Lisoniy birliklarda umumiylik va xususiylik


Download 45.5 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1209475
  1   2
Bog'liq
Lisoniy birlik


Lisoniy birlik
Reja :
1. Lisoniy birliklarda umumiylik va xususiylik.
2. Til va dialektika aloqadorligi.
3. Invariant va variant tushunchasi.


Sistemaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan har qanday lisoniy belgi ikki xil xususiyatga ega. Ularning birinchisi mutlaq xususiyat bo’lib, sistemaga kirgunga qadar ham lisoniy birlikda mavjud bo’ladi. Bu xususiyatlar bevosita ko’zatish bosqichida shu belgining o’ziga mansub fizik-fiziologik xossasida ko’rinib turadi.
Lisoniy belgining ikkinchi xususiyati esa faqat sistemada bir lisoniy belgining ikkinchi lisoniy belgiga munosabati orqali aniqlanadi. Predmet o’zining xususiyatlaridan tashqarida mavjud bo’lmaganideq uning xususiyati ham bu predmetning boshqa predmet bilan munosabatidan tashqarida yashay olmaydi. Masalan, Erning tortish quvvati shu predmetning o’ziga xos xususiyati. Lekin bu predmetning tortishi uchun boshqa predmet bo’lmasa, uniig tortish xususiyati «yashirin» ligicha qolaveradi.
Shu bilan birgalikda. lisoniy birliklarning shunday belgilari borki, bunday belgilar sistema uchun ahamiyatli bo’lmaydi. Lisoniy birlik belgilarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1) sistema hosil qiluvchi belgilar;
2) sistemada hosil bo’luvchi belgilar;
3) sistemaga betaraf belgilar.
Sistema tarkibidagi elementning sistemaga bogliq bo’lmagan, sistemaga kirgunga qadar ham unda mavjud bo’lgan xususiyati sistema hosil qiluvchi belgisi hisoblaiadi. Masalan, ikki kishidan iborat oilani sistema desak va ikki oila a'zosini sistema elementlari hisoblasaq bu ikki a'zoning erkaklik va ayollik belgisi sistema hosil qiluvchn belgi sanaladi. Chunki bu ikki a'zoning erkaklik va ayollik belgisi sistemaga kirguncha ham mavljud edi. Shu bilan birga bu belgi oila qurish uchun zaruriy belgidir. Oiladan tashqarida erkak va ayol bnr-biriga er-xotin bo’lolmaydi. Ular nikohdan o’tish o'rqali o’zaro er-xotinlik munosabatiga kirishadilar va oilani tashkil etadilar. Demak, sistema a'zolarining erkaklik va ayollik belgisi sistema hosil qiluvchi belgi sanaladi.. Bu belgilarsiz ikki shaxs normal oila qura olmaydi. Erkaklik yoki ayollik jinsiga mansublik belgisi oila munosabatida hosil bo’lmaydi, balki bu munosabatda yuzaga chiqadi.
Kuyov-kelinlik xususiyati esa sistemada, ikki a'zoning nikondan o’tishi orqali hosil bo’ladi. Sistemadan tashqari alohida olingan elementning ana shunday xususiyati sistemada hosil bo’luvchi belgi hisoblanadi.
Oila tarkibidagi ikki a'zo bo’y, gavda, yuz ko’rinishi, soch, ko’z ranglari va x.. kabi bir qator belgilarga ham ega. Lekin bu belgilar oila (sistema) nuqtai nazaridan unchalik qimmatga ega. emas. Bunday belgilar sistemaga betaraf belgilar hisoblanadi.
Oila a'zolarining erkaklik va ayollik belgisi elementning mutlaq belgisi bo’lsa, kuyovlik va kelinlik belgisi ikki a'zoning bir-biriga nisbatan hosil bo’lgan nisbiy belgisidir.
An'anaviy tilshunoslik lisoniy belgining mutlaq xususiyatlarini tan olgan holda, nisbiy xususiyatini nazardan soqit qiladi. Lisoniy birliklarning faqat mutlaq xususiyatgagina emas, balki nisbiy xususiyatga ham ega bo’lishining tan olinishi hozirgi tilshunoslikning katta yutugidir. Xuddi shu masala asosida hozirgi tilshunoslik an'anaviy tilshunoslikdan farq qiladi. Masalan, tovushning fizik xususiyati bilan birga fonologik munosabati ham mavjud. Turli fonologik sistemaga ega bo’lgan tillarda moddiy bir xil bo’lgan tovush turli nisbiy xususiyatga ega bo’lishi mumkin: o’zbek tilida k va x tovushlari bir xil jarangsizlik belgisiga ega. Bu ularning fonologik tizimga kirguncha bo’lgan, sistemaga aloqasi bo’lmagan mutlaq xususiyatidir. Lekin jarangsizlik belgisining fonologik qimmatga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi bilan “k-x” bir-biridan farqlanadi. «K» ning jarangsizlik belgisi farqlovchi. Chunki shu belgisi bilan «g» dan farqlanadi. «x> ning jarangsizlik belgisi esa farqlovchi emas. Chunki uning bu belgiga ko’ra qarama-qarshi qo’yiladigan jarangli ziddi yo’q.
Dialektikada umumiy va xususiy, tasavvufda kull va juzv o’ta muhim kategoriya va tushunchalar bo’lib, ularni chuqur va atroflicha o’zlashtirmay turib falsafa va tasavvuf mohiyatini, bilish nazariyasini, narsa-hodisalarning tahlil mohiyatlarini tushunish mumkin emas.
Xususiy nima?
Biz ko’ra oladigan, seza oladigan, kuzata oladigan har bir narsa, voqea-hodisa, belgi va xususiyat xususiylikdir.
Xususiylikning uch asosiy belgisi ajratiladi:
I. Xususiylikning moddiyligi va bevosita ko’zatish; fahmda berilganligi.
2. Xususiylikning alohida va takrorlanmasligi.
3. Xususiyliklarning cheklanmaganligi va behisobligi.
Tushunarli bo’lishi uchun, xususiylikning bu belgilarini «daraxt» misolida ko’rib chiqamiz. Xususiy «daraxt» (XD) bu ko’z oldimizda, ma'lum bir joyda, ma'lum bir vaqtda, ma'lum bir shaklda va ko’rinishda, ma'lum bir taraqqiyot bosqihida turgan alohida bir narsa, o’simlik. Biz daraxtni ko’ra olamiz, paypaslay olamiz, kerak bo’lsa, uzunligini, yo’g’onligini, tana va shoxlar miqlorini, hatto undagi barg va gullar sonini hisoblay olamiz. Bu daraxt moddiy shaklga ega, ya'ni muayyan moddalardan ildizni, tanani, po’stloqni, shox-shabbalarni hosil qiluvchi organik va noorganik birikmalardan iboratdir. Daraxtning moddiyligi ham mana shu moddalardan tuzilganligidadir. Shu moddiyliklar bo’lmasa, XD ham bo’lmaydi. XD uyimiz hovlisida, institut bog’ida o’sib turibdi, uni ko’zatishimiz uchun hech qanday to’sqinlik yo’q.
Har bir XD takrorlanmas va alohidadir. Hovlingizda ikkita, olma daraxti o’sadi, deylik. Bu daraxtlar bir yilda ekilgan bo’lsa, ularni bir xil deb bo’ladimi? Yo’q! Chunki ular ikkita daraxt, ikkita alohidalikdir. Axir bir daraxtni kessangiz, ikkinchisi kesilmaydi-ku. Har bir xususiylik o’z holida yakkaligida bo’la. olishi, yashay olishi har bir xususiylikning alohidalik belgisini tashkil qiladi. Hovlingizdagi ikkita daraxt nafaqat ikkita alohidalik balki takrorlanmasdir ham. «Men kitob o’qiyapman» gapi ikki marta takrorlansa, ikki xususiylik voqelangan bo’ladi. Bu gaplar birin-ketin takrorlangan bo’lsa ham, ularning biri ikkinchisidan hech bo’lmaganda zamonda farq qiladi.
Demak, xususiylik bu biz sezgi uzvlarimiz bilan seza oladigan borliq: narsa, belgi, vokqea-hodisalardir. Bizni sezgi uzvlarimizning imkoniyatlari cheklangan, shuning uchun biz sezgi organlarimizni asbob-uskunalar bilan kuchaytiramiz. masalan, oddiy qurollanmagan ko’z bilan biz osmondagi olti mingta yulduzni ko’ra olsak kuchli billur teleskopda bir necha yuz ming, radioteleskopda bir necha milliard yulduzlarni ko’ra olamiz.Teleskoplar yoki mikroskoplar ham sezgi uzvlarini kuchaytiruvchi vositalardir. Insoniyat ko’rish, sezish, taxlil qilish imkoniyatlarini minglab uskunalar asosida minglab marta kuchaytirgan. Biroq eng kuchli asbob ham xususiylikdan boshqa narsani ko’rsata olmaydi. Xususiyliklar nihoyatda cheksiz katta yoki o’ta kichik ham bo’lishi mumkin. Er sharining o’zi quyosh sistemasida bir xususiylikdir. Shuningdek gallaktikamizning o’zi ham nihoyatda ulkan xususiylikdan boshqa narsa emas. Suvning har bir molekulasida mavjud bo’lgan bitta kislorod atomi ham alohida xususiylikdir. Xususiyliklarning har biri bir alohidalik bo’lganligi uchun rang-barangdir. Ularning miqlori va turi aqlga sig’maydi.
Umumiylik nima?
Bog’ingizda yuz tup daraxt bor. Bu daraxtlarning har biri alohida va nisbatan mustaqil, takrorlanmas XD ekanligini bilasiz. Lekin siz hech qiyinchiliksiz: «Bogimizdagi daraxtlar bu yil yaxshi hosil berdi», - deb yuz tup XDni daraxtlar so’zida mujassamlashtirasiz, umumlashtirasiz. Uch-to’rt yashar bolaga istagan turdagi tanasidan shoxlanib, barg va hosil beradigan katta o’simlikni ko’rsatib: «Bu nima?» - desangiz, adashmay: «D a r a x t», -deb javob beradi. U olmami, akatsiyami, chinormi, baribir, daraxt. Notanish joyga borib, tanasidan shoxlanib, barg va meva beradigan notanish o’simlikni ko’riboq, siz uning daraxt ekanligini bilasiz. Albatta, siz uning yoshini, gullash davrini, taxminiy yashash yilini va boshqalarni bilmasligingiz mumkin, lekin daraxt ekanligiga shubha qilmaysiz. Chunki u siz bilgan daraxtlarga o’xshash, monanddir. Qaysi asosda, siz bog’ingizdagi aloqida XDni, yoki notanish o’lka dagi o’zingiz tanimagan o’simlikni «daraxt» so’zi bilan atab umumlashtira oldingiz? Bunta javob berish qiyin emas: Siz ko’rgan va tanigan minglab XDlardagi umumiiliklar, o’xshash jihatlar asosida.
Siz ga tanish bo’lgan barcha XDlarning umumiy xususiyatlari shundan iboratki, ular o’simlik ya'ni erga ildiz qo’yib o’sadigan narsa bo’lib, mustahkam tanaga egadir. Bu tanadagi shoxlar, shoxlardan butoqlar o’sib chiqadi va shox-butoqlar barg, gul va mevalarni o’zida saqlaydi. Shunday umumiy jihatga ega bo’lgan har bir predmet Siz uchun - daraxt. Lekin bevosita. ko’zatishda berilgan XD emas, balki ongingizda, miyangizda, xayolingizda mavjud bo’lgan umumiy daraxt (UD)ning tarxi, ramzi, timsoli, obrazidir. UD bevosita ko’zatishda berilmagan. U bizning ongimizdagina yashaydi. UD niqoyatda sodda: tanasidan shoxlanadigan yirik o’simlik. UD ta'riflash uchun mazkur ta'rif etarli, UD bizning ongimizda mana shu belgisi bilan yashaydi va shu belgi xususiyatga ega bo’lgan behisob XDlarni bitta UDga birlashtirishga imkon beradi. Shuning uchun umumiylik nima, deganda, biz ayta olamizki, umumiylik bevosita kuzatishda berilgan alohida xususiyliklardagi yorqin va o’zaro bog’langan o’xshash belgi-xususiyatlarning ongimizdagi, tafakkurimizdagi yaxlit tarxi (rejasi), ramzidir. Barcha XDlardagi o’xshash belgilar ularning barchasini o’simliklar dunyo'siga mansub, mustahkam tanaga, tanadan o’sib chiquvchi shohlarga ega ekanligidir.
Umumiylikdagi belgilar, xususiyatlar, albatta, o’zaro bog’liq bo’lishi kerak va bir butunlikni tashkil etishi kerak.
Umumiliklar xususiyliklardagi juz’iy, mayda-chuyda belgilarni o’z ichiga olmaydi. U yorqin xususiyatlarnigina qamrab oladi, shuning uchun umumiyliklarni ilg’ay olish qobiliyati insonda juda erta, fikrni bayon eta olish ko’nikmasidan avvalroq shakllana boshlaydi va mana shu umumiyliklarning ongda shakllana boshlashi so’z ehtiyojini tug’diradi.
Umumiylik juz’iyliklardan holi bo’lganligi, oigimizda, miyamizda, tafakkurimizda ramz sifatida. mavjudligi uchun umumiyliklarda aks ettirilgan xususiyatlarga ega bo’lgan chek-siz miqdordagi xususiyliklarni birlashtiradi, umumlashtira oladi. Xususiylikka moddiylik alohidalik va behisoblik xos bo’lsa, umumiylikka xos sifatlar quyidagilardir:
I.. Ongda tarx, ramz sifatida mavjudligi va bevosita kuzatishda berilmaganligi.
II.. Cheklanmagan miqdorda xususiyliklarda takrorlanib turishi, makon va zamondan nisbatan holi bo’lishi.
III. Umumiyliklarning nisbatan chegaralanganligi.
Umumiylikning bu xususiyatlarini sharxlaymiz. Birinchi xususiyat. Umumiylik moddiylikdan xoli. Uni ko’rish, sezish, ulchash, tasvirlash imkoni yo’q. U faqat tafakkur va taxayyul etiladi. Umumiylik moddiylikka ega bo’lmasada, moddiylik hasida tasavvur uning tarkibida mavjuddir. Chunonchi, umumiy daraxtda yog’och, po’stloq, shox, barg moddalari, turlari, ko’rinishlari mavjud emas, lekin unda UDning tarkibiy qismi bo’lgan tana, shox, barg va hosillarning muayyan moddalardan iborat bo’lishi haqida tasavvur mujassamlangandir.
Chunonchi, «qalam» desak bu umumiyatda yogoch qoplamaga ega bo’lgan, 8-25 sm. uzunlikdagi, o’rtasida grafit (qoratosh) o’rnatilgan yozuv quroli nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, «qalam» umumiyligi bu yo’nib, ichidagi qoratoshini chiqarib yozish, chizishga mo’ljallangan qurol. Bu umumiylikda na qalamni rangi, na yog’ochining, toshining qattiq yumshoqligi aks etmagan, lekin qalam umumiyligida shu moddiyliklarning mavjudligining sharti yashiringandir. Shuning uchun umumiylshshi moddiylikdan tamoman sodit etilgan deb bo’lmaydi.
Moddiylik haqida tasavvur umumiylikning zamirida va uning bir butunligini ta'minlovchi omildir.
Ikkinchi xususiyati. Umumiylik ong, tafakkurdagi ruhiy bir hodisa bo’lganligi sababli u xususiyliklarda voqelanadi. Xususiyliklar behisob bo’lganligi sababli umumiylik zarrasi har bir xususiylikka takrorlanib tushadi. Bir qarashda umumiylik xususiylikdan yo’qolgandek tuyuladi. Zohiran bu shunday. Chunonchi, umumiy daraxt ta'rifi bilan xususiy bir daraxt tavsifini qiyoslaylik.
Daraxt — tanasidan shoxlanuvchi yirik o’simlik. Bog’imizdagi olti yoshli shu sermeva gilosning mana bu shoxiga olmani payvand qildik.
Uchinchi xususiyat. Umumiyliklar nisbatan miqdoran chegaralangandir. Chunonchi, er yuzidagi o’simlshslarning xususiy ko’rinishlarini sanab sanog’iga etolmaymiz. Sanashning foydasi ham yo’q. Chunki bugun yulingan maysa o’rnidan erta yangisi unib chiqadi. Lekin o’simlik dunyosining umumiyliklari o’ta chegaralangan. O’simlik dunyosi asosan uch umumiylikda birlashadi: daraxt, buta, o’t.
Umumiylik-xususiylik munosabatlarini yakunlar ekanmiz, aytish joizki, umumiylik va xususiylik bir-biriga zid narsalar emas Ularning bir-birini inkori dialektik nisbiydir: xususiylikdan moddiy, shakliy, davriy, makoniy muayyanlik chetlashtirilsa, u umumiylikka ayalanadi va aksincha umumiylikning moddiy, shakliy, davriy, makoniy voqelanishi xususiylikdir.
Invariant va variant.
Lisoniy birliklarda namoyon bo’lgan umumiylik-xususiylik zidlanishini ifodalash uchun tilshunoslikda ko’proq invariant va variant atamalaridan foydalaniladi.
Invariant va variant tushunchalari lisoniy birliklarning tuzilish (ontologik) mohiyatini, demakki, tilning tuzilish tabiatini tavsiflashda eng muhim ahamiyatga egadir.
Har qanday umumiylik xususiyliklar orqali namoyon bo’lganidek har qanday invariant variantlar orqali moddiylashadi.
Invariant ijtimoiy-ruhiy, til egalarining hammasi uchun umumiy-majburiy bo’lgan moqiyat-imkoniyatdir. U bevosita ko’zatish bosqichida, nutq jarayohida variantlar orqali namoyon bo’ladi. Nimaniki talaffuz qilsak, qulog’imiz bilan eshitsak qo’limiz bilan yozib, ko’zimiz bilan o’qisak bular invariantlar sanaladi.
Variantlar sinfga xos umumiy belgilarni va o’ziga xos farqlovchi belgilarni o’zida mujassam etadi. Umumiy belgi har bir variantni ma'lum umumiylikka-sinfga birlashtiradi farqlovchi belgilar esa bu variantni sinf tarkibidagi «boshqa variantdan ajratishga yordam beradi.
Til sistemasi va uning bevosita yuzaga Chiqshida, ya'ni sistema-funktsiya munosabatida namoyon bo’ladigan umumiylik-xususiylik dialektikasi tilshunoslikda til-nutq zidlanishi orqali ifodalanadi. Shunga ko’ra, tilshunoslikda «emik» va «etik» birliklar bir-biriga zidlanadi. Umumiylik imkoniyat, moddiyatni bildiruvchi ijtimoiy-ruhiy, majburiy birliklar til birliklari sanaladi va bu birliklar «ema» elementa bilan tugaydigan atamalar bilan nomlanadi: fonema, morfema, leksema, sintaksema va boshqalar. Xususiylik voqelik va hodisani bildiruvchi bevosita moddiy voqelangan birliklar «etik» birliklar hisoblanadi. Bu birliklar «ema» bilan tugagan atamaning ema qismini olib tashlash (masalan, fon, morf, leke, sintaks) bu «ema» qismi olib tashlangan qism oldidan «allo» elementini qo’shish (masalan, allofon, allomorf, alloleks kabi) yoki «ema» bilan tugagan atama oxiriga variant so’zini qo’shish (fonema varianti, morfema varianti, leksema varianti) orqali ifodalanadi. «Ema» elementini olgan birliklar til birliklari, qolganlari esa nutq birliklari sanaladi.


Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling