L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati


’ Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. T.:"Aloqachi”, 2008.- 480 b


Download 14.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/36
Sana21.12.2019
Hajmi14.1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36

’ Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. T.:"Aloqachi”, 2008.- 480 b.

qahramoni  Shiroqning  vatanparvarligi  va  jasorati  ibrat  sifatida 

ko‘rsatilgan.

Markaziy  Osiyo  xalqlarining  ijtimoiy  tuzumi,  madaniyati 

haqidagi  ma’lumotlar  Xitoy  manbalarida  ham  uchraydi.  Miloddan 

avvalgi  138-yilda  Markaziy  Osiyoga  kelgan  Xitoy  elchisi  Syuan 

Tzyan  o'zining  “Tarixiy  bitiklar”  kitobida  qiziqarli  ma’lumotlar 

qoldirgan.  Xitoy tarixchisi  Syuan Tzyan  Samarqand aholisining xulq- 

odob  va  axloqiy  qoidalarga  rioya  etishda  boshqalarga  o‘mak 

bo‘lganligini  aytib  o ‘tgan.  Bu  ma’lumotlar  qadimda  bolalar 

o‘qitiladigan  savod  maktablari  bo‘lganligi  va  maktablardan  tashqari 

bolalar  maxsus  murabbiylar  tomonidan  harbiy-jismoniy  mashqlarga 

va  himarga  o‘rgatilganligi,  ta’limdan  maqsad  -   bolalami  hayotga 

tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot bergan.8

Ajdodlarimiz  tafakkuri  va  dahosi  bilan  yaratilgan  eng  qadimgi 

yozuv va bitiklar, xalq  og‘zaki  ijodi  namunalari, qo'lyozmalar,  ularda 

mujassamlashgan  tarix,  adabiyot,  san’at,  siyosat,  axloq,  falsafa, 

tibbiyot, tarbiya jismoniy tarbiya va boshqa sohalarga oid qimmatbaho 

asarlar xalqimizning  buyuk  ma’naviy  boyligidir.  Xalqimizning  asrlar 

davomida  to'plangan  hayotiy  tajribasi,  diniy,  axloqiy,  ilmiy 

qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan 

qariyb  uch  ming  yil  muqaddam  Xorazm  vohasi  hududida yaratilgan, 

“Avesto”  deb  atalgan  bebaho  ma’naviy  boylik  alohida  o‘rin  tutadi. 

“Avesto”ning tub mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so‘z, 

ezgu amal” tamoyilida hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo‘Igan 

saboqlar borligini ko‘rish mumkin.9

Eng  qadimgi  yozma  manbalardan  biri  zardushtiylik  dinining 

muqaddas  kitobi  “Avesto”  hisoblanadi.  Zardushtiylik  ta’limotida 

ta’lim-tarbiya quyidagi boiimlardan iborat bo‘lgan:

4»  ma’naviy va diniy tarbiya;

4» jismoniy va mehnat tarbiyasi;

4»  aqliy va axloqiy tarbiya.

“Avesto”  bo'yicha  bolalarga  5  yoshdan  savod  o‘rgata 

boshlaydilar;  o'qishni  o‘rganishi  bilan  savdo  ishlariga  o'rgata 

boshlaydilar.  Zardusht  ta’limotida  15  yosh  balog‘at  yoshi  sanalgan. 

Bu  yoshda  ularga  davlat  qonunlari,  axloqiy  qoidalar  o ‘rgatilgan.

8 Boynazarov F.  Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. T.:”Aloqachi”, 2008.- 480 b.

9 Karimov I.Yuksak ma’naviyat - yengilmas lcuch.  Т.:  “Ma’naviyat”, 2008,- 31b .


Zardushtiylikning  axloqiy  qoidalariga  binoan  insonning  o‘z  burchini 

his etishining eng birinchi belgisi ma’naviy poklik hisoblangan.

“Avesto”da  insonning  barkamol  bo‘lib  yetishida  ezgu  fikr,  ezgu 

so‘z,  ezgu  amallar  birligiga  katta  e’tibor  berilgan.  Qadimgi 

ajdodlarimiz  insonda  juda  qadrlaydigan  xislatlar  jasurlik,  adolat, 

sadoqat,  insoniylik  bo‘lgan.  Bu  xislatlar  o‘z-o‘zidan  shakllanmagan. 

Tabiat  va  jamiyatdagi  o ‘zgarishlar,  ibtidoiy  urug‘chilik-qabilachilik 

turmush tarzi buni taqozo etgan.

Ikkita  katta  kuch  -   yaxshilik  va  yomonlik  o‘rtasidagi  ayovsiz 

kurash  insondagi  bu  xislatlarning  bevosita  shakllanishiga  turtki 

bo‘lgan. 

,J' 


J;

Qadimgi  ajdodfer  ijttir i^ ' tuftnush  madaniyati,  ayniqsa,  sihat- 

salomatlik,  jismonan  chiniqish,  mehnat  hamda  uzoq  umr  ko‘rib 

yashash uchun yaratgan ta’lim-tarbiya jarayonlari  «Avesto»da chuqur 

ma’no va o‘rin egallagan. 

J

Markaziy  Osiyoni  Eron  Ahamoniylari,  keyinchalik  (miloddan 



avval 

329-327-yillarda) 

Aleksandr  Makedonskiy  bosib 

olib, 


o‘zlarining madaniyati,  dini va ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish usullarini 

o‘matganlar.  0 ‘sha  davrlarda  Markaziy  Osiyo  hududida  yashagan 

xalqlar bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘targan, jiddiy kurashlar 

olib  borgan.  Bunday hollarda  askarlar  va xalqning  asosiy jangovorlik 

qurollari  kamondan o‘q otish,  nayza bilan sanchish,  qilichbozlik,  turli 

xil  vositalar  (to‘qmoq,  kaltak,  bolta,  pichoq  Va  h.k.)  bo'lgan. 

Jangchilarning  ma’lum  qismi  otda  yurishgan.  Bu  holat jangchidan  ot 

ustida  turib  barcha  qurol  vositalari  bilan  jang  qilish,  otni  choptira 

bilish  hamda boshqa  imkoniyatlardan  o ‘ta  ustalik bilan  foydalanishni 

talab etgan.

Tarixiy  manbalarning  guvohlik  berishicha,  Aleksandr  Make­

donskiy miloddan avvalgi 334-yiIda 30000 piyoda va 5000 otliq askar 

bilan kichik Osiyoga, keyin Markaziy Osiyoga jangovar yurish qilgan. 

327-yilda  hozirgi  Buxoro,  Samarqand,  Panjikent  atrofidagi  yerlami 

bosib  olgan.  Bunda  lashkarboshi  Spitamen  bosqinchilarga  katta 

qarshilik  ko‘rsatgan.  Lekin  uning  xotini  xoinlik  qilib,  Spitamenning 

boshini  kesib,  Aleksandr  Makedonskiyga  topshiradi.  Podshoh  bu 

bevafo  xotinni  hamda  120  ming  aholini  ham  qirib  tashlagan,  chunki 

uning ta’biri  bo‘yicha  eriga,  eliga  vafolik qilmagan  ayol  boshqalarga 

ham vafodor bo‘lmaydi.



Kushonlar  davri  Markaziy  Osiyo,  Afg‘oniston,  Pokiston  va 

Hindiston  xalqlari  tarixida  va  butun  dunyo  madaniyatining 

taraqqiyotida  alohida  o ‘rin  egallagan.  Markaziy  Osiyodan  qadimgi 

Ipak  yo‘li  o ‘tganligi  bu  yerdagi  xalqlaming  madaniy  hayotida  katta 

burulishlarga sabab bo'lgan.  Sharq mamlakatlari bilan G ‘arb davlatlari 

o‘rtasidagi savdo va madaniy  aloqalami o ‘matgan.  Termiz yaqinidagi 

Ayritom,  Xorazmdagi  Tuproqqal’a  va  boshqa  joylardan  topilgan 

buyumlar,  sopolga  chizilgan  rasmlarda  qadimgi  kurash,  nayza 

uloqtirish, qilichbozlik, otda jang qilish kabi tadbirlar aks ettirilgan.

Xalq  og‘zaki  ijodining  noyob  asarlaridan  biri  «Alpomish» 

dostoni  avlodlardan-avlodlarga  o‘tib kelayotgan  qahramonlik asaridir. 

Bu asarda xalqimizning matonat, mardlik, sadoqat kabi ezgu fazilatlari 

o‘z  ifodasini  topgan.  Asarda  ajdodlarimizning  qadimiy  tasavvuriga 

ko'ra,  o‘q-yoy  -   hokimiyat  nishoni  hisoblangan.  Alpomish  yetti 

yoshida o‘n to‘rt botmon  birichdan -  bronzadan  yasalgan yoydan  o‘q 

otib, “alp” degan unvonga ega bo‘ladi.10

«Alpomish» dostonining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, 

bundan  bir  necha  ming  yillar  oldin  mavjud  bo‘lgan  urf-odatlar, 

marosimlar,  ayniqsa,  yigit  va  qizlaming  bir-biriga  vafodorligi, 

jismoniy  jihatdan  barkamolligi,  dushmanlarga  shafqatsiz  kurashlari 

odilona  bayon  etilgan.  «Alpomish»  dostonida  kamondan  o‘q  otish, 

merganlik,  kurash,  otda  poyga  kabi jismoniy  sifatlar,  vatanparvar  va 

xalq  uchun jonini  ham  fido  qilish  kabi  eng  ulug‘  insoniy  fazilatlar 

madh etilgan.

Qadimgi  ajdodlar  jismoniy  madaniyati  xalq  og‘zaki  ijodida, 

ayniqsa,  ko'proq  ifodalangan.  Dostonlarning  tarbiyaviy  jihatlari 

shundaki, xalq irodasi, an’analar, urf-odatlar mazmunida otda chopish, 

jang  qilish,  qilichbozlik,  kurash,  kamondan  o‘q  otish  kabi  jismoniy 

faOliyatlar  yuqori  saviyada  madh  etilgan.  Bunda  mardlik  dushmanlar 

bilan jang qilgan yigit va qizlar timsoli tasvirlangan.

Xalq  og‘zaki  dostonlarida  shuningdek  xalq  irodasi,  yigit- 

qizlaming  muhabbati,  sadoqat,  jasurlik,  botirlik,  pahlavonlik,  mohir 

chavandozlik va merganlik kabi sifatlar o‘z ifodasini topgan.

Qadimgi  ajdodlar jismoniy  tarbiyasida  xalq  milliy  o'yinlari  bir 

necha yo‘nalishlarga  ega bo‘lib,  ularning  tarkibida raqslar,  qo‘shiqlar 

va  boshqa  san’at  turlari  ancha  ustun  turgan.  Bunday  o'yinlaming



10 Karimov  I.Yuksakma’naviyat-yengilm askuch. Т.:  “Ma’naviyat”, 2008.- 34  b.

82


deyarli  barchasi  ommaviy  bayramlar,  musobaqalar  va to‘ylarda  keng 

qo‘llanilgan.  Qadimgi  manbalar  Oks  (Amudaryo)  va  Yaksart 

(Sirdaryo)  daryolari  o‘rtasidagi  vodiyda  ot  musobaqalari  keng 

tarqalganidan  guvohlik  beradi.  Nafaqat harbiy  yurishlar,  balki  savdo- 

sotiq  maqsadlari  uchun  ham  chiniqqan  chavandozlar  va  otlar  kerak 

bo‘lgan.  Bu  esa  ot  musobaqalarining  ommalashib  ketishiga  sabab 

bo‘lgan.  So‘g‘diyona  va  Baqtriyada  kurash,  ot  poygasi,  uloq, 

dorbozlik juda ommalashgan edi.

0 ‘zbek  xalq  o ‘yinlari  va  milliy jismoniy  mashqlarini  quyidagi 

asosiy guruhlarga ajratish mumkin:

■  kamondan o‘q otish; qilichbozlik;

■  kurash (buxorocha, farg'onacha, xorazmcha usullar);

■  ot o‘yinlari (poyga, olomon poyga, ko‘pkari, uloq va h.k.);

kuch  sinashish  (arqon  tortishish,  tosh,  ot,  tuya ko‘tarish,  buqa 



ag‘darish);

■  dorboz o ‘yinlari (dor ustidagi mashqlar);

■  harakatli 

0

‘yinlar;


■  yugurish musobaqalari (batba);

■  ov qilish (



0

‘rgatilgan qushlar bilan -  lochin, burgut va h.k).

0 ‘zbekiston  hududida  yashagan  qadimgi  xalqlaming  turmush

sharoitlarida,  o‘z  vatanlarini  himoya  qilishda  jismoniy  tarbiya 

vositalaridan  foydalanish  kabi  madaniy  va  jangovorlik  faoliyatlari 

alohida  o‘rin  tutadi.  Bu  davrda  yashagan  xalqlar 



0

‘rtasida  o ‘z 

hududlarida  osoyishtalikni  ta’minlash,  Vatanini  himoya  qilish  uchun 

harbiy-jismoniy  tayyorgarlik  vositalaridan,  turli  an’aftaviy  jismoniy 

mashqlardan keng foydalanganlar.

0 ‘zbekiston  hududida  yashagan  qadimgi  xalqlar  jismoniy 

tarbiyasining umumiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

4*  qadimgi  ajdodlarimiz  jismoniy  tarbiyasi  mehnat,  harbiy 

ishlar,  turmush  tarzi,  diniy  marosimlar  va  urf-odatlar  bilan  bogiiq 

bo‘lgan.


<4 jismoniy  tarbiya  va  jismoniy  sifatlarga  o‘rgatish  jarayoni 

an’anaviy mashqlardan iborat bo‘Igan.



 jismoniy  tarbiya  va  turli  milliy  o‘yinlar  orqali  qadimgi 

ajdodlarimizning  yuksak  jismoniy,  ruhiy  va  ma’naviy  fazilatlari 

tarbiyalangan.


0 ‘rta asrlar davrida Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya

O'zbekiston  mustaqillikka  erishgan  dastlabki  kunlaridanoq 

mamlakat  tarixini  qayta  yoritish  va  barcha  voqeliklami  ochiq-oydin 

ko'rsatish asosiy vazifalardan biri qilib qo'yildi. M a’lumki,  Vatanimiz 

jahon  madaniyatiga  beqiyos  hissa  qo'shgan  ulug‘  allomalar,  buyuk 

olimlar,  mohir  sarkarda  va  davlat  arboblari  bilan  mashhurdir.  Milliy 

madaniyat  taraqqiyotida  O'zbekiston  dunyo  davlatlari,  Markaziy 

Osiyo  mamlakatlari  orasida  o'ziga  xos  xususiyatlari,  o'zining 

geografik va tabiiy qulayliklariga ko'ra qadimdan insoniyat tarixining 

ilg'or madaniy markazlaridan joy olib kelgan.

VII 

asr  boshlarida  Arab  xalifaligi  tashkil  topib,  uning  tarkibiga 



butun  Arabiston  yarim  oroli,  Eron,  Kavkaz  orti,  Suriya,  Shimoliy 

Afrika,  Janubiy  Ispaniya kiritilgan.  VII  asr  o'rtalariga  kelib  esa  arab 

bosqinchilari tomonidan Markaziy  Osiyo yerlari ham zabt etilgan edi. 

Arablarga  qarshi  mahalliy  xalqlar  uzoq  yillar  davomida  urush  olib 

borganlar.  Lekin  arablar  bu  yerlami  to'Ia  istilo  qilib,  o 'z  dini  va 

madaniyatini  o'matish,  Markaziy  Osiyo  xalqlarini  Islom  diniga 

bo'ysunishiga erishgan edilar.

Arab  xalifaligining  amalga  oshirgan  ijtimoiy-siyosiy  islohotlari, 

yagona  islom  dinining tarkib  topishi  madaniy,  ma’naviy hayotga ham 

ta’sir etgan.  Islom  qadriyatlari  xalq  ma’naviy  hayotining uzviy  qismi 

sifatida uning turmush tarzidan,  xatti-harakatidan munosib o'rin olgan 

edi.  Islom  dinida musulmonlar jismni  toza tutish,  dam  olish,  bolalami 

yoshlikdan  odobli  bo'lishga  o'rgatishga  da’vat  qilindi.  Lekin 

ayollaming  erkinligi,  ochiq  yuz  bilan  yurishi,  avvalgidek  erkaklar 

bilan  birgalikda teng mehnat qilishi,  kurash,  ot o'yinlarida  bellashuvi 

taqiqlangan edi.

VII-VIII  asrlarda Arab xalifaligida  ilm-fan taraqqiyoti,  ijtimoiy- 

iqtisodiy  yuksalish  Movarounnahr  va  Xurosonda  IX  asrlarga  kelib 

ma’naviy  ko'tarilish  -   «Sharq  Renessansi»  -   Uyg'onish  davrini 

boshlab  berdi.  Xalifa  Xorun  ar-Rashid  (786-833)  va  uning  o 'g 'li 

Ma’mun  davrida  Bag'dodda  “Baytul  hikma”  (Donishmandlik  uyi) 

Akademiyasi  tashkil 

etilgan. 

Butun 


Sharqda  bo'lgani 

kabi 


Movarounnahrda  ham  ilm-fan  va  ma’rifat  sohasida  o'z  xizmatlari 

bilan  dunyoga  mashhur  bo'lgan  al-Xorazmiy,  Abu  Nasr  Forobiy, 

Ahmad  Farg'oniy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino  kabi 

qomusiy olimlar ijod qilganlar.



M uhammad  ibn  Muso  al-Xorazmiy  (783-850).  Jahon  ilm- 

ma’rifatining buyuk namoyondasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 

taxminan  783-yilda  Xorazmda  dunyoga  kelib,  847-850-yillar 

oralig‘ida Bag‘dodda vafot etgan.

Xorazmiy  ilmiy  merosi  bilan  bilish  nazariyasiga  o‘zining  ulkan 

hissasini qo‘shgan.  «А1  kitob al muxtasarfi hisob aljabr va muqobala» 

asarida («Aljabr va al hisobi haqida qisqacha kitob»)  sonli kvadrat va 

chiziqli tenglamalar,  ularni yechish yo‘Harini  bayon etgan. Risola uch 

qismdan iborat bo‘lib, birinchisi -  algebraik qism, uning oxirida savdo 

muomalasiga oid kichik bir bo‘lim keitirilgan.  Ikkinchisi -  geometrik 

qism  algebraik  usul  qo‘llab  oMchashlar  haqida,  uchinchi  qism  -  

vasiyatlar haqida bo‘lib, muallif uni «Vasiyatlar kitobi» deb nomlagan 

va ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlagan.

Xorazmiy  bilim  olishda  talabaning  shaxsiy  kuzatishlariga  va 

olgan  bilimlaridan  foydalanishiga  katta  e’tibor  bergan.  Bunda  ilm 

izlovchilaming  ilmiy  manbalami  to'plash,  ularni  ifodalash  va 

kuzatilganlami  tushuntira  olish  malaka  va  ko‘nikmalarini  hosil 

qilishiga  katta  baho  bergan.  Xorazmiy  bilim  berishning  ko‘rgazmali 

tajriba  usullari,  savol-javob,  malaka  va  ko‘nikmalami  shakllantirish, 

bilimlarni sinash usullaridan foydalangan.

Xorazmiy  bilishni  sezgidan  mantiqiy  tasavvur  orqali  farq  qilish 

haqida  fikr  bayon  etgan:  sezgi  orqali  bilish  bu  qisman  bilish  bo‘Isa, 

«mantiqiy»  bayon,  bilish  esa  haqiqiy,  bilishning  muhim  tomonini 

namoyon  etadi.  Xorazmiy  bilish nazariyasiga  muhim  hissa qo‘shgan. 

U  birinchilardan  bo‘lib,  sinov-kuzatish  va  sinov  usullariga  asos 

solgan,  samoviy jismlarning  harakatini  aks  ettiruvchi jadval  asosida, 

matematik  masalalarni  algoritm  usulida  yechishni  ishlab  chiqqan.  U 

matematik  g‘oyalar  asosida  odamlarning  hayotiy  zaruriyati  yotishini, 

ilmiy  kashfiyotlar  odamlarning  amaliy  talablari  natijasida  yuzaga 

kelishini asoslagan. 

>

Abu  N asr  Forobiy  (873-950).  0 ‘rta  asr  ijtimoiy-falsafiy  fikr 



taraqqiyoti  mutafakkir  Abu  Nasr  Forobiy  nomi  bilan  bog‘liq  bo‘lib, 

uning  inson  kamoloti  haqidagi  ta’limoti  ta’lim-tarbiya  sohasida  katta 

ahamiyatga ega.

Mashhur  yunon  faylasufi  Arastudan  so‘ng  Forobiyni  yirik 

mutafakkir -  «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.

Abu  Nasr  Forobiy  (to*liq  ismi  Abu  Nasr  Muhammad  ibn 

Muhammad  ibn  Uzaliq  ibn  Tarxon  al-Forobiy)  Shosh-Toshkentga


yaqin Forob  degan joyda harbiy xizmatchi  oilasida tugilgan.  Forobiy 

Bag‘dodda  matematika,  mantiq,  tibbiyot,  musiqa,  tabiyot,  huquq, 

tilshunoslik,  poetika  bilan  shug‘ullandi,  turli  tillami  o‘rgandi.  Ba’zi 

manbalarda  Forobiy  70  dan  ortiq  tilni  bilganligi  haqida  aytilgan. 

Forobiy  ta’lim-tarbiyaga  bagishlangan  asarlarida  taiim-tarbiyaning 

muhimligi,  unda  nimalarga  e’tibor  berish  zarurligi,  ta’lim-tarbiya 

usullari va uslubi haqida fikr yuritadi.  «Fozil odamlar shahri»,  «Baxt- 

saodatga  erishuv  to ‘g‘risida»,  «Ixso-al-ulum»,  «Ilmlaming  kelib 

chiqishi».  «Aql  ma’nolari  to‘g‘risida»  kabi  asarlarida  ijtimoiy- 

tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.

.  Forobiy  inson kamolotga yo lg iz erisha olmaydi,  boshqalar bilan 

aloqada boiish,  ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj 

bo‘ladi,  deb hisoblagan. Bunga Forobiy taiim-tarbiyani to‘g ‘ri  y o ig a 

qo'yish  orqali  erishish  mumkin,  degan.  Chunki  maqsadga  muvofiq 

amalga  oshirilgan  ta’lim-tarbiya  insonni  ham  aqliy,  ham  axloqiy 

jihatdan  kamolotga  yetkazadi.  Inson  tabiat  va  jamiyat  qonun- 

qoidalarini  to‘g ‘ri  bilib  oladi  va hayotda to‘g‘ri  y o i tutadi,  boshqalar 

bilan  to‘g ‘ri  munosabatda  boiadi,  jamiyat  tartib-qoidalariga  rioya 

qiladi.  Forobiy  taiim-tarbiyaning  asosiy  vazifasi jamiyat  talablariga 

javob  bera  oladigan  va  shu  jamiyat  uchun  xizmat  qiladigan  yetuk 

insonni tarbiyalashdan iborat degan.

Forobiy  ta’iim  va  tarbiyaga  birinchi  marta  ta’rif  bergan  olim 

sanaladi.  Ta’lim -  insonga o ‘qitish,  tushuntirish asosida nazariy  bilim 

berish,  tarbiya  -  nazariy  fazilatlarni,  ma’lum  hunami  egallash  uchun 

zarur  bo‘Igan  axloq  normalarini  va  amaliy  malakalarni  o‘rgatishdir, 

deb ta ’kidlagan.

Forobiyning  taiim-tarbiya  yo‘llari,  usullari,  vositalari  haqidagi 

qarashlari  ham  qimmatlidir.  U  insonda  go‘zal  fazilatlar  ikki  y o i  -  

ta’iim  va  tarbiya  yo‘li  bilan  hosil  qilinadi,  degan.  T aiim   nazariy 

fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat -  nazariy bilimlar va 

amaliy  kasb-hunar,  xulq-odob  fazilatlarini birlashtiradi, ta’iim so‘z va 

o'rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, 

degan.

Insonning  kamolotga  yetishida  ham  aqliy,  ham  axloqiy 



tarbiyaning  o ‘zaro  aloqasi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Forobiy 

tavsiya  etgan  taiim   va  tarbiya  usullari  hozirgi  davrda  ham  o‘z 

ahamiyatini yo‘qotmagan.

.  j  - J   *  ч



Abu  Rayhon  Beruniy  (973-1048).  Qomusiy  olim  Abu  Rayhon 

Muhammad  ibn  Ahmad  al-Beruniy  X  asming  ikkinchi  yarmi  va  XI 

asming  boshlarida  yashagan  va  ijod  qilgan.  Abu  Rayhon  Beruniy 

Xorazmning  Qiyot  shahrida  dunyoga  kelgan.  Beruniy  xorazm  tili 

bilan  birga  so‘g‘diy,  forsiy,  suryoniy,  yunon,  qadimgi  yahudiy 

tillarini,  hatto  qadimgi  hind tili -  sanskritni  ham  o ‘rgangan.  U yunon 

klassik  ilmi,  astronomiya, 

geografiya,  botanika,  matematika, 

geologiya,  tarix,  etnografiya,  falsafa  va  filologiya  sohalari  bo£yicha 

ham chuqur bilimga ega bo‘lgan.

Beruniy  «Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»,  «Qimmat- 

baho 


toshlami 

bilib 


olish 

bo'yicha 

ma’lumotlar  to‘plami» 

(«Mineralogiya»),  «Dorivor  o'simliklar  haqida  kitob»  («Kitob  as- 

saydona  fi-t-tibb»)  kabi  asarlami  yozgan.  Bu  asarlar  Beruniy  nomini 

Yevropada, Yaqin va 0 ‘rta Sharqqa mashhur qilgan.

Milliy  tariximizning yorqin  namoyandalaridan  biri  Abu  Rayhon 

Beruniy  faoliyatiga  haqqoniy  baho  berib,  amerikalik  fan  tarixchisi 

Sarton XI asmi “Beruniy asri” deb ta’riflagan.11

Beruniyning asarlarida, o‘quvchiga bilim berishda:

■  o'quvchini zeriktirmaslik;

■  bilim  berishda  bir  xil  narsani  yoki  bir  xil  fanni 

o‘rgatavermaslik;

*  uzviylik, izchillik;

■  yangi  mazvulami  qiziqarli,  ko'rgazmali  bayon  etish  kabi 

jihatlarga e’tibor berish kerakligi uqtiriladi12. 

.

Beruniyning  ilmiy  bilimlarni  egallash  yo‘llari,  Usullari  haqidagi 



fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.

Abu  Rayhon  Beruniyning  inson  kamolotida  axloqiy tarbiyaning 

muhim  o‘rnini  ta’kidlashini  uning  yuqorida  qayd  etilgan  «Qadimgi 

xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»,  «Hindiston»,  «Kitob  as-saydona», 

«Al-Qonuni al-Mas’udiy» va boshqa asarlarida ko‘rish mumkin.

Beruniy  fikricha,  axloqiylik  insonning  eng  asosiy  sifati  bo‘lishi 

kerak.  Bu  xislat  birdaniga  tarkib  topmaydi.  U  kishilaming  o ‘zaro 

muloqoti, ijtimoiy muhit - jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi, 

degan.  Beruniy  inson  kamolotida  uch  narsa  muhimligini  ta’kidlaydi:

11  Karimov t.  Yuksak ma’naviyat -  yengilmas kuch. Т.: “Ma’naviyat”, 2008.- 42 b.

12To‘raqulovE.  RahimovS.  Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’Iim-tarbiya haqida  T .:1 9 9 2 .- 

40-73 b.


irsiyat,  muhit,  tarbiya.  Bu  hozirgi  davr  pedagogikasida  ham  e’tirof 

etilgan.


Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037).  Jahon  tibbiyot  fanining  buyuk 

olimlaridan  biri  Ibn  Sino  falsafa,  adabiyot,  musiqa  va  boshqa  ko‘p 

sohalarni  mukammal  bilgan  donishmanddir.  Ibn  Sinoning  ilmiy- 

pedagogik  meroslari  beqiyos  ko‘p.  Mutafakkir  olimning  30  dan  ortiq 

tibbiy asarlari shu kungacha yetib kelgan.

Abu  Ali  ibn  Sinoning  eng  mashhur  asari  «Tib  qonunlari» 

bo‘lib,  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  asar  boshqa  xalqlar  tillariga 

tarjima  qilishgan.  «Tib  qonunlari»  o'zbek  tilida  ilk  bor  1153-yilda, 

keyinchalik (1956,  1980,  1993) bir necha bor qayta nashr etilgan.

!  ' 


RespUblika  hukumati  va  jamoat  tashkilotlarining  tashabbusi

*  bilafi' 1980-yilda BuxOroda Abu Ali  ibn Sinoning tavalludiga  1000 yil 

to‘fishi  mUnosabati  bilan  katta  ilmiy anjuman 

0

‘tkazilgan:  Bunda  Ibn 

Sinoning  asarlarida  ta’lim-tarbiya  va  jismoniy  tarbiya  masalalariga 

katta  ahamiyat  berilganligi  ta’kidlangan.  Muallifning  asarlarida 

jismoniy tarbiyaning mohiyati, jismoniy mashqlarga oid  ilg'or fikrlari 

va amaliy mashqlar mazmuni uchraydi.

Ibn Sino jismoniy mashqlaming shakli va mazmuni hamda uning 

mohiyatlarini  gigiyena,  sog‘liqni  saqlash  va  kasalni  davolashdagi 

majmuiy tadbirlarda berib borgan.

Ibn  Sino  ilk  bor  har  bir  insonning  jismoniy  mashqlar  bilan 

qachon  va  qaysi  tartibda  shug‘ullanishini  belgilab  beruvchi  ta’limni, 

ya’ni  jismoniy  mashqlarning  tasnifini  yaratib  bergan.  Ibn  Sinoning 

fikricha, «Sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri - badantarbiyadir».

«Tib  qonunlari»  kitobning  birinchi  qismi  inson  salomatligini 

saqlash va uni  rivoj lantirishga bag‘ishlangan.  Kitobda  inson tanasi va 

uning  a’zolari,  insonni  shakllantirish  hamda  uning  kamolotida  yuz 

beradigan  anatomik  tuzilishlar,  fiziologik  va  ruhiy  jarayonlarning 

holati,  kasalliklaming  kelib  chiqish  sabablari  ilmiy  jihatdan  bayon 

qilingan.

Ibn  Sino  o‘z  asarlarida  jismoniy  mashqlar  kishming  yoshiga, 

jinsiga,  sog‘lig‘i,  salomatligiga va  kasalligiga qarab, turlicha shakl va 

uslublarda o'tkazish kerakligi haqidagi tavsiyalari juda muhimdir.  Ibn 

Sino  faoliyati  va  tajribalari  asosida  bolalik,  o‘smirlik,  yigitlik  va 

qarilik  davrlarida  kishi jismoniy  mashg‘ulotga  turlicha  munosabatda 

bo‘lishi kerakligi masalalari bo;yicha alohida ko'rsatmalar bergan.  Bu


ilmiy-pedagogik  ta’iim  merosi  jahon  xalqlari  jismoniy  madaniyati 

rivoj lanishiga katta hissa qo ‘ shgan. 

Ibn  Sino  «Badantarbiya  kishini  chuqur  va  ketma-ket  nafas 



olishga  majbur  qiluvchi  ixtiyoriy  harakat»,  deb  ta’rif  bergan.  Ibn 

Sinoning  ta’kidlashicha,  badantarbiya  bilan  mashg'ul  boim ay  qo‘y- 

gan  kishi  ingichka  og‘riq  (a’zolaming  torayishi)  kasaliga  uchraydi, 

chunki  harakatsizlik  natijasida  uning  a’zolari  zaiflashadi.  U  badan­

tarbiya  turlarini  asosan  ikki  guruhga  ajratgan:  1)  odamning  ish jara- 

yonlarida qiladigan harakatlari; 2) maxsus badantarbiya harakatlari.

Buyuk  olim  badantarbiya deganda,  asosan  maxsus  badantarbiya 

harakatlarini  nazarda  tutgan.  Badantarbiya  turlari  juda  ko‘p  boiib, 

ular tez, nozik, yengil, kuchli va kuchsiz guruhlarga ajratib bergan.

Ibn  Sino  badantarbiyaning  tez  bajariladigan  turlariga  tortishish, 

mushtlashish,  kamondan o ‘q otish,  tez yurish,  nayza otish,  osilish,  bir 

oyoqda  sakrash,  qilichbozlik,  nayzabozlik  va  otda  yurishni  kiritgan. 

Badantarbiyaning  yengil  va  nozik  turiga  argimchoq  uchish, 

belanchakda tik yoki  yotib  uchish,  qayiq  va kemalarda  sayr qilish  va 

boshqa  harakatlami  kiritgan.  Badantarbiyaning  kuchli  turiga  esa 

kishining  o‘z  soyasi  bilan  olishishi,  katta  va  kichik  koptoklar  bilan 

chavgon  o'ynash,  kurash,  tosh  ko'tarish,  chopayotgan  otni jilovidan 

tortib to'xtatish kabi mashqlarni kiritgan.

Ibn  Sinoning  tavsiyasiga  ko'ra  badantarbiya  vaqtida  tez  va 

shiddatli  harakatlar,  yengillari  bilan  doim  almashtirib  turish,  m aium  

bir  harakatni  uzoq  vaqt  bajarmaslik  uslublari  ko‘rsatilgan.  Turli 

kasalliklami  davolashda  ruhiy  ozuqa berish,  xursandchilik  yoilarini, 

ya’ni  turli  xil  sayrlar,  sayohatlar,  kemalarda  suzish,  tabiat 

manzaralaridan bahramand boiish omillarini ishlatishni tavsiya etgan.

Ibn  Sino  har  bir  a’zoning  kasalini  tuzatish  uchun  maxsus 

harakatlar  -  jismoniy  mashqlarni  tavsiya  etgan.  Bunda  uqalash 

mashqlarini  ham  ko'zda  tutib,  ulami  quyidagi  turlarga  boigan: 

gavdani  baquwat  qiluvchi  kuchli  uqalash;  gavdani  yumshatuvchi 

kuchsiz  uqalash;  ozdiruvchi  davomli  uqalash;  gavdani  o‘stiruvchi 

mo'tadil  uqalash.  Shuningdek,  uqalashni  dag'al yoki yengil  usullarga 

ajratgan.  Dag‘al  uqalash  dag‘al  latta  bilan  amalga  oshiriladi.  Yengil 

uqalashni yengil mato bilan bajariladi.  Uqalashlar asosan bo‘shashgan 

a’zolami  zichlatish,  yumshoqlarini qotirish,  dag‘alini  mayin  qilish va 

qattiqlarini yumshatish maqsadida bajarilishini aytib o‘tgan.



Bundan  tashqari, 

badantarbiya  bilan  bog‘liq  uqalashlar 

to‘g‘risida  ham  ta’lim  bergan:  1)  badantarbiyaga  tayyorlovchi 

uqalash;  2)  badantarbiyadan  keyin  qilinadigan  uqalash.  Uqalash 

mashqlarining qon aylanish tizimini tezlatish, nafas olishni yaxshilash, 

hazm  qilish  a’zolarining  ish  faoliyatlarini  to‘g‘ri  yo'lga  solishda 

muhim  ahamiyat  kasb  etishi  allomaning  iJmiy-amaliy  ta’limida  to‘la 

mazmun  topgan.  Ibn  Sino  salomatlikni  saqlashda dam  olish,  uyqu  va 

me’yorida  ovqatlanish  hayotiy  zaruriyatligini  eng  asosiy  omillardan 

deb bilgan.13

Ibn  Sinoning  badantarbiya  haqidagi  ta’limida  eng  asosiy 

o‘rinlardan  birida  kurash  turlari  turadi.  Kurashning  turlari  bir 

nechadir.  Ulardan  biri:  ikki  kurashuvchining  har  biri  o 'z   raqibining 

beIbog‘idan  ushlab tortadi,  shu  bilan  birga  kurashuvchi o ‘z raqibidan 

qutilishning  chorasini  qiladi.  Ikkinchisi  esa  qo‘yib  yubormaslikka 

harakat qiladi.  Boshqa turi:  ikki kurashuvchidan biri ikkala qo'li bilan 

ikkinchisini mahkam  quchoqlab  o‘ziga tortadi va yonga ag'daradi,  bu 

vaqtda  birinchi  kurashuvchining  o‘ng  qo'li  ostidan  o ‘tishi  kerak, 

kurashuvchilar goh qadlarini tiklab,  goh egiladilar, kurash turlari yana 

ko‘krak  bilan  zarbani  qaytarish,  ikkinchi  bir  kishining  bo‘ynidan 

ushlab  egish,  bir-birovlarining  oyoqlarini  o‘z  oyoqlari  bilan 

chalkashtirib,  chalib  yoki  oyoqlari  bilan  ikkinchisining  oyoqlarini 

yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi.14

Ibn  Sino  inson  salomatligini  jismoniy  tarbiya  vositalari  bilan 

yaxshilash  va  uni  kamolotga  yetkazishda  gavdaning  har  bir  qismi 

uchun  maxsus  harakatlar  borligini  aniq  misollarda  ko‘rsatib  bergan. 

Qo‘l va oyoq harakatlari, ko'krak va nafas a’zolarining hamda boshqa 

barcha  a ’zolaming  tabiiy  harakatlarini  ishga  soluvchi  mashqlar 

majmuasini  o‘z  asarlarida  mujassamlashtirgan.  Bunda  tovush-og‘iz 

bo‘shlig‘idagi  barcha  a ’zolami  harakatlantirish,  baland-past  ovoz 

chiqarish,  tilni  chiqarish,  tortish,  burash,  tuflash  kabi  mashqlami 

bergan.  Ichki  a ’zolarni  ishga  tushirish  mashqlariga  qayiqlarda, 

arg‘imchoqda  uchish,  belanchakda  tebratish,  aravalarda  yurish  va 

boshqa mashqlami tavsiya etgan.

Bundan  tashqari,  Ibn  Sino  asarlarida jismoniy  tarbiyanin£  eng 

muhim  vositalari  sifatida  hammomda  cho‘mi!ish,  sovuq  suvda 

cho'milish,  suv  va  ichimliklami  iste’mol  qilish,  ovqatlanish,  uyqu  va


Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 75%20Спорт
75%20Спорт -> Basketbol nazariyasi va uslubiyati
75%20Спорт -> Sh. X. Isroilov, Z. R. Nurimov, Sh. U. Abidov, S. R. Davletmuratov, A. A. Karimov sport va harakatli
75%20Спорт -> Sport pedagogik mahoratini oshirish yengil atletika
75%20Спорт -> G ’u L o m o V z. T., Nabiullin r. X. K a m ilo V a g. Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti
75%20Спорт -> A. Abduhamidov, H. Nasimov, U. Nosirov, J. Xusanov algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar toplam I
75%20Спорт -> A. g a z I y e V, I. Is r a IL o V, M. Y a X s h ib o y e V matematik analizdan misol va masalalar
75%20Спорт -> I ism o ilo V, T. Rizayev, X. M. Maxmudova fizikadan praktikum
75%20Спорт -> Sport universiteti I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari
75%20Спорт -> G im n a st ik a d a r sl a r id a in no va tsio n t e X n o L o g iy a L a r

Download 14.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling