Leksikografiya asoslari


Download 20.6 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi20.6 Kb.
#105461
Bog'liq
LEKSIKОGRAFIYA ASOSLARI
Глоссарий 6, alisher navoiyning muhokamat-ul lugatayn asari va uning tilshunoslikda tutg, 10.Letter of Apology. 301 ENDIROVA, umumiy astronomiyadan mavzulashtirilgan testlar toplami, umumiy astronomiyadan mavzulashtirilgan testlar toplami, umumiy astronomiyadan mavzulashtirilgan testlar toplami, umumiy astronomiyadan mavzulashtirilgan testlar toplami, Yakuniy nazorat, ACTIVITIES (1), v sinf oquvchilariga mehnat talimi darslarida pazandachilik asoslari bolimini oqitish metodikasi (1), Millat taqdirida matematika ta, Tigiw cex ( qirqim ), Tigiw cex ( fasad ), davlat moliyasi (5)

LEKSIKOGRAFIYA ASOSLARI

  1. Leksikografiya qaysi tildan olingan va ma’nosi?

  1. Yunoncha “lexis” –so’z, “grapho” – yozaman, yozish

  2. Yunoncha “lexis” – atama, “grapho” – yozmoq

  3. Lotincha “lexis” – so’z, termin, “grapho” – yozaman

  4. Lotincha “lexis” – so’z, “grapho” – yozaman, yozish, yozilgan

  1. Lug’at deb nimaga aytiladi?

  1. Ma’lum maqsad asosida to’plangan, alohida qonuniyatlarga tayanib tartibga solingan, so’zlar va tushunchalar yig’indisi

  2. Ma’lum sohaga oid so’zlarni hamda ularning qoidalarini qamrab olgan qo’llanma

  3. Ma’lum maqsad asosida yaratilgan, standart qonuniyatlarga tayangan so’zlar majmui

  4. Ma’lum bir terminlar izohi

  1. “O’zbek tilining orfoepik lug’ati” qaysi tamoyilga amal qiladi?

  1. Lug’atdan foydalanishning oson-qulayligi tamoyili

  2. Til va nutq me’yorlari tamoyili

  3. Berilgan materialning aniqligi, to’g’rili va to’liqligini ta’minlash tamoyili

  4. Ta’limiy tamoyil

  1. “Omonimlar uchun tuzilgan lug’atlar”da avvalo qanday so’z beriladi?

  1. Dominant so’z

  2. Bosh ma’nodagi so’z

  3. Tayanch so’z

  4. Tahlil uchun tanlangan so’z

  1. Kim tomonidan “Sangloh” da lug’at maqolalarining joylashtirish tamoyillari sxema asosida berilgan?

  1. A.Nurmonov

  2. J.Lapasov

  3. A.Hojiyev

  4. M.Rahmatov

  1. Eski til lug’atlari necha il bo’ladi?

  1. 3 xil

  2. 4 xil

  3. 2 xil

  4. 6 xil

  1. Lug’atlarning mikrostruktura dasturi ma’lum darajada boy bo’lib, u ikki dasturdan tashkil topgan. Ular qaysilar?

  1. Minimal va maksimal

  2. Kategoriya va ta’rif

  3. Minimal va ta’rif

  4. So’z va nutqdagi axborot

  1. “Muqaddimat-ul adab” asari nechi tilli lug’at?

  1. Ikki tilli

  2. Uch tilli

  3. To’rt tilli

  4. Besh tilli

  1. Eski o’bek adabiy tili lug’atchiligi nechanchi asrda shakllangan?

  1. XII-XIV asrlar

  2. XI-XII asrlar

  3. XII-XVII asrlar

  4. X-XII asrlar

  1. “Badoyi al-lug’at” maqolalarida otlar qanday shakllarda beriladi?

  1. Bosh kelishikda

  2. Bosh kelishik va birlikda

  3. Bosh kelishik, birlik va aniq ot shaklida

  4. Bosh kelishik, ba’zan birlikda

  1. XV asr lug’atchiligining asosiy xususiyati?

  1. Qomusiy lug’atlar tuzila boshlandi

  2. Mavzuiy lug’atlar tuzila boshlandi

  3. Tilga oid lug’atlar tuzila boshlandi

  4. Filologik lug’atlar tuzila boshlandi

12.Qaysi lug’at mavzuiy lug’atga kiradi?

A) “Sangloh”

B) “Badoyi al-lug’at”

C) “Kelurnoma”

D) “At-tuhfa”

13. Muhammad Yoqub Chingiy asarini toping?

A) “Kelurnoma”

B) “Boburnoma”

C) “Abushqa”

D) “Maboni al-lug’at”

14. “Kelurnoma”ning necha bobi 400 dan ortiq fe’larni izohlashga bag’ishlangan

A) 18 bob

B) 22 bob

C) 14 bob

D) 10 bob

15. Qaysi lug’at asarda 10ga yaqin mavzuiy guruhlar qayd etilgan?

A) “Kelurnoma”

B) “Muqaddimat – ul adab”

C) “Devoni lug’ati-turk”

D) “Boburnoma”

16. Kimning hammuallifligida “Ruscha –‘zbekcha to’la so’zlik”dagi izoh usullari tahlil qilingan?

A) A.Fitrat

B) Elbek

C) Is’hoqxon Ibrat

D) A.Qodiriy

17. E.A.Begmatov va A.P.Madvaliyevlaar tomonidan qaysi lug’at tuzildi?

A) “O’zbek ismlar”

B) “O’zbek tilning asosiy imlo qoidalari”

C) “O’zbek tilining imlo lug’ati”

D) “O’zbek tili o’xshatishlarining izohli lug’ati”

18. Chastotali lug’atlar qaysi sohaga oid tadqiqotlarni olib borishda foydalaniladi?

A) Kompyuter lingvistikasi

B) Interlingvistika-kommunikatsiya uchun

C) Kompyuter leksikografiyasi

D) Elektron lug’atlar uchun

19. Til korpuslari – bu…

A) til birliklarining xususiyatlarini aniqlash maqsadida qidiruv dasturiga bo’ysundirilgan matnlar majmui.

B) til bo’yicha tadqiqiot va amaliy topshiriqlar yechimi uchun inkor etib bo’lmas ish quroli.

C) Tabiiy tildagi electron shaklda saqlanadigan yozma va og’zaki matnlar jamlanmasi

D) Kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga dasturiy ta’minot asosida joylashtirilgan online yoki offline tizimda ishlaydigan matnlar jamlanmasi

20. Ingliz tilida yaratilgan korpualarni aniqlang?

A) Braun korpusi, Lankaster-Oslo|Bergen (LOB) korpusi, London-Lund korpusi

B) Xalqaro fransuz tili korpusi, Braun korpusi

C) Amerika milliy korpusi, Ingliz tili qurilish banki

D) Braun korpusi, Lankaster ingliz tili so’zlashuv korpusi, Yevropa milliy korpusi

21. O’zbek lug’atchiligining shakllanishi o’tgan asrning nechanchi yillariga borib taqaladi?

A) 20-30 -yillariga

B) 20-yillariga

C) 40-yillariga

D) 30-yillariga

22. Lug’atlar xarakteri va tuzilishiga ko’ra nechi xil bo’ladi va qaysilar?

A) 2 xil qomusiy va filologik

B) 2 xil umumiy va xususiy

C) 2 xil tarjima va izohli

D) 2 xil imlo va izohli

23. Bir tilli lug’atlaarni toping?

A) ters lug’at, tarjima lug’at, imlo lug’at, ismlar lug’ati, o’zlashma lug’at

B) o’rtacha hajmli lug’atlar, katta hajmli lug’atlar, kichik hajmli lug’atlar

C) izohli lug’at, ters lug’at, orfoepik lug’at, frazeologik lug’at, o’zlashma lug’at

D) ters lug’at, omonimlar lug’ati, sinonimlar lug’ati, antonimlar lug’ati

24. Lingvistik lug’atlar tuzilishi, xarakteri va mohiyatiga ko’ra ikki xil bo’ladi. Bular qaysilar?

A) Tarjima lug’atlari va izohli lug’atlar

B) Bir tilli va ko’p tilli lug’atlar

C) Leksik birliklar va paremalar lug’atlari

D) Qomusiy va ensiklopedik lug’atlar

25. Qaysi lug’at turida ma’lum sohaga yoki biror qatlamga aloqador so’zlar berilgan bo’ladi?

A) Lingvistik lug’atlarda

B) Umumiy lug’atlarda

C) Xususiy (maxsus) lug’atlarda

D) Terminologi lug’atlarda

26. M.Koshg’ariy “Devoni lug’ati-t-turk” asarida yozma adabiy tilni nima deb ataydi?

A) Xoqoniya tili; xoqoniy turkchasi yoki turk tili

B) Turk-arab tili

C) Eng ochiq va ravon til

D) Turk tili

27. “Devoni lug’atit-turk” nechi qismdan iborat?

A) 2 qism: muqaddima va lug’at

B) 2 qism: muqaddima va so’zlar izohi

C) 3 qism: muqaddima, lug’at va ismlar

D) 3 qism: muqaddima, so’zlar izohi va ismlar

28. Eski turkiy til a eski o’zbek adabiy tili so’z boyligini o’zida mujassam etgan asarlar qatorini toping?

A) “Devoni lug’atit-turk”, “Abushqa”, “Boburnoma”

B) “Kitob ul-idrok”, “Tarjumon”, “At-tuhfa”, “Kitob ul-bulg’ot”

C) “Tarjumon”, “Kelurnoma”, “Sangloh”

D) “Al-qavonin”, “Devoni lug’atit-turk”, “ Sangloh”

29. “At-tuhfa”da keltirilgan qut so’zining ma’nosi?

A) baxt

B) bilim


C) baxil

D) kishi


30. “At-tuhfa” asarida qaysi lahjalarning xususiyatlari uchraydi?

A) qipchoq

B) qipchoq-o’g’uz

C) qarluq

D) qipchoq-qarluq

31. “At-tuhfa” asarining lug’at qismi nechta tematik guruhni tashkil qiladi?

A) 34

B) 40


C) 32

D) 36


32. “Badoye ul-lug’at” lug’at turining qaysiga mansub?

A) Ikki tilli lug’at

B) Qomusiy lug’at

C) Filologik lug’at

D) Tarjima lug’at

33. “Abushqa” lug’ati kim tomonidan tuzilgan ?

A) M.Koshg’ariy

B) Rumiy


C) Toli Imoni Hiraviy

D) Mahdiyxon

34. Qaysi lug’at 21 bobdan iborat?

A) “Badoye ul-lug’at”

B) “Abushqa”

C) “Sangloh”

D) “Tarjumon”

35. Qaysi lug’at nusxalari Britaniya va Bodlen kutubxonasida saqlanmqda?

A) “Tarjumon”

B) “Kelurnoma”

C) “Sangloh”

D) “Abushqa”

36. O’quv leksikografiyasi nima?

A) Til o’rganishga maxsuslashgan lug’atlar

B) Izohli lug’atlar majmui

C) Terminolgik lug’atlar

D) Tarjimaga oid lug’atlar

37. Ilmiy-texnik leksikografiyasi nima?

A) Til o’rganishga maxsuslashgan lug’atlar

B) Izohli lug’atlar majmui

C) Terminolgik lug’atlar

D) Tarjimaga oid lug’atlar

38. O’zbek xalqi tarixida birinchi marta yaratilgan lug’at qaysi?

A) “O’zbek tilining izohli lug’ati”

B) “O’zbek ismlari” lug’ati

C) “O’zbekcha-ruscha” lug’at

D) “Olti tilli lug’at”

39. “Tarjumon” qo’lyozmasi qaysi kutubxonada saqlanadi?

A) Leyden

B) Britaniya

C) Bodlen

D) Fransiyada

40. “Tarjumon” asari necha qismdan iborat

A) 2


B) 4

C) 6


D) 5

41. “Tarjumon” asari muallifi o’z asarida turkiy so’zlarni to’g’ri o’qish maqsadida nimadan keng foydalangan?

A) Belgilardan

B) Diakritik belgilardan

C) Orfografik belgilardan

D) Orfografik so’zlardan

42. Apaq so’zining ma’nosi?

A) Yamoq


B) Taroq

C) Yashil

D) Oppoq

43. Boy so’zining ma’nosi nima?

A) Chayon

B) Kaltakesak

C) Ilon

D) Kuya


44. Otachi so’zining ma’nosi nima?

A) Tabib


B) Duradgor

C) Dori


D) Tesha

45. Altun so’zi nima ma’noni anglatadi?

A) Kumush

B) Zebuzar

C) Oltin

D) Mis


46. “O’zbek tilining izohli lug’ati”da keltirilgan internatsioanl so’zlarni toping?

A) Rayon – rayon, materiya – borliq, megapolis – ulkan shahar, hi – salom

B) Meditsina – tibbiyot, rayon – rayon, inom – sovg’a

C) Gorod – shahar, zakaz – buyurtma, mesta – o’rin, joy

D) Master – ustoz, usta, sarhad – chegara, razmer – o’lchov, tixo – tinch

47. “At-tuhfa” asarida muallif qipchoqlar tilini o’rganishni tadqiqot obyekti qilib olgan va u bu tilni qaysi til bilan qiyoslagan?

A) Turk

B) Fosf-tojik



C)Turkman

D) Arab


48. Chastotali lug’atlarning vazifasi nimalardan iborat?

A) Matnning so’zlari sonini hisoblash hamda kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar olib borishda

B) So’zlarning statistikasini chiqarishda

C) So’zlarning tuzilish kompozitsiyasini aks ettirishda

D) Kompyuter lingvistikasi sohasi uchun muhim hisoblanadi

49. Internet tizimida avtomatik qidiruv tarzida foydalaniladigan lug’at?

A) An’anaviy lug’at

B) Elektron lug’at

C) Chastotali lug’at

D) Imlo lug’at

50. leksikografiya sohasining obyekti?

A) Tilshunoslikka oid so’zlar yordamida lug’at tuzish

B) Lug’atlar va ularning tarkibiga kiruvchi birliklar

C) Lug’at tuzish qonuniyatlari lug’at tiplari

D) Lug’atchilikning tarixiy taraqqiyoti.

JAVOBLAR


1 – A 12 – C 23 – C 34 – B 45 – C

2 – A 13 – A 24 – A 35 – C 46 – B

3 – C 14 – C 25 – C 36 – A 47 – C

4 – C 15 – A 26 – A 37 – C 48 – A

5 – A 16 – D 27 – A 38 – A 49 – B

6 – C 17 – C 28 – B 39 – A 50 – B

7 – A 18 – A 29 – A 40 – B

8 – D 19 – B 30 – B 41 – B

9 – A 20 – A 31 – D 42 – D

10 – B 21 – B 32 – A 43 – A



11 – B 22 – A 33 – B 44 – A
Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling