Laboratoriya ishi. C vitamin (Askorbin kislota)


Download 18.24 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi18.24 Kb.
#1298454
Bog'liq
Laboratoriya ishi 16


Laboratoriya ishi. C vitamin (Askorbin kislota)
Ximiyaviy tabiati jihatidan 1-askorbin kislota tarkibida dienol gruppa tutgan laktondir. C vitamin molekulasida karboksil gruppa tutmasa xam kislota xususiyatiga ega. Askorbin kislotaning eng xarakterli xossasi oson oksidlanishi va kaytarilishidir:
1- askorbin kislota (kaytarilgan ko‘rinishi degidro 1- askorbin kislota ikkala ko‘rinish xam vitaminlik aktivligiga ega. Askorbin kislota rangsiz kristall modda bulib, suvda yaxshi eriydi, oksidlovchilar ta’sirida tezda parchalanib ketadi. Bu protsess neytral yoki ishqoriy muhitda qizdirilganda tezlashadi. Kislotali muhitda ancha barkqaror.
C vitamin to‘qimalardagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, uglevod, yog‘ va oqsillar almashinuvida katta rol uynaydi. Askorbin kislota buyrak usti bezi gormonlari va DNK komponentlari sintezida, dentin, kollagen, suyak va tog‘ay hosil bo‘lishida, aromatik aminokislotalar almashinuvida qatnashadi. Bu vitamining avitaminozi boshlanishida bo‘shashish, tez charchash, ishtaha yuqolishi, bosh aylanish hollari, keyinchalik milklardap qon ketishi, yurak faoliyatining pasayishi, organizmning infeksiyaga qarshiligining susayishi kuzatiladi. S vitaminga sutkalik talab 75-100 mg.
Askorbin kislota usimlik mahsulotlari apelsin, limon, olma va boshqa mevalar, sabzavotlar, ko‘k piyoz, kashnich, ukrop va boshqalarda ko‘p tarqalgan.
Laboratoriya ishi C vitaminga xos sifat reaksiyalari
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, kaliyferrotsiagshdning 5% li eritmasi, temir xloridning 1 % li eritmasi, na’matak eki boshqa meva ekstrakti, distillangan suv, metilen kukunning 0,01% li zritmasi, natriy kar-bonatning 10% li eritmasi, 2,6-dixlorfenolindofenolning 0,01 n li eritmasi, xlorid kislotaning 2% li eritmasi.
1-tajriba. Askorbin kislotaga kaliy ferritsianidning ta’siri
Meva ekstraktidagi askorbin kislota qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] ni qaytarib sariq, qon tuziga aylantiradi; xosil bulgan sariq, qon tuzi temir (III)-xlorid bilan suvda yomon eruvchi berlin zangorisini hosil qiladi.
Ishning bajarilishi. Ikkita probirka olib 2-3 tomchidan 5% li kaliy ferritsianid va 1 tomchi temir (III)-xlorid eritmasidan tomizamiz. Probirkalarning biriga 5-10 tomchi na’matak yoki. boshka meva ekstrakti, ikkinchisiga shuncha mikdorda suv tomiziladi. Birinchi probirkadagi suyuqlik kukaradi va berlin zangorisi xosil buladi. Ikkinchi probirkadagi suyuqlik esa uzgarishsiz qoladi:
2-tajriba. Metilen ko‘ki va 2,6-dixlorfenolin dofenol balan qilinadigan reaksiya
Metilen kuki yoki 2,6-dixlorfenolindofenol eritmalariga na’matak yoki boshqa meva ekstrakti qo‘shilsa, u rangsizlanadi.
Ishning bajarilishi.1. 2 ta probirka olib xar biriga 0,01% li metilen ko‘ki eritmasidan 1 tomchidan, 10% li soda eritmasidan 1 tomchidan quyiladi. Birinchi probirkaga 10 tomchi na’matak yoki boshqa meva ekstrakti, ikkinchisiga shuncha mikdorda distillangan suv quyilib, ikkala probirka qizdiriladi. Meva ekstrakti qo‘shilgan probirkadagi suyuqlik rangsizlanishi kuzatiladi.
2. Ikkita probirka olib xar ikkalasiga 0,01% li 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasidan 10 tomchidan quyiladi. Birinchi probirkaga 1 % li HCl eritmasidan 1 tomchi tomiziladi, suyuklik qizaradi.Har ikala qizil va ko‘k rangli suyuqliklarga tomchilatib 5-10tomchi meva ekstraktidan tomiziladi. Xar ikkala holatda ham suyuklik rangsizlanadi.
Laboratoriya ishi C vitaminni Tilmans usuli buyicha miqdoriy jixatdan aniqlash
Kerakli asbob va reaktivlar:o‘lchov pipetkalar,mikrobyuretka, kolbachalar (50 ml li), skalpel yoki pichoq, havoncha, qum, 100 ml li o‘lchov kolbasi, sentrifuga, filtr qog‘oz, voronka, 50 ml li konussnmon kolba, gaz gorelka, askorbin kislotaning 0,1 % li eritmasi, metafosfat kislota yoki sulfat kislotaning 2% va 4% li eritmalari, 2,6- dixlorfenolindofenolning 0,001 n eritmasi, kraxmalning 1 % li eritmasi, kaliy yodid kristallari, kaliy Yodidning 0,001n eritmasi, xlorid kislotaning 5% li eritmasi, tekshiriladigan material (kartoshka, sabzi, turp, olma, limon, karam va hokazo), distillangan suv, vodorod peroksid.
Askorbin kislotani miqdoriy jixatdan aniqlash uning oson oksidlanish xususiyatiga asoslangan,bo‘lib,uni 2,6dixlorfenolindofenil bilan titrlanganda bu bo‘yoq qaytarilib, rangsizlanadi. Tekshirilayotgan bio­logik materialdagi S vitaminning miqdori oksidlash uchun sarflangan reaktiv hajmiga qarab hisoblab topiladi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Vitaminlar nima? 2. Vitaminlar etishmovchiligining qanday turlari ma’lum?
3. Vitaminlarning biologik ahamiyati qanday? 4. Vitaminlarning manbai nima?
5. YOg‘da eriydigan vitaminlarning hossalari qanday? 6. S vitaminozda qanday o‘zgarishlar inson organizmida kuzatiladi?
Download 18.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling