittifoq tarkibidan ajralgan yangi 

Mustaqil davlatlar qo‘shilgan.

■  “Sovuq urush” davri  barham topib, sport va siyosat muammosi 

bartaraf etildi.

■  Xalqaro  olimpiya  harakatida  Paralimpiya  va  Paraosiyo 

o‘yinlarining mavqei oshdi.

■  Yoshlar  olimpiya  o‘yinlari  joriy  qilindi  va  ular  umumjahon 

ahamiyatga ega bo‘ldi.

■  Olimpiya  sporti  tayyorgarligining  ilmiy-nazariy  asoslari, 

texnik-taktik  usullari,  tibbiy-biologik  ta’minoti,  moddiy-texnik  bazasi 

yanada takomillashdi.



“London,  ко ‘rgazmalar  va  Olimpiya  o'yinlari”.  Mazkur 

mavzuda 

ikkita 

masalani 

ко 'rish 

mumkin. 

Birinchidan, 

к о 'rgazmalarda  kapitalizmning,  millatchilikning  va  imperializmning 

rivojlanishi aks ettiraladigan vosilalarni ко'rib chiqiladi. Ikkinchidan, 

ularni  zamonaviy  jamoat  madaniyatidagi  xalqaro  ко‘rsatkichlarni 

paydo  bo'lishining  asosiy  momentlari  sifatida  baholash  mumkin. 

Ko'rinib  turibdiki,  bu  yerda,  hayotiv  loyihasi  zamonaviy  Olimpiya 

o'yinlarini  ta ’sis  etish  bo'lgan  baron  Pyer  de  Kuberten  timsolidagi

qarama-qarshiliklarni 

namoyon 

qiladigan  potemial 

qarama- 

qarshiliklar mavjud.64

Kuberten,  chinakamiga  berilgan  baynalmilalchi  bo ‘lib,  u, 

Olimpiya о ‘yinlarining ta ’sis  hujjatlariga,  tashkil qilish usullariga va 

marosimlariga yozib  qo ‘ygan,  bu,  keyingi  bobda  ancha  keng  ко ‘rib 

chiqiladi.

Lekin  u,  vatanparvar ham  b o ‘lib, jransiyalikyoshlarning yomon 

jismoniy  holati  va  intizomsizligi,  о 'z  mamlakatidagi  inqiroz  va 

Germaniyaning ortib borayotgan quwati to ‘g  ‘risida tashvishlangan.

Millatchilik va baynalmilalchilik о ‘rtasidagi taranglik Olimpiya 

о ‘yinlarining  sezilarli  qirrasi  bo ‘lib  qolmoqda.  Kuberten  kim 

bo ‘lishidan  qat ’i  nazar, 

u, 

iqtisodchi  bo ‘Imagan  va  qayta 

tiklanayotgan  Olimpiya  o ‘yinlarini  qo ‘llab-qiivvatlash  uchun  aniq 

moliyaviy  strategiyasining yo ‘qligi,  bizningcha,  Kubertenni  1900  va 

1904-yillardagi  О ‘yinlami  mos  ravishdagi  Parij  va  Sent-Luisdagi 

Umumjahon ко ‘rgazmalariga birlashtirishga majbur qilgan ”.

“Alternativ  sport  tadbirlari  va  Olimpiya  о ‘yinlari”.  1920- 

yillarga  kelib,  xalqaro  sportda  bugungi  kimga  qadar  uncha-muncha 

saqlanib qolgan faoliyatning bo ‘linishi aniqlangan. Xalqaro Olimpiya 

Qo ‘mitasi

 -  


demokratik  bo ‘Imagan  hamda  Yevropaga orientirlangan 

va yevropalik  boylar  hokimiyatining  “klubi ”  bo ‘lib,  Olimpiya  о ‘yin­

larining  dasturini,  joylashishini  va  umumiy  falsafasini  belgilagan. 

Milliy  Olimpiya  qo'mitalari  ishtirok  etishni  boshqargan  Xalqaro 

Federatsiya  esa,  m e’yorlarni  belgilagan  va  sportchilarni  ishtirok 

etishga to ‘g ‘ri kelishi to ‘g  ‘risida yakuniy qarorlar qabul qilgan.  FIFA 

kabi  boshqa  sport  tashkilotlari  bilan  birgalikda  Xalqaro  Olimpiya 

Q o‘mitasi  sportni  xalqaro  rejim  sifatida  shakllanishiga  ko’mak- 

lashgan  -  joylardagi  qoidalar  va  normalar  asosidagi  hukumatlarsiz 

boshqarish  shakli.  Sportning 

“o'ylab  topilgan”  jismoniy  va 

vaqtinchalik  joylashishini  ta ’minlaydigan  sport  festivallarining 

ommaviyligini borgan sari ortishiga ко ‘maklashgan.  60

Marosimlar  va  ramzlar yaratilgan  bo ‘lib,  ular,  о ‘z  navbatida, 

sport  va  global  kuch  to ‘g'risidagi  tasavvurni  ta ’minlagan.  Bu

  -  


sportga  “odatdagi”  hayotdan  va  ijtimoiy  kontekstdan  avtonomlikni 

his  qilishni  berdi.  Erishilgan  narsalar  -   Olimpiya  harakatini

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 75%20Спорт
75%20Спорт -> Basketbol nazariyasi va uslubiyati
75%20Спорт -> Sh. X. Isroilov, Z. R. Nurimov, Sh. U. Abidov, S. R. Davletmuratov, A. A. Karimov sport va harakatli
75%20Спорт -> Sport pedagogik mahoratini oshirish yengil atletika
75%20Спорт -> G ’u L o m o V z. T., Nabiullin r. X. K a m ilo V a g. Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti
75%20Спорт -> A. Abduhamidov, H. Nasimov, U. Nosirov, J. Xusanov algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar toplam I
75%20Спорт -> A. g a z I y e V, I. Is r a IL o V, M. Y a X s h ib o y e V matematik analizdan misol va masalalar
75%20Спорт -> I ism o ilo V, T. Rizayev, X. M. Maxmudova fizikadan praktikum
75%20Спорт -> Sport universiteti I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari
75%20Спорт -> G im n a st ik a d a r sl a r id a in no va tsio n t e X n o L o g iy a L a r

Download 14.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling