Laboratoriya ishi №1 hаvo quvurlаridа hаrаkаtlаnаyotgаn hаvoning miqdorini o’LChАSh. Ishdan


Download 217 Kb.
bet3/3
Sana10.04.2020
Hajmi217 Kb.
#99090
1   2   3
Bog'liq
1 ММ Лаборатория иши

Ishni bajarish tartibi
Havoning o’tish miqdorini ventilyatorning so’ruvchi yoki dam beruvchi tomonidan o’lchash mumkin. Bu laboratoriya ishi ventilyatorning dam beruvchi qismida o’tkaziladi.

  1. 26- rasmda ko’rsatilgan laboratoriya moslamasi va uning sxemasi bilan tanishing.

  1. TsАGI yoki MMN mikromanometrini tayyorlang. Buning uchun stol ustidagi asbobni gorizontal holatda va naydagi suyuqlikni boshlang’ich /nol/ holatda bo’lishiga erishing.

Аgar TsАGI mikromanometri ishlatilsa, unda trubkadagi suyuqlik satxi nolga keltirilmaydi. Bu holda mikromanometr ko’rsatkichi uning maksimal ko’rsatish satxi bilan dastlabki satxi orasidagi ayirma sifatida olinishi mumkin.

3. Havo quvurining bosim o’lchanadigan qismidagi diametrini aniqlang.



  1. Havo quvurining shu diametri uchun ko’ndalang kesimi necha halqaga bo’linishini aniqlang.

  1. O’lchanadigan nuqtalar havo quvurining ichki devoridan qancha masofada turishini 6-jadvaldan aniqlang.

  1. Bu nuqtalarni pnevmometrik naycha tashqi devoridan belgilang.

  2. Pnevmometrik naychani rezinali ichaklar yordamida mikromanometrga shunday ulangki, bunda /+/ musbat qismi mikromanometrning suyuqlik saqlanuvchi idishchasiga va /-/ manfiy qism esa shisha naychasiga to’g’ri kelsin.

  3. Ventilyatorni ishga tushiring.

  4. Dinamik bosimni o’lchashga kirishing va natijalarni 7-jadvalga yozib boring. /quyida 3 halqaga bo’lingan havo quvurining jadvali namuna sifatida ko’rsatiladi/.

Mikromanometriing pnevmometrik naycha bo’ylab 1-nuqtadan 6-nuqtagacha /25-rasmga qarang/ surilganligi ko’rsatkichlarini 2-ustunga yozing va pnevmometrik naychani orqaga harakatlantirganda 6-nuqtadan 1-nuqtagacha surilgandagi ko’rsatkichlarini 4-usunga yozing. Pnevmometrik naychaning perpendikulyar diametr bo’ylab o’lchangandagi ko’rsatkichlarini 6 va 8-ustunlarga yozing.

7-jadval


O’lchash nuqtalarining tartib raqami

Ko’ndalang bo’ylab

Tik bo’ylab

I-takrorlanish

II-takrorlanish

I-takrorlanish

II-takrorlanish

Mikromanometr ko’rsatkichi, mm.suv ust.

Dinamik bosim, Rdin kgk/m2

Mikromanometr ko’rsatkichi, mm.suv ust.

Dinamik bosim, Rdin kgk/m2

Mikromanometr ko’rsatkichi, mm.suv ust.

Dinamik bosim, Rdin kgk/m2

Mikromanometr ko’rsatkichi, mm.suv ust.

Dinamik bosim, Rdin kgk/m2

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1

























2

























3

























4

























5

























6
























Endi 3, 5, 7 va 9-grafalarni to’ldirish kerak, buning uchun mikromanometr ko’rsatkichlarini mm. suv ustunidan dinamik bosim kgk/m2 aylantirish uchun quyidagi formuladan foydalanamiz.


Rdin=h KmanKtr (20)

bunda: h - mikromanometr ko’rsatkichi mm.suv ustunida,

Kman- mikromanometr koeffitsienti. Bu naychaning qiyaligiga bog’liq va naycha o’rnashtiriladigan sektorga yozilgan.

Ktr-pnevmometrik naychaning koeffitsienti. Bu laboratoriya ishida foydalanilayotgan naycha uchun 0,8 ga teng. Dinamik bosimning o’rtacha qiymatini quyidagi formuladan topamiz.



, kgk/m2 (21)

bunda Rdin- hamma nuqtalarda o’lchanadigan dinamik bosim qiymati. /qiymatlarni 3, 5, 7 va 9 grafalardan oling/.

N-o’lchovlar soni. Bu laboratoriya ishida 24 ta.

10. Havo quvuridagi harakatlanayotgan havoning o’rtacha tezligini 19-formuladan hisoblang.

11. Havo quvuridagi harakatlanayotgan havoning miqdorini 21-formula orqali toping.
Topshirish savollari

1. Havo quvurlarida harakatlanayotgan havoning hajmi qanday kattaliklar bilan xarakterlanadi?

Javob; a) Havoning harakat tezligi va harorati bilan.

b) Havoning harakat tezligi va atmosfera bosimi bilan

v) Havoning harakat tezligi va havo quvurining diametri.

g) Havoning harakat tezligi va havo quvurining uzunligi.

d) quvurning diametri va harorat bilan.

2. Havo quvurlarida harakatlanayotgan havoning hajmi qaysi kattaliklarda o’lchanadi?

Javob: m2/s, m3/s, mg/s, s/m2, s/mg.

3. Havo quvurlarining diametri o’zgarmaganda, ventilyatorning aylanish


tezligi havoning hajmi va tezligiga ta`sir qiladimi?

Javob: ha, yo’q, ko’p, kam.

4. Havoning hajmi va tezligini aniqlashda qaysi asbobdan
foydalanamiz?

Javob: termometr, mikromanometr, psixrometr, anemometr, reometr.



5. Ventilyatorning aylanish tezligi o’zgarmaganda havo quvuri
diametrining kichrayishi havoning hajmiga qanday ta`sir qiladi?

Javob: o’zgarmaydi, ko’payadi, kamayadi, kam o’zgaradi
Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling