Labaratoriya ishi №17 Mavzu: Marketing faoliyatiga bog’liq masalalarni yechish


Download 10.19 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi10.19 Kb.
#1499791
Bog'liq
gulmatov xurshidbek 17

Labaratoriya ishi №17

Mavzu: Marketing faoliyatiga bog’liq masalalarni yechish

Maqsad: Marketing faoliyatida qo'llaniladigan dasturlar bilan ishlashni o’rganish.

Marketing faoliyatida qo'llaniladigan dasturlar bilan ishlash

WINDOWS uchun NCI-Bank dasturi bilan ishlash.

Mashqlar:

Marketing faoliyatida qo'llaniladigan dasturlar bilan ishlash

WINDOWS uchun NCI-Bank dasturi bilan ishlash.


Marketing tizimi - F.Kotler fikricha, korxona bilan uning hamkorlari va tovar (xizmat)lari sotiladigan bozordagi subyektlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi (majmuyi)ni ifodalaydi. Marketing tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor subyektlari kiradi.

Marketing tizimi korxonaning bozordagi faoliyat strateiyasiga qarab shakllanadi va undagi o‘zgarishlar asosida yangilanaveradi. Marketing tizimining shakllanishiga va o‘zgarishiga asosiy sabab bozor konyunkturasi hisoblanadi. Marketing tizimi korxona tashqi muhitini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, texnik-texnologik, siyosiyhuquqiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanadi va faoliyat yuritadi. Uning muvaffaqiyatli faoliyati korxona imkoniyatlarini bozor faoliyatiga nechog‘lik muvofiqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga marketing tizimiga korxonaning raqobatchilari sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha ularning bozor strategiyalari o‘zgarishi bilan tizimda yangi yo‘nalish boshlanishiga olib keladi. Aniq korxona uchun marketing bo‘limi haqida Nizom ishlab chiqishda korxonaning xususiyatlari: strategik maqsadlari, vazifalari, boshqaruvning tashkiliy strukturalari, faoliyat sohasi, biznes turining soni, moliyaviy, mehnat resurslari, shuningdek, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar hisobga olinadi.

F.Kotler marketing tizimi tushunchasiga kompleks yondashib, uni jiddiy bozor munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi deb tushunib, firmaning bozorlarga bevosita bog‘liq faoliyatiga katta e’tibor beradi. Bunday sharoitda firmaning ichki va tashqi muhiti tahliliga alohida e’tibor qaratish zarur.

Demak, marketing tizimi – firma faoliyatining operativ va strategik yo‘nalishini belgilab beradigan tashkiliy, boshqaruv, rejalashtirish sohalariga tegishli to‘xtovsiz jarayon, subyektlar, vositalar va axborot oqimlari kompleksidir.

Hududiy jihatlariga qarab marketing quyidagilarga bo`linadi: milliy, mintaqaviy, lokal va xalqaro (eksport, global va jahon) marketingi; qo‘llanish sohasiga qarab iste’mol, sanoat, investitsion va xizmatlar marketingi xarakterlanadi. Bugungi kunda jismoniy shaxs yoki tashkilotning faoliyat turiga qarab tashkilot marketingi, shaxs marketingi, joy marketingi, ijtimoiy marketing qo‘llaniladi.

Marketing klassifikatsiyasining asosiy xarakteristikalari:

1950 – Nodifferensial Salbiy Konversion Foyda Daromadli

yilgacha marketing olish tijorat

marketing

1960 – yil Differensial Talab Rag`batlanti- Foyda Notijorat va

marketing yo`q ruvchi va tijorat

boshqa marketing

maqsad

1970 –yil Konsentrlashgan Yashirin Rivojlanuvchi Qo`llash Milliy

marketing Pasayti- Remarketing sohasiga mintaqaviy

ruvchi qarab mahalliy

xalqaro


1980 –yil Kompleks To‘liq Sinxro Faoliyat Iste’mol,

marketing marketing turiga sanoat

qarab investitsion

xizmat sohasi

marketing




1990 – Kommunikativ Haddan Qo‘llovchi Tashkilotlar

yildan marketing ortiq marketing marketing,

hozirgacha Noratsional Demarketing egomarketing,

Qarshilik joy,

ko‘rsatuvchi marketingi, . g‘oyalar

marketingi,

ijtimoiy

marketing.

Xulosa

Men bugungi 17- labarotiya mashg’ulotidan marketining iqtisodiyotdagi o’rni juda kattaligini bildim. Marketinging asosiy maqsadlari sotish hajmini oshirish, o`sib borish suratini nazorat qilish, kompaniyaning bozordagi ulushini oshirish, rejalashtirilgan foydaga erishish kabilarni o`z ichiga oladi.













Download 10.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling