Larda ifodalang: ga; ga ar; 49 ar


Download 30.88 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi30.88 Kb.
#1157018
Bog'liq
29.12.2021


55. Rasimdagi kubning barcha tomonlariga natural sonlar yozilgan bo‘lib, Qaramaqarshi yoqlariga yozilgan sonlar ko‘paytmasi o‘zgarmas songa teng bo‘lsa, barcha sonlar yig‘indisining eng kichik qiymatini toping.

56. Boburning 50 qop tangasi bor edi. Lekin tangalardan bir qopi soxta ekani aniqlandi. Agar soxta tanga haqiqiy tangadan 1 grammga og‘ir ekani ma’lum bo‘lsa, elektron tarozida bir marta o‘lchash orqali qaysi qopdagi tangalar soxta ekanini qanday aniqlash mumkin?
57. 702, 787 va 855 sonlarini ga bo‘lganda bir-xil qoldiq qoladi. 412, 722 va 815 sonlarini ga bo‘lganda bir-xil qoldiq qoladi. yig‘indini hisoblang.
59. Poyezd uzunligi 450 m bo‘lgan ko‘prikdan 45 sekundda, uzunligi 10 m bo‘lgan usut yonidan esa 15 sekundda o‘tib ketdi. Poyezd uzunligi va tezligini toping.
60. a) m2 larda ifodalang: 8 ga; 6 ga 7 ar; 49 ar;
b) gektarlarda ifodalang: 280000 m2; 45 km2; 8 km2 17 gа;
d) km2 larda ifodalang: 35 ga; 17 ga 13 ar; 77600 m2; 5 km2 17 ga 6 ar.
61. 26 ta sonning o‘rta arifmetigi 12,5 ga teng. Agar bu sonlarga yana bir son qo‘shilsa, bu sonning o‘rta arifmetigi 13,5 ga teng bo‘ladi. Qanday son qo‘shilgan?
62. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi akvariumning o‘lchamlari 1,44 m, 75 sm, 0,58 m. Suv sathi akvarium tubidan 0,5 m balandlikda bo‘lishi uchun nechta suv to‘la uch litrli bankalar kerak bo‘ladi?
63. 1, 2, 3, 4, …, 2484 sonlari orasida nechta natural sonning kvadrati bor?
64. Hozir ota 41 yoshda, katta o‘g‘li 13, qizi 10, kichik o‘g‘li esa 6 yoshda. Necha yildan so‘ng otaning yoshi farzandlari yoshlari yig‘indisiga teng bo‘ladi?
65. Agar sonning o‘zidan boshqa barcha bo‘luvchilari yig‘indisi shu sonning o‘ziga teng bo‘lsa,bunday son mukammal son deyiladi. Eng kichik mukammal sonni toping.
66. A qishloqdan B tuman markazigacha ikkita, undan C viloyat markazigacha uchta, viloyat markazidan Toshkentgacha to‘rtta yo‘l orqali borish mumkin. Qishloqdan Toshkentga jami kelish yo‘llari nechta?
67. n sonini: 2007 ga bo‘lganda 242; 208 ga bo‘lganda 63 qoldiq chiqadi. Shu n sonni 72 ga bo‘lganda necha qoldiq qoladi?
68. O‘quvchi sinov (test)dagi 30 ta savolga javob berishi kerak. Har bir to‘g‘ri javob uchun 7 ball beriladi, har bir noto‘g‘ri javob uchun esa 12 ball ayiriladi. Agar o‘quvchi jami 77 ball to‘plagan bo‘lsa, u nechta savolga to‘g‘ri javob topgan?
69. Maktab matematika xonasidagi geometrik shakllar – uchburchak va to‘rtburchak shakllarining umumiy soni 19 ta, ularning uchlarining jami soni 65 ta. Xonada nechta uchburchak va to‘rtburchak bor?
70. Uch xonali sonning raqamlari ko‘paytmasi 22, 65, 101 ga teng bo‘lishi mumkinmi?
Download 30.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling