Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari
Download 143.5 Kb.
|
Lizing-hisobi
Tengsizliklar-II, Tengsizliklar-II, Tengsizliklar-II, ПФ 5466, 3022 ТАВСИЯНОМА 2 илова, tarix 2, Ximiyaliq baylanistin' tu'rleri, Problems and scenarios of labor migration in Uzbekistan, atmosfera bosimi. shamol, jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati , Kredit mexanizmi tushunchasining mohiyati va uning tarkibiy elementlari 7da21, Lizing-hisobi, Lizing-hisobi, Lizing-hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi.
- Lizingning afzalliklari va kamchiliklari.
- Lizingning turlari
- Ijaraga beruvchida moliyaviy va joriy ijara hisobi.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Skachat.uz Reja:
Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari. Lizingning turlari Ijaraga beruvchida moliyaviy va joriy ijara hisobi Ijaraga oluvchida moliyaviy va joriy ijara hisobi Aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish Kreditdan foydalanish yordamida ijaraga olish Er va binolarni ijaraga olishning xususiyatlari. Lizing muomalalarini yoritish Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi.Lizing - lizing shartnomasini amalga oshirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning majmuasi hisoblanadi. Lizingni ajratib turuvchi belgilar quyidagilardan iborat: munosabatlarda uchinchi tomon (lizing obьekti sotuvchisi)ning mavjud-ligi; shartnoma majburiyatlarining mavjudligi; lizingga berish uchun mulkni maxsus tarzda sotib olinishi; lizing ob`ektini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanishning majbu-riyligi; Lizing shartnomasi- mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini shartnoma asosida jismoniy yoki huquqiy shaxslarga ma`lum haq evaziga va ma`lum vaqtga va shartnomada belgilangan shartlar asosida topshirish bilan bog`liq shart-nomadir. Shartnoma shartlari O`zbekiston Respublikasining «Lizing to`g`risidagi Qonuni», Fuqorolik Kodeksi va tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi. Lizing faoliyati lizing asosida mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini topshirish bilan bog`liq investitsiya faoliyatidir. Lizing munosabatlarining ob`ekti bo`lib tadbirkorlik faoliyatida foyd-alanish mumkin bo`lgan har qanday noiste`mol buyumlari hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka asosan quyidagilar lizing ob`ekti bo`lishi mumkin emas: er bo`laklari va boshqa tabiat ob`ektlari; intellektual mulk natijalari. Lizing munosabatlarida buxgalteriya hisobini qiziqtiruvchi subьektlar sifatida «lizingga beruvchi» va «lizingga oluvchi»ni keltirish mumkin.
Lizing munosabatlarining iqtisodiy asosini quyidagi unsurlar tashkil qiladi: lizing ob`ektining oldi-sottisi ; lizinga beruvchi mablag`ining investitsiyaga sarflanishi; lizing ob`ektining lizing oluvchiga ijaraga berilishi; lizinga oluvchi tomonidan bu ob`ektni qabul qilib olinishi; shartnoma muddati oxirida mulkni sotib olinishi ehtimoli mavjud-ligi.
Lizinga berilgan mulk lizing shartnomasi tugagunga va lizinga oluvchi o`z majburiyatlarini to`liq bajarilmagunga qadar lizinga beruvchining mulki bo`lib qolaveradi. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari.Lizingning afzalliklariHozirgi kunda korxonalar moddiy-texnika ta`minoti bazasini rivoj-lantirish maqsadida yirik kapital qo`yilmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi asosiy moliyaviy dastaklardan biri hisoblanadi. Uskunalarni sotib olishning boshqa (uskunani etkazib bergandan keyin to`lovni amalga oshirish, to`lovni uzaytirish sharti bilan sotib olish, bank krediti hisobiga sotib olish) usullariga qaraganda quyidagi bir qator afzalliklarga ega: lizing ijarachi korxonaga bir martalik yirik xarajatlar qilmay va qarz mablag`laridan foydalanmay turib ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi; qarz kapitali jalb qilinmaganligi uchun balansda o`z va qarz kapita-lining optimal nisbatini ushlab turish imkonini beradi: bank kreditidan farqli o`laroq lizing uskunani sotib olish uchun 120 % li taьminot talab qilinmaydi; lizing asosiy vositani sotib olish bilan bog`liq loyihani 100 % moliyalashtirish imkonini beradi va u to`lovlarni darxol boshlanishini talab qilmaydi. Bu esa sezilarli moliyaviy qiyinchiliklarsiz korxona-ga asosiy vositalarini yangilash va qimmatli uskunalarni sotib olish imkonini beradi. lizing shartnomasiga ko`ra ijara to`lovlari uskuna o`rnatilib, sozlanib va foydalanishga topshirilgandan keyin mahsulotni sotishdan olin-gan daromad hisobidan amalga oshirilishi mumkin. lizing shartnomasida o`zgaruvchan kredit foizlaridan farqli o`laroq, qatьiy foiz stavkalari qo`llaniladi ; lizing to`lovlari lizinga oluvchi korxonaning mahsulot tannarxiga olib boriladi. Bu esa soliqka tortiladigan foyda summasini kamaytiradi. ishga tushirilishi uzoq muddatni talab qiladigan uskunalarni tayyor-lashga buyurtma berishdan ko`ra, foydalanishga tayyor bo`lgan uskunani ijaraga olish qulayroqdir. Ba`zida aktivlarga fakat vaqtincha, mavsumiy yoki bir martalik talab bo`ladi, bunday holda ijara doimo foydalanishda bo`lgan aktivlarga egalik qilish bilan bog`liq noqulay bo`lgan muammolarini yo`q qilishga yordam beradi. ijaraga olish har yili yangi va unumdorligi yanada yuqori bo`lgan usku-nalarni ishlab chiqarishga jalb qilish imkonini beradi va hokazo.
yuqori darajadagi foiz to`lovlarini belgilanishi; mavsumiy ijarada asbob-uskuna kerak bo`lgan paytida topish mumkin bo`ladi deb kafolat berib bo`lmaydi; belgilangan foiz stavkalari qatьiy bo`lganligi uchun bank krediti foiz-lari ko`tarilganda asosiy vositani lizinga bergan tomon daromadi kama-yishi yoki zarar ko`rishi mumkin. Lizingning turlariLizinga beruvchiga lizinga oluvchi tomonidan xarajatlarni qoplab berish va mulk huquqini o`tkazish shartlariga ko`ra lizingning quyidagi turlari mavjud: moliyalashtiriladigan lizing; joriy lizing. «Ijara hisobi» deb nomlangan 6-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standartiga ko`ra «moliyalashtiriladigan ijara» - bu shundayin ijaraki, unda aktivlarga egalik qilish huquqi bilan bog`liq bo`lgan barcha tavakkalchilik va rag`-batlantirishlar o`zga tomonga o`tkaziladi. Lizing shartnomasi muddati tamom bo`lgach, lizing ob`ekti, agar shartnomada boshqa holatlar ko`zda tutilmagan bo`lsa, lizinga oluvchining mulkiga aylanadi. Egalik huquqi bilan bog`liq bo`lgan hech qanday tavakkalchilik va rag`batlan-tirishlar keltirmaydigan ijara «joriy ijara» deb ataladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga muvofiq quyidagi shart-lardan biriga mos keladigan ijara moliyaviy hisoblanadi: ijara muddati tugagach, aktivlarga egalik qilish huquqi ijarachiga o`tka-ziladi; ijara aktivlarni bozor narxidan pastroq narxda xarid qilish imkoniya-tini beradi ; ijara muddati aktivning foydali ishlatish muddatining ko`proq qismini tashkil etadi (tavsiyaga ko`ra 80 % dan ortig`ini) ; ijara boshida joriy minimal ijara to`lovlari ijaraga olingan mulkning ijaraning boshlanish sanasida bozor narxidan katta yoki unga teng bo`ladi;
ijara muddati 12 oydan oshishi lozim. ijara muddati tugashi sanasida ijara ob`ektlarining qoldiq qiymati ijara boshlanishidagi qiymatining 20 % idan kamini tashkil etadi. lizingning butun muddati davomidagi to`lovlarning joriy qiymati ijara ob`ekti qiymatining 90 % idan ortiq bo`lishi lozim. Ijaraga beruvchida moliyaviy va joriy ijara hisobi.Ijaraga beruvchida moliyaviy ijara hisobi Ijaraga beruvchida xo`jalik muomalalarini hisobga olish quyidagi yunalishlar bo`yicha amalga oshiriladi: lizinga oluvchi uchun asosiy vosita sotib olish muomalalari; sotib olingan asosiy vositani lizinga topshirish muomalalari; lizinga beruvchi va oluvchi orasidagi hisob-kitob muomalalari; lizinga berilgan asosiy vositani lizinga oluvchiga mulk sifatida o`tkazish yoki uni qaytarib olish muomalalari. Хo`jalik muomalalarini hisobi Buxgalteriya hisobining milliy standart-lari asosida tashkil qilinishi lozim. 1-misol. Kompaniya keyinchalik 5 yil muddatga lizinga berish maqsadida uskuna sotib oldi. Uskunaning qiymati 1000000 so`m. Yillik to`lov miqdori 300000 ming so`mni tashkil qiladi.Shartnoma shartlariga ko`ra to`lov to`liq qoplan-magunga qadar lizinga oluvchi uskunani ijaraga bergan tashkilotga 12 % miqdo-rida foiz to`lovlari to`laydi.Asosiy vosita ijaraga butun foydali xizmat mud-datiga beriladi va ijaraning oxirida tugatish qiymati bo`lmaydi deb kutiladi. Ijara muddati tugaganda asosiy vositani ijaraga oluvchi ijaraga beruvchidan 50000 so`mga sotib olish huquqiga ega. Bu esa ijaraga berilgan asosiy vositaning kafolatlangan qoldiq qiymatidir. Ushbu xo`jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirish uchun quyidagi harakatlarni amalga oshiramiz : 1.Lizingga berilgan asosiy vositaning joriy qiymatini aniqlaymiz Ijaraga oluvchi 5 yil mobaynida 300000 so`mdan to`lovlarni amalga oshirishi ko`zda tutilganligi uchun, bunday annuitetning joriy qiymati 3,6048 (S-2 jadvali) koeffitsientini hisobga olgan holda, 50000 so`mlik kafolatlangan qoldiq qiyma-tining joriy darajasi esa - 0,5674 (S-1 jadvali) koeffitsientini hisobga olgan holda aniqlanadi. [( AJK 300000 x 3,6048) + (JK 50000 x 0,5674)] (1091440 + 28370) 1109810so`m Ushbu qiymat lizing bo`yicha muomalalarni tan olish va aks ettirish uchun ikkala tomonga ham asos bo`luvchi qiymat hisoblanadi. 2.Ijaraga oluvchida ijaraga olingan asosiy vosita uchun eskirish qiymatini hi-soblaymiz. Ijaraga oluvchi asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to`g`ri chiziqli usulini qo`llaydi. Shunga ko`ra yillik eskirish summasi
5 yil
Dt «Boshqa kapital qo`yilmalar» 1000000 Kt «Mol etkazib beruvchilar» 1000000 Lizing shartnomasida lizing to`lovlarini amalga oshirish to`g`risidagi jadval keltiriladi. Bunday jadval quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi.
Sotib olingan asosiy vosita lizinga berilganda a) Dt «Asosiy vositalarni sotilishi yoki boshqa sabablarga ko`ra chiqib ketishi» 1000000
b) Dt «Uzok muddatli ijara bo`yicha olinadigan to`lovlar » 942987 Dt «Uzok muddatli ijara bo`yicha olinadigan joriy to`lovlar» 166823 Kt «Asosiy vositalarni sotilishi yoki boshqa sabablarga ko`ra chiqib ketishi» 1109810 Lizingga berilgan uskuna bo`yicha 1-yil uchun olinishi lozim bo`lgan foizlar hisoblanganda Dt «Olinadigan foizlar» 133177 Kt «Qo`shilgan qiymat solig`i» 22196 Kt «Uzok muddatli ijaradan olingan daromad» 110981 Oldingi yozuvlardan ko`rinib turibdiki, moliyaviy to`lov ijara muddati da-vomidagi asosiy qarzning kelib tushishi va foiz ko`rinishidagi daromadlar sum-masidan iboratdir. Moliyaviy to`lov ijara muddati mobaynida davrlar bo`yicha shunday taqsimlanadiki, har bir davr debitorlik qarzlari qoldig`i nisbatan doimiy foiz stavkasi saqlanishi lozim. Birinchi yil uchun asosiy qarz va hisoblangan foizlar kelib tushishganda Dt «Pul mablağlari» 300000 Kt «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan joriy to`lovlar» 166823 Kt «Olinadigan foizlar» 133177 Ikkinchi yilning boshida debitorlik qarzlarini uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o`tkazilishiga quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: Dt «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan joriy to`lovlar» 186842 Kt «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan to`lovlar » 186842 Qolgan yillar uchun ham jadvalga asosan yuqoridagiga o`xshagan buxgalteriya yozuvlari qilinadi. Ijara muddati tamom bo`lgach, agar ijarachi korxona ijaraga berilgan aso-siy vositani shartnomada kelishilgan narxda sotib olishga qaror qilib kafolat-langan qoldiq qiymatni ijaraga beruvchiga o`tkazib bersa , bu xo`jalik muomalasi-ga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi: Dt «Pul mablag`lari» 50000 Dt «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan joriy to`lovlar» 50000 Agar ijara muddati tugagach, asosiy vosita uning egasiga qaytarilsa, bunday xo`ja-lik muomalasi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi: Dt «Asosiy vositalarni sotilishi yoki boshqa sabablarga ko`ra chiqib ketishi» 50000 Kt «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan joriy to`lovlar» 50000 Ijaraga beruvchida joriy ijara hisobi Joriy ijara sharoitida mulk huquqi ijaraga oluvchiga o`tmasligini hisobga olgan holda ijaraga berilayotgan uskuna ijaraga beruvchining balansidan chiqarib yuborilmaydi. 2-misol. Kompaniya o`ziga vaqtinchalik kerak bo`lmay turgan foydalanish muddati 8 yil bo`lgan uskunani 12 oy muddatga boshqa korxonaga ijaraga berish to`g`risida shartnoma tuzdi. Uskunaning dastlabki bahosi 720000 so`m, ijaraga berish kunigacha to`g`ri usulda hisoblangan eskirish summasi 180000 so`m.Ijara mud-dati ichida uskunani ijaraga olgan tashkilot uning egasiga asosiy vositaning yil boshidagi qoldiq qiymatidan yillik 24 % miqdorida to`lov to`laydi. Ijaraga berilgan uskunalar uchun foiz ko`rinishidagi daromad kuti-layotganda oyma oy quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: (600000 x 24 % : 100 % = 144000 : 12 oy = 12000 so`m) Dt «Olinadigan foizlar» 12000 Kt «Foiz ko`rinishidagi daromad» 12000 Oy yakuniga ko`ra hisoblangan daromad summasi korxona hisob-kitob varaig`iga kelib tushganda: Dt «Pul mablag`lari» 12000 Kt «Olinadigan foizlar» 12000 Hisobot davriga kelib (masalan 1-chorak yakuniga ko`ra) shu davr uchun hisob-langan foiz ko`rinishidagi daromad korxonaning moliyaviy hisobotiga kiri-tilganda. Dt «Foiz ko`rinishidagi daromad» 30000 Kt «Yakuniy moliyaviy natija» 30000 Ijaraga berilgan asosiy vositaga hisob siyosatiga asosan to`g`ri usulda eskirish hisoblangan oyda: 720000 : 8 yil = 90000 : 12 oy= 7500 so`m Dt «Operatsion xarajatlar» 7500 Kt «Uskunaning eskirishi» 7500 Uskunaning qoldiq qiymatidan hisobot yilining 1 choragi uchun 3,5 % miqdorida mulk solig`i hisoblangan vaqtda: 600000 + (600000-7500) + (600000-15000) + (600000-22500) = 1766250 = 2 2 3 = 588750 x ( 3,5 % x _1 ) : 100 % = 5152so`m 4 Dt «Davr xarajatlari» 5152 Kt «Mulk solig`i bo`yicha majburiyat» 5152 Joriy ijara shartlariga ko`ra uskunani ishchi holatda ushlab turish xarajatlarini ham mulk egasi amalga oshiradi. 3-misol. Kompaniya ijaraga berilgan uskunani ta`mirlash uchun 80000 so`mlik ehtiyot qismlar sarfladi va ta`mirlashni amalga oshirgan xodimga 10000 so`m ish haqi hisobladi hamda ish haqidan 3300 so`mlik majburiy ajratmalarni qildi. Bu holda quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtirilishi lozim. Dt «Asosiy ishlab chiqarish» 93300 Kt «Ehtiyot qismlar» 80000 Kt «Mehnat haqi bo`yicha hisoblashishlar» 10000 Kt «Ish haqidan majburiy ajratmalar» 3300 Ijaraga oluvchida moliyaviy va joriy ijara hisobi Ijaraga oluvchida moliyaviy ijara xisobi Ijaraga oluvchida xo`jalik muomalalarini hisobga olish quyidagi yo`na-lishlari bo`yicha amalga oshiriladi : lizingga olingan asosiy vositani qabul qilib olish muomalalari; lizingga beruvchi bilan asosiy qarz va foizlar bo`yicha hisob-kitob muomalalari; lizingga olingan asosiy vosita bo`yicha yuzaga keladigan xarajatlarni hisobga olish muomalalari; lizingga olingan asosiy vositani o`z mulkka aylantirish, yoki uni kay-tarib berish muomalalari. Хo`jalik muomalalarini hisobi Buxgalteriya hisobining milliy standart-lari asosida tashkil qilinishi lozim. Asosiy xo`jalik muomalalari lizinga beruvchi bilan tuzilgan shartnomada ko`zda tutilgan jadval asosida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Jadvalning lizinga oluvchiga tegishli qismi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Shunga ko`ra ijaraga oluvchida xo`jalik muomalalari quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin: 1-misol shartlari asosida lizinga olingan asosiy vosita qabul qilib olinganda Dt «Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qo`yilmalar» 1109810 Kt «Тo`lanadigan uzoq muddatli ijara» 942987 Kt «Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qism» 166823 Lizingga olingan asosiy vosita foydalanishga berilganda Dt «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalar» 1109810 Kt «Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qo`yilmalar» 1109810 Moliyalashtirilgan ijara, ijarachi balansining aktivida –moliyaviy ijara shartnomasi asosida ijaraga olingan asosiy vositalar, passivida esa to`lanadigan moliyalashtirilgan lizing bo`yicha uzoq muddatli hamda joriy majburiyatlarini hisobga olishni nazarda tutadi. 1-masala shartiga ko`ra bu xo`jalik muomalalari quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Jadvalga asosan birinchi yil uchun foiz ko`rinishidagi xarajatlar tan olinganda quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtirilishi lozim: Dt «Foiz ko`rinishidagi xarajatlar» 133177 Kt «Тo`lanadigan foizlar» 133177 Avval rasmiylashtirilgan yozuvlardan ko`rinib turibdiki, moliyaviy to`lov ijara muddati davomidagi asosiy qarzning to`lanishi va foiz ko`rinishidagi xara-jatlar summasidan iboratdir. Moliyaviy to`lov ijara muddati mobaynida davrlar bo`yicha shunday taqsimlanadiki, har bir davr majburiyatlari qoldig`iga nisbatan doimiy foiz stavkasi saqlanishi lozim. Lizing shartnomasining birinchi yili uchun hisoblangan asosiy qarz va shu davr buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilgan foiz ko`rinishidagi majburiyatlar to`lab berilganda: Dt «Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi» 133177 Dt «Тo`lanadigan foizlar» 166823 Kt «Pul mablag`lari» 300000 Lizinga olingan uskuna uchun eskirish hisoblanib, oy yakuniga ko`ra buxgal-teriya hisobida aks ettirilganda: Dt «Asosiy ishlab chiqarish» 17664 Kt «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi» 17664 Lizinga olingan asosiy vositaning qoldiq qiymatidan yillik 3,5 % mulk solig`i hisoblanib, chorak yakuniga ko`ra buxgalteriya hisobida aks ettirilganda: [(1109810 – (17664 x 3) x (3,5 % x _1 ) ] : 100 % = 9247 so`m 4 Dt «Davr xarajatlari» 9247 Kt «Mulk soliği bo`yicha majburiyat» 9247 Ikkinchi yilning boshiga majburiyatlarning uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o`tkazilishiga quyidagi buxgalteriya o`tkazmasi rasmiylash-tiriladi: Dt «Тo`lanadigan uzoq muddatli ijara» 186842 Kt «Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qism» 186842 Kelgusi yillar uchun ham shartnoma muddati tugagunga qadar shunga o`xshash buxgalteriya yozuvlari qilib boriladi. Shartnoma muddati tugab, lizinga olingan asosiy vosita lizinga oluvchining mulkiga aylantirilsa, unda bu xo`jalik muoma-lasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) ijaraga olingan uskunaning kafolatlangan qoldiq qiymati o`tkazib berilganda: Dt «Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qism» 50000 Kt «Pul mablag`lari» 50000
vositalar» 1109810 v) shu kungacha hisoblangan eskirish summasiga Dt «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi» 1059810 Kt «Uskunalarning eskirishi» 1059810 Ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirish summasi quyidagi hisob-kitob asosida yuzaga keldi (1109810 - 50000 ) = 1059810 so`m Agar ijara shartnomasi muddati tugagach, ijaraga olingan asosiy vosita mulk egasiga qaytarilsa, bu xo`jalik muomalasi ijarachi korxonada quyidagi tartibda buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: Dt «Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qism» 50000 Dt «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi» 1059810 Kt «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalar» 1109810 Agar lizinga olingan mulk o`rnatish va montajni talab qilgudek bo`lsa, unda bu asosiy vosita qaerda ishlab chiqarilganiga qarab, avval o`rnatiladigan asosiy vositalar hisobvarag`iga qabul qilinadi.Ushbu xo`jalik muomalasini 1-misol ma`lumotlaridan foydalanib aks ettiramiz. Lizingga olingan o`rnatiladigan asosiy vositalar qabul qilinganda: Dt «O`rnatiladigan asosiy vositalar» 1109810 Kt «Тo`lanadigan uzoq muddatli ijara» 942987 Kt «Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qism» 166823 Lizingga olingan asosiy vositalar o`rnatish va montaj qilishga topshirilganda: Dt «Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qo`yilmalar» 1109810 Kt «O`rnatiladigan asosiy vositalar» 1109810 Asosiy vositalarni o`rnatish va montaj qilish bilan bog`liq xarajatlar ««Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qo`yilmalar»» hisob-varag`ining debetida hisobga olinadi. 4-misol. Lizingga olingan asosiy vositani o`rnatish va montaj qilish uchun 15000 so`mlik materiallar, 25000 so`mlik ish haqi va 33% lik ish haqidan majbu-riy xarajatlar qilindi va 50000 so`mlik o`zga tashkilotning xizmatidan foyda-lanildi. xarajatlar amalga oshirilganda Dt «Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qo`yilmalar» 98250 Kt «Materiallar» 15000 Kt «Ish haqi xarajatlari» 25000 Kt «Ish haqidan majburiy ajratmalar» 8250 Kt «Pudratchilar bilan hisoblashishlar» 50000 Lizinga olingan asosiy vositalar foydalanishga topshirilganda: Dt «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalar» 1208060 Kt «Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qo`yilmalar» 1208060 Ijaraga oluvchida joriy ijara hisobi. Agar uskuna joriy lizing shartnomasi bo`yicha olingan bo`lsa, unda quyidagi holatlar yuz beradi: ijaraga oluvchi bu asosiy vositani o`z balansiga qabul qila olmaydi. Bunday asosiy vositalar balansdan tashqaridagi hisobvaraqda hisobga olinadi; uskunadan foydalanganligi uchun ijara haqi to`laydi; uskunani texnik soz holatda ushlab turish bilan bog`liq xarajatlar ija-raga beruvchi zimmasida qoladi; uskuna bo`yicha eskirish va mulk solig`i xarajatlari ijaraga beruvchi hi-sobidan amalga oshiriladi: ijara muddati tugagach uskuna o`z egasiga qaytariladi.
Kt «Тo`lanadigan foizlar» 6000 Oy yakuniga ko`ra hisoblangan foiz summasi uskunani ijaraga bergan korxona hisob raqamiga o`tkazib berilganda: Dt «Hisoblangan foizlar» 6000 Kt «Pul mablag`lari» 6000 Hisobot davriga kelib (masalan, 1-chorak yakuniga ko`ra) shu davr uchun hisob-langan foiz qo`rinishidagi xarajat uskunani ijaraga olgan korxonaning moliyaviy hisobotiga kiritilganda. Dt «Yakuniy moliyaviy natija» 18000 Kt «Foiz ko`rinishidagi xarajat» 18000 Joriy ijara muddati tugab, uskuna mulk egasiga qaytarilganda Kt «Joriy lizing shartnomasiga asosan olingan asosiy vositalar» yozuvi rasmiylashtiriladi. Aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish. Bu usul korxonalar moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan va aylanma mab-lag`lari etmayotgan paytda juda qo`l keladi. Chunki aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish bitimida kompaniya o`z aktivlarini boshqa tomonga sotishi va o`zga tomon ularni qaytadan sotuvchi kompaniyaga ijaraga berishini ko`zda tutilgan bo`ladi. Buning evaziga sotuvchi korxona: xujalik faoliyatini davom ettirish uchun ma`lumso`mmadagi mablag`ga ega bo`ladi: faoliyatida ishlatiladigan asosiy vosita ijara holida o`ziga qaytib keladi; ijara to`lovlari shaklida soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish imko-niyatiga ega bo`ladi. Odatda aktivlar bozor qiymatiga yaqin narxda baholanadi va sotiladi. Mulkni qaytadan ijaraga olish sharti bilan sotish bo`yicha bitimlarini hisobga olishning tartibi ijara turiga bog`liqdir. Agar aktivlarni qaytadan ijaraga olish sharti bilan sotilishi moliya-lashtirilgan ijara hisoblansa, unda bunday bitim, ijaraga beruvchi tomonidan aktivlarni kafolat o`rnida ushlab turgan holda, ijarachini mablag` bilan ta`-minlash usuli hisoblanadi. Shu sababli sotuvdan olingan tushumning balans qiy-matidan oshgan qismini sotuvchi-ijaraga oluvchi birdaniga daromad sifatida tan olmasligi lozim. Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlariga asosan bunday tushum muddati uzaytirilgan daromad sifatida tan olinib, asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qilinishi lozim. Agar mulkni qayta ijaraga olish sharti bilan sotilishi joriy ijara hisoblansa va shartnoma joriy baholar bo`yicha belgilangan bo`lsa, bu holda yuzaga kelgan har qanday foyda yoki zarar mulkni odatdagi sotish muomalalari kabi dar-hol tan olinishi lozim. Agar sotish bahosi asosiy vositaning joriy qiymatidan pastroq bo`lsa, har kanday foyda yoki zarar ijara muddati mobaynida tan olib boriladi. Agar mulkni qayta ijara olish sharti bilan sotish bitimi joriy ijaraga taalluqli bo`lib, ijara to`lovlari va sotish qiymati mulkning joriy qiymatidan kelib chiqib belgilangan bo`lsa, bu holda yuzaga kelgan har qanday daromad yoki zarar mulkni oddiy sotish muomalalari kabi darhol tan olinadi. Agar sotish bahosi joriy qiymatdan past bo`lsa, yuzaga kelgan zararni qop-lash muddati uzaytiriladi va u lizing to`lovlariga mutanosib ravishda hisobdan chiqarib boriladi. 5-misol. Kompaniya qoldiq qiymati 500 ming so`m bo`lgan uskunani lizinga beruvchiga 400 ming so`mga sotdi. Sotib oluvchi tomon esa bu uskunani sotuvchi kor-xonaga 400 ming so`mga qayta ijaraga berdi. Bu holatda oradagi 100 ming so`mlik farqni tan olish muddati uzayti-riladi. Kreditdan foydalanish yordamida ijaraga olish. Ijaraning bu usulida avvalgi usullardan farqli o`laroq ijara muno-sabatlarida 3 tomon ishtirok etadi: ijarachi; ijaraga beruvchi yoki ulushlik ishtirokchi; kredit beruvchi tashkilot Ijarachi nuqtai nazaridan kreditli ijara bilan boshqa ijara turlari orasida hech kanday farq yuq. Ijaraga beruvchi esa aktivlarni ijara kelishuvi shartlari bo`yicha sotib oladi va bu xaridning bir qismini investitsiya sifatida o`z ulushidan to`laydi, aytaylik, 20% (shundan "ulushli ishtirokchi» degan nom pay-do bo`lgan). Qolgan 80% esa uzoq muddatli kreditlash majburiyatini olayotgan moliya tashkiloti yoki tashkilotlari tomonidan qoplanadi. Kredit summasi asosan aktivlarning garovi, ijara va ijara haqi to`g`risidagi kelishuv orqali ta`min-lanadi. Ijaraga beruvchi haqdor hisoblanadi va aktivlarning egasi sifatida ijarachidan bu xildagi ijara bilan bog`liq hamma to`lovlarni ushlab qolish huquqiga ega. Yer va binolarni ijaraga olishning xususiyatlari. Yerni ijaraga olish. Odatda yerni ijaraga olish mohiyati jihatidan joriy ijaradir, chunki erni ishlatish muddati chegaralanmagan. Agar ijara sotib olish yoki erga egalik qilish huquqini berishni ko`zda tutsa, unda bunday xo`jalik muomalasi mohiyati bo`yicha muddatini uzaytirib sotish deb hisoblanadi va ijara kapitalizatsiyalashtirilishi lozim. Agar ijaraga olingan mulkning bozor qiymati ichida er narxi 25% dan pastni tashkil etsa, bunday xo`jalik muomalasi asbob-uskuna ijarasi sifatida qaraladi. Agar erning narxi 25% dan yuqoriroq bo`lsa, unda erning ijarasi alohida hisobga olinishi lozim. Ijaraga olingan binolar (inshootlar) asosan lizing shartnomasida ko`zda tutilgan muddatdan ancha ko`proq xizmat qilishlari mumkin. Bundan tashqari bino va inshootlarning uzoq muddatli ijarasi ijara to`lovlariga bozordagi holatdan kelib chiqib, tuzatishlar kiritib borishni ko`zda tutadi. Bu holatlarda lizinga beruvchida ijaraga berilgan aktivlar bilan bog`liq barcha yo`qotishlar va rag`-batlantirish huquqi saqlanib qoladi. Shunga ko`ra bunday ijara joriy ijara deb tan olinadi.
O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlariga asosan ijaraga beruvchilar o`zlarining moliyaviy hisobotlarida quyidagilarni yoritish - lari lozim: moliyaviy ijaraga qilingan yalpi investitsiyalar hamda ular bilan bog`liq moliyaviy daromad va ijaraga olingan aktivlarning kafo-latlanmagan qoldiq qiymati; daromadni taqsimlash uchun ishlatiladigan usul. Agar bu yo`nalishda bir necha usullar qo`llanilsa, ularni ham yoritish lozim; Ijarachilarning moliyaviy hisobotlarida esa quyidagilar yoritilishi talab qilinadi: balans tuzish sanasiga moliyalashtirilgan lizing ob`ekti hisoblangan ak-tivlarning qiymati; ijaraga olingan ushbu aktivlar bo`yicha majburiyatlar ularning uzoq va joriy qismi bo`yicha boshqa majburiyatlardan ajratilgan holda hisobga oli-nishi lozim; moliyalashtirilgan va joriy ijara bo`yicha minimal to`lovlar ularning sum-masi va muddatlarini ko`rsatgan holda; ijarani tiklashning har qanday yangi imkoniyatlarining tavsifi yoki sotib olinishi hamda ijara qiymatining ko`payishini nazarda tutgan shartno-maning moddalari to`g`risidagi ma`lumotlar; ijara shartnomasi bilan bog`liq moliyaviy cheklashlar – qo`shimcha ssuda yoki keyingi ijarani olishga cheklanishlar; kutilmagan hodisalarga bog`liq har qanday ijara to`lovlarining tavsifi; Foydalanilgan adabiyotlar:O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari Тoshkent, O`zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsia-tsiasi, 2003 yil. 21-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti. Тoshkent, O`zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiyatsiyasi, 2004 yil. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risida Nizom, Тoshkent, O`zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Asso-tsiatsiyasi 2002 yil. Bakaev A.S. Uchetnaya politika predpriyatiya, Moskva, Izdatelьstvo Bux.uchet, 1994 g. Beloborodova V.A i dr. Kalьkulyatsiya sebestoimosti produktsii v promo`sh-lennosti, Moskva, FiS,1989 g. Blank I.A. Osnova finansovogo menedjmenta, v 2 tomax, Kiev, «Nika-TSentr» «Elьga», 2002 g. Druri K. «Vvedenie v upravlencheskiy i proizvodstvenno`y uchet», Moskva, Audit, 1998 g. Medvedov A.N. «Kak izbejatь buxgalterskix oshibok» Moskva, Infra-M 1997 g. www.ziyonet.uz Download 143.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling