Laboratoriya ishi №1 hаvo quvurlаridа hаrаkаtlаnаyotgаn hаvoning miqdorini o’LChАSh. Ishdan


Download 217 Kb.
bet2/3
Sana10.04.2020
Hajmi217 Kb.
1   2   3


r - harakatlanayotgan havoning zichligi. Injenerlik hisoblarda havoning zichligi r=1,23 kg/m3 qabul qilish mumkin, bunlay holla /18/ formulani quyidagicha yozish mumkin:

(19)

Bu formula havo quvurida harakatlanayotgan havoning harorati 15 dan 25oC gacha bo’lganda aniq natija beradi.



Endi dinamik bosimni o’lchashni ko’rib chiqamiz. Buning uchun har xil tuzilishga ega bo’lgan pnevmometrik naychalar ishlatiladi. 23-rasmda Prandtlya (a) va LIOT (b) tuzilishdagi naychalar ko’rsatilgan. Pnevmometrik naychalar ikki kanaldan iborat. Ulardan "T" harfi bilan belgilangani havo oqimiga qarshi ochiq va to’liq bosimni o’lchaydi. Naycha oxirida rezinkali ichak kiygiziladigan qismiga "+" belgisi qo’yilgan. Boshqa "C" harfli kanal havo oqimiga perpendikulyar yo’nalishda ochiq Prantlya naychasida bu halqani teshik «K» xarfi bilan belgilangan.

23-rasm.


24-rasm.


LIOT naychasida esa bu to’rtta teshik "O" harfi bilan belgilangan. Bu naycha havo oqimining statik bosimiii o’lchaydi va rezinkali shlang kiygiziladigan joyga "-" belgisi qo’yilgan.

Havo oqimining bosimini ko’pincha suv yoki simob ustuni balandligi bilan o’lchanadi. Bunda MKGCC kgk/m2, /mm suv ustuni/ o’lchov birligi sistemasini o’z ichiga olgan tenglamalardan foydalanish qulay.

Havo oqiminimg bosimi 2 dan 160 kgk/m2 gacha oraliqda bo’lganda TsАGI yoki MMN mikromanometrlari orqali va 160 kgk/m2 dan katta bo’lganda "U" shaklidagi manometr orqali, pnevmometrik naychalar yordamida aniqlanadi. Аgar mikromanometrning bir tomonini pnevmometrik trubkaning /-/ minus tomoni bilan tutashtirilsa (23b-Rasm) bunda havo oqimini statik bosimi Rst o’lchanadi. Xuddi shuningdek to’liq bosim ham ventilyatorning dam beruvchi tomonida musbat, havo so’riluvchi tomonida esa manfiy bo’ladi.

Аgar mikromanometrni yoki U shaklidagi manometrni pnevmometrik naychanining ikkala tomoniga /+/ va /-/ (23-Rasm) ulansa, unda u havo oqimining bosimi tezligini Rdin ko’rsatadi. (21-formulaga qarang).

Havo quvurining o’rtasida tezlik kattaroq, devorlariga yaqinlashgan sari esa kamayib boradi. Dinamik bosim ham shu xilda o’zgaradi.

Аsbob yordamida o’lchangan dinamik bosim qiymatlarining /Rdin/ o’rtacha qiymatini aniqlab va undan foydalanib havoning o’rtacha tezligini topamiz.

Buning uchun ko’ndalang kesimi aylana shaklida bo’lgan havo quvurlarini ko’ndalang kesimini xayolan yuzalari teng bo’lgan halqalarga bo’lib chiqamiz va ularning aylana markazidan baravar uzoqlikda yotgan to’rtta nuqtalarida dinamik bosimni o’lchaymiz. Halqalar soni havo quvurlarining diametriga bog’liq bo’ladi.

Masalan:


Havo quvurining diametri, mm 100, 200, 200-400, 400-600
Halqalar soni 2, 3, 4, 5,

Halqalar sonini ixtiyoriy olmasdan, yuqoridagicha olinganda, topilgan o’rtacha tezlik qiymati haqiqatga yaqinroq bo’ladi.

Havo quvuri yuzasini 3 halqaga bo’linishini 25-rasmda ko’rsatilgan, har
bir o’lchanadigan nuqtaning havo quvuri devoridan uzoqligini 6-jadvaldan
aniqlash mumkin.

6-jadval


Havo quvurining diametri, mm

O’lchanadigan nuqtalar tartib raqami

1

2

3

4

5

6

7

8

Havo quvuri ichki devoridan diametr bo’ylab o’lchanadigan nuqtagacha bo’lgan masofa, mm

100

5

15

30

70

85

95







110

5

16

33

77

94

106







125

6

18

37

88

107

119







140

6

20

41

99

120

134







160

7

23

47

113

137

153







180

8

26

53

127

154

172







200

9

29

59

141

171

191







225

7

24

44

173

152

181

201

218

250

8

26

49

181

169

201

224

242

O’lchash paytida bu masofalarni pnevmometrik naychaning tashqi devoriga belgilab qo’yiladi.



25- rasm.



26-rasm.


Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling