Limfa tizimining tuzilishi va faoliyati


Download 221.32 Kb.
bet1/22
Sana07.04.2022
Hajmi221.32 Kb.
#627809
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Limfa tizimining tuzilishi va faoliyati
543b7f2c533ec, 53d7806f99a3b, Настройка элементов управления во время разработки, Madina

 Limfa tizimining tuzilishi va faoliyati

Limfa tizimi qon tomirlar tizimining asosiy qismlaridan biri bo’lib, u to’kima suyuqligini so’rib limfa hosil qilish va uni vena tizimiga olib borish vazifasini bajaradi. U vena tizimining yordamchi qismi bo’lib, tuzilishi jihatidan (klapanlarning bo’lishi, limfa suyuqligini to’qimadan yurakka oqishi) unga o’xshaydi, shunga qaramay limfa tizimi vena tizimidan quyidagilar bilan farq qiladi:

1. Vena tizimi arteriyalar bilan qo’shiladi, limfa tizimini boshlanish qismi yopiq limfa kapillyarlardan iborat bo’lib, markaziy qismi venaga qo’yiluvchi naychalar yig’indisidan iborat.

2. Limfa tomirlari o’rtasida limfa tugunlar bor bo’lishi bilan. 

Limfa (lympha-toza suv) bu rangsiz suyuqlik bo’lib tarkibi plazmaga o’xshash oqsillar kollid eritmalari, hujayora elmenitlari (limfotsitlar, eozinafillar) bilan, birga to’qima modda almashinuvida hosil bo’lgan har xil yot moddalar, mikroorganzmlar, o’lik hujayralar bo’ladi. limfa tizimi organizmda: quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. To’qima suyuqligi tarkibi va hajmini doimiyligi ta’minlaydi:

2. To’qima suyuqligi, lifoid elementlar va qon o’rtamidagi gumoral aloqani ta’minlaydi.

3. Ichakda parchalanib hosil bo’lgan ozuqa moddalarni (yog’lar) ichaklardan venalarga olib boradi: 

4. Seroz bo’shliqlardan suyuqliklarni so’rilishini: 

5. Organizmga tushgan mikroorganizmlarni zararsizlantirish (himoya, bar’er vazifa):

6. Limfotsitlarni ishlab (limfopoes) qonga chiqarish:

7. Immunokompetent hujayralar (T va В limfotsitlar) va makrofaglarga ishlab chiqarish. Bu hujayralar organizmning mikrobfaglar va ba’zi moddalarga qarshi faoliyatini kuchaytirib beradi (immun faoliyati).

Yuqoridagi vazifalarni bajaruvchi limfa tizimi tarkibiga:

I. Limfani o’tkazuvchi yo’llar: limfakapilyar tomirlar, limfa tomirlari, poyalari va yo’llari kiradi.

II. Limfotsitlar rivojlanadigan joylar:

1. Suyak iligi, ayrisimon bez.

2. Shillik pardalardagi limfoid hosilalar:

a. Yakka holdagi follikulalar (folliculi lymphatici solitarii).

b. limfatik follkullalar to‘plami (folliculi lymphatici aggregati) 

d. murtaklarning limoid to’qimasi

3. Chuvalchangsimon o’simta limfoid to’qimasi

4. Taloq pulpasi

5. Limfa tugunlari kiradi

Limpa tizimi venadan quyidagilar bilan farq qiladi:

1.Vena tizimi arteriyalar bilan qo‘shiladi, limpa tizimining boshlanish qismi yopiq limpa kapillarlari bo‘lib, markaziy qismi venaga quyiladi.

2. Limfa tomirlari or‘tasida limfa tugunlari bo‘ladi.

Limfa kapillyarlari bosh va orqa miya va ularning pardalarida, tog’aylari, ko’zning shox pardasi va gavxari, ichki quloq, teri va shilliq parda epiteliyasi, taloq parenximasi, suyak iligida bo’lmaydi. Limfa kapillyarlar qon tomir kapillyarlariga nisbatan keng (0,2 mm gacha) va tekis bo’lmaydi. Ular o’zaro birikib limfokapillyar to’larini hosil qiladi. Ularning devori bir qavat endoteliy hujayralaridan tuzilgan.

Limfa kapillyarlarning qo’shilishidan limfa tomirlari hosil bo’ladi. Limfa tomirlarining ichida klapanlari bўlib, limfani bir yo’nalishda o’tkazadi. Ularning devori limfakapillyarlarga nisbatan qalin. A’zo ichi limfa tomirlari devorida endoteliy ustidan yupqa biriktiruvchi to’qimali parda qoplaydi. Yirik limfa tomirlarning devori ichki endoteliy, o’rta muskul va tashki biriktiruvchi to’qimali pardalardan iborat. A’zo sirti tomirlari (olib keluvchi) limfani a’zolardan to limfa tugungacha olib boradi. limfa tugunidan chiqqan (olib ketuvchi) tomirlar yig’ilib limfa poyalarini hosil qiladilar. A’zo sirti limfa tomirlari joylashishiga qarab chuqur qon tomirlar va nervlar bilan birga yo’naluvchi. Yuza limfa tomirlari teri osti venalari va nervlar bilan yo’naladi. Tananing harakatchan sohalarida tomirlar limfani beto’xtov oqishini ta’minlovchi aylana limfa yo’llarini hosil qiladilar.

A’zolar va tananing qismlaridan limfa olib keluvchi limfa tomirlari orqali limfa tugunlariga yo’naladi.



Download 221.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling