L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati


  John  Horae,  Garry  Whannel.  Understanding  the  Olympics.  Routledge.  Taylor-Francis  Group


Download 14.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana21.12.2019
Hajmi14.1 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36

85  John  Horae,  Garry  Whannel.  Understanding  the  Olympics.  Routledge.  Taylor-Francis  Group. 

London and New  York.  2012. -   152 p.

86 O'sha kitob,  2 0 1 2 .-   153 b.

AQSH dan  xavfsizlikka  budjetni  oshirish  bo‘yicha  bosimni  his 

qilishini  anglatgan.  Gretsiya,  tadbir  vaqtida  rekord  1,5  milliard 

mablag‘ni  xavfsizlikka  sarf  qilgan,  xavfsizlikni  ta’minlash  uchun 

70 000 dan ortiq xodimlar xizmatidan foydalangan.

Hech  kim  “qal’a  ichidagi  Olimpiadani  xohlamaydi”,  lekin 

bunda,  sportchilarga  ham  va  tomoshabinlarga  ham  xavfsiz  muhit 

kerak. Xavfsizlik shundan iboratki, xavf-xatami boshqarish -  yetakchi 

kuch hisoblanadi va u, o ‘zicha o ‘yinlarni eslab qolinishi kerak bo‘lgan 

quvnoq hodisaga aylantiradigan tasodifiy tamoyillarni bostiradi” .

Usullaming  xilma-xilligi  bilan  birga,  nazorat  madaniyati 

Olimpiya o‘yinlarining ancha sezilarli belgisi bo'lib qoldi.

Mash’ala  estafetasi  -   mazmuni  bo‘yicha  bayramona  hodisa 

bo‘lib,  ko‘chadagi  odamlarni  Olimpiadani  o ‘z-o‘zidan  bayram 

qilishiga  imkoniyat  beradi.  Aslida,  mash’ala  estafetasining  ortib 

borayotgan  masshtabi  homiylar  tomonidan,  arenada  reklama  qilish 

man 


qilinganini 

hisobga 


olgan 

holda, 


maksimal 

reklama 


imkoniyatlarini olish ishtiyoqi bilan chaqirilgan.

2008-yilgi mash’ala estafetasi yo‘lining London  qismi bayroqlar, 

bannerlar,  gigant  qo‘lqoplar,  plakatlar  va  o‘z  brendlarini  ko‘rsatish 

uchun  qo‘llash  mumkin  bo‘lgan  barcha  narsalarni  namoyish  qilgan 

vakillar bilan to‘lib ketgan.

2008-yili  erkin  Tibet  tarafdorlari  mash’ala  estafetasidan  o ‘z 

talablarini  ilgari  surish  uchun  foydalanishlari  va  ayrim  guruhlar 

estafetani.  faol  tarzda  buzishga  urinayotganligi  ko‘rinib  turganligi 

tufayli,  mash’alani  sport  kiyimlarini  kiyib  olgan  harbiylar  tomonidan 

qo'riqlashga  to‘g‘ri  keldi,  ularning  roli  har  qanday  namoyishchilarni 

chetlatishdan iborat bo£ld i.87

Buyuk  Britaniyadagi  Xitoy  Xalq  Respublikasining  elchixonasi 

Buyuk  Britaniyada  istiqomat  qiladigan  xitoy]ik  talabalarni  kontr- 

namoyish qilish maqsadida safarbar qildi,  ular olqishlashlarni  baqirib, 

Xitoy 

bayrog‘ini 



baland 

ko‘tarishgan. 

Xitoy 

tashkilotchilari 



tomonidan  bayram  xarakteriga  ega  bo‘lgan  lomoshani  qo'yishga 

urinishlari,  kamaval  xarakteridagi  va  tashkilotchilar  va  homiylar 

qo‘lidan  tashabbusni  tortib  olgan  alternativ  siyosiy  teatrni  yuzaga 

keltirgan  guruhlar  tomonidan  puchga  chiqarildi.  Bu,  rejalashtirilgan 

tomosha buzilgan holatdagi ommaviy qiziqarli mi sol bo‘lgan.


Karnaval,  ko'chalar  tcrlgan  odamlami  nazarda  tutadi,  lekin 

Olimpiya  o‘yinlari  vaqtida  ko'chalar  Xalqaro  Olimpiya  Qo‘mitasi 

tomonidan  egallab  olfnadi.  OKOI ning  talablaridan  biri  shundan 

iboratki,  Xalqaro  Olimpiya  Qo‘mitasi  va  Olimpiya  oilasi  a’zolari 

uchun  mehmonxonalar  va  0 ‘yinlar  o‘tkaziladigan  joylar  o‘rtasidan 

tezkor o‘tish ta’minlanishi zarur.  Bu,  Olimpiada bilan  bog‘liq bo'lgan 

harakatlanishlar  ustuvorlikka  ega  bo‘ladigan  olimpiya  marshrutini 

belgilash  yo£li  orqali  bajariladi.  Bu,  harakatning  maxsus  olimpiya 

chiziqlarini,  svetofor  va  cborrahalardagi  ustuvorlikni  va  boshqa 

choralami o‘z ichiga olishi mumkin.

Olimpiya  o ‘yinlarini  o ‘tkazish  bo‘yicha  qo‘mita  2008-yilda 

hukumatdan “Olimpiya marshrutlari  tarmog‘i”ni  yaratishni  talab qildi 

va  olimpiya  yo‘l  harakati  ustuvorlikka  ega  bo‘ladigan  yo‘llarning 

ushbu 


tarmog‘i, 

Londondagi 

saytda 

(http://www.london 



2012.com/olympic-route-network)  2012-yilda  ko‘rsatilgan.  London 

aholisi,  ularning  shahrini  chet  elliklar  okupatsiya  qilganligini  va 

egallab  olganligini  sezishi  qiyin  bo'lmadi.  VIP-personalami  olib 

yurish  uchun  olimpiya  avtomobillarini  katta  darajada  qo‘llaniIishi, 

londonlik taksistlar uchun  yaxshi xabar  emasligi,  ehtimol.  1992-yilda 

Barselonada  taksistlar  o‘zlarining  eski  avtomobillarini  yangi  kichik 

hajmdagi  avtomobillarga  almashtirishlari  uchun  rag‘batlantirilgan  va 

ingliz tili va xushmuomalalik kurslarida o‘qidilar.88

Lekin  Barselonadagi  Tashkiliy  qo‘mita  Olimpiya  oilasi  uchun 

2000  tadan  ortiq  avtomobillarni,  OAV  uchun  avtobuslami  va  rasmiy 

olimpiya  yo‘l  harakati  uchun  tadbirlarni  o‘tkazilishi  joylariga 

chegaralangan borishni ta’minladi. Bu,  taksistlarni juda g‘azablantirib, 

ularning o‘n nafar yetakchilari ochlik e ’lon qilgan.

Bularning  birontasi  ham  o ‘yinlaming  bayramona  kattaligiga 

ta’sir qilmagan,  albatta,  lekin bayramonalik pasaygan, tartib va tashkil 

qilinishi bilan nazorat qilingan,  u,  kuzatish va politsiya nazorati ostiga 

olinadigan chegaralari belgilangan fazoga qo‘yilgan.


XuIosaJar

>  Qishki  Olimpiya  о‘yinlari  Xalqaro  sport  haftaligi  si fatida 

tashkil qilingan.

>  Qishki  Olimpiya o ‘yinlaridagi  natijalari,  qishki  olimpiya  sport 

turlarining  rivojlanish  darajasi  modcliy-texnika  bazaning  mavjudligi 

bilan bevosita bog‘liq.

>  Yozgi  va  qishki  Olimpiya  o‘yinlaming  rivojlanishi  bilan 

ularning  marosimlari ham, jumladan  ochilish  va yopilish  marosimlari 

rivojlangan.

^O lim piya  o‘yinlari  madaniy  tadbir  sifatida  festival,  bayram, 

kamaval hamda tomosha jihatlarini qamrab oladi.

Nazorat savollari:

Qishki  0 ‘yinlarni  o ‘tkazish  to‘g‘risidagi  qaror  qachon  qabul 

qilingan?

Birinchi qishki I Olimpiya o‘yinlari qachon o ‘tkazilgan?

Qishki Olimpiya o‘yinlari qanday xususiyatlarga ega?

Nechanchi yilgacha qishki  va yozgi  Olimpiya o ‘yinlari bir yilda 

o‘tkazilgan?

Nechanchi  yilda  yozgi  va  qishki  Olimpiya  o ‘yinlarining  oralig‘i

2 yilni tashkil etishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan?

Olimpiya  dasturiga  kiritilishi  uchun  qishki  sport  turi jahonning 

nechta mamlakatida keng rivojlangan bo‘iishi  kerak?

XVII  qishki  Olimpiya  o ‘yinlarida  umumjamoa  hisobida  O'zbe- 

kiston terma jamoasi nechanchi o‘rinni egallagan?

Kyorling qachon va qayerda paydo bo‘lgan?

Qachon  snoubording  musobaqalari  ilk  bor  Olimpiya  o‘yinlari 

dasturiga kiritilgan?

Qishki  Olimpiya  o‘yinlarida  ayollar  o ‘rtasida  birinchi  uch  karra 

olimpiya chempioni kim bo‘lgan?



16-§. Kontinental va regional o‘yin!ar

ш

Hozirgi  davrda  Olimpiya  sporti  bilan  bog1 liq  xalqaro  kompleks 

sport  musobaqalari  quyidagi  guruhlarga  ajratiladi:  Kontinental 

o ‘yinlar, Regional o ‘yinIar, Butunjahon Universiadalari, Jahon yoshlar 

o'yinlari, Milliy, diniy, kasbiy va boshqa xususiyatlarga ega o‘yinlar.

Kontinental  o‘yin!ar  Osiyo,  Amerika,  Afrika  qit’alarining 

MOQ  assotsiatsiyalari  tomonidan  o‘tkaziladigan  xalqaro  kompleks 

musobaqalardir.  Kontinental  o'yinlar  tarkibiga  Panamerika,  Osiyo  va 

Afrika  o‘yinlari  kiradi.  Ularda  bir  qit’a  mamlakatlarining  sportchilari 

ishtirok etishi mumkin.

Olimpiya  sporti  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  uyushma  va  birlashmalar 

tomonidan  milliy,  diniy,  kasbiy  va  boshqa  xususiyatlarga  ko‘ra  ham 

turli  musobaqalar  muntazam  ravishda  tashkil  etilmoqda.  1922-yildan 

1934-yilgacha  ayollar  o'yinlari  o'tkazilgan.  Quyidagi  xalqaro 

kompleks  sport  musobaqalari  o'tkazilmoqda:  tibbiy  reabilitatsion 

yo'nalishdagi  o'yinlar,  kasbiy  o‘yinlar,  o'quvchi  yoshlar  o ‘yinlari, 

faxriylar  o ‘yinlari,  tijorat  yo'nalishidagi  o'yinlar,  ayrim  sport 

federatsiyalar o'yinlari, bo‘yi past odamlar o'yinlari,  ijtimoiy-madaniy 

yo'nalishdagi  o ‘yinlar  va  h.k.  Bulardan  tashqari  XOQ  rahbarligida 

MDH,  Boltiq  va  Rossiya  hududlari  davlatlarining  (sobiq mustamlaka 

yoki  ittifoq  davlatlar)  hamdo'stlik  davlatlar  o‘yinlari,  xalqaro  yoshlar 

o ‘yinlari  o'tkaziladi.  Olimpiya  sporti  bilan  bog'liq  xalqaro  kompleks 

sport musobaqalari olimpizm g‘oyalariga asoslangan.



Osiyo  o ‘yinlari  —  Osiyo  qit’asida  XOQ  va  Osiyo  Olimpiya 

Kengashi  rahbarligida  o'tkaziladigan  xalqaro  kompleks  musoba- 

qalaridir (24-jadval).

yozgi  Osiyo  o ‘yinlari  1951-yil  Dehli  shahrida  (Hindiston) 



bo‘lib  o‘tgan.  Osiyo  o‘yinlari  1951-yildan  boshlab  olimpiya  sport 

turlari  bo'yicha  har  4  yilda  bir  marta  o'tkazilmoqda.  Osiyo  o'yinlari 

Olimpiya  o'yinlaridan  2  yil  o'tgandan  so'ng  o'tkaziladi.  O'yinlarda 

Osiyo  mamlakatlarining  havaskor  sportchilari  qatnashishi  mumkin. 

Hozirgi  davrda  Osiyo  o'yinlarida  40  dan  ortiq  mamlakat  sportchilari 

qatnashib.  42  ta  sport  turidan  470  ta  medallar  jamlanmasi  uchun 

musobaqalar o'tkaziladi.

Osiyo  o'yinlarining  tarixi  Uzoq  Sharq  chempionatlari  bilan 

bog'liq  bo'lib,  ular  1913-yildan  1934-yilgacha  asosan  Xitoy, 

Yaponiya  va  Filippin  vakillari  o'rtasida  tashkil  qilingan  edi.  Osiyo



qit’asida  olimpiya  sport  turlarini  yanada  ommalashtirish  maqsadida 

1949-yilda  Osiyo  о ‘yinlari  Federatsiyasi  tuzilgan  va  uning  dastlabki 

majlisida  Osiyo  o‘yinlarini  o‘tkazish  to ‘g‘risidagi  qaror  qabul 

qilingan.  1949-yilda  Dehlida  Osiyo  o'yinlari  Federatsiyasining 

tashabbuskorlari  va  ta’siscliilari  Afg‘oniston,  Birma,  Hindiston, 

Pokiston  va  Filippin  davlatlari  bo'lgan  bo‘lsa,  keyin  boshqa 

mamlakatlar ham qo‘shildi va ularning soni 20 taga yetdi.

Osiyo  o‘yinlari  Federatsiyasi  XOQ  tomonidan  1982-yilda  tan 

olingan.  1982-yii  16-noyabrda Nyu-Dehli  shahrida bo‘lib o ‘tgan Bosh 

assambleya  yig‘ilishida  Federatsiya  nomi  Osiyo  Olimpiya  Kengashi, 

deb o‘zgartirilgan.

24-jadval

Yozgi Osiyo o‘yinlari

О ‘yin

Yil

Shahar, davlat

Davlat

Sport

turi

Sportchi

soni

I

1951



Dehli, Hindiston

11

6



500

II

1954



Manila, Filippin

18

8



1241

III


1958

Tokio, Yaponiya

20

13

1692



IV

1962


Jakarta, Indoneziya

17

13



1527

V

1966



Bangkok, Tailand

18

14



2500

VI

1970



Bangkok, Tailand

18

13



2500

VII


1974

Texron, Eron

25

16

3000



VIII

1978


Bangkok, Tailand

25

19



4000

IX

1982



Dehli, Hindiston

33

21



4500

X

1986



Seul, Janubiy Koreya

27

25



4839

XI

1990



Pekin, Xitoy

37

27



6122

XII


1994

Xirosima, Yaponiya

42

34

7300



XIII

1998


Bangkok, Tailand

41

36



9141

XIV


2002

Pusan, Koreya

44

38

9919



XV

2006


Doha, Qatar

45

37



8753

XVI


2010

Guanchjou, Xitoy

45

42

9704



XVII

2014


Inchxon, Jan. Koreya

45

42



9700

Hozirgi  davrda Osiyo  Olimpiya Kengashiga Osiyo  qit’asidan 44 

ta  davlat,  jumladan,  Markaziy  Osiyo  mintaqasidan  beshta  mustaqil


davlatlar  -   0 ‘zbekiston,  Qozog‘iston,  Turkmaniston,  Qirg‘iziston, 

Tojikiston  kirgan.  Osiyo  o ‘yinlarida  ishtirokchilar  soni  muntazam 

kengaymoqda  va  dasturga  kiritilgan  sport  turlari  ham  yildan-yilga 

ko‘payib  bormoqda.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  terma  jamoasi 

1994-yildan boshlab Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib kelmoqda.

XII 


yozgi  Osiyo  o‘yinlari 

1994-yil  Xirosima  shahrida 

(Yaponiya) bo‘lib  o‘tgan. Bu Osiyo o‘yinlarida 7300 nafar sportchilar 

34 ta sport turi bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan va 337 ta medallar 

komplekti  uchun kurash  olib borilgan.  0 ‘zbekiston sportchilari Osiyo 

o ‘yinlarida  ilk  bor  qatnashib,  umumjamoa  hisobida  42  ta  mamlakat 

ichida 5-o‘rinni egallagan (jadvallami qarang).

XII yozgi Osiyo o‘yinIarining natijalari

O'rin

Mamlakat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Xitoy



125

83

58



266

2

Yaponiya



64

75

79



218

3

Janubiy



Koreya

63

56



64

183


4

Qozog‘iston

25

26

26



77

5

O‘zbekiston

10

11

19

40

17

Turkmaniston



1

3

3



7

23

Qirg‘iziston



0

4

5



9

32



Tojikiston

0

0

2

2



XIII 

yozgi  Osiyo  o‘yinlari  1998-yil  6-20-dekabr  kunlari 

Bangkok  shahrida  (Tailand)  o‘tkazilgan.  0 ‘yinlarda  41  ta  mamlakat- 

lardan  6554  sportchi  qatnashgan.  0 ‘yinlarda 44  ta sport turi  bo‘yicha 

musobaqalar o‘tqazilgan 379 ta oltin,  kumush va 478 ta bronza medal- 

lari uchun kurash olib bordilar. Respublikamiz sportchilari Bangkokda 

o ‘tkazilgan  XIII  Osiyo  o‘yinlarida  0 ‘zbekiston  terma  jamoasi 

qit’aning  41  mamlakatlari  orasida  10-o‘rinni  egallagan  (jadvalni 



qarang).

XIV 


yozgi  Osiyo  o‘yinlari  Pusan  shahrida  (Janubiy  Koreya) 

2002-yil  29-sentabr -   14-oktabr kunlari o‘tkazilgan.  O'yinlarda Osiyo 

qit’asining  44  mamlakatlaridan  7711  nafar  sportchilar  ishtirok  etgan. 

Musobaqalar  38  sport turi  bo‘yicha  419 ta medallar jamlamasi  uchun 

olib borilgan.


0 ‘rin

M am lakat

oltin

kuniush


bronza

Jam i


1

Xitoy


129

78

67



274

2

Janubiy Koreya



65

46

53



164

3

Yaponiya



52

61

68



181

4

Tailand



24

26

40



90

5

Qozog‘iston



24

24

30



78

10

O ‘zbekiston



6

22

12



40

23

Turkmaniston



1

0

1



2

24

Qirg‘iziston



0

3

3



6

XV yozgi  Osiyo o ‘yinlari Doha  shahrida  (Qatar)  2006-yil  1-15- 

dekabr  kunlari  o‘tkazilgan.  0 ‘yinlarda  9520  nafar  sportchilar 

qatnashgan.  Musobaqalarda  39  sport  turlari  bo‘yicha  424  medallar 

jamlamasi uchun bo‘lib o‘tgan.

XVI  yozgi  Osiyo  o'yinlari  2010-yil  12-27-noyabr  kunlari 

Guanjou  (Xitoy).  0 ‘yinlarda  45  ta  mamlakatdan  9704  sportchi 

ishtirok etgan.

XVII  yozgi  Osiyo  o‘yirriari  2014-yil  19-sentabr  -   4-oktabr 

kunlari Inchxon shahrida (Janubiy Koreya)  o‘tkazilgan.  0 ‘yinlarda 45 

ta  mamlakatdan  9700  sportchi  ishtirok  etgan  (quyidagi jadvallami 

qarang).

XIV yozgi Osiyo o'yinlarining n atijalari

0 ‘rin

M am lakat



oltin

kum ush


bronza

Jam i


1

Xitoy


150

84

74



308

2

Janubiy Koreya



96

80

84



260

3

Yaponiya



44

74

72



190

4

Qozog‘iston



20

26

30



76

5

O ‘zbekiston



15

12

24



51

20

Qirg‘iziston



2

4

6



12

25

Turkmaniston



1

2

1



4

28

Tojikiston



0

2

4



6

0 ‘rin

Mamlakat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Xitoy


165

88

63

316



2

Janubiy Koreya

58

52

82



192

3

Yaponiya



50

71

78



199

4

Qozog‘iston



23

20

42



85

7

O‘zbekiston

11

14

15

40

24

Tojikiston



2

0

2



4

28

Qirg‘iziston



0

2

6



8

33

Turkmaniston



•  0

1

0



1

XVI yozgi Osiyo o‘yinlarining umumjamoa medallar hisobi

0 ‘rin

Mamlakat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Xitoy


199

119


98

416


2

Janubiy Koreya

76

65

91



232

3

Yaponiya



48

74

94



216

4

Eron


20

14

25



59

5

Qozog'iston



18

23

38



79

6

Hindiston



14

17

33



64

7

Tayvan



13

16

38



67

8

O‘zbekiston

'11

22

23

56

XVII yozgi Osiyo o‘yinlarining umumjamoa medallar hisobi

0 ‘rin

Mamlakat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Xitoy



151

108


83

342


2

Janubiy Koreya

79

71

84



234

3

Yaponiya



47

76

77



200

4

Qozog‘iston



28

23

33



84

5

Eron



21

18

18



57

6

Tailand



12

7

28



47

7

KXDR



11

11

14



36

8

Hindiston



11

10

36



57

9

Tayvan



10

18

23



51

10

Qatar



10

0

4



14

11

0"zbekiston

9

14



21

44

Qishki 

Osiyo  о ‘yinlari

 

-   Osiyo  Olimpiya  kengashi  a ’zolari 



bo‘lgan  davlatlar o‘rtasida qishki  sport turlari  bo‘yicha o'tkaziladigan 

sport musobaqalaridir (25-26-jadvallar).

I  qishki  Osiyo  o‘yinlari  1986-yil  1-8-mart  kunlari  Sapporo 

shahrida  (Yaponiya)  bo‘lib  o‘tgan.  Yaponiya  Milliy  olimpiya 

qo'mitasi  tashabbusi  bilan  1982-yilda  qishki  Olimpiya  o ‘yinlarini 

o‘tkazish  g‘oyasi  tavsiya  etilgan.  1984-yiIda  Osiyo  Olimpiya 

Kengashi 

tomonidan 

qishki 

Olimpiya 



o‘yinlarini 

o‘tkazish 

to'g'risidagi qaror qabul qilingan.

I  qishki  Olimpiya  o'yinlarida  7  sport  turi  bo‘yicha  35  medallar 

komplekti  uchun  musobaqalar  o‘tkazilgan.  Olimpiya  o‘yinlari  dastu­

riga  tog‘  chang'isi  sporti,  biatlon,  chang'ida  poyga,  figurali  uchish, 

konkida  yugurish,  shaybali  xokkey,  short-trek  va  ko'rgazmali  tur 

sifatida  tramplindan  sakrash  kiritilgan.  Olimpiya  o'yinlari  natijalari 

bo'yicha umumjamoa hisobida Yaponiya — l-o'rin  (29-23-6),  Xitoy -  

2-o‘rin (4-5-12), Janibiy Koreya -  3-o'rinni (1-2-5) egallagan.

II  qishki  Osiyo  o'yinlari  1990-yil  9-14-mart  kunlari  Sapporo 

shahrida  (Yaponiya)  o'tkazilgan.  Eron,  Tayvan  va  Filippin  davlatlari 

qishki  Osiyo  o'yinlarida  ilk  bor  ishtirok  etgan.  O'yinlar  dasturiga 

kiritilgan  6  sport  turidan  33  medallar  komplekti  uchun  musobaqalar 

bo'lgan.  O'yinlar  dasturiga  figurali  uchish  kiritilmagan.  O'yinlarda 

eng yuqori  natijalarga  Yaponiya  sportchilari  erishgan  edi.  Sportchilar 

Seyko  Xasimoto  konkida  yugurish  bo'yicha  4  ta  oltin  medallar, 

Fumiko Aoki chang'i sporti bo'yicha 3 ta oltin medallarni olganlar.

III  qishki  Osiyo  o'yinlari  1996-yil  fevralda  Xarbin  shahrida 

(Xitoy)  o'tkazilgan.  Bu  qishki  Osiyo  o'yinlarida  ilk  bor  yangi 

mustaqil  davlatlar  -   O'zbekiston,  Qozog'iston,  Qirg'iziston  va 

Tojikiston  qatnashgan.  O'yinlar  dasturiga  8  sport  turidan  birinchi 

marta  fristayl  kiritilgan.  O'zbekiston  terma  jamoasi  17  mamlakat 

orasidan 5-o‘rinni egallagan.

Qishki  Osiyo  o'yinlarining  umumjamoa  medallar  hisobi 

natijalari  bo'yicha  O'zbekiston  terma  jamoasi  Osiyo  qit’asida  6- 

o'rinni egallab turibdi.

1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling