Laboratoriya ishi №4. Metallarning mol massa ekvivalentini aniqlash


Download 244.19 Kb.
bet1/2
Sana06.11.2023
Hajmi244.19 Kb.
#1750816
  1   2
Bog'liq
2 Laboratoriya

LABORATORIYA ISHI №4.

METALLARNING MOL MASSA EKVIVALENTINI ANIQLASH.


Ishning maqsadi: Metallarning kislotalar bilan reaksiyasi natijasida hosil bo’lgan gazni normal sharoitdagi hajmini hisoblab, tajriba natijalariga asoslangan holda metalning ekvivalent massasini aniqlash.
K erakli jihoz va reaktivlar: H2O-distillangan suv, HC1-xlorid kislota (rangsiz eritma), Zn(Rux) yoki alyuminiy(Al) bo’lakchasi (yaltiroq metall). Osvald probirkasi (landolt idishi), ikkita barobarlovchi byuretka, gaz o’tkazuvchi naycha, rezinali qopqoq, shtativ, bosim o‘lchovchi barometr, haroratni o‘lchovchi termometr.
Tajriba ma’lum miqdorda olingan metallning suyultirilgan xlorid kislotadan siqib chiqaradigan vodorod hajmini o‘lchashga asoslangan:
Me+ 2HCl = H2 + MeClx.
Bu tajriba 20-rasmda ko‘rsatilgan germetik asbobda bajariladi.
27-rasm. Metall ekvivalentini molyar massasina aniqlash uskunasi:
1-Ostvald probirkasi; 2-byuretka; 3-barobarlovchi byuretka.
Ostvald probirkasining bir tomoniga suyultirilgan 10 ml xlorid kislotadan quying. Ikkinchi tomoniga tarozida oldindan tortilgan 0,05 g metallni ehtiyotlik bilan, kislotaga tekkizmasdan soling.
Barobarlovchi byuretkani pastka yoki yuqoriga Harakatlantirib turgan xolda suvning sathini nolga yaqin chiziqqa keltiring va ostvald probirkasini probka bilan berkitib, asbobning germetikligini tekshiring. Buning uchun barobarlovchi byuretkadagi suvning sathini byuretkadagi suv sathidan pastroqqa tushiring va uni shu holatda shtativga mahkamlab o‘rnating. Agar 1-2 minut davomida byuretkada suvning sathi sezilarli darajada o‘zgarmasa, asbobni germetik deb hisoblash mumkin.
Asbobning germetikligini tekshirilgandan keyin, byuretkalardagi suv sathini bir holatga keltiring va darajalarga bo‘lingan byuretkadagi suvning dastlabki sathini (Vbosh.) belgilab yozib qo‘ying.
Ostvald probirkasini qiyalatib undagi kislotani metall solingan tomoniga quying. Shu zahoti metall kislota bilan reaksiyaga kirishib, vodorod ajrala boshlaydi. Ajralib chiqqan vodorod byuretkadagi suvni barobarlovchi byuretkaga tomon siqib chiqara boshlaydi.
Reaksiya tomom bo‘lishi bilan byuretkadagi gazning chiqib ketmasligi yoki unga havo kirmasligi uchun ikkala idishdagi suvning sathini tenglashtiring. So‘ngra byuretkadagi so‘nggi suv sathini (Voxir) aniqlab yozib oling.
Tajriba natijalarini jadval-2 va jadval-3 ga yozing.

Download 244.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling