Lazer fizikasi


Download 389.5 Kb.
bet1/9
Sana08.02.2022
Hajmi389.5 Kb.
#568438
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TOLBOVA DILDORA KURS ISHI
Korrupsiya, Korrupsiya, Korrupsiya, ТОП 350 слов you MUST KNOW! (Nouns), Fuqarolar muhofazasi, M22, Slayd yangi sahifa, PREZIDENT SELEKTORI, komuljon kurs ishi, sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta\'siri, Slayd Togʻay Murod, 59-manavij-zararni-undiris-tugrisida, 218-224, театр тарихи (жахон маъруза)2

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSIETI.





MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSIETI.
FIZIKA FAKULTETI F1802-GURUH TALABASI TOLIBOVA DILDORANING “LAZER FIZIKASI” FANIDAN
YOZGAN


KURS ISHI


MAVZU: Muhit qutblanishi (Poliarizatsiya) va uning turlari.
Bajaruvchi: ______________
Qabul qildi: ______________
TOSHKENT-2022

REJA. I. Kirish.
II.Asosiyqism.
II.1. Qutblanish turlari.


II.2. Yorugiikning qutblanishi. Qutblagichlar.


II.3. Yorug'likning qutblanishi: turlari, misollari, qo'llanilishi


III.Xulosa


IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

I.KIRISH.




Yorugʻlikning qutblanishi - yorugʻlik toʻlqinlari elektr E va magnit H maydoni kuchlanganliklari vektorlarining yorugʻlik nuriga tik tekislikda tartibli joylashuvi. Yorugʻlikning qutblanishi atamasini fanga I. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J. K. Maksvell yorugʻlikning elektromagnit nazariyasida tushuntirib bergan. Fransuz fizigi E. Malyus Island shpati parchasi opkali Parijdagi Lyuksemburg saroyining botayotgan quyosh nurlaridan yaltirab turgan oynalarini kuzatib, kristallning maʼlum vaziyatda faqat bittagina tasvir koʻrinishini ajablanib payqadi. Shu va boshqa tajribalar asosida hamda I. Nyutonning yorugʻlikning korpuskulyar nazariyasiga tayanib, E. Malyus Quyosh yorugʻligida tartibsiz yoʻnalgan korpuskula (zarra) lar biror sirtdan qaytgandan yoki anizotrop kristalldan oʻtgandan keyin maʼlum yoʻnalishga ega boʻlib qoladi, deb faraz qildi. Bunday "tartiblangan" yorugʻlikni u qutbl angan yorugʻlik deb atadi. Yorugʻlik manbalaridan chiqqan yorugʻlik toʻlqinlari tartibsiz tarqaladi, yaʼni toʻlqinlar turli tekisliklarda tebranadi. Bunday toʻlqinli yorugʻlik tabiiy yorugʻlik deb ataladi. Tabiiy yorugʻlikdan farqli ravishda E va H vektorlarning oʻzaro perpendikulyar tashkil etuvchilari orasida doimiy fazalar farqi mavjud boʻlgan yorugʻlik qutblangan yorugʻlik deb ataladi. Yorugʻlik manbaining hamma elementar qismlaridan bir xil toʻlqinli yorugʻlik nurlari chiqsa, bunday yorugʻlikka toʻla qutblangan yorugʻlik deyiladi. Tabiiy yorugʻlik tarkibida chizikli, elliptik va doiraviy qutblangan yorugʻlik toʻlqinlari boʻladi. E ning uchi yoruglik nuriga tik tekislikda ellips chizsa, u holda yorugʻlik toʻlqinlari elliptik qutblangan yorugʻlik, aylana chizsa, doiraviy qutblangan yorugʻlik, E tekislikda doimiy yoʻnalishini saqlasa, bunday holatda chiziqli qutblangan yorugʻlik deb ataladi. Vakuumda yorugʻlikning tarqalishi uning qutblanganligiga bogʻliq boʻlmaydi. Agar yoruglik biror muhitda tarqalsa, yorugʻlikning yutilishi, tarqalish yoʻnalishi va tezligi uning qutblanganligiga bogʻliq boʻladi. Tabiiy yorugʻlikdan qutblangan yorugʻlik hosil qilish uchun qutblash asbobi (polyarizator)dan foydalaniladi. Yorugʻlikning qutblanishi moddalarning anizotropik xususiyatlarini oʻrganishga yordam beradi. Kristallooptikada kristallarning tuzilishi, mineralogiya va petrografiyada minerallar va togʻ jinslari qutblangan yorugʻlik yordamida oʻrganiladi.

Источник: https://samarapedsovet.ru/uz/vikipediya/lazery-i-ih-primenenie-v-medicine/





Download 389.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling