Laboratoriya ishi №3-4.
Mavzu: 2T30 teodoliti yordamida gorizantal va vertikal burchaklarni о‘lchashni о‘rganish.
Laboratoriya ishining maqsadi: Talabalarni teodolit yordamida gorizontal, vertikal burchaklar о‘lchash, teodolitdan nuqtagacha bо‘lgan masofa, inshoot balandligini va borib bо‘lmas masofalarni о‘lchash ishlari tо‘g‘risidagi boshlang‘ich mustahkamlashlari uchun nazariy va amaliy kо‘rsatmalar hamda tavsiyalar berishdan iboratdir.
Laboratoriya ishining vazifasi: Talabalarni teodolit yordamida gorizontal, vertikal burchaklarni о‘lchashni, teodolitdan nuqtagacha bо‘lgan masofa, inshoot balandligini va borib bо‘lmas masofalarni о‘lchash ishlarini о‘rgatishdan iborat.
Bunda talabalarga qо‘yiladigan asosiy, ya’ni talabalarning bilishi zarur bо‘lgan va bajara olishi shart bо‘lgan talablar mavjud.
1. Talabalar bilishi zarur:
- teodolitning tuzilishini;
- uni tekshirish usullarini bilishi kerak.
2. Talabalar bajara olishi shart:
-teodolitni ishchi holatga keltirish va tekshirishni;
- teodolit doiralaridan sanoq olish, gorizontal va vertikal burchaklarni о‘lchashni bajara olishi kerak.
Laboratoriya ishini bajarish uchun asosiy ma’lumotlar:
Teodolit nuqtaga shtativ va shovun yordamida о‘rnatiladi. Teodolit tо‘g‘ri о‘rnatilganligi - adilak yordamida tekshiriladi. Teodolit bilan vertikal burchak о‘lchash mumkin. Vertikal burchak - qiyalik burchak deb ham ataladi.
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli materiallar va asbob-uskunalar: teodolit, bussol, reyka, shovun, bо‘r, yog‘och qoziqchalar (8 dona), shtativ, pо‘lat lenta (metr), abris chizish uchun qog‘oz, qalam, о‘chirgich, chizg‘ich, trigonometrik funksiyali kalkulyator.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
О‘quv guruhi brigadalar (har bir brigadada 3 nafardan 5 nafargacha talabalar) ga bо‘linadi. Har bir brigada bir tо‘plam laboratoriya uskunalari bilan ishni bajaradi.
Talabalar uchun variant sifatida, о‘qituvchi tomonidan “QarMII bosh binosi hududi” dan har bir brigadaga laboratoriya ishini bajarish uchun obyektlar belgilab beriladi va kо‘rsatilgan obyektlarda bajarilgan ishlar asos sifatida qabul qilinadi hamda talabalar ushbu laboratoriya ishlarining rasmiylashtirib bajarilgan hisobotlarni topshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |