Laboratoriya ishlari va
tajriba texnikasi
Laboratoriya ishlari tartibi
Kimyo laboratoriyasida ishlash vaqtida quyidagi qoidalarga rioya qiling :
Har bir laboratoriya mashg`uloti oldindan darslikdan va ma`ruzadan tegishli bo`limlarni o`qib chiqing va laboratoriya ishining mazmuni bilan tanishing .
Tajriba uchun kerakli narsalar (idishlar,asboblar, rwaktivlar) hammasi mavjudligini aniqlanguncha tajribani boshlamang.
Tajriba o`tkazish vaqtida ishning qo`llanmada ko`rsatilgan tartibi va ketma ketligiga rioya qiling, shoshma –shosharlik va palapartishlikka yo`l qo`ymaslik lozim.
Hamma ehtiyot choralariga rioya qiling (kerak bo`lgan taqdirda ishni mo`rili shkafda bajaring ), yonuvchi va zaharli moddalar bilan ishlaganda ehtiyot bo`ling .
Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning hamma tafsilotlarini bilib oling.
Tajriba tugagach , ish o`rnini tartibga keltiring .
Kuzatilgan barcha hodisalarni va bajarilgan reaksiyalarning tenglamalarini har bir tajribadan keyin darhol ish daftariga (laboratoriya jurnaliga) yozib qo`ying.
Laboratoriya jurnaliga tajriba o`tkazilgan kunni , mavzu nomini , ish mazmunini (asbob sxemasi yoki rasmini chizing), kuzatish natijalarini , reaksiya tenglamalarini , hisoblar va xulosalarni yozing . Ish daftari varaqlarining chetidan o`qituvchining mulohazalari uchun joy qoldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |