Laboratoriya ishi №7 O’tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash. Ishning maqsadi


Download 38.31 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#202331
  1   2
Bog'liq
10-Laboratoriya ishi


Laboratoriya ishi №7 O’tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash.

Ishning maqsadi: O’tkazgichlarni ketma–ket va parallel ulashni, elektr zanjirlarini tuzishni va hisoblashni o’rganish.

Kerakli asbob va materiallar: ampermetr, voltmetr, tok manbai, qarshiliklar, reostat, kalit, ulovchi simlar.

I. Qisqacha nazariy tushunchalar

Elektr energiyasi tok manbaidan istemolchiga simlar orqali uzatiladi. Buning uchun murakkabligi turlicha bo’lgan zanjirlar tuziladi. Bunda iste’molchilar ko’pincha ketma-ket va parallel ulanadi.

Qarshiligi R1va R2 bo’lgan ikki o’tkazgich ketma-ket ulangan bo’lsin(1-rasm). O’zgarmas tok o’tayotganida o’tkazgichlarda elektr zaryadlari to’planib qolmaydi va o’tkazgichning har qanday kesimi orqali ma’lum vaqt ichida ayni bir zaryad o’tadi. Shuning uchun ayrim qarshiliklardan o’tayotgan tokning kuchi bir xil.



1-rasm.


I1=I2=I3 (1)

Zanjirning tekshirilayotgan AC qismi uchlaridagi kuchlanish zanjirning AB va BC qismlari uchlaridagi kuchlanishlardan tashkil topadi:



U=U1+U2 (2)

Zanjirning AC, AB, BC qismlariga Om qonunini qo’llaymiz:



U = IR; U1=I1R1; U2=I2R2 (3)

Bunda R-to’la qarshilik

(3) ni (2)ga qo’yib, (1)ni hisobga olsak,

R=R1+R2 (4)

ni hosil qilamiz. Zanjirda n ta o’tkazgich ketma-ket ulangan bo’lsa,



R=R1+R2+...+Rn (5)

Qarshiliklari R1 va R2 o’tkazgichlar parallel bo’lsin (2-rasm ). Bu xolda I umumiy tok kuchi ikki qismga tarmoqlanadi. O’tkazgichlar tarmoqlangan A nuqtada elektr zaryadi to’planmagani uchun, tugunga vaqt birligi ichida keladigan zaryad o’sha vaqt ichida tugundan ketadigan zaryadga teng bo’lishi kerak:



I=I1+I2 (6)

bunda I1, I2-birinchi va ikkinchi qarshiliklardan o’tayotgan tokning kuchlari.



2-rasm.


Parallel ulangan o’tkazgichlarda kuchlanish bir xil bo’ladi:

U=U1=U2 (7)

Zanjirning AB,CD,EF qismlariga Om qonunini tatbiq etamiz:

(8)

(8)ni (6)ga quyib, (7)ni xisobga olsak,



(9)

ni hosil qilamiz. Zanjirda n ta o’tkazgich parallel ulangan bo’lsa.



(10)


Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling