Laboratoriya ishi laboratoriya xonalarida ishlash qoidalari
Download 51 Kb.
|
1-Laboratoriya
LABORATORIYA ISHI Laboratoriya xonalarida ishlash qoidalari 1. “Qoidalar” bilan talabalar tanishmaguncha umumiy (hamma bir xil ish qiladigan) va ayrim xildagi tajribalar bajariladigan mashg‘ulotlarni o‘tkazmaslik. 2. Ish jarayonida faqat toza, quruq va yaxshi asboblardan foydalanish. 3. Hech qanday modda ta’mini ta’tib ko‘rmaslik, laboratoriya xonalarida ovqatlanmaslik. 4. Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun foydalaniladigan moddalarni boshqa birovlarga bermaslik va o‘z xohishi bilan laboratoriyalardan uyga hech qanday modda yoki buyumni olib ketishga yo‘l qo‘ymaslik. 5. Uchuvchan moddalarni ehtiyotkorlik choralarini qo‘llab hidlash. 6. Biror modda quyilayotgan idish ustiga engashib qaramaslik (chunki suyuqlikning mayda tomchilari ko‘zga sachrashi mumkin). 7. Bug‘lanuvchi chinni idish ustiga engashib qaramaslik (chunki tomchilari va uchayotgan quruq zarrachalar betni kuydirishi mumkin). 8. Ko‘zni saqlash (chunki zararli moddaning eng mayda tomchisi ham ko‘zning ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishga olib kelishi mumkin). 9. Suyuqlik qizdirilayotgan probirkaning og‘iz tomonini o‘zingizdan va o‘rtoqlaringizdan chetga qaratish (chunki o‘ta qizdirib yuborilganda suyuqlik qaynab chiqib betga sachrashi mumkin). 10. Probirkalarda moddalar eritmalarini qizdirish uchun ularni probirkaning 1/3 qismiga quyish. 11. Qattiq moddalarni faqat quruq probirkalarda qizdirish. 12. Shisha idishlar qizdirilganda, ularni spirt lampasining piligiga tekkizmaslik (chunki pilik sovuq bo‘lib idishni darz qilib sindirib yuborishi mumkin). 13. Qalin devorli shisha (bankalar, sklyankalar, silindrlar) va o‘lchov idishlari hamda chinni hovonchalarni alangada qizdirmaslik. 14. Spirt lampasini yoqishda faqat gugurtdan foydalanish lozim, uni yonib turgan manbaga qiyshaytirib yoqish ta’qiqlanadi (chunki qiyshaytirilganda spirt to‘kilib, alangalanib ketishi mumkin). 15. Spirt lampasini faqat qalpoqchasi bilan o‘chirish (puflab o‘chirish ta’qiqlanadi). 16. Ichida suyuqlik bor probirkani chayqatishda uning og‘zini barmoq bilan berkitish mumkin emas. Chayqatish uchun probirka kolba yoki stakanning yuqori qismidan ushlab sekin tebratiladi. 17. Reaksiyani kuzatayotganda probirkani ko‘zdan olisroq tutish kerak. Download 51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling