Laboratoriya ishi № shisha plastinkaning sindirish ko'rsatgichini aniqlash ishdan maqsad


Download 97.5 Kb.
bet1/4
Sana14.11.2021
Hajmi97.5 Kb.
#174616
  1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoriya fizika 1-semestr


LABORATORIYA ISHI №

SHISHA PLASTINKANING SINDIRISH KO'RSATGICHINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Ikki shafof muhitning chegarasidagi optik xodisalarni o'rganish.

Kerakli asboblar: Yorug'lik manbai, shisha plastinka.
Nazariya

1850 yilda J.Fuko birinchi bo'lib yorug'likning suvda tarqalish tezligini o'lchadi. Yorug'lik tarqalish tezligining muhitning turiga bog'liqligini xarakterlovchi kattalik muhitning optik zichligi deyiladi. U muhitning absolyut sindirish ko'rsatkichining son qiymati bilan o'lchanadi:



Ma'lumki, vakuumning optik zichligi birga teng. Xavo uchun sindirish ko'rsatgichi 1,003 ga teng bo'lgani uchun havoda yorug'lik tezligini ko'pincha C-deb qabul qilinadi .

Yorug'lik tarqalish tezligining o'zgarishiga yorug'ligning sinishidir, ya'ni u bir shaffof muhitdan boshqa shaffof muhitga o'tishida tarqalish yo'nalishining o'zgarishidir.

Bir jinsli muhitda yorug'likning to'g'ri chiziqli tarqalishini eslaylik. Bu muhitda yorug'lik tarqalishini tavsiflashda yorug'lik nurlaridan foydalanish imkonini beradi.

Yorug'lik tarqalish yo'nalishining o'zgarishi ikki turli muxitning ajralish chegarasida ro'y beradi. Shuning uchun agar bunday o'zgarishlarni aniq topish imkonini beradigan qonunlarni tajribalardan aniqlasak, unda yorug'lik nurlanishining fizik tabiatini hisobga olmagan holda yorug'lik nurlari yordamida ko'pgina optik hodisalarning borishini tavsiflash mumkin bo'ladi. Optikaning hodisalarini shunday tavsiflash metodi foydalaniladigan qismi geometrik optika deb ataladi. Bu bobda ikki shaffof muhitning ajralish chegarasida ro'y beradigan optik hodisalar rioya qiladigan qonunlarni qarab chiqiladi.

Havodan suv sirtiga ingichka yorug'lik dastasi tushganda (1-rasm) O tushish nuqtasida yorug'likning bir qismi qaytganini, bir qismi esa suvga o'tganini va sinishini payqash mumkin. i va burchaklarni mos ravishda tushish burchagi va qaytish burchagi deb atalishini bilamiz. Singan nur va nurlarning tushish nuqtasida ikki muhitning ajralish sirtiga o'tkazilgan perpendikulyar bilan hosil qilgan burchakni sinish burchagi deyiladi.




Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling