Laboratoriya ishi №1 Mavzu: cad tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o’rganish va qo’llash. Kerakli texnik vositalar


Download 1.07 Mb.
bet1/9
Sana31.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Laboratoriya ishi №1
Mavzu: CAD tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o’rganish va qo’llash.
Kerakli texnik vositalar: Shaxsiy kompyuterlardan iborat kompyuter sinfi.

Kerakli dasturiy vositalar: Cad amaliy dasturlari,

Ishning maqsadi: Talabalarga CAD tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o’rgatish va tajribada qo’llash.

Topshiriqlar:

Texnik tizimlar sohasiga oid ob’yektlarni loyihalashda AutoCad dasturining asosiy elementlari bilan tanishish.



Ishni bajarish tartibi:

1. AutoCad dasturini yuklash

2. Dastur interfeysi bilan tanishish.

3. 2 o’lchamli ob’yektlarni loyihalash.



Tayyorlanadigan hisobotning mundarijasi:

1. Laboratoriya ishi nomi va maqsadi.

2. Ish bo’yicha doklad.

3. Bajarilgan ishlar bo’yicha ma’lumotlar.

4. Xulosa.

Nazorat savollari:

1. Texnik tizimlar sohasiga oid ob’yektlarni loyihalashda qaysi dasturlar ishlatildi?

2. AutoCad dasturining ish stoli?
Texnik tizimlar sohasida - avtomatik loyihalash tizimi (ALT) tushunchasi odatda, CAD/CAE/CAM tizimlariga nisbatan qoʻllanilib, unda kompyuter yordamida loyihalash, ishlab - chiqarish va muxandislik maʼlumotlarini boshqarish masalalarini amalga oshiruvchi dasturlar toʻplamiga nisbatan qoʻllaniladi. Birinchi CAD – tizimlari 60-yillarda paydo boʻlgan. Aynan shu vaqtda General Motors kompaniyasida, mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlashning interaktiv grafik tizimi yaratilgan edi.

CAD- avtomatlashtirilgan loyixalash texnologiyasi(computer-aided design – CAD). Hozirgi kunda bir qator keng tarqalgan CAD/CAE/CAM tizimlari mavjud, xususan, CATIA, Solid Works, AutoCAD, NX Nastran, MSC ADAMS, Inventor and mechanical Desktop, Pro/Engineer, Parasolid, Solid Edge va h.

CAD - loyihalashni avtomatlashtirish vositasi boʻlib 2 oʻlchamli va 3 oʻlchamli geometrik loyihalash yoki texnologik hujjatlarni tayyorlash dasturi hisoblanadi. Bundan :

CADD - loyihalashda chizmalarni bunyod qilish;

CAGD - geometrik modellashtirish;

CAE - muhandislik hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasi, fizik jarayonlarni foydalanishni tahlil qilish, dinamik modellashtirish, buyumlarni optimallash va tekshirish.

CAM - buyum ishlab chiqarishda texnologik tayyorgarlik vositasi, avtomatlashtirishni dasturlash.

CAPP - CAD va CAM tizimlari kesimida qoʻllaniladigan texnologik jarayonlarni rejalashtirishni avtomatlashtirish vositasidir.

AutoCAD dasturi. Dasturni yuklash uchun “Пуск” menyusidan “Все программы” boʻlimidan AutoCAD 2014 tanlanadi yoki ishchi stolda dasturning yorligʻining ustiga ikki marotaba bosiladi. Dastur yuklangandan soʻng ekranda AutoCAD 2014 paydo boʻladi.

AutoCAD dasturi avtomatik ravishda Drawing X nom qoʻyadi va yangi ish darchasi sifatida qabul qiladi. Misol sifatida AutoCADda yangi darcha ochildi va Drawing1. nomi berildi.

AutoCAD dasturi avtonom rejimida yoki lokal tarmoqda ham ishlashi mumkin.
1-rasmda AutoCADning ish stoli tasvirlangan.

Ish stoliga quyidagilar kiritilgan:

TUSHUVCHI MENYU QATORI –menyuning eng yuqori qatori;

ASBOBLAR PANELI –yuqorida, ish stolining o‘ng va chap tomonida.



Keyingi ishlarda foydalaniladigan asosiy asboblar paneli:

1) ‘Standart asboblar’ paneli;

2) ‘Obyekt xossasi’ paneli;

3) ‘Chizish’ paneli;

4) ‘O‘zgartirish’ paneli;

5) ‘O‘lchamlar’ paneli;

6) ‘Obyektni bog‘lash’ paneli.
 

Tushuvchi menyu qatori

Asboblar paneli




Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling