L. N. Ten, R. N. G‘anixo‘jayev, A. A. Akmalov matematika darslari 6-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma


Download 321.29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.12.2019
Hajmi321.29 Kb.

L.N. TEN, R.N. G‘ANIXO‘JAYEV, A.A. AKMALOV 

MATEMATIKA 

DARSLARI

6-SINF

O‘QITUVCHILAR UCHUN METODIK  QO‘LLANMA

                   

«TAFAKKUR» NASHRIYOTI

TOSHKENT – 2012

Kitobxon.Com


UDK: 372.851(072)

BBK: 74.262.21



Ten, L.N. 

Matematika darslari. 6-sinf (Text): 

  o‘qituvchilar uchun 

meto dik qo‘llanma/ L.N.Ten, R.N.G‘anixo‘jayev, A.A.Akmalov; 

T.: Tafakkur

, 2012. – 224 b.

I. 


G‘anixo‘jayev R.V II. 

Akmalov, A.A.

ISBN 978-9943-24-072-8

T-85


T-85

Metodik qo‘llanma Respublika Ta’lim Markazi 

huzuridagi Matematika fani bo‘yicha ilmiy metodik 

kengashning 20  -yil   -apreldagi yig‘ilish qarori bilan 

nashrga tavsiya etilgan

© «TAFAKKUR», 2012



UDK: 372.851(072)

BBK: 74.262.21

ISBN 978-9943-24-072-8



Kitobxon.Com

3

SO‘ZBOSHI

Ushbu uslubiy qo‘llanma umumta’lim maktablarining matematika 

o‘qituv 

chilariga mo‘ljallangan bo‘lib u mukammllashtirilgan Davlat 

ta’lim standarti va mate matikadan muvofi qlashtirilgan o‘quv dasturlariga 

moslashtirib yozilgan.

Kitob 6 bobdan iborat. I-bob matematika o‘qituvchilarining o‘quv 

-me’yoriy hujatlarini yori tishga bag‘ishlangan. Unda Davlat ta’lim stan-

dartining 6-sinfl ar bo‘yicha matnlariga izohlar, taqvimiy-mavzuiy rejalari 

keltirilgan.

Shu bilan birga darslarning tahlili va muhokamasi bo‘yicha tavsiya-

lar hamda umum o‘quv mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni-

nning tahlili keltirilgan.

 Qo‘llanmaning II bobi axborot-kommunikatsiya texnologogiyalari-

dan matematika darslarida foydalanish usullariga bag‘ishlangan. Elektron 

darsliklar, kompyuterlar va interfaol darslardan foydalanishga alohida 

et’ibor berilgan. 

III-bob darslarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muammo-

lariga bag‘ishlangan. Bu bobga darslarni an’anaviy va noan’anaviy usul-

lardan bir nechtasiga to‘la xarakteristika berilgan bo‘lib, «aqliy hujum», 

kichik guruhlarga bo‘lish, o‘yin tariqasida dars o‘tish, tadqiqot sifatida 

dars o‘tish usullari atrofl icha tahlil qilingan. Bundan tashqari yangi peda-

gogik texnologiyalarni an’anaviy usullar bilan uyg‘unlashtirilganiga ham 

e’tibor berilgan.

IV-bobda o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini DTSga 

moslashtirilgan holda tekshirish va baholash muammolari o‘rganilgan. 

Qo‘llanmada o‘quv jarayonining samarasi o‘qituvchining o‘quvchilar 

o‘zlashtirishini tez-tez nazorat qilishi va o‘quvchilar bilan faol ravishda 

savol-javoblar olib borishiga bevosita bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Muallifl ar 

nazorat qilish va baholashning turli usullariga test, og‘zaki so‘rov, yozma 

ishlar, uy vazifalari va hokazolarda to‘la xarakteristika berishga harakat 

qilishgan.

V-bobda muallifl ar 50 dan ortiq darslarning turli mavzular bo‘yicha 

matnlari keltirishgan. Har bir matnda darsning maqsadi, turi, qo‘rgazma 

qurollari, texnik vositalari, darsning bosqichlari ko‘rsatilgan bo‘lib, darsda 

ularni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

VI-bob fanga oid qiziqarli qo‘shimcha materiallarga bag‘ishlangan 

bo‘ lib, unda qobiliyatli o‘quvchilar bilan ishlash uchun qiziqarli material-

lar, qo‘shimcha masalalar keltirilgan.

Yig‘ilgan materiallar yosh o‘qituvchiga ham, tajribali o‘qituvchiga 

ham uslubiy yordam bo‘ladi deb umid qilamiz. Qo‘llanmani mumkin qadar 

sodda va ravon tilda bayon qilishga harakat qildik. Kitobxon qo‘llanmadan 

o‘ziga kerakli bo‘lgan barcha savollarga javob topa olishiga umid qilamiz.

Kitobxon.Com


4

I BOB

MATEMATIKA O‘QITUVCHILARINING 

O‘QUV-ME’YORIY HUJJATLARI

1. O‘quv jarayonining mazmuni va uning tarkibiy qismlari

6-sinf.  Matematika (haftasiga  5 soatdan, jami 170 soat).

5-sinfda o‘tilganlarni takrorlash (5 soat).

I. Oddiy kasrlar (92 soat).

1. Sonlarning bo‘linish belgilari (18 soat).

Sonning bo‘luvchilari va karralilari. Son 

larning 10 ga, 

5 ga va 2 ga bo‘linish belgilari. Sonlarning 9 ga va 3 ga 

bo‘linish belgilari. Tub va murakkab sonlar. Natural sonlarni 

tub ko‘paytuvchilarga ajratish. Eng katta umumiy bo‘luvchi. 

O‘zaro tub sonlar. Eng kichik umumiy karrali (bo‘linuvchi).

Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.



2. Har xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish (21 soat). 

Kasrning asosiy xossasi. Kasrlarni qisqartirish. Kasrlarni 

umumiy maxrajga keltirish. Har xil maxrajli kasrlarni taqqos-

lash. Har xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish. Aralash 

kasrlarni qo‘shish va ayirish. Masalalar yechish.

3. Oddiy kasrlarni ko‘paytirish va bo‘lish (29 soat).

Oddiy kasrlarni ko‘paytirish. Sonning kasrini topish. Ko‘-

paytirishning taqsimot xossasining qo‘llanilishi. O‘zaro tes-

kari sonlar. Oddiy kasrlarni bo‘lish. Sonni kasriga ko‘ ra o‘zini 

topish. Kasr ifodalar. Masalalar yechish. G‘iyosiddin Jamshid 

al-Koshiyning «Aylana haqida risolasi». G‘iyosiddin al-Koshiy-

ning «Hind ilmi kaliti» asari haqida. Ulug‘bek ilmiy maktabi-

ning matematikani rivojlanishidagi roli.



4. Nisbat va proporsiya (24 soat).

Nisbat tushunchasi. Proporsiyalar. Proporsiyaning aso-

siy xossasi. To‘g‘ri va teskari proportsional bog‘lanishlar. 

 

Masshtab. Uchburchak,  uning perimetri,  turlari. Aylana uzun-



ligi va doira yuzi. Masalalar yechish. Abu Rayxon Beruniy ning 

nisbatlarga oid asarlari haqida.



Kitobxon.Com

5

II. Ratsional sonlar (73 soat).

5. Musbat va manfiy sonlar.  Butun  sonlar. (12 soat).

To‘g‘ri chiziqda koordinatalar.  Musbat va manfiy sonlar 

haqida tushuncha. Musbat va manfiy sonlarni son o‘qida tas-

virlash. Butun  sonlar haqida tushuncha. Qarama-qarshi son-

lar. Sonning moduli. Sonlarni taqqoslash. O‘zgaruvchi miqdor-

lar. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.



6. Musbat va manfiy sonlarni qo‘shish va ayirish (12 

soat).

Koordinatalar to‘g‘ri chizig‘i yordamida sonlarni qo‘shish. 

Manfiy ishorali sonlarni qo‘shish. Har xil ishorali son 

larni 


qo‘shish. Sonlarni ayirish. Masalalar yechish.

7. Musbat va manfiy sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish (11 

soat).

Sonlarni ko‘paytirish. Sonlarni bo‘lish. Ratsional sonlar. 

Ratsional sonlar ustida bajariladigan amallar xossalari. Masa-

lalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.



8. Tenglamalarni yechish (13 soat).

Qavslarni ochish qoidasi. Koeffitsient. O‘xshash hadlar va 

ularni ixchamlash. Tenglamalarni yechish. Masalalar yechish. 

Tarixiy ma’lumotlar.



9. Tekislikda koordinatalar (12 soat).

Perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar. Parallel to‘g‘ri chiziqlar. 

Koordinatalar tekisligi. Ustunli diagrammalar. Grafiklar. Ma-

salalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.



2.Namunaviy taqvim-mavzu rejalashtirish

(haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat)

    Darslar



tartibi                           

 Bo‘lim va mavzular

Soat

Dars 

otish 

sanasi

Uyga 

vazifa

I chorak  

45

1-2


Sonning bo‘luvchilari va 

karralilari.

2

3-4


Son larning 10 ga, 5 ga va 2 ga 

bo‘linish belgilari.

2

10-11


Sonlarning 9 ga va 3 ga 

bo‘linish belgilari.

2

12

Masalalar yechish.



1

Kitobxon.Com

6

13

1-nazorat  ishi.



1

14

Masalalar yechish.



1

15

Tub va murakkab sonlar.



1

16-17


Natural sonlarni tub 

ko‘paytuvchilarga ajratish.

2

18-19


Eng katta umumiy bo‘luvchi.

2

20-21



Eng kichik umumiy karrali 

(bo‘linuvchi).

2

22

Masalalar yechish.  



1

23

2-nazorat  ishi.



1

2. Har xil max rajli kasrlarni 

qo‘shish va ayirish  

21

24-25


Kasrning asosiy xossasi.

2

26-28



Kasrlarni qisqartirish.

3

29-31



Kasrlarni umumiy maxrajga 

keltirish.

3

32

Masalalar yechish.



1

33

3-nazorat  ishi.



1

34

Masalalar yechish.



1

35-37


Har xil max rajli kasrlarni 

qo‘shish va ayirish.

3

38-40


Aralash kasrlarni qo‘shish va 

ayirish.


3

41-42


Masalalar yechish.

2

43



4-nazorat  ishi.

1

44

Masalalar yechish.



1

3 . Oddiy kasrlarni 

ko‘paytirish va bo‘lish 

29

45

  Oddiy kasrlarni ko‘paytirish.              



1

                II  chorak   



35

46-47


Oddiy kasrlarni ko‘paytirish. 

Sonning kasrini topish.

2

48-50


Sonning kasrini topish. 

3

51-53



Ko‘paytirish taqsimot 

xossasining qo‘llanilishi.

3

54-55


O‘zaro teskari sonlar.

2

56



Masalalar yechish.

1

57



5-nazorat  ishi.

1

58

Masalalar yechish.



1

59-62


Oddiy kasrlarni bo‘lish.

4

Kitobxon.Com



7

63-66


Sonni kasriga ko‘ra  o‘zini 

topish.


4

67-70


Kasr ifodalar.

4

71



Masalalar yechish.

1

72



6-nazorat  ishi.

1

73

Masalalar yechish. 



1

4.  Nisbat va proporsiya 

24

74-75


Nisbat tushunchasi.

2

76-77



Proporsiyalar.

2

78-80



Proporsiyaning asosiy xossasi.

3

III  chorak   



50

81

Proporsiyaning asosiy xossasi.



1

82

Masalalar yechish.



1

83

7-nazorat  ishi.



1

84

Masalalar yechish. 



1

85-88


To‘g‘ri va teskari proportsional 

bog‘lanishlar.

4

89-91


Masshtab.

3

92-94



Aylana uzunligi va doira yuzi.

3

95



Masalalar yechish.

1

96



8-nazorat  ishi.

1

97

Masalalar yechish.  



1

II. Ratsional  sonlar

73

5. Musbat va manfiy sonlar. 

Butun  sonlar

12

98

To‘g‘ri chiziqda koordinatalar.



1

99-100


Musbat  va  manfiy sonlar 

haqida tushuncha.  Butun 

sonlar haqida tushuncha.

2

 

101

Musbat va manfiy sonlarni son 



o‘qida tasvirlash.

1

102



Qarama-qarshi sonlar.

1

103



Sonning moduli.

1

104-105



Sonlarni taqqoslash.

2

106



O‘zgaruvchi miqdorlar.

1

107



Masalalar yechish.

1

108



9-nazorat  ishi.

1

109


Masalalar yechish.  

1

6.  Musbat va manfiy sonlarni 



qo‘shish va ayirish

12

Kitobxon.Com

8

110-111


Koordinatalar to‘g‘ri chizig‘i 

yordamida sonlarni qo‘shish.

2

112-113


Manfiy ishorali sonlarni 

qo‘shish.

2

114-116


Har xil ishorali son larni 

qo‘shish.

3

117-118


Sonlarni ayirish.

2

119



Masalalar yechish.

1

120



10-nazorat  ishi.

1

121


Masalalar yechish.

1

7.  Musbat va manfiy sonlarni 



ko‘paytirish va bo‘lish

11

122-123


Sonlarni ko‘paytirish.

2

124-125



Sonlarni bo‘lish.

2

126



Ratsional sonlar.

1

127-129



Ratsional sonlar ustida 

bajariladigan amallar xossalari.

3

130


Masalalar yechish.

1

IV  chorak   



40

131


Masalalar yechish.  Tarixiy 

ma’lumotlar.

1

132


11-nazorat  ishi.

1

8.  Tenglamalarni yechish

13

133-134


Qavslarni ochish qoidasi.

2

135-136



Koeffitsient.

2

137-139



O‘xshash hadlar va ularni 

ixchamlash.

3

140-142


Tenglamalarni yechish.

3

143



Masalalar yechish.

1

144



12-nazorat  ishi.

1

145


Masalalar yechish.  

1

9. Tekislikda koordinatalar



12

146


Perpendikulyar to‘g‘ri 

chiziqlar.

1

147


Parallel to‘g‘ri chiziqlar.

1

148-150



Ko or dinatalar tekisligi.

3

151-152



Ustunli diagrammalar.

2

153-154



Grafiklar. 2

155


Masalalar yechish.

1

156



13-nazorat  ishi.

1

157


Masalalar yechish. 

1

Kitobxon.Com



9

10. Yakuniy takrorlash

13

158


Sonlarning bo‘linish belgilari

1

159-160



Har xil max rajli kasrlarni 

qo‘shish va ayirish

2

161


Oddiy kasrlarni ko‘paytirish va 

bo‘lish.


1

162-163


Nisbat va proporsiya.

2

164



Musbat va manfiy sonlar.

1

165



Musbat va manfiy sonlarni 

qo‘shish va ayirish.

1

166


Musbat va manfiy sonlarni 

ko‘paytirish va bo‘lish.

1

167-168


Tenglamalarni yechish.

2

169



14-nazorat  ishi.

1

170


Yakuniy  dars.

1

    



3. Darslarni reja konspektini tuzish bo‘yicha tavsiyalar va 

namuna

Dars ishlanmasi (plan-konspekt) – asosiy meyo‘riy huj-

jatlardan biri bolib, u o‘qituvchi tomonidan tuziladi. Uni tu-

zishdan asosiy maqsad: o‘qituvchini bir dars davomida o‘quv 

faoliyatini rejalashtirish, otiladigan mavzuni boyitish orqali 

o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishdan iborat. Dars 

ishlanmasi fan o‘qituvchisining ijodiy maxsuli bo‘lib, unda 

o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakasi aks etadi.



Dars ishlanmasining namunaviy ko‘rinishi:

I. Darsning mavzusi.

II. Darsning maqsadi.

III. Darsda yoritilishi lozim bo‘lgan asosiy tushuncha va   

atamalar.

IV. Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari.

V. Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti.

VI. Darsning tafsilotlari.

Darsning mavzusi – o‘quv dasturiga muvofiq tanlanadi.

Darsning maqsadi – davlat ta’lim standarti talablari-

dan kelib chiqib aniqlanadi. Darsning maqsadi – o‘qituvchi 

o‘quvchiga qanday bilim, malaka va ko‘nikmalarni berishi ke-

rakligi bilan emas, balki o‘quvchilar bu darsdan qanday bilim, 

malaka va ko‘nikmalarni egallashidan kelib chiqib yozili 

shi 


Kitobxon.Com

10

lozim. Shunga ko‘ra darsning maqsadini «o‘quvchilarning qu-

yidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga eri shish: 

...» so‘zlari bilan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maqsad 

aniq, dars sodda va tushunarli jumlalar bilan ifodalanmog‘i 

kerak. Eng asosiysi – darsdan ko‘zlangan maqsadga erishib, 

natijasini tekshirish lozim. 

Darsda yoritilishi lozim bo‘lgan asosiy tushuncha va ata-

malar – o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim mazmunidan kelib 

chiqib aniqlanadi. 



Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari – dars 

uchun zarur bo‘lgan darslik va boshqa o‘quv adabiyotlari, 

ko‘rgazmali qurollar, tajriba uchun mo‘ljallangan asbob-usku-

nalar, modellar, plakatlar, tarqatma materiallar, daliliy ashyo-

lar, qog‘oz, yozuv-chizuv qurollari, kompyuter, audio va video 

apparaturalari hamda o‘qitishning boshqa texnik vositalari 

ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Shuningdek, bu bo‘limda darsgacha 

qilish kerak bo‘lgan ishlar, o‘quv xonasini darsga tayyorlash, 

stol va stullarni yoki partalarni darsga mos qilib joylashtirish 

tavsiflanishi va tayyorlash kerak bo‘lgan materiallar ro‘yxati 

keltirilishi, bu materiallarning andozalari tavsiflanishi yoki 

ilova qilinishi kerak. 



Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti – ikki ustundan ibo-

rat jadval bo‘lib, birinchi ustunga darsning asosiy bosqichlari, 

ikkinchi ustunga esa har bir bosqich uchun zarur bo‘lgan vaqt 

taqsimoti ko‘rsatiladi. 



Darsning tafsilotlari – dars ishlanmasining asosiy o‘zagini 

tashkil qiladi. U dars turi va tanlangan uslubga qarab turli-

cha bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida, Yangi mavzuni 

o‘zlashtirishga bag‘ishlangan dars tafsilotlarini yoritish tar-

tibini keltiramiz:

1. Tashkiliy qism – salomlashish, davomatni tekshirish, 

zarur ko‘rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash.



2. Yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan 

bog‘liq, o‘tgan dars mavzularini takrorlash; o‘quvchilarning 

yangi mavzuni o‘tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajala-

rini aniqlash va baholash; yangi dars maqsadini tushuntirish 

(dars maqsadi va yoritilishi lozim bo‘lgan asosiy tushuncha va 

atamalar, oldindan doskaga yozib qo‘yilsa yoki qog‘ozga oldin-

dan katta qilib yozib, osib qo‘yilsa, vaqt tejaladi).

3. Yangi mavzuni yoritish – dars materiallarini kichik-

kichik bo‘laklarga bo‘lib, ketma-ket ma’lum uzviylikda va 



Kitobxon.Com

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi

https://kitobxon.com/oz/asar/1183

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси

https://kitobxon.com/uz/asar/1183

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно

найти на сайте 



https://kitobxon.com/ru/asar/1183


Download 321.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling