Laboratoriya mashg‘uloti №3 Mavzu: html tilida matn, rang, jadval va rasmlar bilan ishlovchi teglar. Ishning maqsadi


Download 234.62 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi234.62 Kb.
#346887
Bog'liq
Laboratoriya ishi 3
Muhammad Hakimxon, Muhammad Hakimxon, 6 Azizbek Yusupo elektronika 6 lab-636, Globallashuv, Mustaqil ish topshiriqlari 1 semestr, Содержание, Содержание, Содержание, termodinamika molekulyar fizika qattiq jismlar va yadro fizikasi, 1-mustaqil topshiriq[2], Kasb pedagogikasida ta’lim metodlari reja, mpdf 2, mpdf, 7-seminar shaxsning hissiy irodaviy sohasi va hissiyotlar, 2 5451900879881898836

Laboratoriya mashg‘uloti № 3

Mavzu: HTML tilida matn, rang, jadval va rasmlar bilan ishlovchi teglar.
Ishning maqsadi: Talabalarda HTML tilida rasmalar joylashtirish, web sahifani jadval, matn, rasmlar gipermatn joylashtirish, gipermatn yordamida web sahifa tayyorlash ko’nikmalarini oshirish.

Kutilayotgan natija: Talabalarda HTML tili bilan ishlash hamda rasmalar yaratish hamda gipermatnlar yaratish haqidagi ko’nikmalar hosil qilinadi.

Laboratoriya jihozlari: Kompyuter, HTML tilida ishlovchi dastur (blaknot,Akelpad), tarqatma materiallar

Ish rejasi:



  1. Rasm joylashtirish teglari

  2. Rasmlar atrofiga matnlar joylashtirish teglari

  3. Rasmlar atrofiga jadvallar joylashtirish teglari

  4. Rasmlarda gipermurojat

  5. Gipermatn joylashtirish teglari

  6. Gipermatn turlari va atributlari

  7. Gipermatnli mundarija hosil qilish

HTML tili yordamida rasm yoki videotasvirlarni o‘rnatishni quyidagi misol yordamida ko’rishimiz mumkin:

1. 1-gif.gif rasmni o’rnatish:

2. 1-gif.avi videotasvirni o‘rnatish:




Web saxifalar yaratishda JPG, GIF va PNG formatli grafik fayllardan foydalanish mumkin.

GIF- maxsus tarmoqli format bo’lib, fayl xajmi oz jadval yoki xujjatning orqa foni sifatida foydalanish mumkin. Lekin gif fayllar 256 xil rangda ishlaydi, shuning uchun fotosuratlarni saqlashda unumsizdir. JPG esa ranglardan cheksiz foydalanadi, lekin animatsiya yarata olmaydi. Ikkala kamchilikni to’ldiruvchi yangi format –PNG fayldir, lekin buning kamchiligi eski brauzerlar PNG-formatli fayllarni ko’rmasligi mumkin.

Rasmni xujjatga o’rnatish uchun unga quyidagi ishoratni berish kerak:

bu yerda SRC (source-manba )Image-gif, jpg yoki png formatdagi rasmli fayl.

Rasm yoki matnlarni joylashtirish uchun align”” atributidan foydalanish mumkin.

Yo’nalishlarni quyidagi turlari mavjud:

Align”middle”-satr markazi

Align”right”-rasmni chap tomoni

Align”lift”-rasmni o’ng tomoni

Align”top”- yuqori qismi

Align””-pastki qismi

Rasmni ekran markazida xosil qilish uchun uni

...<center> teglari orasiga yozish kerak. SHuningdek rasmlarda o’lchamlarni xam berish mumkin. Uning yordamida brauzer tasvirni to’liq yuklanishini kutmasdan turib, uning joylashuvini xisobga olgan xolda boshqa barcha ob’ektlarni joylashtiriladi.

Aks xolda brauzer oxirgi rasm yuklangunigacha saxifaning ichki ko’rinishini dinamik tarzda uzgartiradi.

Rasmning balandligi va kengligini o’rnatishni WIDTH”n” va HEIGHT”n” parametrlar yordamida amalga oshirish mumkin.

Left va right yo’nalishlardan foydalanib img tegiga tasvir atrofidan ajratiluvchi masofa parametrlarini qo’shish mumkin. SHunda tasvir bilan matnni ajralib turilishi ta’minlanadi. VSpace”n” parametri vertikal bo’yicha, HSpace”n” esa gorizontal bo’yicha maosfalarni n pikselda o’rnatadi.

Quyidagi misolni ko’rib o’tishimiz mumkin:



Oxirgi parametr chegara qalinligini belgilaydi. Agar u qiymatsiz bo’lsa, u xolda chegara qalinligi brauzerning xoxishi bo’yicha o’rnatiladi.



Web-sahifani mundarija ko’rinishida qilish mumkin va bunda alohida sahifalarga murojaat qilinadi.

Dastlab tegi kiritiladi. teg o’zag teg deb nomlanadi. U Web-sahifalarga murojaat uchun ishlatiladi. href kalit so’zi brauzerga siz murojaat qilayotganingiz haqida xabar beradi. yopiluvchi tegini esdan chiqarmay yozib ketish kerak. misol.htm fayliga murojaatlarni yaratish uchun quyidagi kodni kiritishingiz kerak:

Misolni ko’rish

SHunday qilib, «Misolni ko’rish» iborasi ekranda murojaat matni ko’rinishida paydo bo’ladi. Bu matnga sichqoncha chap tugmasi olib kelib bosilsa, misol.htm fayli ochiladi.

Faylga yo’lni ko’rsatishni esdan chiqarmaslikni tekshirib ko’rish lozim. Masalan, tiger.htm fayli Exhibits direktoriyasida saqlangan bo’lsa, href kalit so’zida exhibits/tigers. Faylni ko’rish

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, HTML da WWW ning xoxlagan joyiga murojaat qilish imkoniyati ham mavjud.

Boshqa bir Web uzelga murojaat qilish uchun hujjatning to’liq URLi talab qilinadi. Lekin, murojaatning bu turi ham shunday tarzda, ya’ni



va

kabi bo’ladi.

URL hamisha http:// bilan boshlanadi. SHu tarzda brauzer hujjatni sizning Web uzelingizdan emas, WWW dan qidirib boshlaydi. URL ning qolgan qismlari siz izlayotgan hujjatning nomi va Internetdagi yo’li, uzelidan iborat bo’ladi:

http://www.yahoo.com/arts/performinarts/circuses/”> yahoo olami ruyxati

World Wide Web dagi murojaat matnining rangini o’zgartirishingiz mumkin. Sizning Web sahifangizning matnini rangini body tegi yordamida o’rnatish mumkin:

SHu tarzda gipermurojaat matnining rangini ham boshqarish mumkin. Quyida 3 ta yangi kalit so’z keltirilgan:



link - link kalit so’zi Text kabi ishlatiladi. link=blue o’rnatilgan bo’lsa (yoki boshqa bir rang), foydalanuvchi hali ishlatmagan (sichqoncha bilan turtmagan) murojaatlar ko’k rangda bo’ladi.



vlink - Ayrim hollarda bir necha murojaatlarning rangi boshqalaridan ajralib turganini sezish mumkin. Bu murojaat faollashtirilganligidan dalolat beradi.

Foydalanuvchi murojaat qilgan murojaatlarning rangini (Visited line) vlink kalit so’zi bilan o’zgartirish mumkin. Murojaatning rangini ochiq ko’k rangga o’zgartirish uchun quyidagi kodda yozish kerak:





alink - Murojaatga sichqoncha bilan turtgan paytdagi rangni o’zgartirish mumkin. Murojaatning faol rangi alink kalit so’zi yordamida beriladi. Kimdir sizning sahifangizga kirganida murojaat rangi link bilan berilgan rangda bo’ladi. Lekin qachonki siz uni sichqoncha bilan turtsangiz qisqa vaqtgacha tlink bilan berilgan rangga o’tadi.

Quyida faol murojaatning rangini ochiq sariq rangga o’zgartiramiz:



WWW- sahifalarda murojaat vositasi bo’lib, faqat matn emas, balki tasvirlar ham ishlatiladi. Bu shuni bildiradiki, qachonki siz tasvirlarni sichqoncha bilan turtsangiz ekranda boshqa Web-hujjat paydo bo’ladi.




Topshiriqlar:

  1. HTML da rasmlar asosida web sahifa yarating

  2. Rasm teglarini klaster ko’rinishida ifodalang

  3. Quyidagi teglar yordamida yuqoridagi web saytga ma’lumotlar kiriting.

  4. HTMLda gipermurojat qanday yaratiladi

  5. Gipermurojat asosida mundarija tuzish ketma-ketligini ayting

  6. tegi ishlatilishi haqida gapiring



Adabiyotlar ro‘yxati:

  1. M.M.Aripov. Internet va E-mail da ishlash. Universitet nashriyoti, 2000, 166 b.

  2. M.S.SHaripov, X.D.Erjonov. H T M L. (WEB-texnologiyalar fani-dan ma’ruzalar matni). Urganch, 2006

  3. Jon Duckett, HTML & CSS Design and Build Websites, Manufactured in the United States of America Published simultaneously in Canada, 2011

Download 234.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling