Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


korporatsiyasini boshqarish ishi bo‘lgan bo‘lsa, «postindustrial» bosqichda


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana15.12.2019
Hajmi5.44 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

korporatsiyasini boshqarish ishi bo‘lgan bo‘lsa, «postindustrial» bosqichda 
bosh  xo'jalik  muammosi  «axborot  iqtisodiyoti»ni  yaratadigan  sohalar- 
universitetlar, ilmiy tadqiqot markazlari faoliyati markaziy o‘rin egallaydi. 
Bunday sharoitda mulk asosiy rol o'ynamay qo‘yadi, u shunchaki «huquqiy 
baza» bo‘lib qoladi, korporatsiya esa xususiy mulk instituti va iqtisodiyotni 
tashkil  etish  shakli  sifatidagi  ahamiyatini  yo'qotadi.  Bunday  sharoitda 
insonning jamiyatdagi o‘rni, uning farovonligi boylik egasi ekanligi bilan 
emas, balki kasb-hunar va bilim darajasi bilan belgilanadigan bo‘lib qoladi, 
odamlarning turmush tarzi butunlay, shaharlarning roli o'zgaradi, axborot 
harakati tufayli qayerda ishlashning ahamiyati qolmaydi.
146

Demak,  ilmiy  —texnika  inqilobi,  texnikaning  o'sishi,  ilm-  fanning 
yetakchi  kuchga  aylanishi  nafaqat  iqtisodiyotni,  uning  asosida  butun 
jamiyat hayotini  o ‘zgartirib  yuboradi,  odamlar sotsial  institutlar,  sotsial 
omillar vositasida  sotsial  tenglik tarzida hayot  kechira  boshlaydi.  Biroq 
bozor  munosabatlari,  raqobat  kurashi  hozirgi  zamonning  asosiy 
harakatlan-tiruvchi kuchi bo‘lib qolar ekan,  tabaqalashuv, hayot tarzining 
noan’anaviy shakllari o ‘ziga yo‘l topib borishi tabiiydir.
3.  Liberalizm ta’limoti
XX asming iqtisodiyot ta’limotlari tarixiga kirgan ta’limotlaridan biri 
liberalizmdir.  U   1920-1930-  yillarda,  awalroq,  Angliyada  (F.  Xayek), 
so‘ngra M.  Fridman va V.  Oyken tomonidan ishlab chiqildi. «Liberalizm»
-  erkinlik,  erkin faoliyat ma’nolarida qo‘llaniladi, u o ‘z nomiga monand 
erkin  iqtisodiy  faoliyatga  keng  yo‘l  berish,  iqtisodiyotda  bozorning 
boshqaruv-chilik roliga yo‘l qo‘yib iqtisodiy muvozanatga erishishni maqsad 
qilib  qo‘yadi.  Bu  nazariya  ilmiy  jihatdan  keynschilikka  muholifat, 
monetarizmga monandroq, yaqinroq turadi.
Liberalizm ta’limoti uning yirik vakili F. Xayek asarlarida rivojlantirildi. 
U  o ‘z tadqiqotlarini iqtisodiyot muammolari bilan birga falsafiy,  tarixiy, 
huquqiy,  psixologik  masalalari  doirasida  olib  bordi.  U   o ‘z  e ’tiborini 
iqtisodiyot  sohasida  pul  muomalasi,  iqtisodiy  sikl,  ishsizlik,  davlatning 
iqtisodiyotdagi o‘mi kabi masalalarga qaratdi. U  faqat bozor mexanizmigina 
iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlaydi,  davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi  faqat  qisqa  muddatlardagina  iqtisodiy  o'sishga  olib  kelishi 
mumkin,  uzoq  kelajak  uchun  u  faqat  inflyatsiya  va  ishsizlikka  giriftor 
qiladi, degan fikrda qat’iy turdi.  F. Xayek o‘zining «Qullikka yo‘l» asarida 
sotsializmga,  undagi  rejali  iqtisodiy boshqaravga qattiq qarshi  chiqdi va 
ta’kidlaydiki,  agar jamiyat  utopik  sotsializm  g‘oyalariga  ergashar  ekan 
oqibatda u «qullikka yo‘l oladi».  Faqat hozirgi zamon bozor iqtisodigina 
sivilizatsiyaga olib  keladi,  iqtisodiy erkinlikni  cheklash jamiyatni  siyosiy 
va ijtimoiy tutqunlikka olib boradi,  deb ta’lim beradi.
U  davlatning iqtisodiyotga aralashuvi oqibatlari nimalarga olib kelishini 
asoslashga  harakat  qildi.  Uning  fikricha,  daromadlar va  boylikni  davlat 
vositasida qayta  taqsimlash  odamlarni boqimandalikka va kafolatlangan 
daromadga  ko‘niktirib  qo‘yadi,  natijada,  mustaqillik,  mustaqil  xo'jalik 
yuritish,  tavakkalchilik qilish,  o‘z  mulki va  irodasini himoya  qilish  kabi 
qadriyatlardan  ajraladi.  U   asosiy xavfni-  budjet va pul  siyosatini  davlat
147

qo‘lida  markazlashuvida  ko‘rdi.  Bu  shunga  olib  boradiki,  davlat 
qiyinchiliklardan  chiqish,  qayta  chiqimlarini  qoplash  maqsadida  pulni 
emissiya  qiladi.  Shuning  uchun  F.  Xayek  «pulni  markazlashtirmaslik», 
ya’ni  pul  emissiyasi  huquqini  faqat  Markaziy  bankka  bermaslik,  bu 
huquqni boshqa banklarga ham berish kerak, deb hisoblaydi. Pul bozoridagi 
bunday raqobat salbiy iqtisodiy hodisa-inflyatsiyani bartaraf qiladi.
F.  Xayek  demokratik  boshqaruv  tizimiga  qarshi  chiqadi,  zero  u 
parlament  hukumat  va  boshqa  davlat  institutlari  vositasida  ish  yuritib, 
ozchilik manfaatlariga ko‘pchilik manfaatining qurbon bo‘lishiga yo‘l ochadi. 
Bu esa budjet taqchilligi va inflyatsiya tendensiyasini kuchaytiradi, bozoming 
iqtisodiyotni boshqarishi vazifasiga putur yetkazadi.  Uning fikriga ko‘ra, 
ekspluatator  deb  atalayotganlar  kapitalistlar,  tadbirkorlar  yoki  ayrim 
individlar emas,  balki ma’lum tashkilotlardir (davlat idoralari, bir guruh 
kishilar).  Aynan  ular  demokratik  boshqaruv  shiori  ostida  iqtisodiy 
tuzilmalar ishini samarasizlikka yetaklaydi.
Liberalizm  ta’limoti  tarafdorlari  davlat  qo'liga  jamiyat  hayotini 
boshqarishni berib qo‘yilishi uni juda yomon ma’naviy-ahloqiy tanazzulga 
giriftor qildi, deb eslaydi.  Ular aytadiki, davlat kelajak avlodni tarbiyalash, 
ulami  o ‘qitish,  kasb  berish,  hayotini  ta’minlash  vazifalarini  o ‘z  qo‘lida 
markazlashtirib  olgach,  odamlarda jamiyat  va  oila  oldidagi  mas’uliyat 
yo‘qoladi.  Demak, davlatlashtirish vositasida daromadlami qayta taqsimlash 
siyosati amalda milliy daromadni boylardan kambag‘allarga emas, ulardan 
davlatga va korporatsiyaga taqsimlanishga olib keladi. Natijada yalpi sinf- 
davlat  amaldorlari  va  menejerlar  shakllanib,  jamiyatning  imkoniyatlari 
ulaming qo‘liga o ‘tadi.
Albatta,  klassik  liberalizm  o ‘zgarishsiz  qolmadi.  U  jamiyatdagi  turli 
oqimlar,  qarashlar,  g‘oyalar ta’sirida o ‘ziga xoslik,  yangilanish kasb  etib 
bordi. Ana shunday yangi liberalizm oqimidan biri- «sotsial bozor xo‘jaligi» 
g‘oyasidir.  Unga ko‘ra, bozor shunday ajoyib adolatli erkin mexanizmdirki, 
u  talab  va  taklif  qonuni  ta’sirida  narxlarni  shakllantiradi,  ya’ni  bozor 
narxini  vujudga  keltiradi,  u  esa  resurslami  kerakli,  samara  beradigan 
jabhalarga qarab taqsimlaydi. Faqat erkin bozor narxi vositasidagina bozor 
muvozanatiga erishiladi.
LiberaUzm nazariyasi, umuman iqtisodiyotni tartiblashtirishga qarshi 
emas.  Faqat  bu  vazifani  davlat  emas,  bozor  va  undagi  narx  bajargani 
ma’qul.  Liberalizmda sotsial-institutsionalizm ta’siri ham yo‘q emas.  Bu 
ta’sirni,  shunda  ko‘rish  mumkinki,  go‘yo  bozor  iste’molchi  uchun 
rag‘batlantiruvchi kuchga ega, u iste’molchiga o ‘z talabini qondirish uchun
148

tanlab  olish  imkoniyatini  beradi.  Iste’molchining  rag‘batlantirganligi 
tufayli  iqtisodiy  o ‘sish  ham  barqaror  tus  oladi.
Nazariya  tarafdorlari  iqtisodiyotning  me’yoriy  ko‘rsatkichi  sifatida 
«iqtisodiy hayotning sotsialligi»  (ijtimoiylashuvi) darajasini ilgari suradilar. 
Buning  ma’nosi  shuki,  iqtisodiy  o ‘sish  va  barqarorlikka  faqat  iqtisodiy 
vositalar  bilan  erishish  qiyin,  ular  yoniga  (ijtimoiy)  qadriyatlami  ham 
qo‘shish  orqali  hayotni  sotsiallashtirish  mumkin.  Liberalizmda  inson, 
uning  qadr-qimati,  hayot  tarzi,  farovonligi  kabilar  muhim  ahamiyatga 
ega. Awalo, insonning o ‘zi o‘z farovonligi uchun kurashishi kerak.  Biroq 
bu  intilish  ma’lum  chegaraga  ega.  Bu  chegara  jamiyat  manfaatlari 
uyg'unlashuvi  doirasida  amal  qilish  kerak  ya’ni  u  «sotsial  tartibga» 
bo'ysunishi  darkor.  Aynan  shu yerda davlat kerak bo‘ladi.  U  odamlarga 
erkin raqobat sharoiti yaratib  berib,  o ‘z farovonligi va jamiyat ravnaqiga 
yo‘l ochib beradi.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan qator nazariyalarda bozor iqtisodi yo‘lida 
rivojlanib  borayotgan  mamlakatlar  uchun  ham  yaroqli jihatlar  mavjud. 
Ulami  o ‘rganish,  kerakli  g‘oyalami  tatbiq  etish  esa  tezroq  demokratik 
qadriyatlami egallashga olib boradi.
NAZORAT  SAVOLLARI
1.  Monetaristlar nazariyasining bosh mazmun-mohiyati nimada edi?
2.  Monetaristlar bilan keynschilar nazariyalari o'rtasida qanday farqlar 
mavjud?
3.  Monetaristik nazariya xususida Prezidentimiz I. Karimovning xulosasi 
qanday?
4.  Sotsial-institutsionalizm ta’limotining yangiligi nimada?
5. Transformatsiya g‘oyasi nimaga asoslanadi?
6.  Liberalistlar davlatning iqtisodiyot tizimidagi o ‘rni va rolini qanday 
baholashadi?
7.  Hozirgi zamon  iqtisodiy nazariyalarining amaliy ahamiyati haqida 
nima deya olasiz?
8. Yuqoridagi nazariyalar bozor iqtisodiyotiga o ‘tayotgan,  rivojlanayot- 
gan mamlakatlar  hayotida  qo‘llanishi mumkinmi?
149

TAYANCH IBORALAR:
Monetarizm  nazariyasi.  Nazariyaning yirik nomoyandasi  amerikalik 
iqtisodchi M. Fridmendir.  Bu nazariya keynschilik ta’limotiga muqobil sifatida 
ajralib turadi.  Uning  asosiy g‘oyasi-  iqtisodiy o ‘sishni bozor mexanizmi 
orqali ta’minlashdir, bu mexanizmning harakatlantiruvchi kuchi esa puldir. 
Iqtisodiy  о ‘sis lining  ahamiyati  haqida  gapirilib,  u  inflyatsiyani  bartaraf 
etadi,  pul  muomalasini  yaxshilaydi,  deyiladi.  Monetarizm  davlatning 
iqtisodiy siyosati cheklangan bo‘lishi kerak, ya’ni faqat pul muomalasini 
tartibga  solib  tursa  bo‘ladi,  qolgan  iqtisodiy  muammolarni  bozor  hal 
qilaoladi,  deb  ta’lim  beradi.  Ushbu  ta’limot  Markaziy bank vazifalarini 
pul-kredit siyosatida davlatga yordam berishida, deb qaraydi.
Bandlik va  iqtisodiy  o ‘sish.  Ma’lumki,  keynschilik ta’limotiga  ko‘ra 
to‘la ish bilan bandlik mamlakatda iqtisodiy o ‘sishga ohb keladi.  Bu o ‘z- 
o'zidan barqarorlikka xizmat qiladi.  Monetarizm esa bu muammoni pul va 
uning  harakatini  o ‘zgartirish  orqali  hal  qilish  tarafdori  bo‘lgan  dunyo- 
qarashdir. Unga ko‘ra, to‘la bandlik iqtisodiy o‘sishga ta’sir etmaydi, aksincha 
narx  orqah  iqtisodiyotni  tartiblashtirish  mumkin.  Iqtisodiyotni  tartibga 
solishda muomaladagi pulmiqdorini o ‘zgartirib turish maqsadga muvofiq. 
Shu ma’noda monetaristlar muomaladagi pul massasini 3-5 foiz atrofida 
oshirib  turishni  tavsiya  etadilar.  Fridmenning  ilmiy  qarashlari  real 
iqtisodiyotga bevosita o‘zi tomonidan tatbiq etilgan va ayrim mamlakatlarda 
iqtisodiy o'sish masalasini  hal etishda ijobiy ahamiyat kasb etgan.
Institutsionalizm  ta’limoti.  Ushbu ta’limotning  asosiy g'oyasi  iqtiso­
diyotni tartiblashtirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlashda institut- 
larga  ya’ni jamiyatdagi  turli  muassasa,  tashkilot,  idoralar  (oila,  davlat, 
monopoliya kasaba uyushmalari Jam g‘armalar)  asoslanishdan iboratdir. 
Bu ta’limotga ko‘ra jamiyatdagi barcha iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni 
ana shular orqali bartaraf etish mumkin, zero ular hozirgi davrda jamiyat 
hayotida  muhim  rol  o ‘ynaydilar,  ularda  jamiyat  ruhi,  odamlar  fikri, 
dunyoqarashi, orzu-umidlari ifodalanadi. Iqtisodiyotda harakat qilayotgan 
munosabatlar  (masalan,  foyda,  foiz,  kredit,  pul,  mulk,  soliq  kabilar) 
jamiyat ruhining namoyon bo‘Iishi shakllaridir.  Shuning uchun institut­
sionalizm tarafdorlari iqtisodiyotda barqarorlik bo‘lmog‘i uchun,  awalo, 
jamiyat a’zolari uchun xos bo‘lgan urf-odatlar, an’ana, odob-ahloq kabi- 
lami o ‘rganishga da’vat etadilar.
Istitutsionalizmdagi  uch oqim.  Jamiyat hayotida institutlaming  o ‘rni 
va  ahamiyatlari  har  xildir.  Shuning  uchun  ham  bu  ta’limotda  turlicha
150

oqimlar paydo bo‘ldi.  Ular iqtiodiyotda turlicha takliflar bilan chiqadilar. 
Asosan,  uchta  ilmiy  yo‘nalish  e ’tirof etilgan:
-  ijtimoiy-psixologik oqim;
-  ijtimoiy-huquqiy  oqim;
- empirik yoki konyunktor-sintetik oqim.
Bu oqimlaming hammasi sotsial-psixologik omillarga afzallik bersalar- 
da,  iqtisodiy  voqea-hodisalaming  ahamiyatini  chetlab  o ‘ta  olmaydilar; 
ular makroiqtisodiy tahlilga urg‘u beradilar, ya’ni ular taraqqiyotni faqat 
umumiqtisodiy tahlil yordamida tushunish mumkin,  deyishadi.
«Sotsial-iqtisodiy  bozor  x o ‘jaligi».  Bu  ta’limotga  ko'ra,  davlat 
iqtisodiyotga bevosita aralashmasligi lozim,  faqat u qonunchilik faoliyati 
orqali  bozor munosabatlariga  yo‘l  ochib  berib  turishi, jamiyatda  sotsial 
tartibni  saqlovchi  posbon  vazifalarini  bajarib  tursa  bo‘ladi.  Mazkur 
nazariyada sotsial jihat ustunlik qiladi. Bunga ko‘ra, samarali xo‘jalik tizimiga 
sof  iqtisodiy  usullar  bilan  o ‘tib  bo'lmaydi,  buning  uchun  jamiyatdagi 
sotsial  qadriyatlar va omillarni  ishga solish kerak.  Boshqacha  aytganda, 
iqtisodiyotni  insoniylashtirish,  odamlar  farovonligiga  qaratilishi  orqali 
barqaror rivojlanishi mumkin. 
'
Insonning  o‘z  farovonligi  huquqi-institutsionalizm  ta’limotida  inson 
omilini kuchaytirish masalasiga e’tibor qaratiladi. Jamiyatdagi qadriyatlar 
tarkibida  insonning  o ‘z  farovonligi  uchun  kurash  huquqi  ham  e ’tirof 
etiladi. Zero, inson obyektiv ravishda o ‘z turmushini yaxshilashga intiladi. 
Biroq  bu  farovonlik  uning  o ‘z  intilish,  sa’y-harakatiga  bog‘liq  hamdir. 
Ammo  insonning  yaxshi  yashash  uchun  intilishi jamiyat  manfaatlariga 
zid  kelmasligi  kerak,  ya’ni  bu  harakat  ma’lum  belgilangan  tartiblar, 
qonunlar doirasida bo‘lishi  lozim.
151

XIII bob XIX ASR  OXIRI-  XX ASR BOSHLARI  0 ‘ZBEK 
MILLIY IQTISODIY TAFAKKURI
Tarixdan  ma’lumki,  o ‘zbek  fani  va  madaniyati  rivojida,  xususan, 
millatning  iqtisodiy  tafakkurida  ham  XV-XVI  asrlardan  keyingi  davrda 
qandaydir turg‘unlik,  orqada qolishlik holati kuzatildi.  Buning o ‘ziga xos 
obyektiv  va  subyektiv  sabablari  bor,  albatta.  Bu  qoloqlik  Yevropa 
mamlakatlaridagi har tomonlama yuksak taraqqiyot bilan taqqoslaganda 
yanada ravshanroq ko‘rinar edi.
Bunday  achinarli  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy-m a’rifiy,  siyosiy 
tushkunlikni  XIX  asming  oxiri  XX  asr boshlarida  millat,  Vatan  taqdiri 
uchun  o ‘zlarini  mas’ul  deb  bilgan  va  bunday  qoloqlikdan  chiqarishga 
o ‘zlarining  butun  vujudini,  aqliy  salohiyatini,  kerak  bo‘lsa  iqtisodiy 
imkoniyatlarini ham bu  yo'lga bag‘ishlovchi jadidlar deb nomlangan bir 
guruh  o ‘zbek  vatanparvar,  millat  fidoyisi  bo'lgan  ziyolilar  tiyran  idrok 
etdilar. Ular bunday qoloqlik endilikda davom etmasligi kerak, unga qarshi 
millatni ma’rifat,  ilm-fan tarqatish bilan uyg‘otish orqali  kurashish lozim 
deb  hisobladilar.  Bular  Abdulla  Avloniy  (1878-1934),  Abdurauf  Fitrat 
(1886-1938), Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho'lpon (1897­
1938),  Mahmudxo‘ja  Behbudiy (1875-1919),  Fayzulla  Xo‘jayev  (1896­
1938)  singari  ko‘plab  buyuk  zotlar  edilar.
1.  Iqtisod  ilmini  o ‘rganish  zarurligi  g‘oyasi
Jadidlar  o ‘zlarining  asosiy  e ’tiborlarini  m illatning  m a’rifatli, 
o ‘qimishli,  bilimdon  va  kasb-hunarli  bo‘lishiga  qaratib  uni  dunyoning 
ilg‘or millati bo'lishga chaqirdilar, aks holda,  abadiy qoloqlik iskanjasida 
qolishlari mumkin deya haqida qayg‘urdilar. Bu haqda Cho‘lpon quyidagicha 
yozdi:  «Chin  ayting!  Bu  yigirmanchi  asr  madaniyatini  ham  ko‘rub 
turubsiz! 0 ‘n kunlik yo‘lni o ‘n soat qilg‘on bu yigirmanchi asr madaniyati 
ayg‘irini ko‘rub, vatandoshlarim nimaga og‘izlarin ochub qoladilar! Nimaga 
bu madaniyatga kirmakka o'zlari harakat qilmaydilar? Qachongacha ikki 
g‘ildirakli, ko‘chalarga sig‘maydigan  arobalar?
Ey Vatandoshlarim! Qachongacha bu g‘aflat?...
Uyqudan ko‘z ochinglar!  Urinunglar?  Ilm, ma’rifat va hunar izlanglar! 
Vaqt yetdi, balki  o ‘tdi!'».
Ayni chog‘da, u Vatanimiz Turkiston ilg‘or mamlakatga aylanishi uchun
1 Cho'lpon.  Asarlar,  11  jild  «Do'xtir  Muhammadiyor»,  Т.,  1993,  275—  bet
152

barcha imkoniyatlar yetarli ekanligiga, hatto Amerika darajasida ekanligiga 
urg‘u bergan edi.
Jadidlar,  ya’ni  yangilik  tarafdorlari  ma’rifat  va  ilm  tizimida  iqtisod 
ilmining  millat  ravnaqi uchun  ahamiyati  alohida  ekanligini  qayta-qayta 
ta’kidlaganlar.  Jadidlaming  yetuk  arboblaridan  biri  Abdulla Avloniy  bu 
haqda  shunday  degan  edi:  «Iatisod  deb  pul  va  mol  kabi  ne’matlarning 
aadrini bilmakni  avtilur.  Mol  qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz  yerga bir 
tiyin sarf qilmas, o‘mi kelganda so‘mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik 
o ‘ldig‘i kabi iqtisodning ziddi isrofdir...1».  Keltirilgan lavhada juda chuqur 
iqtisodiy  ma’no  yashiringan:  birinchidan,  muallif  pulni  ne’mat  ya’ni 
mehnat bilan yaratilgan ma’lum qiymat, uning ifodasi degan ilmiy fikmi 
bildiradi;  ikkinchidan,  pul  tadbirkomi  ishbilarmonni  yoqtirishi,  faqat 
ana shunday kishilar qo‘lida pul,  mol-dunyo  ko‘payajagini uqtiradi.
Har zamonda insonning maqsadi erkin va farovon yashashdir. Ayniqsa, 
«bu zamonda maqsadga  yetmak  uchun,  -deb yozadi Abdulla Avloniy,  - 
o ‘z millatiga xizmat qilmoq maqbul bo‘lmak uchun ilm va mol lozimdur. 
Olamdagi  millatlaming  hoi  va  qudratlari  mol  va  boyliklardandur.  Har 
yerda boy millatlar og‘ir kelub,  faqirlarga yengil kelub qul va asir bo‘lib 
qoladur...2».
Iqtisod  ilmida'n  boxabar  bo‘lgan  kishilar  har  doim  qiladigan  sarf 
harajatlarining samara berishini oldindan hisob-kitob qiladilar. Olim misol 
keltirib  aytadiki,  ilmdan  yaxshi  xabardor  b o ig a n   amerikalik  va 
yevropaliklar  iqtisodiy  bilimliklari  tufayli,  farovon  to‘q  yashaydilar.  U 
yozgan  edi:  «Bobolarimizning  bo‘lsa  bo‘lar,  bolmasa  g‘ovlab  ketar» 
zamonlari  o‘tub,  o ‘miga  «bilg‘on  bitar,  bilmagan  yitar»  zamoni  keldi. 
Amerikaliklar  bir  dona  bug‘doy  ekib,  yigirma  qadoq  bug‘doy  olurlar. 
Yevropaliklar  o ‘zimizdan  olgan  besh  tiyinlik  paxtamizni  keturub, 
o‘zimizga 25 tiyinga soturlar3».
Jadidlarning ulug‘  namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat ham iqtisod 
ilmini  egallashga,  yoshlarimizni  tijorat  va  savdo  ishlariga  o ‘qitishimiz 
lozimligiga da’vat qilgan edi.  U vatandoshlarga, millatdoshlariga murojaat 
qilib  shunday  deb  yozgan  edi:  «Sizlar  o ‘z  farzandlaringizni  tijorat 
maktablariga yuborib,  savdo  ishiga  o ‘qitingiz,  chunki begonalar  (xorijiy 
savdogarlar-muallif.) tijorat ilmidan xabardor.  Siz esa bexabarsiz4».
1 A.  Avloniy.  Tanlangan  asarlar.  1 — jild  «Mukammal  insonni  o'ylab».  T,  1998,  37 —bet
2  A.  Avloniy.  Guliston  yoxud  axloq.  Т.,  1967.  33 — 34—  betlar
3  A.  Avloniy.  Tanlangan  asarlar.  1 —jild,  Т.,  1998.  57 —58 —betlar
4  A.Fitrat.  Tanlangan  asarlar.  1—jild  «Hind  sayyohi  bayonoti»  Т.,  2000,  167 —bet
153

Ulug‘  yozuvchimiz  Oybekning  «Qutlug1  qon»  romanida  o'zbek 
ziyolilarining  ilg‘or  vakili  Abdushukur  tilidan  o ‘zimizning  millatdan 
boylar  chiqishi  uchun  ular  iqtisod  ilmini  chuqur  o ‘rganishlari  kerak, 
deydi.  «Kaminaning g'oyaviy hayoti shunday, yana takrorlayman,  -deydi 
Abdushukur,  -  milliy  sarmoyani  o ‘z  boylarimiz,  musulmon  boylarimiz 
to‘la egallasinlar ya’ni Turkistonimizda tijorat o‘z boylarimiz qo'lida bo‘lsin, 
bu  bilan  qanotlanmay  zavod,  fabrikalar  qursinlar.  Buning  uchun  ilmiy 
iqtisodni,  ilmiy  tijoratni  bilgan  savdogarlar  yetishishi  kerak1».
Demak,  mulkdor  bo'lmoq,  milliy  iqtisodiyotni  yaratmoq,  millat  va 
Vatan  ravnaqini  ta’minlamoq  uchun  iatisod  ilmini  eeallash  dolzarb 
masaladir.  Bu masalaning dolzarbligi bizning bugungi bozor munosabat- 
larini jadallik bilan shakllantirayotgan davrimizda ham saqlanib qolayotir.
2.  Raqobatchilik  muhiti va  raqobatbardosh mahsulotlar  ishlab 
chiqarish  omillari haqidagi  fikrlar.
Iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi raaobat ekanligi ma’lum.  Biroq 
raqobatchilik  bo‘lmog‘i  uchun  raqobatchilik  muhiti  bo‘lmog‘i  lozim. 
Jadidlaming iqtisodiy tafakkurida raqobat va uning muhitiga oid bir qancha 
iqtisodiy qarashlar mavjud.  Ulardan bin Abdurauf Fitrat uqtiradiki,  qo‘l 
mehnatiga  asoslangan  mayda  ishlab  chiqarish  mashaqqatli  mehnatni 
yengillashtiradigan,  mahsulot  qiymatini  arzonlashtiradigan  mashinali 
ishlab chiqarish bilan raqobatlasha olmaydi. «... Turkistonlik hunarmandlar 
ovrupalilar  singari  qo‘l  mehnatiga  asoslangan  korxonalarni  doimiy 
fabrikalarga aylantirmas ekanlar, bir necha yildan keyin ulaming sharafli 
san’atidan nom-nishon  qolmaydi2.  Shuning uchun ish tanazzulga borib 
yetmasdan ishlab chiqarishni zamonaviy sanoat asosiga ko'chirish  lozim», 
-deb yozgan edi Abdurauf Fitrat.
Raqobat  kimlami  sindiradi,  degan  savolga  Mahmudxo'ja  Behbudiy 
shunday javob beradi:  «Oxirgi vaqtlarda biz-turkistonliklar tijorat,  hatto, 
ziroat va do‘kondorlik ishlarida na uchun sinamiz? Muning eng birinchi 
sababi-ilmsizlik,  to‘g‘risi  aqlsizligimizdir3».
«Mundan boshqa yana sinmoqimizga sabab tariyqi tijoratni, mol olish 
va sotish joyini bilmaganimiz,  paxta va boshqa g‘alla to‘g‘risida Amriqo, 
Afriqo va Ovropo bozor va ziroatlarini holidan, bo'lgan va bo‘lmaganidan
1 Oybek.  Qutlug1 qon Т..  1190,  82-bet
2 A.Fitrat.Tanlangan  asarlar. I -jild,  «Hind  sayyohining bayonoti»  T  .2000,  143-bet
3 M.Behudiy.  Tanlangan  asarlar  2 —nashri,  «Zo'raki  boy»  T,,  1999,  163 —bet
154
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling