Bemor Haydarov Sh., 21 yoshda. Shikoyati chap oyoq tizza bo`g`imida og`riq,harakatning qiyinlashuvi. Bemor kasalligi tufayli dispenser nazoratida turadi. Oktanat dori vositasi qabul qiladi. Ushbu holat tizzasi bilan yiqilganidan keyin yuzaga kelgan. Oldin ham chap oyog`I boldir va tizza bo`g`imlarida bu holat kuzatilgan. Obyektiv ko`rikda bemor teri rangi pushti, chap oyog`I tizza bo`g`imi shish,qizarish,fluktuatsiya simptomi musbat. Periferik limfa tugunlari kattalashmagan. Nafas olishi erkin,18/min,o`pkada vezikulyar nafas. Yurak tonlari bo`g`iq, puls 80 /min,AQB 120/80 mm.sim.ust. Qorin bo`shlig`I palpatsiyasida og`riqsiz. Ich o`tishi va diurez regulyar. Umumiy qon tahlilida Hb- 88 g/l, eritrotsit – 3.18*1012/l, r/k-0,85, retikulotsit-1%0, leykotsit- 9*109/l, t/y-6%, s/y-62%, eoz-5%, baz-1%, monot-3%, limf-23% trombotsit- 180*109/l, EChT – 35 mm/soat. Erit.morfologiyasi- normasitoz, normaxrom
Sizning taxminiy tashxisingiz
Temir tanqisligi anemiyasi o`rta daraja
Idiopatik trombotsitopenik purpura
Aplastic anemiya
gemofiliya
Postgemorragik anemiya
Tashxisingizni asoslash uchun yana qanday laborator tahlillar o`tkazish lozim?
Zardobda temir va ferritinni aniqlash
Koagulogramma
Gemolizat aggregatsion test
Qonda qon ivish faktorlarini aniqlash
B va d
Bemorda gemorragik diatezning Barkagan bo`yicha qaysi turi kuzatilmoqda?
Petexiya-purpurali
Vaskulitli
Gematomali
Aralash turi
Angiomatoz turi
Bemorni davolashning etiotrop davo nima?
Qondagi yetishmaydigan omil
Donor plazmasi
Plazmoforez
Splenoektomiya
Qon olib tashlash
Bemorni davolashda simptomatik qo`llanadigan dori vositalari…..
Geparin
Etamzilat natriy
Varfarin
Aminokapron kislota
B va d
Do'stlaringiz bilan baham: |