L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati


 John  Home,  Garry Whannel.  Understanding  the  Olympics.  Routledge.  Taylor-Francis  Group


Download 14.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana21.12.2019
Hajmi14.1 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36

64 John  Home,  Garry Whannel.  Understanding  the  Olympics.  Routledge.  Taylor-Francis  Group. 

London and New York.  2012.  -  92 p.

65  0 ‘shakitob, 2012. - 9 2  b.

umumjahon  tarixiga  qo'shgan  hissasi  hisoblanadi.  Albatta,  sport 

aslida  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy  va madaniy kontekstlardan  unchalik 

farq qilmaydi.  Olimpiya о ‘yinlarini asosiy yirik sport hodisasi sifatida 

rivojlanishi kelishuvlar va kurash orqali borgan.

Ikkinchi  Jahon  urushidan  oldin  olimpiya  harakatining  ta'siri 

kuchli  bo ‘Igan  raqiblari  —  Yevropada  ishchilarning  sporti  va 

gimnastikasi,  jahonning  boshqa  qismlarida  an’anaviy  o'yinlar  va 

musobaqalar  hamda  boshqalar  qatorida  Eichberg  (1998)  ham 

b o ‘Igan. 

Ishchilarning  Olimpiya  o'yinlari, 

ayollarning  sport 

musobaqalari  va professional futbol  bo ‘yicha  Jahon  chempionatlari 

rivojlangan 

va 

alohida 

ijtimoiy-tarixiy  sharoitlarda 

mavjud 

bo ‘Imagan.

Ikkinchi  Jahon  urushidan  oldin,  s o ‘I  harakat  vakillari  sportni 

“burjuaziya  sporti”  bo'lganligi  asosida  tanqid  qilishgan.  U,  ushbu 

nuqtayi  nazardan,  ishchilarni  real  manfaatlaridan  chalg'itish  uchun 

о ‘ylab  topilgan  “non  va  tomosha”  shakli  sifatida  к о ‘rib  chiqilgan. 

Buning  о ‘rniga,  ishchilar  sporti  jamoatchilikni,  ommaviy  ishtirok 

etishni, jinslarning  tengligini  va  baynalmilalchilikni targ‘ibot qilgan. 

Germaniyada  eng  kuchli  bo ‘Igan  sport  tashkilotlari  ко ‘pchilik 

Yevropa mamlakatlarida mavjud bo ‘Igan ”.

Masalan, 

о ‘n 

mingalb 

ishtirokchilar  va  yuz 

minglab 

tomoshabinlar  1931-yilgi  Venadagi  hodisalarga  jalb  qilingan  edi. 

Ishchilar  uchun  tadbirlardan  tashqari  sho ‘rolar  о

 

‘yinlari  va  ayollar 



о ‘yinlari ham bo ‘Igan.

Sovet  Ittifoqida  sekin-asta  siyosat  о ‘zgargan.  Alternativ 

tadbirlami  yaratish  emas,  balki  burjuaziya  sporti  bilan  o ‘zaro 

hamkorlik alternativ  iqtisodiy  tizimning  ichki va  tashqi  qonuniyligini 

ta ’minlashi  mumkin,  deb  hisoblanadigan  vosita  bo ‘lib  qoldi.  Sportga 

alternativ bo ‘Igan,  birinchi о ‘ringa mahsulotlar yoki natijalami emas, 

balki jarayonni  ilgari  surgan,  masalan,  Germaniyadagi  Turnen  kabi 

harakatlar  mavjud  bo ‘lishiga  qaramasdan,  xuddi  shu  tarzda,  ular 

sekin-asta  sport  bilan  assimilatsiya  qilgan.  Sportga  alternativlikdan, 

ular  ко ‘pchilik  о ‘rtasidagi  alternativ  sportga  aylanishgan.  Xalqaro 

sport  musobaqalari  о ‘yin  maydonlariga  va  mafkuraviy  tizimlar 

о ‘rtasidagi sun ’iy maydonga aylanib qolgan.  66

Sent-Luisdagi  ко ‘rgazma  bilan  kombinatsiya  qilingan,  uncha 

katta bo ‘Imagan va kuchsiz bo ‘Igan va uning ishtirokchilari Olimpiya 

o'yinlarida  ishtirok  etishayotganligini  bilishmagan  (to'rt  yil  oldin 

xuddi  Parijdagi  kabi)  1904-yilgi  Olimpiya  о ‘yinlaridan  boshlab,  to 

2008-yilgacha  va  Pekindagi  Yozgi  Olimpiya  о ‘yinlari  (204 ta  Milliy 

olimpiya  qo ‘mitalaridan  10000  nafar  sportchilar  musobaqalarda 

ishtirok  etgan,  ushbu  о ‘yinlarni  159  ta  mamlakatdan  24562  nafar 

akkreditatsiya  qilingan  OAV  xodimlari  kuzatishgan),  sportning  va 

ayniqsa,  Olimpiya  sportining  ijtimoiy  va  jahondagi  ahamiyatini 

sezilarli 

darajadagi 

о ‘zgarishi 

sodir 

bo ‘Idi. 

Sport 

 

to ‘Iqinlantiradigan,  tomoshabop,  iqtisodiy  va  siyosiy  qo ‘Hash  uchun 

mos  keladigan  resurs  sifatida yirik  hodisalami yuzaga  keltiradigan 

madaniy  shakl  b o ‘lib  qoldi,  ular  Yer  sharini  televideniya  orqali 

ко ‘rsatish 

orqali 

birlashtiradi. 

Hodisani 

televideniya  orqali 

yoritilishining  о ‘sishi  Olimpiya  о ‘yinlarida  ishtirok  etadigan 

mamlakatlar,  Milliy  olimpiya  qo'mitalari  va  sportchilar  (jumladan, 

ayollarning) sonining ortishida aks etgan.

Londondagi 

1908-yilgi 

Olimpiya 

о ‘yinlari 

Umumjahon 

к о ‘rgazmasiga  bog ‘liq  bo ‘Igan  va  imperiya  quvvati  va  hokimiyati 

bayramining  bir  qismi  bo ‘Igan.  Buyuk Britaniyaning  ilmiy  va  texnik 

ustuvorligiga qarshi chiqish zarurati bo ‘lib  qolgan.  1948-yilga kelib, 

imperiya  to ‘liq  buzilgan.  Buyuk Britaniya  endigina,  о ‘zini  urushdan 

keyingi siyosiy rolini anglay boshlagan.

1948-yilgi  O'yinlar,  qisman,  “teshiklami  doimiy  yamash’’dan 

kelib chiqqan harbiy davr hamkorligining, jamoatchilik ruhining mar- 

donavor harakati bo ‘Igan.  “Buyuk Britaniya zarbaga uchragan ”.  67

О ‘yinlar  televideniya  bo ‘sag 'asida  turgan



bunda,  о ‘yinlar hali 



televideniyaning  ta ’siri  ostida  madaniy  va  iqtisodiy  jihatdan 

о ‘zgarishi  uchun  yana  20  yil  kerak  bo'lgan.  1936-yildan  boshlab 

televideniyaning  rivojlanishi,  Olimpiya  о ‘yinlari  va  FIFAni  futbol 

bo ‘yicha  Jahon  chempionatlari  kabi  eng  muhim  yirik  sport 

tadbirlarini  Umumjahon  ко ‘rgazmalariga  nisbatan  ancha  muhim 

bo ‘lishiga olib keldi.  Bugun  Olimpiya о ‘yinlari -  bu,  davlat siyosatini 

ilgari  surish  va  infrastrukturaga  investitsiyalarni  jalb  qilishning 

nafaqat  kuchli  richagi  hisoblanadi,  davlat  investitsiyalari,  shaxsiy 

foyda  kabilar  ham  -  jahonni yagona fazo  sifatidagi  konsepsiyasini

asosiy  ishtirokchisi  hisoblanadi.  Eng yirik sport  tadbirlarini,  ayniqsa 

(va  nafaqat),  ularni  biron  narsada  ifodalangan  shaklini,  zamonaviy 

dunyoni yaratilishi  va  betakrorligini  qayta  tiklaydigan  vositalaming 

biri ta ’minlaydi.  Ular,  “zamonaviy  bosqichni  tavsiflaydigan xotirada 

va kutishda,  uzoq hayot dunyosida  vaqtli  va fazoviy  istiqbolni tiklash 

va qaytadan takrorlash

 ” 


imkonini beradi.

Bugungi  kunda, 

Olimpiya  о ‘yinlarining  asosiy  iqtisodiy 

harakatga  keltiruvchi  kuchlari jahon  hamjamiyatining globallashuvi, 

transmilliy  korporatsiyalar, 

shaharlarni  modernizatsiya  qilish, 

iste'mol  va  yangi  urbanizatsiya  bilan  bog ‘liq.  Agarda,  1908-yili 

diqqat  markazida  savdo  va  ishlab  chiqarish  b o ‘Igan  b o ‘Isa,  2012- 

yilga kelib,  tomoshalar va iste ’mol savdo markazlari tufayli,  markaziy 

masalalar bo ‘lib qoldi.68

Olimpiya 

o'yinlarining 

dasturi. 

Olimpiya 

harakati 

rivojlanishining  dastlabki  davrida,  1896-yilda  olimpiya  dasturiga  9  ta 

sport turlari  va  43  ta  sport  musobaqalari  kiritilgan  bo'lsa,  2014-yilda 

ularning  soni  37  ta  sport  turlari  va  301  ta  sport  musobaqa  turlarini 

tashkil  etdi.  1924-yilda  qishki  olimpiya  sport  turlarining  soni  7  ta  va 

qishki  sport  musobaqa  turlari  39  ta  bo'lgan.  2014-yilda  esa  qishki 

Olimpiya  o ‘yinlari  dasturiga  15  ta  sport  turlari  va  80  ta  sport 

musobaqa turlari kiritilgan.



Olimpiya  o'yinlari  dasturi  -   bu  XOQ  tomonidan  tasdiqlangan 

Olimpiya  o'yinlari  uchun  sport  turlari  va  sport  musobaqalarining 

ro'yxati.  Dastur  olimpiya  sportining  muhim  jihatlaridan  biri  bo'Jib, 

uning  tuzilishi  Olimpiya  o'yinlari  ommaviyligining  o'sishiga  ta’sir 

etadi va jahonda sport rivojining strategiyasini belgilab beradi.

Olimpiya  o'yinlari  dasturining  rivojlanishi  turli  omillarning 

ta'siri bo'yicha to'rtta asosiy davrdan iborat:

1. 


1896-1912-yillarda 

olimpiya 

dasturi 

Tashkiliy 

qo'mita 

tomonidan  tuzilgan  va  barqaror  bo'Imagan.  Olimpiya  dasturining 

o'zgarishiga  Pyer  de  Kubertenning  fikri  va  shaxsiy  pozitsiyasi  o'z 

ta’sirini ko'rsatgan.

Si.  1912-1952-yillarda 

olimpiya 

dasturining 

shakllanish 

jarayoniga  XOQ  faoliyatining  ta’siri  kuchli  bo'lgan.  XOQ  mustaqil 

ravishda olimpiya dasturlari mazmunini belgilagan.



ill.  1952-1980-yilIarda  olimpiya  dasturi  siyosiy  va  mafkuraviy 

omillar ta’sirida shakllangan.

IV.  1980-yillardan  hozirgi  davrgacha  olimpiya  dasturining 

mazmuniga siyosiy omillar bilan bir qatorda iqtisodiy omillar ham o ‘z 

ta'sirini ko‘rsatmoqda.

Olimpiya  dasturi  bilan  bogiiq  masalalar  1907-yil  XOQning  7- 

sessiyasida  ilk  bor  muhokama  qilingan  va  bunda  Londonda 

o‘tkaziladigan Olimpiya o ‘yinlarining dasturi tasdiqlangan.  1909-yilda 

XOQning 

11-sessiyasida  olimpiya  dasturini  tuzish  jarayonida 

Olimpiya  o‘yinlari  xalqaro  sport  musobaqa  ekanligi  va  uiar 

tashkilotchi  mamlakatlarga  qulay  sport  musobaqalaridan  iborat 

boMishiga  e’tibor  berish  kerakligi  ta’kidlangan.  1912-yilda  XOQning 

15-sessiyasida  sport  turi  6  ta  mamlakatda  keng  rivojlangan  bo‘lsa 

dasturga kiritilishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

1920-yildan  boshlab  olimpiya  dasturiga  sport  turlarini  kiritish 

faqat  XOQ  tomonidan  amalga  oshirilgan.  Sport  turlariga  qo'yilgan 

talabiar ham yildan-yilga o ‘zgarib borgan va qiziqishi kamaygan sport 

turlari dasturga kiritilmagan.

Xalqaro  olimpiya  harakati  rivojlanishming  dastlabki  yillarida 

olimpiya dasturiga  faqat sportning havaskor turlari kiritilgan.  Shuning 

uchun  1928-yilda dasturdan tennis chiqarilgan.  1979-yildan esa dastur 

sport turlarining kontinentlarda keng rivojlanganlik mezonlariga ko‘ra 

tuzilgan.  Hozirgi  davrda  Olimpiya  xartiyasiga  binoan  olimpiya 

dasturiga  XOQ  tomonidan  tan  olingan,  yozgi  sport  turlari  erkaklar 

uchun  jahonning  75  ta  mamlakatlar  va  to‘rtta  kontinentida,  ayollar 

uchun  40  ta  mamlakatlar  va  uchta  kontinentda  keng  ommalashgan 

boMishi  shart.  Qishki  Olimpiya  o‘yinlari  dasturiga  jahonning  25  ta 

mamlakatlari  va  uchta  kontinentida  keng  rivojlangan  qishki  sport 

turlari kiritiladi.

Olimpiya  o ‘yinlari  dasturiga  sport  turlarini  kiritish  va  ularni 

dasturdan  chiqarish  huquqi  faqat  Xalqaro  Olimpiya  qo‘mitasiga 

berilgan.  Olimpiya  dasturiga  oid  barcha  masalalar  XOQ  sessiyasi, 

Ijroiya qo‘mitasi tomonidan muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.  1968- 

yilda  XOQning  67-sessiyasida  olimpiya  dasturi  bo‘yicha  doimiy 

Hay’at  tuzilgan.  Hay’at  olimpiya  dasturini  tuzish  bo‘yicha  amaliy 

tavsiyalarni  tasdiqlagan,  dasturning  mazmuni  va  aniq  mezonlarini 

belgilab bergan.



Olimpiya  o'yinlarini  tashkil  qilish  va  o‘tkazish  tartibi.

Olimpiya  xartiyasi  bo'yicha  Olimpiya  o'yinlari  har  4  yilda  bir  marta 

o'tkaziladi. 

1994-yildan 

boshlab 

yozgi 


va 

qishki 


olimpiya 

o'yinlarining  orasidagi  farq  ikki  yilni  tashkil  qiladi.  Yozgi  olimpiya 

o'yinlari  16 kun va qishki olimpiya o'yinlari  12 kun davom etadi.

Olimpiya o'yinlari planetar ahamiyatga ega bayram bo'lib, ulami 

yuqori  saviyada  tashkil  qilish  va  o'tkazish  har  bir  mamlakat  uchun 

katta  sharafdir.  Olimpiya  o'yinlarini  o'tkazish  huquqi  XOQ 

tomonidan  tanlangan  va  tasdiqlangan  shaharga  beriladi.  Nomzod 

shaharlar  tomonidan  XOQ  Ijroiya  qo'mitasiga  berilgan  talabnomada 

Olimpiya o'yinlarini o'tkazish vaqti va sanasi ko'rsatiladi.

Olimpiya  o'yinlarini  o'tkazish  uchun  shaharni  tan lab  olish 

huquqiga  faqat  XOQ  egadir.  Shahar  nomzodi  mamlakat  emas, 

shahaming  nomidan  tavsiya  qilinadi.  Nomzod  shahar  hokimiyatining 

talabnomasi  mazkur  mamlakatning  hukumati  va  milliy  olimpiya 

qo'mitasi  tomonidan  ma’qullangan  bo'lishi  kerak.  Bunda  milliy 

olimpiya  qo'mitasi  shahaming  o 'z  zimmasiga  olgan  barcha 

majburiyatlari uchun mas’ul tashkilot hisoblanadi.

XOQ  Ijroiya  qo'mitasi  tomonidan  “Nomzod  shaharlar  uchun 

shartlar”  ishlab  chiqilgan  bo'lib,  har  bir  nomzod  shahar  ushbu 

shartlarga  rioya  qilishi  to'g'risidagi  kafolat  hujjatini  XOQga  yozma 

ravishda  taqdim  etishi  kerak.  Ushbu  “Shartlar”da  Olimpiya 

o'yinlarining  Olimpiya  Xartiyasi  va  olimpiya  sport  turlari  bo'yicha 

Xalqaro  sport  federatsiyalarining  talablariga  muvofiq  o'tkazilishi 

kafolatlangan.  Ular  xavfsizlikni  ta’minlash,  moddiy  va  moliyaviy 

kafolatlardan iborat. Barcha nomzod shaharlar XOQ sessiyasidan 6 oy 

oldin Ijroiya qo'mitaga moliyaviy kafolatlarini berishi lozim.

1999-yilda  XOQning  110-sessiyasida  ikki  bosqichdan  iborat 

tanlov  qoidalari  tasdiqlangan.  Tanlovning  birinchi  bosqichida 

XOQning  ma’muriy  vakillari  va  tashqi  ekspertlardan  tuzilgan  ishchi 

guruh  nomzod  shaharlardagi  asosiy  texnik  talablarni  o'rganib,  XOQ 

Ijroiya  qo'mitasiga  ma’lumotlarni  beradi.  Ijroiya  qo'mita  tanlovning 

birinchi  bosqichidan  o'tgan  nomzod  shaharlar  ro'yxatini  tasdiqlaydi. 

XOQ  Ijroiya  qo'mitasiga  nomzod  shaharlar  to'g'risida  barcha 

ma’lumotlar taqdim  etilganidan  so'ng  tanlovning  ikkinchi  bosqichida 

XOQning  nomzodlarni  baholash  Hay’ati  har  bir  shaharga  tashrif 

buyuradi.  Hay’at  tarkibi  olimpiya  harakatining  barcha  tashkilotlari 

XOQ, 


XSF,  MOQ,  Xalqaro  Paralimpiya  qo'mitasi  a’zolari,

sportchilar,  ekspertlardan  iborat  bo'ladi.  Nomzodlami  baholash 

Hay’ati  har  bir  nomzodni  o‘rganib  chiqib,  shahardagi  sport 

inshootlarini  tekshirib, 

nomzod  shahar  tanlovi  o‘tkaziladigan 

sessiyagacha  bo‘lgan  ikki  oy  muddat  ichida  har  bir  nomzod 

to‘g‘risidagi yozma hisobotni XOQga berishi lozim.

Olimpiya  o‘yinlarini  o ‘tkazish  uchun  nomzod  shaharlarni  ko‘rib 

chiqish jarayoni qo‘yidagi asosiy tadbirlardan iborat:

■  XOQ va nomzod shaharlarning axborot uchrashuvi;

■  Nomzodni  ko‘rib  chiqish  jarayoni  to‘g‘risidagi  tadbirlami 

imzolash;

■  Nomzod taqdimoti  uchun  uning emblemasini yaratish;

■  XOQ 

Ijroiya 


qo‘mitasiga 

nomzod 


shahar 

kichik 


delegatsiyasining  taqdimoti.  Taqdimot  maqsadi  -  XOQ  Ijroiya 

qo‘mitasini  nomzod shaharlarning o‘z rahbariyati va boshqaruvi  bilan 

tanishtirishdir;

■  XOQga  nomzod  shahaming  o ‘zi  haqidagi  ma’lumotlari  bilan 

birgalikda  150  ming  AQSH  doflari  miqdorida  badal  puli  to‘lanadi. 

Olimpiya o‘yinlarini  o‘tkazish  huquqini  olmagan nomzod  shaharlarga 

badal puli foizi bilan qaytariladi;

■  XOQ  Ijroiya  qo‘mitasi  tomonidan  nomzod  shaharlarni 

tasdiqlash  va  kelgusida  XOQ  sessiyasida  Olimpiya  o‘yinlari 

o‘tkaziladigan shahami  tanlash;

■  XOQ  sessiyasi  tomonidan  Olimpiya  o‘yinlari  o‘tkaziladigan 

shahami tanlash.

Olimpiya o‘yin!arini  tashkil  qilish  huquqini olish  uchun nomzod 

shahar  sessiyada qatnashayotgan  XOQ  a’zolarining  eng  ko‘p  ovozini 

to‘plashi  kerak  (ovozlarni  yarmi  va  yana  bir  ovoz).  Agarda  ovoz 

berishning  birinchi  va  keyingi  bosqichlarida  shaharlarning  hech  biri 

talab  etilgan  ovozlar  sonini  to‘play  olmasa,  ulardan  eng  kam  ovoz 

olgani  nomzodlar  orasidan  chiqariladi  va  ovoz  berishning  yangi 

bosqichi o‘tkaziladi.

Olimpiya  sportining obro‘sini  tushirishiga sabab  bo‘ladigan turli 

xil  qoidabuzarlik  va  suiiste’molchilik  holatlariga  yo‘l  qo‘ymaslik 

uchun XOQ tomonidan  Olimpiya o‘yinlarini  o‘tkazish  uchun  nomzod 

shaharlarni  tanlab  olishning  asosiy  tamoyillari  ishlab  chiqilgan.  Shu 

tarzda  nomzod  shaharlar  uchun  ma’lumotnoma  ishlab  chiqilgan 

bo‘lib,  uning moddalari  nomzodning  faylida yoritilishi  kerak.  Mazkur 

ma’lumotnomaning  mazmunida  bu  masalalar  bo'yicha  XOQning



bugungi  kundagi 

nuqtayi  nazari 

ifodalangan.  M a’lumotnoma 

mazmuni  18  ta  mavzudan  iborat:  nomzod  shahaming  milliy  va 

mintaqaviy  tavsifi;  huquqiy  asoslari;  bojxona  va  immigratsion 

rasmiyatchiliklar;  atrof-muhit  himoyasi  va  meteorologik  sharoitlar; 

moliya;  marketing;  umumiy  sport  konsepsiyasi;  sport  turlari; 

paralimpiya o ‘yinlari; olimpiya shaharchasi; tibbiy xizmat va sogMiqni 

saqlash  xizmati;  xavfsizlik;  joylashtirish;  transport;  texnologiyalar; 

aloqa va mediaservis xizmati; olimpizm va madaniyat; kafolatlar.

Hozirgi  kunda  Olimpiya  o‘yinlarini  tashkil  qilish  katta  moddiy 

xarajatlami  va ulkan  tayyorgarlik  ishlarini  talab  etadi.  Shuning  uchun 

talab  etilgan  moddiy-texnik  bazasi,  vositalari  va  ish  tajribasi  mavjud 

bo'lgan  shaharlar  Olimpiya  o ‘yinlarini  tashkil  qilish  va  o'tkazish 

imkoniyatiga 

ega. 


Bunda  tashkilotchi 

shaharga 

qo‘yiladigan 

talablarning  oshishi  va  ishtirokchilar  sonining  ko‘payishi  hisobidan 

Olimpiya  o'yinlarini  o'tkazish  qiymati  ham  yildan-yilga  o'sib 

borishini e’tiborga olish zarur.

Olimpiya  o'yinlarini  tashkil  qilish  va  ularga  qadar  tayyorgarlik 

ishlari  XOQ  tomonidan  shahar  joylashgan  mamlakatning  Milliy 

olimpiya  qo'mitasiga  topshiriladi.  Olimpiya  o'yinlariga  mezbon 

bo'ladigan  shahar  e ’lon  qilingandan  keyin  XOQ  va  MOQ  o'rtasida 

shartnoma tuzilib,  bunda tashkilotchi shahaming majburiyatlari  bayon 

etiladi.  Shartnoma  imzolangandan  so‘ng  5  oy  muddat  ichida  MOQ 

Olimpiya  o'yinlarining  Tashkiliy  qo‘mitasini  tuzishi  kerak.  Tashkiliy 

qo'mita ta’sis  etilgan  kunidan boshlab  bevosita XOQ bilan bog‘lanib, 

uning  instruksiyasini  oladi.  Tashkiliy  qo'mitasi  yuridik  shaxs 

maqomiga  ega  bo'lishi  lozim.  Tashkiliy  qo'mita  tarkibiga  jamoat 

arboblari  va  mutasaddi  rahbarlardan  tashqari  o'sha  mamlakatdan 

bo'lgan  XOQ  a’zolari,  MOQ  prezidenti  va  bosh  kotibi,  tashkilotchi 

shahaming vakili kiritiladi.

Olimpiya  o ‘yinlari  tashkiliy  qo'm itasi  faoliyatining  asosiy 

mazmuni quyidagi ishlardan iborat:

■  Olimpiya  dasturida  har  bir  sport  turi  uchun  teng  sharoitlami 

hamda 

olimpiya 



musobaqalarini 

XSF 


qoidalariga 

muvofiq 


o'tkazilishini ta ’minlash;

■  Olimpiya o'yinlari  o'tkaziladigan shahar hamda uning atrofida 

siyosiy namoyishlar va chiqishlarga yo‘l qo'ymaslik;


■  Olimpiya  o‘yinlari  o‘tkazish  uchun  sport  inshootlarini  tanlab 

olish yoki zaruriyat paydo bo‘lsa ularni yaratish,  barcha zarur jihozlar 

bilan ta’minlash;

■  Sportchilar, 

rasmiy 

vakillar, 



yordamchi 

personallami 

joylashtirish;

■  Tibbiy xizmatni tashkil qilish;

■  Transport muammolarini hal etish;

■  0 ‘yinlar jarayonini  yoritish  uchun ommaviy axborot vositalari 

talablarini qoniqtirish;

■  Olimpiya  o‘yinlari  o‘tkazishning  ajralmas  qismi  boMgan 

madaniy tadbirlami tashkil qilish;

■  Olimpiya  o‘yinlari  to‘g‘risida  ikkita  rasmiy  tillarda  yakuniy 

hisobotni  taqdim  etish  va  uni  o ‘yinlardan  so‘ng  ikki  yil  mobaynida 

tarqatish.



“Olimpiya  o'yinlarini  tashkil  qilishni  kim  ta ’minlaydi?  Ushbu 

masalaga ikkita asosiy tashkilotlar

 ~ 


Olimpiya о ‘yinlarining Tashkiliy 

q o ‘mitasi  (OCOG)  va  Olimpiya  о ‘yinlarini  о 'tkazish  bo 'yicha 

Qo'mita  (ODA)  jalb  qilingan.  OCOG  o ‘tkazishni  tashkil  qilishga 

javob  beradi,  ODA  esa,  infrastrukturani  ta'minlashga javobgardir. 

Keyinchalik,  qo ‘shimcha organ ta ’sis  qilingan bo ‘lib,  unga,  Olimpiya 

о ‘yinlari yakunlanganidan  keyin  olimpiya  obyektlaridan foydalanish 

yoki  ularni  utilizatsiya  qilishni  tashkil  qilish  uchun  majburiyat 

yuklangan. 

Milliy 

olimpiya 

qo ‘mitasi

 

-  



tender  jamoasini 

shakllantirishga 

ko‘maklashgan 

holda, 

Olimpiya 

o'yinlarini 

o'tkazishga  talabnomani  shakllantiradi,  lekin  talabnoma  g'olib  deb 

topilganidan  keyin,  tashkiliy  qo ‘mitani  tuzish  zarur  bo ‘lib,  u, 

Olimpiya  о ‘yinlarini  tashkilotchisi  bo ‘Igan  shahar  va  qabul  qiluvchi 

mamlakat manfaatlarini himoya qilishi ham lozim.

Buning  sarf-xarajatlari  qancha  bo'ladi?  Olimpiya  o'yinlarini 

moliyalashtirishni  ikkita  tarkibiy qismlarga  ajratish  qabul qilingan  -  

Olimpiya  о ‘yinlarini  о ‘tkazish  sarf-xarajatlari  va  obyektlarni 

ta ’minlash  sarf-xarajatlari.  Olimpiya  о ‘yinlarini  о ‘tkazish  budjeti 

televideniya  va XOQ  homiylarining  daromadlari,  chiptalarni  sotish, 

mahalliy homiylik va tovarlar savdo-sotig‘ining ulushi ekspluatatsion 

sarf-xarajatlarm qoplashini oldindan hisoblashga asoslangan.

Ushbu 

mablag'lar 

nimalarga 

ishlatiladi? 

Qurilishning 

boshlanishidan  favquloddagi  sarf-xarajatlar  fondining  ko'p  qismi 

foydalanish  uchun  qo ‘llanilgan yoki  assignatsiya  qilingan.  Olimpiya

о ‘yinlarini  о ‘tkazish  bo ‘yicha  Qo ‘mita  loyihalarni  boshqaruvchi 

guruhni  yollaydi,  и,  о 'z  navbatida,  subpudratchi  quruvchilar  bilan 

ishlarni amalga oshirish bo ‘yicha shartnomalarni tuzadi.

Asosiy  vazifalar  -   qurilish  maydonlarini  tayyorlash  va  asosiy 

stadionni,  suv  markazini,  kattaligi  b o ‘yicha  kichikroq  b o ‘Igan  bir 

qator  stadionlarni,  Olimpiya  shaharchasini,  axborot-markazini  va 

translatsiya markazini qurish hisoblanadi.69

Ushbu  sarf-xarajatlar  oldingi  Olimpiya  о ‘yinlarini  о ‘tkazish 

bo ‘yicha  sarf-xarajatlar  bilan  qanday. nisbatda  bo ‘ladi?  Har  bir 

Olimpiya  о ‘yinlari  hisob-kitobning  xususiy  usullariga  ega  b o ‘ladi, 

holatlar  bir  mamlakatdan  boshqasiga  qarab  о ‘zgaradi,  valuta 

ayirboshlash  kursi  va  injlatsiyaning farq  qilitvchi  darajalari  hisob- 

kitoblami  murakkablashtiradi.  Olimpiya  о ‘yinlari  bilan  b o g ‘liq 

bo ‘Igan infrastrukturali xarajatlarni kiritilishi yoki olib tashlanishi bir 

Olimpiya  o'yinidan  boshqasiga  qarab  variatsiya  qiladi.  Odatda, 

hukumatlar  aniq  sarf-xarajatlarni  kamaytirib  ko'rsatishga  harakat 

qilishadi, 

ayrim 

sarf-xarajatlar 

umumiy 

davlat 

budjetida 

yashiringanligini  ta ’kidlashadi.  Shunga  qaramasdan,  ikkinchi jahon 

urushidan  boshlab,  inflatsiyadan  tashqari,  ushbu  umumiy sxemadagi 

ayrim og ‘ishlar bilan sarf-xarajatlarning о ‘sishi kuzatiladi.

Monrealdagi 1976-yilgi о ‘yinlarning sarf-xarajatlari nazoratdan 

chiqib ketgan va asosiy stadionning qurilishi juda qimmatga tushgan. 

Los-Andjelesda  (1984-yil)  fuqarolar  shahar  hisobidan  davlat 

tomonidan  moliyalashtirishga  qarshi  ovoz  berishganidan  keyin



Olimpiya о ‘yinlarini tashkil qilish  uchun mas ’uliyatli bo 'Igan xususiy 



qo ‘mita  sarf-xarajatlarni  chegaralanishiga  nisbatan  juda  katta 

bosimga  uchragan.  Buning  oqibatida,  yangi  obyektlarga juda  kam 

mablag' 

ajratilgan. 

Shahar 

tomonidan 

Olimpiya  о ‘yinlarini 

о ‘tkazishga sarf-xarajatlarga kiritilmagan va shu tufayli sun ’iy tarzda 

pasaytirilgan  transportni,  qo ‘riqlashni  va  boshqa  xizmatlarni 

ta ’minlash  ко ‘rinishidagi  ancha  darajadagi  qo ‘llab-quwatlash 

amalga oshirilgan.

Bunga  qarama-qarshi  tarzda  Pekin  uchun  sarf-xarajatlar 

infrastrukturaga  bo 'Igan  ancha  darajadagi  umumiy  sarflarni  о ‘z 

ichiga  olgan,  masalan,  oldingi  Olimpiya  о ‘yinlarini  о ‘tkazishga 

kiritilmagan  transport  loyihalari  kiritilgan.  Olimpiya  о ‘yinlarini

о ‘tkazishga  beriladigan  arizalar  oddiygina  berilmaydi,  ular,  bizning 

davrimizda,  Xalqaro  Olimpiya  Qo ‘mitasining о 'yinlarni tashkil qilish 

xohishi mahsuli va muhim katalizator hisoblanadi./0

Olimpiya  o'yinlarini  о ‘tkazishga  arizani  berish

  -  


bu,  uzoq 

muddatli  va  qimmat  turadigan  jarayon  bo ‘lib,  milliy  hukumat 

tomonidan  ham  va hududiy hokimiyatlar tomonidan  ham  hamkorlikni 

va  faol  qo ‘llab-quwatlashni  talab  qiladi.  Olimpiya  о ‘yinlarini

о ‘tkazish  infrastrukturaga  katta  davlat  mablag 'larini  talab  qiladi. 

Ushbu  sarf-xarajatlarni  15  kunlik  tadbirni  o'tkazishni  tashkil  qilish 

asosidagina  asoslash,  u,  jahon  miqyosida  jozibali  bo ‘lishiga 

qaramasdan,  borgan sari qiyin bo ‘Imoqda.

Hukumatlar va siyosiy partiyalarni Olimpiya о ‘yinlarining keng 

qamrovliligi  va  ommaviy  axborot  vositalari  tomonidan  keng  targ'ib 

qilinishi  hamda  xalqni,  umuman  olganda,  birlashtiruvchi  va 

shijoatiga potensial tarzda ijobiy ta ’sir ко ‘rsatishi jalb etiladi.

Shaharsozlar,  Olimpiya о ‘yinlarini hattoki ariza g ‘olib chiqmasa 

ham  strategik  loyihalar  uchun  -  yangi  avtomobil  va  temir yo  ‘liar, 

sanoatning  rivojlanishi  va  uy-joy  qurilishi  uchun  moliyalashtirish 

vositalarini  olish  sifatida  qabul  qiladi.  Arxitektorlami  stadionlar  va 

boshqa  binolami  qurlishi  uchun  moliyalashtirishni  olish  imkoni 

o'ziga  jalb  qiladi.  Quruvchilar  va  ular  bilan  bog'liq  bo'lgan 

subpudratchilar  yirik  pudratli  ishlarni  olish  imkonini  ко ‘rishadi. 

Mahalliy  siyosatchilar yangi  bog ‘larni  va  sport  inshootlarini  barpo 

bo'lishi  hamda  mahalliy  aholini  ish  bilan  ta ’minlanishi  imkonini 

nazarda tutishadi.

Afmadagi  1896-yilgi  Olimpiya  о 'yinlaridan  keyingi  uchta 

Olimpiya  о ‘yinlari  xalqaro  ко ‘rgazmalar  va  savdo  yarmarkalariga 

qo ‘shimcha  sifatida  о ‘tkazilgan.  Faqatgina  1920-yildan  keyin  ushbu 

tadbirning  ahamiyati  orta  bordi.  Hukumatlar  Olimpiya  о 'yinlarini 

milliy  iftixorni  namoyish  qilish  sifatida  idrok  qila  boshlashdi,  bu, 

1936-yili  “natsistlar

” 

Olimpiya  o'yinlarini  o'tkazilishi  paytida, 



ayniqsa,  ко ‘zga  tashlandi,  ushbu  о ‘yinlar  Germaniyaning  nemis 

millati  sifatidagi  ustuvorligini  va  kuch-qudratini  namoyish  qilishdan

iborat bo ‘Idi.  “Sovuq  urush

 ” 


yillarida  Olimpiya о ‘yinlari kurashning 

ramziy maydoniga aylandi.  71

Televideniyani 

1960-yildan 

boshlab 

tarqalishi  о ‘yinlarni 

ommaviy yoritilishini oshirdi va daromadlar oqimini doimiy ortishini 

yuzaga keltirdi.  Lekin Olimpiya о ‘yinlarini о ‘tkazishga sarf-xarqjatlar 

ham  orta  boshladi.  Monrealdagi  1976-yilgi  Olimpiya  o'yinlarini 

о ‘tkazishga  sarf-xarajatlar  budjetdan  shunchalik  ortiq  bo'lganki, 

aholi ushbu xarajatlarni yuz yillikning oxiriga qadar to ‘lashgan.  Los- 

Andjeles

  -  


Olimpiya  o'yinlari  sarf-xarajatlarni  qoplashi  va  hattoki 

‘‘o ‘sish”ini  (Xalqaro  Olimpiya  Q o ‘mitasi  “daromad”  degan  s o ‘zni 

qo ‘llamaydi)  yuzaga  keltirishi  mumkin,  degan  afsonani  yuzaga 

keltirgan.  Aslida  esa,  transport  infrastrukturasi,  jam oat  tartibini 

saqlash  va  xavfsizlikni  t a ’minlash  ko'rinishidagi  davlat  tomonidan 

yashirin qo ‘llab-quwatlash amalga oshirilgan.

Olimpiya о ‘yinlari bo ‘yicha hisobotni taqdim qilishda о ‘yinlarni

о ‘tkazishga  sarf-xarajatlar  va  Olimpiya  о ‘yinlarini  о ‘tkazishga 

tayyorgarlik  ко ‘rish  bilan  bog 'liq  bo ‘Igan  infrastrukturaga  sarf- 

xarajatlar tizimli tarzda ajratilgan.  Hisobot,  televideniya ekranlarida 

namoyish  qilishga  huquq  uchun,  homiylardan,  chiptalarni  va  boshqa 

tovarlarni  sotishdan  kelib  tushgan  mablag‘laming  ulushi  Tashkiliy 

qo ‘mita  tomonidan olingan mablag ‘larni to ‘liq  qoplashini ко ‘rsatishi 

mumkin.72

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 75%20Спорт
75%20Спорт -> Basketbol nazariyasi va uslubiyati
75%20Спорт -> Sh. X. Isroilov, Z. R. Nurimov, Sh. U. Abidov, S. R. Davletmuratov, A. A. Karimov sport va harakatli
75%20Спорт -> Sport pedagogik mahoratini oshirish yengil atletika
75%20Спорт -> G ’u L o m o V z. T., Nabiullin r. X. K a m ilo V a g. Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti
75%20Спорт -> A. Abduhamidov, H. Nasimov, U. Nosirov, J. Xusanov algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar toplam I
75%20Спорт -> A. g a z I y e V, I. Is r a IL o V, M. Y a X s h ib o y e V matematik analizdan misol va masalalar
75%20Спорт -> I ism o ilo V, T. Rizayev, X. M. Maxmudova fizikadan praktikum
75%20Спорт -> Sport universiteti I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari
75%20Спорт -> G im n a st ik a d a r sl a r id a in no va tsio n t e X n o L o g iy a L a r

Download 14.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling